Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.04.2001 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.04.2001 yildagi 176-son
Date of entry into force
13.04.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻZBEKISTON YuKSALISh YOʻLIDA (OʻN YILLIK MUSTAQIL TARAQQIYOT YOʻLI)” FOTOALBOMINI NAShR ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn yillik bayramini munosib kutib olish, istiqlol yillarida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda qoʻlga kiritilgan katta yutuqlarni, hayotimizda roʻy berayotgan tarixiy oʻzgarishlarni xalqimiz va xalqaro jamoatchilik orasida keng targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vatanimizning betakror qiyofasini va yangi hayot qurish yoʻlida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, yurtimiz odamlarining yorqin siymolarini aks ettiruvchi, koʻp ming yillik tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra sanʼatimiz haqida hikoya qiluvchi “Oʻzbekiston yuksalish yoʻlida (oʻn yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli)” nomli rangli-bezakli fotoalbom tayyorlansin va nashr etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur fotoalbomni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi oʻn kun muddat ichida mazkur fotoalbomning hajmi, tarkibi, maʼno-mazmuni ifodalangan dastur ishlab chiqsin. Fotoalbomning mazmun-mundarijasini belgilashda, arxiv hujjatlari, fotosuratlar va boshqa tasviriy vositalarni tanlashda quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor qaratsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning oʻziga xos qiyofasini, milliy tariximiz, yuksak maʼnaviyatimiz va boy madaniyatimizni, jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashga qodir xususiyatlari va fazilatlarini yorqin lavhalar orqali koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlkamizning goʻzal tabiatini, saxovatli zaminimizning beqiyos manzaralarini aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz boyliklari, tabiiy-mineral zaxiralari va iqtisodiy salohiyatini tasviriy vositalar yordamida namoyon etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp millatli xalqimiz vakillarining oʻziga xos turmush tarzi, yurtimizda qaror topgan millatlararo totuvlik va osoyishtalik, diniy bagʻrikenglikni aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarixiy-madaniy obidalarimiz, ularni qayta tiklash, yangi ziyoratgohlar barpo etish yoʻlidagi keng koʻlamli ishlarning xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini qiyosiy usulda ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatanimiz ostonasi boʻlmish poytaxtimiz Toshkent shahrida mustaqillik davrida bunyod etilgan zamonaviy binolar, ravon yoʻllar, mustahkam koʻpriklar, yangi uy-joylar, goʻzal bogʻ va xiyobonlarni aks ettirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida qayd etilgan Oʻzbekistonning tarixi, oʻziga xos qiyofasi, ulkan salohiyati hamda oʻn yillik mustaqil taraqqiyot davrida yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yoʻlida qoʻyilgan qadamlar va erishilgan natijalarni, xalqaro jamoatchilik eʼtirof etadigan yutuqlarni bir-biri bilan uzviy bogʻliq holda fotosuratlar va boshqa hujjatlar asosida yoritish ishchi guruhining asosiy vazifasi ekani belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston yuksalish yoʻlida (oʻn yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli)” fotoalbomini oʻzbek, rus va ingliz-tillarida nashr etish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fotoalbomni Germaniya Federativ Respublikasida chop etish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda fotoalbomni keng miqyosda targʻib etish va realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fotoalbomni tayyorlash va nashr etish uchun zarur mablagʻlarni Davlat matbuot qoʻmitasi taqdim etgan sarf-xarajatlar smetasi asosida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aerosuratga olish uchun zarur texnik shart-sharoitlarni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Germaniyada nashr etilgan fotoalbom tirajini Toshkent shahriga olib kelishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi fotoalbom tirajini Toshkent shahriga olib kirishda bojxona toʻlovlarini undirmasdan xizmat koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov va Bosh vazir oʻrinbosari H.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 13-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-apreldagi 176-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston yuksalish yoʻlida (oʻn yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli)” fotoalbomini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Ahmadjon Meliboyev‎ —‎ Davlat maslahatchisi oʻrinbosari (ishchi guruhi rahbari)‎
2.‎ Rustam Shoabduraxmonov‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari‎
3.‎ Xayrulla Joʻrayev‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
4.‎ Rustam Shogʻulomov‎ —‎‎ Davlat Matbuot qoʻmitasi raisi‎
5.‎ Murod Muhammad Doʻst‎ —‎‎ OʻzA Bosh direktori‎
6.‎ Bobur Alimov‎ —‎‎ “Sharq” kompaniyasi raisi‎
7.‎ Tursunali Qoʻziyev‎ —‎‎ Badiiy akademiya raisi‎
8.‎ Halim Boboyev‎ —‎‎ Yuridik fanlari doktori, professor‎
9.‎ Bahodir Yoʻldoshev‎ —‎‎ rejissor‎
10.‎ Isfandiyor Latipov‎ —‎‎ “Tasviriy oyina” uyushmasi raisi‎
11.‎ Abror Gʻulomov‎ —‎‎ “Jahon” agentligi bosh direktori‎
12.‎ Abbosxon Usmonov‎ —‎‎ “Xalq soʻzi” gazetasi bosh muharriri‎
13.‎ Mirakmal Mirolimov‎ —‎‎ Oliy Majlisning matbuot va tarjimalar boʻlimi mudiri‎
14.‎ Erkin Aʼzamov‎ —‎‎ “Tafakkur” jurnali bosh muharriri‎
15.‎ Eduard Rtveladze‎ —‎‎ tarix fanlari doktori, akademik‎
16.‎ Shuhrat Rizayev‎ —‎‎ filologiya fanlari nomzodi‎
17.‎ Absalom Umarov‎ —‎‎ filologiya fanlari nomzodi‎
18.‎ Ahmadjon Toshxoʻjayev‎ —‎‎ jurnalist‎
19.‎ Sherzod Qudratxoʻjayev‎ —‎‎ jurnalist‎
20.‎ Raim Farhodiy‎ —‎‎ shoir, jurnalist‎