07.10.2010 yildagi 222-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.10.2010 yildagi 222-son
Date of entry into force
07.10.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010—2020-YILLARDA NOMODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH, ASRASH, TARGʻIB QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH DAVLAT DASTURINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2010—2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi) 1-ilovaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilanib, unga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturi monitoringini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda har bir yil yakunida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar ilmiy-metodik markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida har olti yilda YUNESKOga taqdim etiladigan hisobotlarini tayyorlash vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Davlat dasturini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek, homiylar mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010—2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirlar nomi‎ Bajarish muddati‎ Masʼul ijrochilar

Taqdim etiladigan hujjatlarning shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija‎

‎‎Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda maʼmuriy boshqaruv tizimini takomillashtirish

1.‎

Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizom va Nomoddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. ‎

2010-yil dekabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
‎ Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish, ularning tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish mexanizmi yaratiladi.

2.‎

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom” va “Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi toʻgʻrisida nizom”ga oʻzgartirishlar kiritish.

2010-yil dekabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
‎Har ikki normativ-huquqiy hujjatga “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 228-sonli qonunda koʻzda tutilgan talablar asosida oʻzgartirishlar kiritiladi. ‎

3.‎

Davlat va nodavlat tashkilotlarning nomoddiy madaniy meros masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish:
‎davlat va nodavlat tashkilotlarining nomoddiy madaniy meros masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muassasani aniqlash;
‎nomoddiy madaniy meros borasidagi hujjatlarning bir joyda jamlanishiga erishish.

2010-yil dekabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎

Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi.
‎Respublika xalq ijodiyoti va madaniy maʼrifiy ishlar ilmiy-metodik hamda axborot markaziga davlat va nodavlat tashkilotlarning nomoddiy madaniy meros masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muassasa maqomi beriladi. Mazkur markaz tarkibida maxsus hujjatlashtirish boʻlimi tashkil etiladi.‎
‎Nomoddiy madaniy meros yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish va hujjatlashtirish mexanizmi yaratiladi.

Nomoddiy madaniy merosni ilmiy jihatdan oʻrganish va tadqiqot ishlarini tashkil etish‎

4.‎

Nomoddiy madaniy meros muammolariga bagʻishlangan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarini oʻtkazish.‎

2011-yildan boshlab har ikki yilda‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi ‎

Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasi.
‎Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanning mavzusi aniqlanadi va Vazirlar Mahkamasiga kelishilgan takliflar kiritiladi. Anjuman dasturi ishlab chiqilib, shu asosda uning ishi tashkil etiladi.
‎Nomoddiy madaniy merosning tiklanishi va saqlanishi bilan bogʻliq muammolarning yechimi topilishiga erishiladi.‎

5.‎

Nomoddiy madaniy merosning quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha grantlar ajratilishini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, tadqiqot ishlariga yosh olimlarni jalb etish:
‎— oʻzlikni namoyon qilishning ogʻzaki shakl va anʼanalari (shu jumladan, til — nomoddiy madaniy merosni ifodalash omili sifatida);
— ijrochilik sanʼati;
‎— jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari;
‎— tabiat va koinot bilan bogʻliq bilim va urf-odatlar;
‎—anʼanaviy hunarmandchilik bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalar. ‎

2010—2020-yillar‎ Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining mazkur masala boʻyicha qarori.
‎Manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida istiqbolli reja ishlab chiqiladi. Har bir yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlariga iqtidorli yoshlar jalb etiladi. Ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratiladi. Nomoddiy madaniy merosning barcha yoʻnalishlari ilmiy tadqiq etilishiga erishiladi. Tadqiqot natijalari, erishilgan ilgʻor tajribalar targʻib etiladi. ‎

6.‎ Nomoddiy madaniy meros tarixining mohiyatini ochib beruvchi qadimiy qoʻlyozmalar, fono yozuvlarni sinchiklab oʻrganish va ularni turli tillarda bosma koʻrinishda va zamonaviy disklarda chop etishni yoʻlga qoʻyish.‎ 2011-yil mart oyidan boshlab‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi‎

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼatining qarori.
‎Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik, Tarix, Sanʼatshunoslik, Til va adabiyot institutlari hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan noyob manbalar oʻrganiladi. Madaniy merosimizning hali ochilmagan boyliklarining ommalashtirilishiga erishiladi. Undan nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki xorijiy mamlakat fuqarolarining ham bahramand boʻlishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

7.‎

Oʻzbekistonning qadimiy folklor va anʼanaviy ijrochiligi saqlanib qolgan Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona vodiysi boʻylab kompleks folklor ekspeditsiyalari uyushtirish. ‎

