Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.04.2002 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.04.2002 yildagi 136-son
Date of entry into force
23.04.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshoqli don ekinlari hosili oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olinishini hamda davlat resurslari uchun don sotish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Don hosilini oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olishni tashkil etish va amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yilning 15-mayigacha don oʻrish kombaynlari, don tashuvchi transport vositalari tayyorlanishini hamda ularning “Oʻzdavtexnazorat” va Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektorlarining dalolatnomalari boʻyicha komissiya orqali qabul qilib olinishini, shuningdek xoʻjaliklardagi don xirmonlari tayyorlanishini tugallasinlar, donni qabul qilish maydonchalarini, don tozalash qurilmalari va boshqa donni dastlabki qayta ishlash vositalarini tuzatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha kombaynlarning, shu jumladan yuqori unumli “Keys” va “Klaas”, “Nyu-Xolland” kombaynlari hosil oʻrim-yigʻimida 1-ilovaga muvofiq miqdorda qatnashishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamma joyda kombaynlarning guruh boʻlib ishlashini tashkil etsinlar, har bir guruhga transport, texnik xizmat koʻrsatish va yonilgʻi quyish vositalarini biriktirsinlar. Don yetilishi muddatlari hisobga olingan holda guruhlarning harakat qilish yoʻnalishlari ishlab chiqilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnikaning ishga yaroqli holda boʻlishini taʼminlash uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxirasini yaratsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
don yanchib olinishi va uning kirim qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash uchun hosil ekspert baholanishini hamda har bir dala boʻyicha tegishli dalolatnomalar tuzilishini boshoqli don ekinlarini yigʻishtirib olish boshlangungacha tugallasinlar. Don hosildorligining prognoz va amaldagi koʻrsatkichlari oʻrtasida asoslanmagan farq paydo boʻlgan taqdirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish chora-tadbirlari koʻrilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
don xoʻjaliklar tomonidan albatta dastlab tozalangan, iflosligi va namligi standart normativlardan ortiq boʻlmagan holda tayyorlov punktlariga yetkazib berilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda operatorlar, transport vositalari haydovchilari va oʻrim-yigʻimda, donni tozalash va tashishda, texnikaga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan boshqa xodimlar mehnatiga ish unumiga va hosil oʻrim-yigʻimi sifatiga qarab haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqsinlar va xoʻjaliklarga yetkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga mahsulot bilan haq toʻlash hisobiga don berishni faqat “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi don qabul qilish korxonalariga don sotish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urugʻlik fondi gʻamlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatbop donning davlat zaxirasini 2002-yilga tasdiqlangan don balansiga qatʼiy muvofiq miqdorda yangilasin, uning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-maydagi 209-33-son qarorida belgilangan don mahsulotlari korxonalarida alohida saqlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elevatorlar va omborlar, shuningdek don mahsulotlari fumigantlar bilan oʻz vaqtida zararsizlantirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi kombaynlarga va boshqa texnikaga xizmat koʻrsatishda amaliy yordam berish uchun donni yigʻishtirib olish davrida 2-ilovaga muvofiq korxonalarni yirik don yetishtiruvchi tumanlarga shartnoma asosida biriktirib qoʻysinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
donning kombaynlardan xirmongacha va don qabul qilish punktlarigacha tashishning topshiriqda belgilangan hajmlari bajarilishini taʼminlaydigan miqdorda 3-ilovaga muvofiq donni tashish uchun yuk avtomobillari, tirkamali transport traktorlari qoʻyilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda don tashishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtotransportini shartnoma asosida jalb etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjaliklar tomonidan donni don qabul qilish punktlariga tashish boʻyicha transport xarajatlari “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xoʻjaliklarning oʻzlari yetishtirgan hosildan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qarorida belgilangan miqdorlarda urugʻlik gʻamlashini tashkil etsin hamda urugʻlik tayyorlash sifati ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 2002-yil boshoqli don ekinlari hosilini oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olish ishlarini tashkil etish uchun 4-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari rahbarligida respublikaning barcha mintaqalarida shunday komissiyalar tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi komissiya (I.H. Joʻrabekov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshoqli don ekinlari hosili uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olinishi ishlarining bajarilishini muntazam oʻrganib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi komissiya majlislarida hududiy shtablar, respublika vazirliklari va idoralari rahbarlarining hosilni uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish boʻyicha ular tomonidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitishni amaliyotga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 2002-yilda boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olish davrida yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlar kelib chiqishining oldini olish hamda donning talon-toroj qilinishi va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlaridan 2200 kishini 5-ilovaga muvofiq viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha boʻlish joyiga olib borish hamda hosil yigʻishtirib olingandan keyin ularni qaytarib olib kelish uchun zarur miqdordagi transport vositalari ajratilishini taʼminlasinlar. Tinglovchilar va kursantlarni tashish bilan bogʻliq transport xarajatlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha yashash joylari, oziq-ovqat, ularni tashish uchun transport va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda donni oʻrib-yigʻib olish joylarida, don xirmonlarida va donni qabul qilib olish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari tashkil qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yuborilayotgan tinglovchilar va kursantlarga tibbiy xizmat koʻrsatilishini, ular yashayotgan joylardagi sanitariya holati kundalik nazorat qilinishini taʼminlasin. “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik jamiyati Ichki ishlar vazirligiga sotish uchun zarur miqdorda dori-darmonlar va boshqa davolash vositalari ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hosilni yigʻishtirib olish davrida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga va hosilni yigʻishtirib olish va tashish bilan band boʻlgan boshqa tashkilotlarga yonilgʻi-moylash materiallari belgilangan limitlar boʻyicha uzluksiz berilishini taʼminlasinlar, “Keys”, “Klaas” va “Nyu-Xolland” kompaniyalarida ishlab chiqarilgan kombaynlar va traktorlar uchun moy yetkazib berilishiga alohida eʼtiborni qaratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil don hosili uchun hisob-kitob qilish uchun mablagʻ ajratishda hosilni yigʻishtirib olish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan jalb qilingan “Keys” va “Klass” kombaynlari xizmati, don tashish boʻyicha avtotransport xizmatlari, shuningdek “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va donni oʻrib-yigʻib olish mavsumiga texnik yordam koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarning korxonalari xizmatlari uchun haq toʻlash xarajatlarini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi bilan birgalikda topshirilgan don uchun xoʻjaliklar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Paxta-bank”, “Gʻalla-bank” va boshqa xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga xoʻjaliklar va mashina-traktor parklari, avtoxoʻjaliklarning don oʻrish-yigʻish mavsumi qatnashchilariga har 5 kunda ish haqi toʻlash uchun naqd pulga boʻlgan ehtiyojini Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan mablagʻlar hisobiga toʻliq hajmda taʼminlash tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Don tashishni amalga oshiruvchi temir yoʻl va avtomobil transporti xizmatlari uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilishni taʼminlash maqsadida 2002-yil don hosilini tashish davri uchun joriy yilning 1-noyabrigacha “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun, transport xarajatlarini hisobga olgan holda bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq dolzarb ehtiyojlarga pul tushumidan ajratmalar stavkasi, istisno tariqasida, 15 foizgacha miqdorda belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzagromashservis” uyushmasi korxonalari qishloq xoʻjaligi texnikasini boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga tayyorlash uchun taʼmirlash materiallari olib kelishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan 6-ilovaga muvofiq (bojxonada rasmiylashtirilganlik yigʻimlaridan tashqari), shuningdek ularni taʼmirlash korxonalari va mashina-traktor parklariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xoʻjaliklar tomonidan don yetishtirish va uni sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarining toʻgʻriligini don qabul qilib olish korxonalari darajasida muntazam ravishda tekshirib borsin, aniqlangan buzilishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga darhol axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 23-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yilda boshoqli don ekinlari hosili oʻrim-yigʻimida gʻalla kombaynlarining qatnashishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(dona)

