Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.04.2002 yildagi 134-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.04.2002 yildagi 134-son
Date of entry into force
22.04.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002 YILDA ShOLI EKILADIGAN MAYDONLAR VA ShOLI YETIShTIRISh HAJMLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan sholi yetishtirish samaradorligini oshirish asosida aholining guruchga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining kutilayotgan suv taʼminotini hisobga olgan holda 2002-yilda sholi ekiladigan maydonlar, sholi yetishtirish va uni davlat resurslariga sotish hajmlari toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin. Fargʻona vodiysi va 1-ilovada koʻrsatilmagan boshqa viloyatlar xoʻjaliklarida sholi ekish qatʼiy taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida sholi ekin maydonlari faqat ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklar hududlarida joylashtirilsin. Shu bilan birga sholi ekin maydonlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining qirgʻoq boʻyidagi yerlarida va janubiy tumanlarida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yilda sholining yuqori hosilli, ertapishar navlarining qulay agrotexnik muddatlarda, suv kafolatli beriladigan tumanlarda ekilishini taʼminlasinlar. Yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida sholini koʻchat usulida ekish texnologiyasi keng qoʻllansin, buning uchun mavjud maxsus texnika-parkidan foydalanilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi suvdan oqilona foydalanish boʻyicha hamda kollektor va kanallarni tozalash, ularning tubini chuqurlashtirish, shuningdek tashlanma suv havzalaridagi mavjud suvlardan foydalanish hisobiga qoʻshimcha suv resurslarini jalb etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Kollektor-drenaj suvlarini chiqarish uchun qoʻshimcha nasos agregatlari oʻrnatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga 2002-yil sholi hosilidan urugʻlik yetishtirish va “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq topshiriq belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, urugʻchilik xoʻjaliklari davlat resurslariga tovarbop sholi sotishni faqat urugʻlik sholi gʻamlash topshiriqlari bajarilgandan keyingina amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining boshlangʻich urugʻchilikni amalga oshirishini, sholi navlarining asosiy originatori va ularning yagona yetishtiruvchisi, shuningdek yuqori reproduksiyali — superelita va elita urugʻlik yetkazib beruvchi ekanligini eʼtiborga olib, 2002-yilda Oʻzbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti davlat resurslariga tovarbop sholi sotishdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tovarbop sholi xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini 2002-yil 1-maygacha taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi 2002-yil 1-avgustgacha sholichilik xoʻjaliklariga tovarbop va urugʻlik sholi davlat xaridlari umumiy summasining 50 foizgachasi miqdorida bosqichma-bosqich avans berib borishni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tovar va urugʻlik uchun xarid qilinadigan sholining xarid (shartnomaviy) narxlari boʻyicha 2002-yil 1-avgustgacha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 22-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 22-apreldagi 134-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yilda sholi ekiladigan maydonlar, sholi yetishtirish va xarid qilish hajmlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekin maydoni (ming gektar)‎ Hosildorlik (ga/ts)‎ Yalpi hosil (ming tonna)‎ Davlat resurslariga sotish (ming tonna)‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 15,0‎ 33,0‎ 49,5‎ 29,7‎
viloyatlar:‎
Surxondaryo‎ 5,0 33,0‎ 16,5‎ 9,9‎
Sirdaryo‎ 6,0 32,0‎ 19,2‎ 11,5‎
Toshkent‎ 9,0 37,8‎ 34,0‎ 20,4‎
Xorazm‎ 10,0‎ 40,0‎ 40,0‎ 24,0‎

Jami:‎

45,0‎ 35,4‎ 159,2‎ 95,5‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 22-apreldagi 134-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil hosilidan urugʻlik sholi yetishtirish va “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOPShIRIQ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(tonna)

Urugʻlik tayyorlash hajmi, hammasi

shu jumladan:

yuqori reproduksiyali (elita, IR)‎

Navdor‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 3750‎ 100‎ 3650‎
viloyatlar:‎
Surxondaryo‎ 1250‎ 200‎ 1050‎
Sirdaryo‎ 1500‎ 400‎ 1100‎
Toshkent‎ 2250‎ 600‎ 1650‎
Xorazm‎ 2500‎ 100‎ 2400‎
Jami:‎ 11250‎ 1400‎ 9850‎