Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.07.2001 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.07.2001 yildagi 300-son
Date of entry into force
13.07.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ISLOM DUNYOSINING OʻZBEKISTONDAGI OʻLMAS TARIXIY OBIDALARI” FOTOALBOMINI NAShR ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diyorimiz islom dunyosining falsafiy taʼlimoti va merosi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk allomalar va aziz-avliyolar vatani ekanini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik orasida keng targʻib qilish, xalqimizning maʼnaviy qadriyatlarini tiklash borasida istiqlol yillarida amalga oshirilgan katta ishlarni tasviriy yoʻsinda aks ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Islom dunyosining Oʻzbekistondagi oʻlmas tarixiy obidalari” nomli fotoalbom oʻzbek, ingliz va arab tilida nashr qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Albomni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh 10 kun muddatda albomning maʼno-mazmuni va badiiy jihatlarini ifoda etadigan ish rejasini ishlab chiqsin. Albom uchun arxiv hujjatlari, tarixiy fotosuratlar va boshqa tasviriy vositalarni tanlashda quyidagilarga eʼtibor qaratilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyaviy-maʼnaviy nuqtai nazardan biz kimlarning avlodlari boʻlganimizni, oʻz muqaddas dinimizga hamisha sodiq qolib, uni iymon-eʼtiqodimizning asosiy mezoni sifatida qalbimizda, onggu shuurimizda saqlab kelganimizni aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻhna oʻzbek zaminining yuksak islomiy madaniyat beshigi ekani, yurtimizning musulmon dunyosida gʻoyat noyob boʻlgan osori atiqalarga boyligi, ular sobiq mustabid tuzum davrida ayovsiz toptalgani, mustaqillik yillarida qaytadan tiklanib, yangicha qadr-qimmat kasb etayotganini tarixiy hujjatlar, turli fotolavhalar va tasviriy sharhlar orqali koʻrsatib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom madaniyatining noyob durdonalari sifatida jahonda tan olingan, Vatanimizda asrab-avaylab kelinayotgan nodir qoʻlyozma asarlar haqida atroflicha maʼlumot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarixiy-madaniy obidalarimizning oʻziga xos tarixiy-meʼmoriy jihatlari, ularni qayta tiklash va taʼmirlash, koʻhna qadamjolar, muborak ziyoratgohlarni obod qilish, yangi xotira majmualarini barpo etish boʻyicha yuksaltirish, yosh avlod qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirishdagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar islom dinining asl mohiyati ezgulik, tinchlik, doʻstlik va hamkorlik, farovon hayot gʻoyalariga xizmat qilishini aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishchi guruhi, shuningdek, Oʻzteleradiokompaniya, “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizda yashab oʻtgan, islom dini taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan ulugʻ allomalar haqida filmlar asosida yaratilishiga har tomonlama koʻmaklashishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Islom dunyosining Oʻzbekistondagi oʻlmas tarixiy obidalari” albomini nashr etish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat matbuot qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan sarf-xarajatlar smetasi asosida albomni nashr etish uchun zarur mablagʻni ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda albomni tarqatish va keng miqyosda targʻib etish chora-tadbirlarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
300-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-iyuldagi 300-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Islom dunyosining Oʻzbekistondagi oʻlmas tarixiy obidalari” albomini tayyorlash boʻyicha ishchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GURUHI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Karomatov H.‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, (ishchi guruh rahbari)‎
2.‎ Davron X.‎ —‎‎ Yoshlar telekanali bosh direktori (ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari)‎
3.‎ Yunusov O.‎ —‎‎ Prezident devoni yetakchi konsultanti (ishchi guruhi masʼul kotibi)‎
4.‎ Alimov B.‎ —‎‎ “Sharq” kompaniyasi raisi‎
5.‎ Joʻrayev X.‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vazirligi‎
6.‎ Ibrohimov N.‎ —‎‎ Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti rektori‎
7.‎ Islomov Z.‎ —‎‎ Toshkent Islom Universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi mudiri‎
8.‎ Latipov I.‎ —‎‎ “Tasviriy oyina” uyushmasi raisi‎
9.‎ Minovarov Z.‎ —‎‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari‎
10.‎ Murod Muhammad Doʻst‎ —‎‎ “Oʻzbekkino” kompaniyasi raisi‎
11.‎ Mahmud Hasaniy‎ —‎‎ OʻzFA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi‎
12.‎ Otaxonov N.‎ —‎‎ “Movarounnahr” nashriyoti mudiri‎
13.‎ Rizayev Sh.‎ —‎‎ Filologiya fanlari nomzodi‎
14.‎ Safoyev S.‎ —‎‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari‎
15.‎ Shogʻulomov R.‎ —‎‎ Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
16.‎ Gʻulomov A.‎ —‎‎ “Jahon” axborot agentligi bosh direktori‎
17.‎ Yunusov R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari‎
18.‎ Qoʻziyev T.‎ —‎‎ Badiiy akademiya raisi‎
19.‎ Hakimov S.‎ —‎‎ OʻzA Bosh direktori oʻrinbosari‎
20.‎ Hasanov A.‎ —‎‎ Prezident devoni bosh konsultanti‎
21.‎ Husanboyev B.‎ —‎‎ “Oʻzbekturizm” kompaniyasi raisi‎