2010—2020-yillar‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi‎

Manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida ishlab chiqilgan besh yillik rejalar. Oʻzbekiston hududidagi anʼanaviy madaniyat unsurlari tabiiy ravishda saqlanib qolgan joylar sinchiklab oʻrganiladi. Roʻyxatga kiritishga tavsiya etilgan obyektlarni joyida oʻrganish imkoniyati yaratiladi. Qoʻshimcha materiallar toʻplanishi va manbalarning boyitilishiga erishiladi. ‎

8.‎ Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston va Xitoyda yashovchi oʻzbeklar folklorini yozib olishni tashkil etish.‎ 2011—2020-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasining yillik rejalari. Oʻzaro kelishilgan taklif Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi. Belgilangan tartibda ekspeditsiyalarni oʻtkazishga ruxsat olinadi. Xorijiy davlatlarda yashayotgan oʻzbeklarning folklori oʻrganiladi. Eng noyob namunalar bosma koʻrinishda, audio variantda chop etiladi. Millatga xos folklorning turli koʻrinishlarini taqqoslash imkoniyati yaratiladi. ‎

9.‎ Oʻzbekistonda Navroʻzning tiklanish tarixi va mustaqillik yillarida uning ham mazmunan, ham shaklan boyishi jarayonini tadqiq etish va targʻib qilish.‎ 2010—2020-yillar ‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎

Tadqiqot natijalarining chop etilishi. Navroʻz ensiklopediyasini nashrga tayyorlash va chop etish. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekistonda orttirilgan boy tajriba toʻgʻrisida xalqaro va mahalliy xabardorlik darajasi ortadi. Ilgʻor natijalar amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etiladi.‎

10.‎ “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 tomligini asar matni, notasi va izohlari bilan nashrga tayyorlash. ‎ 2012—2020-yillarda bosqichma-bosqich‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi ‎

Xalq ijodiyotining eng sara namunalari jamlanmasi nashrga tayyorlanadi. Ular bosqichma-bosqich chop etiladi. Turli manbalarda qayd etilgan durdonalar bir joyga jamlanadi. Mutaxassislar va barcha qiziquvchilarni qoniqtiradigan maʼlumotlarning yagona nashr doirasida toʻplanishiga erishiladi. ‎

11.‎ “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish” singari dostonlarni fundamental ilmiy tadqiq etish ishlarini yanada kuchaytirish.‎ 2012—2014-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ‎

Fundamental tadqiqotlar natijalari. Turkiy xalqlarda keng tarqalgan dostonlarni, ularning variantlarini solishtirish, birgalikda tadqiq etish imkoniyati yaratiladi. Ushbu dostonlarning umumiyligidan, barcha turkiy xalqlarni birlashtiruvchi kuchidan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi. ‎

12.‎ Oʻzbek anʼanaviy musiqasiga oid maʼlumotlarni jamlash va yaxlit holda chop etilishini tashkil etish. ‎ 2011—2020-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ‎

“Oʻzbek anʼanaviy musiqasi” koʻp tomlik antalogiyasi nashrga tayyorlanadi va chop etiladi. “Shashmaqom”, Xorazm va Fargʻona-Toshkent maqomlari, dutor va surnay maqom yoʻllari, “Feruz” va “Ushshoq” kabi turkumlarning zamonaviy ijrochilar talqini sifatli zamonaviy texnik vositalarda yozib olinishiga erishiladi va foydalanish uchun SD, DVD, multimedia koʻrinishlarida tayyorlanadi. Ulardan taʼlim dasturlarida keng foydalanish imkoniyati yaratiladi. ‎

13.‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimida nomoddiy madaniy meros masalalari bilan shugʻullanuvchi maxsus boʻlinma faoliyatini tashkil etish. ‎ 2011-yil may‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi‎

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Hayʼat qarori. Sanʼatshunoslik instituti tarkibida maxsus Nomoddiy madaniy meros boʻlimi tashkil etiladi. Fanlar akademiyasi tizimida nomoddiy madaniy meros masalalarini tadqiq etish ishlari muvofiqlashtirilishiga erishiladi. ‎

Nomoddiy madaniy merosni roʻyxatga olish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hujjatlashtirish
14.‎ Muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini tuzish va doimiy yangilanib borilishini tashkil etish. ‎ 2011-yil yanvar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati. Tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi asosida zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan obyektlar aniqlanadi. Ularni saqlab qolish va muhofaza qilish ishlariga mahalliy hokimlik, homiylar, davlat organlari jalb etiladi. Zarur boʻlgan hollarda tegishli hujjatlar tayyorlanib, xalqaro miqyosdagi yordam uchun taklif kiritiladi. Yoʻqolib ketish xavfi bartaraf etilgan obyektlar roʻyxatdan chiqariladi. ‎

15.‎ Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan “Shashmaqom”, “Navroʻz”, “Katta ashula” obyektlarini inventarlashtirish ishlarini yakunlash. ‎ 2012-yil dekabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi‎