‎‏

Gʻalla kombaynlari, jami

shu jumladan, “Keys”, “Klaas”, “Nyu-Xolland” kombaynlari

ulardan:

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-apreldagi 112-son qaroriga muvofiq olib kelinadigani

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan jalb etiladigani

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

58‎‎

58‎‎
Viloyatlar:
Andijon 327‎ 146‎ 12‎
Buxoro 193‎ 98‎ 10‎
Jizzax 487‎ 215‎ 10‎ 25‎
Qashqadaryo 960‎ 246‎ 12‎ 25‎
Navoiy 112‎ 44‎ 2‎
Namangan 355‎ 103‎ 10‎ 5‎
Samarqand 448‎ 190‎ 10‎ 25‎
Surxondaryo 400‎ 164‎ 5‎ 25‎
Sirdaryo 230‎ 171‎ 5‎ 27‎
Toshkent 476‎ 185‎ 12‎ 13‎
Fargʻona 395‎ 148‎ 12‎ 10‎
Xorazm 68‎ 68‎

Hammasi:

4509‎ 1836‎ 100‎ 155‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil don hosilini oʻrib-yigʻib olish davrida “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi korxonalarini don ekuvchi yirik tumanlarga biriktirib qoʻyish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tumanlar

Korxonalar

Jizzax viloyati

Baxmal “Toshkent agregat zavodi” OAJ
Zomin “Toshkent traktor zavodi” DAB
Yangiobod‎ Jizzax shahridagi “Taʼmirlash zavodi” AJ
Gʻallaorol “Chirchiqqishloqmash” OAJ

Qashqadaryo viloyati

Gʻuzor “Toshqishloqmash” OAJ
Koson “Qarshi taʼmirlash zavodi” AJ
Qamashi “Gidravlika” AJ
Chiroqchi “Uskunaquruvchi” AJ
Yakkabogʻ “Kimyoqishloqmash” OAJ

Navoiy viloyati

Nurota Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Taʼmirlash-mexanika zavodi” AJ

Samarqand viloyati

Bulungʻur Samarqand shahridagi “Taʼmirlash zavodi” AJ
Nurobod “Qugʻaytaʼmirlash” AJ

Surxondaryo viloyati

Boysun “Termiz taʼmirlash mexanika zavodi” AJ
Denov “Denov taʼmirlash mexanika zavodi” AJ
Sherobod “Shoʻrchi taʼmirlash zavodi” AJ

Sirdaryo viloyati

Oqoltin “Oʻzbekqishloqmash” OAJ

Toshkent viloyati

Ohangaron “Tosh OR” AJ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini tashish uchun jalb qilinadigan transport vositalari soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(dona)‎

Jami Shu jumladan: Ulardan:
avtomobillar tirkamali traktorlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xoʻjaliklari va korxonalari Umumiy foydalanishdagi avtokorxonalar (avtomobillar) “Oʻzagromashservis” uyushmasi (avtomobillar) boshqa tashkilotlar (avtomobillari)
avtomobillar tirkamali traktorlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi

