Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.01.2000 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.01.2000 yildagi 17-son
Date of entry into force
19.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BURHONIDDIN AL-MARGʻINONIY TAVALLUDINING HIJRIY SANA BOʻYIChA 910 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon xalqlarining maʼnaviy-diniy taraqqiyotiga, huquqshunoslik ilmining rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma, nodir isteʼdod egasi Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludiga hijriy sana boʻyicha 910 yil toʻlishi munosabati bilan uning xotirasini abadiylashtirish, xalqimizni ajdodlarimiz maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va jamoatchilikning 2000-yilda Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligini respublikamizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi hamda yubiley tantanalariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari rejasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Badiiy akademiya va Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda ochiq tanlov asosida 2000-yilda Burhoniddin al-Margʻinoniy sharafiga yodgorlik majmui barpo etish masalasi boʻyicha takliflar tayyorlasin va ularni tashkiliy qoʻmita tasdigʻiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fargʻona viloyati hokimligi va Tashqi ishlar vazirligi hamda tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 2000-yilda “Burhoniddin al-Margʻinoniyning jahon fani va madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Burhoniddin al-Margʻinoniy yashagan davr fani va madaniyatiga oid asarlarni, shuningdek uning asarlari namunalarini nashr etishni oʻz rejalariga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bir oy muddatda Burhoniddin al-Margʻinoniyning jahon fani va madaniyati tarixida tutgan oʻrnini chuqur oʻrganish, targʻib etish boʻyicha oʻz tadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fargʻona viloyati hokimligi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilotlar va jismoniy shaxslarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi taklif-istaklari qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-yanvardagi 17- son qaroriga
1 ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karomatov H.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
Mansurov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Joʻrayev N.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Isayev A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
Otaboyev A.‎ —‎‎ Fargʻona viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
Shodiyev B.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi rahbari, tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi‎
Abdullayev F.‎ —‎‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori‎
Azimov R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri‎
Bahromov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy‎
Boliyev A.‎ —‎‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi masʼul kotibi‎
Joʻrayev X.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Joʻrayev T.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti‎
Ibrohimov N.‎ —‎‎ Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti rektori‎
Ikromov A.‎ —‎‎ YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi masʼul kotibi‎
Komilov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri‎
Koʻchimov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi raisi‎
Murod Muhammad Doʻst‎ —‎‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Oripov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
Parpiyev B.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
Roʻzmetov A.‎ —‎‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori‎
Sobirov F.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi‎
Toʻlaganov K.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimi‎
Toʻxtayev A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi raisi‎
Xayrullayev M.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti direktori‎
Shogʻulomov R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
Yunusov T.‎ —‎‎ “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi‎
Qoʻziyev T.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
Husanboyev B.‎ —‎‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma: tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangi tayinlangan shaxs kiritiladi.