Maʼlumotlar banki.
‎YUNESKO va YUNESKOning institutlari tomonidan tavsiya etilgan andozalar asosida Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan “Shashmaqom”, “Navroʻz”, “Katta ashula” obyektlari boʻyicha kerakli barcha yozma, audio va video maʼlumotlar toʻplanadi va hujjatlashtirish ishlari yakuniga yetkaziladi. Bank maʼlumotlari asosida maqolalar eʼlon qilinadi, qoʻllanmalar chop etiladi. Qiziqarli maʼlumotlar internet saytlariga kiritiladi. Ushbu obyektlar toʻgʻrisida xalqaro va mahalliy xabardorlik darajasi ortadi. ‎

16.‎ Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga kiritish uchun tavsiya etilgan “Askiya”, “Lapar”, “Xalfachilik”, “Baxshichilik” haqida toʻliq maʼlumotlarni YUNESKOga taqdim etish.‎ 2010—2012-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ‎

“Askiya”, “Lapar”, “Xalfachilik”, “Baxshichilik” obyektlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi. Soʻnggi davrda ularni saqlash va muhofaza qilish, targʻib etish borasida hukumat, mahalliy boshqaruv organlari, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar jamlanadi. Barcha yangi maʼlumotlar asosida takliflar tayyorlanadi va YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi orqali YUNESKOning markaziy qarorgohiga joʻnatiladi. ‎

17.‎ Nomoddiy madaniy merosni hujjatlashtirish, arxivlashtirish, maʼlumotlar bazasini tashkil qilish andozalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.‎ 2010-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi‎

Maʼlumotlar bazasining andozalari. Roʻyxatga olingan nomoddiy madaniy meros obyektlariga tegishli yozma, audio, video maʼlumotlar asosida ularni inventarlashtirish, arxivlashtirish va barcha maʼlumotlar bazasini shakllantirishning andozalari ishlab chiqiladi. Roʻyxatga olingan har bir obyekt boʻyicha mazkur andozalar asosida hujjatlar jamlanadi va belgilangan tartibda saqlanishiga erishiladi. ‎

18.‎ Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatini shakllantirish va doimiy yangilanib borishini taʼminlash.‎ 2010—2020-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Nomoddiy madaniy meros obyektlarining Milliy roʻyxati. Mamlakat miqyosida ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlari aniqlanib, ularga tegishli maʼlumotlar belgilangan shaklda tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi. Ekspertiza xulosasi asosida obyektlar Milliy roʻyxatga kiritiladi. Roʻyxat doimiy ravishda yangilanib boriladi. ‎

19.‎ Nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy roʻyxatlarini shakllantirish va doimiy yangilanib borishini nazorat ostiga olish.‎ 2010—2020-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Nomoddiy madaniy meros obyektlarining Mahalliy roʻyxatlari. Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlari aniqlanib, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida mahalliy roʻyxatlarga kiritish uchun tavsiya etiladi. Tegishli hujjatlar toʻplanib, belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi. Ekspertiza xulosasi asosida obyektning roʻyxatga kiritilishi hal etiladi. Mahalliy roʻyxatdan Milliy roʻyxatga tavsiya etilgan va unga kiritilgan obyektlar Mahalliy roʻyxatdan chiqariladi. Yangi obyektlarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish hisobiga roʻyxatlar doimiy ravishda yangilanib turishiga erishiladi. ‎

20.‎ Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro Konvensiya talablarining bajarilishi borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida 2014 va 2020-yillarda hisobotlarni tayyorlash va belgilangan tartibda YUNESKO tashkilotiga taqdim etish.‎ 2014, 2020-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi‎

Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokchi-davlat sifatidagi 6 yillik hisoboti. Har olti yilda bir marotaba ishtirokchi-davlatlarning belgilangan shaklda hisobot taqdim etishlari munosabati bilan oʻtgan olti yil mobaynida mamlakatda nomoddiy madaniy merosni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlanadi. Vazirlar Mahkamasidan tayinlangan masʼul xodimning imzosi bilan tasdiqlangan hisobot YUNESKOning markaziy qarorgohiga joʻnatiladi. ‎

Soha mutaxassislarini tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tashkil etish
21.‎ Nomoddiy madaniy merosni oʻrganish masalalarini oliy taʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tegishli fanlar oʻquv dasturlariga kiritish, qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish.‎ 2011-2012 oʻquv yilidan ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Yangi oʻquv rejasi, oʻquv dasturlari, oʻquv qoʻllanmalari. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro konvensiya talablari asosida nomoddiy madaniy merosni oʻrganish masalalari mavjud taʼlimiga joriy etiladi. Kollej, litsey va oliy taʼlim muassasalarida nomoddiy madaniy meros har tomonlama chuqur oʻrganilishi uchun sharoit yaratiladi. ‎

22.‎ Nomoddiy madaniy meros, uni saqlash va muhofaza qilish tushunchalarini umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqitiladigan ijtimoiy fanlar hamda oʻquv dasturlariga kiritish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish.‎ 2011-2012 oʻquv yilidan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi‎