298‎

98‎ 200‎ 80‎ 200‎ 18‎
viloyatlar:
Andijon 2385‎ 1285‎ 1100‎ 650‎ 1100‎ 220‎ 165‎ 250‎
Buxoro 1803‎ 1163‎ 640‎ 490‎ 640‎ 230‎ 93‎ 350‎
Jizzax 1421‎ 921‎ 500‎ 320‎ 500‎ 425‎ 56‎ 120‎
Qashqadaryo 3671‎ 1371‎ 2300‎ 920‎ 2300‎ 320‎ 81‎ 50‎
Navoiy 742‎ 442‎ 300‎ 160‎ 300‎ 155‎ 62‎ 65‎
Namangan 2783‎ 1283‎ 1500‎ 600‎ 1500‎ 100‎ 143‎ 440‎
Samarqand 2587‎ 1787‎ 800‎ 1410‎ 800‎ 280‎ 97‎
Surxondaryo 2731‎ 1731‎ 1000‎ 1400‎ 1000‎ 150‎ 106‎ 75‎
Sirdaryo 1473‎ 873‎ 600‎ 300‎ 600‎ 300‎ 43‎ 230‎
Toshkent 1859‎ 849‎ 1010‎ 560‎ 1010‎ 150‎ 124‎ 15‎
Fargʻona 2357‎ 1557‎ 800‎ 1075‎ 800‎ 250‎ 132‎ 100‎
Xorazm 1646‎ 296‎ 1350‎ 270‎ 1350‎ 26‎

Jami

25756‎ 13656‎ 12100‎ 8235‎ 12100‎ 2580‎ 1146‎ 1695‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil boshoqli don ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olishni uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha Ishchi komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻrabekov I.H.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Ishchi komissiya rahbari‎
Yusupov N.S.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari‎
Qalibekov I.J.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyatining mudiri‎
Nurmurodov M.B.‎ —‎‎ Moliya vaziri‎
Mullajonov F.M.‎ —‎‎ Markaziy bank raisi‎
Polvon-zoda A.A.‎ —‎‎ Adliya vaziri‎
Parpiyev B.R.‎ —‎‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
Bobojonov P.‎ —‎‎ Bosh prokuror oʻrinbosari‎
Begaliyev S.B.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Salimov A.H.‎ —‎‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari‎
Najmiddinov I.H.‎ —‎‎ “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi raisi‎
Mutalov H.N.‎ —‎‎ “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi raisi‎
Nishonov Sh.N.‎ —‎‎ “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi‎
Bobomirzayev A.B.‎ —‎‎ Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi‎
Zohidov R.Q.‎ —‎‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi‎
Hasanov U.X.‎ —‎‎ “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Ahmedov A.A.‎ —‎‎ “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi bosh direktori‎
Saydahmedov Sh.M.‎ —‎‎ “Oʻzneftniqaytaishlash” kompaniyasi raisi‎
Axmetov A.A.‎ —‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
Matchonov R.D.‎ —‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Ayupov A.M.‎ —‎‎ “Oʻzmevasabzavotu�umsanoat-xolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Yusupov F.A.‎ —‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Zufarov R.E.‎ —‎‎ “Oʻzdoninspeksiya” boshligʻi‎
Toshmatov Q.F.‎ —‎‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
Oʻrinboyev I.I.‎ —‎‎ “Gʻalla-bank” boshqaruvi raisi‎
Abdullayev S.S.‎ —‎‎ Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil boshoqli don ekinlari hosili oʻrim-yigʻimiga jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAQSIMOTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r

Ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga

Taʼlim muassasasining nomi

Soni

1.‎ Qashqadaryo viloyati IIV Akademiyasi 600‎
2.‎ Surxondaryo viloyati IIV Akademiyasi 400‎
3.‎ Samarqand viloyati IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti 200‎
4.‎ Sirdaryo viloyati IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti 300‎
5.‎ Toshkent viloyati IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti 300‎
6.‎ Jizzax viloyati IIV Yongʻinga qarshi xavfsizlik oliy maktabi 400‎
Hammasi 2200‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yilda boshoqli don ekinlari hosili oʻrim-yigʻimiga qishloq xoʻjaligi texnikasini tayyorlash uchun keltiriladigan taʼmirlash materiallari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r

Taʼmirlash materiallarining nomi

Miqdori (tonna)
1.‎ Quyuv koksi (GOST 3340-86) 400‎
2.‎ Maxsus konstruksiyali metallar 500‎
3.‎ Payvandlash elektrodlari (ANO-4) 480‎
4.‎ Eritish simlari 130‎