Uslubiy tavsiyanoma va qoʻllanmalar. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro konvensiya talablari asosida taʼlim dasturlarida yoshlarga nomoddiy madaniy meros haqida tarbiyaviy jihatdan toʻgʻri yoʻnalish berish imkoniyati yaratiladi. Nomoddiy madaniy meros, uning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni toʻgʻrisida oʻquvchilarning xabardorlik darajasi ortadi. ‎

23.‎ Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining malaka oshirish kurslari oʻquv rejalari va dasturlariga nomoddiy madaniy merosni oʻrganishga bagʻishlangan mavzularni kiritish.‎ 2011-2012 oʻquv yilidan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi‎

Yangi oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv qoʻllanma va tavsiyanomalar. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro konvensiya talablaridan biri boʻlgan taʼlim dasturlarida nomoddiy madaniy merosning oʻrganilishi uchun sharoit yaratiladi. ‎

24.‎ Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti negizida nomoddiy madaniy meros bilan bogʻliq fanlardan saboq beruvchi oʻqituvchilarning ixtisoslik salohiyatini oshirish. Ularga moʻljallangan malaka oshirish dasturlarini tayyorlash.‎ 2011-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi‎

Manfaatdor vazirliklarning qoʻshma qarori. Nomoddiy madaniy meros bilan bogʻliq fanlardan mashgʻulotlar olib boruvchi professor-oʻqituvchilar zarur manbalar bilan qurollantiriladi. Maxsus dasturlar asosida amalga oshiriladigan malaka oshirish kurslarida ularga zarur yangi maʼlumotlar yetkaziladi. ‎

25.‎ Nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va yetkazuvchilarni oʻquv dasturlarini takomillashtirish ishlariga va bevosita oʻquv jarayoniga jalb etish, ularga shart-sharoitlar yaratish.‎ 2011-2012 oʻquv yilidan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi‎

Oʻquv dasturlarini tayyorlash va oʻquv jarayoniga nomoddiy madaniy merosni chuqur biladigan mutaxassislar va amaliyotchilar jalb etilishi orqali taʼlim samaradorligi oshirilishiga erishiladi. Tinglovchilarning bevosita shu soha mutasaddilari bilan muloqot qilishlariga erishiladi.‎

26.‎ Nomoddiy madaniy merosni oʻrganishga qiziquvchi talaba va oʻquvchilar uchun yozgi oʻquv kurslari, ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlarni tashkil etish.‎ 2011-yildan boshlab‎ Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yillik rejasi. Talaba va oʻquvchilarning yozgi taʼtil davrida tashkil etiladigan maxsus oʻquv kurslarida ularga nomoddiy madaniy meros toʻgʻrisida kengroq maʼlumotlar berilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ochiq eshiklar kunida shu sohaga ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida erishilgan yutuqlar, tajribalar yoyilishiga erishiladi. Bu tadbirlar natijasida talaba va oʻquvchilarning nomoddiy madaniy meros sohasidagi bilimlar doirasi kengayadi. ‎

27.‎ Yoshlarni nomoddiy madaniy meros boʻyicha materiallar toʻplash va targʻibot ishlariga jalb etish. ‎ 2011-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ittifoqi

Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yillik rejalar ishlab chiqiladi. Nomoddiy madaniy meros bilan qiziquvchi yoshlar yozga taʼtil davrida oʻzlari yashab turgan hududdagi nomoddiy madaniy meros boʻyicha materiallar toʻplash ishlariga jalb etiladi. Yigʻilgan qiziqarli materiallar matbuotda eʼlon qilinadi, shuningdek, ulardan ishtirokchilarning keyingi izlanishlari va tadqiqotlarida foydalaniladi. Yoshlarning nomoddiy madaniy meros obyektlari bilan bevosita tanishuvi orqali qiziqishlari ortishiga erishiladi.‎

28.‎ Nomoddiy madaniy meros targʻiboti bilan bogʻliq foto va video tanlovlar tashkil etish. ‎ 2010-yildan boshlab har yili‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ittifoqi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining yillik rejasi va maxsus buyrugʻi. Nomoddiy madaniy merosni targʻib etuvchilar, nomoddiy madaniy meros bilan bogʻliq tadbirlarning foto va video tasvirlarining tanlovi orqali merosimiz targʻib etilishiga erishiladi. Ushbu tanlovlarga tavsiya etilgan foto va videotasvirlardan hujjatlashtirish ishlarida foydalanish imkoniyati yaratiladi. Eng yaxshi namunalar nomoddiy madaniy merosga bagʻishlangan veb-saytlarda eʼlon qilib boriladi. ‎

29.‎ Nodavlat tashkilotlar va muassasalarga moʻljallangan, nomoddiy madaniy merosdan tadbirkorlikda foydalanishga oid dasturlar ishlab chiqish.‎ 2011-yil avgust‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi ‎

Tavsiyaviy qoʻllanma. Nomoddiy madaniy merosni boshqarish va shu sohada tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlar asosida bevosita joylarda shu sohaning rivojlanishiga va tadbirkorlik asosida moddiy manfaatdorlikka erishiladi. ‎

30.‎

Oliy taʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Xazina”, “Meros”, “Barhayot anʼanalar” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish.‎

Doimiy‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ittifoqi

Manfaatdor vazirlik va idoralarning yillik rejasi va maxsus buyruqlari. Talaba va oʻquvchilarning nomoddiy madaniy merosni amaliy oʻzlashtirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ilgʻor tajribaning keng yoyilishi, targʻib etilishiga erishiladi. Yoshlarning qiziqishi ortadi. ‎

31.‎

Musiqa, madaniyat va sanʼat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqiyotgan talabalarning nomoddiy madaniy meros borasidagi tadqiqotlarni qoʻllab- quvvatlash va ushbu yoʻnalishdagi eng yaxshi tadqiqotlar tanlovlarini eʼlon qilish, gʻoliblarni ragʻbatlantirish. Eng sara ishlarni ilmiy toʻplam shaklida chop etish.‎

2011-yildan boshlab har ikki yilda‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi

Manfaatdor vazirlik va idoralarning yillik rejasi va maxsus buyruqlari. Eng yaxshi tadqiqotlarni olib borgan yoshlar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi. Ularning ilmiy izlanishlari bepul chop etiladi va tarqatiladi. ‎

32.‎

Nomoddiy madaniy meros bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarning malakasini oshirish. ‎

2011-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan oʻquv kurslari, seminar va treninglarga malakali mutaxassislar joʻnatiladi. Respublika miqyosida ham shunday malaka oshirish tadbirlari tashkil etiladi. Mutaxassislarning kasb malakasi oshadi. Ular soʻnggi maʼlumotlar bilan qurollantiriladi, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va saqlash borasida xorijiy davlatlarda amalga oshirilayotgan ishlar va tajribalardan xabardor boʻladilar.‎

33.‎

Umumtaʼlim maktablaridagi Musiqa fani darsliklarini nomoddiy madaniy merosga oid maʼlumotlar bilan boyitish orqali takomillashtirish.‎

2011-2012 oʻquv yilidan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi‎

Qayta ishlangan Musiqa fani darsliklari. Ushbu fan boʻyicha olib boriladigan mashgʻulotlarda sanʼatning boshqa yoʻnalishlari toʻgʻrisida ham qiziqarli maʼlumotlar berilishiga erishiladi. ‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlashning amaliy chora-tadbirlari

34.‎

Nomoddiy madaniy merosimizning boyligi boʻlgan, unutilish arafasida turgan betakror, purmaʼno soʻz va iboralarni toʻplash asosida maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyatlar toʻplamlarini nashr etish. ‎

Muntazam (maxsus reja asosida)‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Matbuot va axborot agentligi ‎

Maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyatlar toʻplamlari Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti xodimlari tomonidan nashrga tayyorlanadi. Ular Matbuot va axborot agentligi tomonidan chop etiladi. Aholining, ayniqsa yoshlarning nomoddiy madaniy merosimizning sara namunalaridan bahramand boʻlishiga erishiladi.‎

35.‎

Xalqimiz tarixi, madaniyati, vatanparvarlik va xalq qahramonlarining jasorati, milliy qadriyat va anʼanalarni tarannum etuvchi sahna asarlari yaratishni kuchaytirish, ushbu yoʻnalishlarda yaratilgan asarlarni tomoshabinlar orasida keng namoyish etishni yoʻlga qoʻyish.‎

Muntazam‎ “Oʻzbekkino” MA, “Oʻzbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi‎

Pyesa va spektakllar yaratiladi. Mazkur asarlar orqali milliy oʻzlikni anglash, milliy gʻurur, vatanparvarlik kabi xislatlar tarbiyalanadi. Yoshlar tarbiyasida milliy urf-odatlar, qadriyatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. ‎

36.‎ Nomoddiy madaniy meros muhofazasi va targʻiboti masalalariga bagʻishlangan maxsus “Meros” ilmiy-ommabop jurnalini tashkil etish. 2012-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Matbuot va axborot agentligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti taʼsischi sifatida ishtirok etadi. Jurnal belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Mazkur jurnalda nomoddiy madaniy meros bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari hamda muassasalaridan olingan ilmiy va ommabop maqolalar chop etiladi. Aholining nomoddiy madaniy meros borasidagi xabardorlik darajasi ortadi. ‎

37.‎ Nomoddiy madaniy meros targʻiboti bilan bogʻliq bosma nashrlar, video va audio mahsulotlar, shuningdek, hunarmandchilik mollari tayyorlanishini jonlantirish va sotuvga chiqarish. ‎ 2010-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi ‎

Nomoddiy madaniy meros targʻiboti bilan bogʻliq kitoblar, filmlar, video va audio yozuvlar, milliy hunarmandchilik mollari, musiqa cholgʻulari, anʼanaviy milliy kiyimlar tayyorlanadi. Ushbu tovarlarni sotish orqali topilgan mablagʻlar shu sohalarni yanada rivojlantirish va kengaytirishga sarflanadi. Mamlakatimiz aholisi va xorijiy turistlar tomonidan sotib olingan tovarlar nomoddiy madaniy merosimizni kengroq targʻib etishga xizmat qiladi.‎

38.‎ “Oʻzbek nonlari va shirinliklari” bayrami (BREAD AND SWEETS Festival)ni oʻtkazish‎ Har yili mart oyida ‎ “Oʻzbekturizm” MK qoshidagi “Inturist Toshkent” DUK, Toshkent shahar hokimligi, vazirliklar‎

“Oʻzbekturizm” MKning yillik rejasi. Milliy nonlar va shirinliklarni namoyish etish orqali pazandachilik sanʼatining yutuqlari namoyish etiladi. Toshkentning turistik maskan sifatida jozibadorligi yanada ortishiga erishiladi. ‎

39.‎ “Chahorbogʻda qovun, uzum sayli” (MELON AND GRAPES Festival)ni oʻtkazish.‎ Har yili “Mehrjon” bayrami arafasida ‎ “Oʻzbekturizm” MK qoshidagi “Inturist Toshkent” DUK, Toshkent shahar hokimligi, “Oromgoh” DUK, vazirliklar‎

“Oʻzbekturizm” MKning yillik rejasi. Xalq sayllarining tiklanishi, Toshkent shahri va viloyati boʻyicha turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi taʼminlanadi. Sayl davomida turli xalq oʻyinlari, folklor jamoalarining chiqishlari, “shirinaki” tanlovlari orqali mehmondoʻstlik anʼanalari targʻib etiladi. ‎

Nomoddiy madaniy merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish boʻyicha olib boriladigan targʻibot-tashviqot ishlari

40.‎ Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ilgʻor tajribalarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib etish.‎ 2010-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ‎

Aholi, ayniqsa yoshlarning, shuningdek, chet el jamoatchiligining nomoddiy madaniy meros boʻyicha xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan, jahon nomoddiy madaniy merosining Reperezentativ roʻyxatiga kiritilgan va mazkur roʻyxatga kiritish uchun tavsiya etilgan obyektlar, nomoddiy madaniy meros targʻiboti bilan bogʻliq xalqaro va respublika miqyosidagi simpoziumlar, seminarlar, jamoatchilik forumlari, festivallar, tanlovlar va koʻrgazmalar, respublika miqyosida oʻtkazilayotgan tadbirlar, shu sohaga bagʻishlangan ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlari haqida koʻrsatuvlar va eshittirishlar, maqolalar tayyorlanadi va eʼlon qilib boriladi. Nomoddiy madaniy meros borasidagi xabardorlik ortadi. Uning mamlakatimiz hayotidagi oʻrni keng ommaga yetkaziladi. ‎

41.‎ Har yili bir marotaba nomoddiy madaniy merosning targʻiboti bilan bogʻliq festivallar oʻtkazilishini tashkil etish hamda yoritish. ‎ 2011-yildan boshlab har yili‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan chiqariladigan qoʻshma buyruq asosida nomoddiy madaniy merosning muayyan yoʻnalishi boʻyicha festival tashkil etilib, uning viloyat bosqichlari bevosita joylarda yozib olinadi va efirga uzatiladi. Respublika bosqichi Toshkent shahrida oʻtkazilib, televideniye orqali namoyish etiladi. Buning natijasida joylardagi iqtidorlar kashf etilib, ularning faoliyati targʻib etiladi.‎

42.‎ Nomoddiy madaniy merosni saqlash va targʻib etishga ixtisoslashgan davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalarining faoliyatini, bu yoʻnalishdagi tashabbuslarni, nomoddiy madaniy merosning ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlashdagi oʻrnini, bu boradagi tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ekspert va mutaxassislar ishtirokidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish, maqolalar chop etish.‎ 2010-yildan boshlab muntazam‎ Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ‎

Telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar va maqolalar. Davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyati tahlil etiladi, ilgʻor tajribalar targʻib etiladi. Nomoddiy madaniy meros muhofazasi borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida aholining xabardorligi ortadi. ‎

43.‎ Internet tarmogʻida milliy nomoddiy madaniy merosni targʻib etishga bagʻishlangan maxsus veb-sahifalarning doimiy ravishda yangilab turilishini taʼminlash.‎ Doimiy ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va targʻib etish borasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamda muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Internet orqali maʼlumotlar olish imkoniyati yaratiladi.‎

44.‎

Xalqimiz tarixi, madaniyati, vatanparvarlik va xalq qahramonlarining jasorati, milliy qadriyat va anʼanalarni tarannum etishga bagʻishlangan badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlar yaratilishini yoʻlga qoʻyish.‎

2010-yildan boshlab doimiy‎ “Oʻzbekkino” MA‎

Yillik rejalar asosida har yili kamida 2 ta badiiy, 4 ta multiplikatsion va 5 ta hujjatli film tasvirga olinadi. Tayyorlangan filmlar kinoteatrlarda namoyish etiladi, shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun ushbu filmlar DVD koʻrinishida koʻpaytirilib, sotuvga chiqariladi. Xalqimiz, ayniqsa yoshlar oʻrtasida nomoddiy madaniy merosimizning noyob namunalari targʻib etilishiga, ularning xabardorlik darajasi ortishiga erishiladi.‎

45.‎ Mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlariga ega boʻlgan “Nomoddiy madaniy meros targʻibotchisi va faoli” tanlovlarini oʻtkazish.‎ 2011-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi ‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Respublika “Mahalla” jamgʻarmasining yillik rejalari, maxsus qoʻshma buyruq, tanlov nizomi. Eng faol nomoddiy madaniy meros targʻibotchisi va faoli nominatsiyasi boʻyicha tanlov eʼlon qilinib, yil yakunida tanlov gʻoliblari moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi. Eng ilgʻor tajribalar targʻib etiladi. ‎

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida hamkorlik tarmogʻini rivojlantirish

46.‎ Nomoddiy madaniy meros masalalari bilan shugʻullanuvchi nodavlat tashkilotlari va muassasalarining uyushmasini tashkil etish. ‎ 2011-yil‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Uyushmaning taʼsis majlisi bayonnomasi. Yagona uyushmaga birlashish orqali nodavlat tashkilot va muassasalarning faoliyati muvofiqlashtirilishiga erishiladi. Hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar aniqlanadi. Boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda amaliy yordam tashkil etiladi. Hamkorlik aloqalari rivojlanadi. ‎

47.‎ Davlat va nodavlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan oʻtkaziladigan nomoddiy madaniy meros bilan bogʻliq tanlov, koʻrik, festival, koʻrgazmalarning yillik rejalari ishlab chiqilishi, muvofiqlashtirilishi va eʼlon qilinishini taʼminlash.‎ 2011-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamgʻarmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Xalqaro “Oltin meros” jamgʻarmasi ‎

Nomoddiy madaniy meros bilan bogʻliq ommaviy-madaniy tadbirlarning qoʻshma rejasi. Nomoddiy madaniy meros targʻiboti bilan bogʻliq ommaviy tadbirlarning hamkorlikda, bir-birini takrorlamagan holda tashkil etilishiga va manfaatdor tashkilotlar hamda tomoshabinlarning ularni oʻtkazish muddati va joyidan xabardor boʻlishiga erishiladi. ‎

48.‎ Mahallalarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va targʻib etish borasidagi ishlarni reja asosida tashkil etish, ularni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda amalga oshirish.‎ Muntazam‎ Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi‎

Yillik rejalar. Mahallalarda istiqomat qiladigan nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchilarga tegishli sharoitlar yaratiladi. Shu yoʻnalishdagi tadbirlarni oʻtkazish joyi va muddatlari aniqlanadi, tadbirlarga boshqa hamkor tashkilotlarning ishtiroki taʼminlanadi. ‎

‎Nomoddiy madaniy meros targʻibotida madaniy turizm dasturlaridan keng foydalanish

49.‎ Boysun, Nurota, Chust, Karmana, Sherobod kabi maskanlarni turistik dasturlarga kiritish choralarini koʻrish, ushbu qadimiy madaniyat oʻchoqlari tarixi va u yerda saqlanib qolgan anʼanaviy madaniyatni keng targʻib etish.‎ 2011-yil turistik mavsumidan boshlab‎ “Oʻzbekturizm” MK, turizm faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar‎

Yangi sayyohlik dasturlari. Dunyo miqyosida boy tariximizning keng targʻib etilishiga, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishiga erishiladi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi taʼminlanadi. Mamlakatimizdagi qadimiy madaniyat oʻchoqlari toʻgʻrisidagi xabardorlik darajasi ortadi, anʼanaviy madaniyat targʻib etiladi. ‎

50.‎ Barcha turistik tashkilotlar, turist va mehmonlarning “Navroʻz” tantanalariga tashrifini “Oʻzbekturizm” MK tizim tashkilotlari orqali markazlashtirilgan holda tashkil etish, Surxondaryoga arzonlashtirilgan narxlarda “Sayohat poyezdi”ni tashkil etish hamda turistik dasturlarning “Shashmaqom”, “Katta ashula”, “Oʻlan”, “Dostonchilik”, “Baxshichilik”, “Lapar”, “Tanavor”, masxarabozlik, dorbozlik, qoʻgʻirchoqbozlik, “Koʻpkari”, turli xalq oʻyinlari, oʻzbek raqslari singari nomoddiy madaniy merosimiz durdonalari bilan boyitilishiga erishish. ‎ 2011-yil turistik mavsumidan boshlab‎ “Oʻzbekturizm” MK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK ‎

Boy madaniy merosimizning keng targʻib etilishiga, shu yoʻl bilan ularni saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. Dunyo miqyosida qadimiy milliy bayramlarimizning keng targʻib etilishiga erishiladi. Turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishi taʼminlanadi. Yoshlar Vatanimiz tarixi bilan chuqur tanishtiriladi, yosh avlod har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga koʻmaklashish maqsadida nomoddiy madaniy merosimizning namunalaridan bahramand etiladi. ‎

51.‎ Nomoddiy madaniy meros namunalari hisoblangan milliy hunarmandchilik mollari, musiqa cholgʻulari, anʼanaviy milliy kiyimlar va shu kabilarni tashrif buyuradigan turistik guruhlar orasida keng targʻib etish.‎ Muntazam ravishda‎ “Oʻzbekturizm” MK‎

Milliy hunarmandchilik mollari keng targʻib etiladi, shu yoʻl bilan ularning saqlanib qolinishiga zamin yaratiladi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishiga erishiladi.‎

52.‎ Ichki turizmda, xususan oʻquvchi-talabalar guruhlari orasida nomoddiy madaniy meros namunalarining keng targʻib etilishini kuchaytirish.‎ Muntazam ravishda‎ Oʻzbekturizm” MK, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi ‎

Yillik reja, qoʻshma buyruqlar. Yosh avlod har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga erishiladi, nomoddiy madaniy merosimizning saqlanib qolinishiga zamin yaratiladi. ‎

53.‎ Muzeylarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini oʻrganish uchun zarur sharoitlarni yaratish.‎ Muntazam‎ “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi‎

Yillik reja. Mamlakatimiz aholisining nomoddiy madaniy merosdan bahramand boʻlishiga erishiladi, yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol voyaga yetishiga xizmat qiluvchi nomoddiy madaniy merosimizning saqlanib qolishiga zamin yaratiladi. ‎

54.‎ Xorijiy va mahalliy turistlarga moʻljallab Buxoro va Toshkent shaharlarida “Shashmaqom” siklidan iborat, Fargʻona vodiysida “Katta ashula” namunalaridan iborat maxsus dasturlar namoyish etilishini yoʻlga qoʻyish.‎ 2010-yil kuzgi turistik mavsumidan boshlab‎ “Oʻzbekturizm” MK qoshidagi “Inturist Toshkent” DUK, “Oltin meros” xalqaro jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎

Yangi musiqiy dasturlar. “Shashmaqom”ning keng targʻib etilishi, shu yoʻl bilan uning saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, turistik mahsulot va dasturlarning yanada boyishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. Katta ashula namunalarining keng targʻib etilishi, uning saqlanib qolishiga zamin yaratilishi, xorijiy va mahalliy turistlarning mazmunli dam olishiga erishiladi. ‎

‎Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlashni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish

55.‎ Madaniyatshunoslar, sanʼatshunoslar, folklorshunos, etnograf va ekspertlarning nomoddiy madaniy merosni oʻrganish boʻyicha ekspeditsiyalarini muntazam ravishda tashkil etib borish va ushbu tadbirlarni maqsadli moliyalashtirish choralarini koʻrish.‎ 2011—2020-yillar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda ekspeditsiya rejasini ishlab chiqadi va navbatdagi yilgi xarajatlar smetasiga kiritilishini asoslaydi. Shu asosda budjet mablagʻlari ajratiladi.‎

56.‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi oliy taʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni nomoddiy madaniy meros boʻyicha materiallar toʻplash va targʻibot ishlariga jalb etish masalasining moliyalashtirilishini hal etish.‎ 2012-yildan boshlab‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Kamolot” YOIH‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda ekspeditsiya rejasini ishlab chiqadi va navbatdagi yilgi xarajatlar smetasiga kiritilishini asoslaydi. Shu asosda budjet mablagʻlari ajratiladi.‎

57.‎ Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish doirasidagi tadbirlarni maqsadli moliyalashtirishni tashkil etish, homiylar va madaniyat sohasida hamkorlik qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish. ‎ Muntazam‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, hujjatlashtirish, mavjud hujjatlarni tarjima qilish, shu sohaga ixtisoslashgan muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida asoslangan takliflar tayyorlanib, belgilangan tartibda taqdim etiladi. Ajratiladigan grantlar uchun asosli loyihalar taqdim etiladi.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur Davlat dasturini moliyalashtirish ishlari ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida hamda homiylar va ijrochi tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 345-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda)