Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.11.1996 yildagi 385-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.11.1996 yildagi 385-son
Date of entry into force
07.11.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

ANGREN ShAHRIDA BOYITILGAN KAOLIN IShLAB ChIQARISh FABRIKASINI QURISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Koʻmir” aksionerlik jamiyati va Germaniyaning “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasining Angren shahrida boyitilgan kaolin ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, 1-ilovaga muvofiq ustav sarmoyasi tuzilmasiga ega boʻlgan “Kaolin” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻmir” koʻmir qazib olish va sotish aksionerlik jamiyati bilan Germaniyaning “Proyektirung und Anlagen Bau GmbX” kompaniyasi oʻrtasida quvvatlarini 1998-yilning IV choragida ishga tushirgan holda Angren konining dastlabki kaolin xomashyosidan yiliga 200 ming tonna boyitilgan kaolin ishlab chiqarish boʻyicha texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish va ularni foydalanishga topshirish yuzasidan 65,5 mln Germaniya markasi summasiga kontrakt tuzilgan,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi (9,83 mln Germaniya markasi) “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasi badali hisobiga amalga oshiriladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 85 foizi (55,7 mln Germaniya markasi) “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida “Berliner bank AG” banki tomonidan “Kaolin” qoʻshma korxonasiga beriladigan kreditlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy valyutadagi xarajatlar (253,6 mln soʻm) “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan “Koʻmir” aksionerlik jamiyatiga beriladigan kredit hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi “Berener bank AG”ning kreditini va ular boʻyicha foizlarni toʻlash 2-ilovaga muvofiq “Kaolin” qoʻshma korxonasining daromadlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsanoatqurilishbank” kreditlarini va ular boʻyicha foizlarni toʻlash “Koʻmir” aksionerlik jamiyati tomonidan “Kaolin” qoʻshma korxonasi daromadlaridan olingan dividendlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Koʻmir” aksionerlik jamiyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kaolin” qoʻshma korxonasi taʼsis hujjatlarini ishlab chiqishda va imzolashda marketing tadqiqotlari oʻtkazilishi va mahsulotlarning tashqi bozorda sotilishi tashkil etilishi masʼuliyati “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasiga yuklanishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kaolin” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3-ilovaga muvofiq ishga tushirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu loyiha boʻyicha jalb etiladigan kreditlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻlmagan taqdirda qoʻyilgan mablagʻlarning “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyasi tomonidan soʻzsiz olinishiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosa belgilangan tartibda bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimi tuzsin hamda “Berliner bank AG” bankining “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi mablagʻlari “Kaolin” qoʻshma korxonasi uchun qayta moliyalanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi kaolinni boyitish fabrikasi qurilishini Respublika investitsiya dasturiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Kaolin” qoʻshma korxonasi xorijiy kreditni toʻlash davrida qoʻshilgan qiymat soligʻi va foydadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Koʻmir” aksionerlik jamiyatining buyurtmanomasi boʻyicha “Proyektirung und Anglagen Bau GmbX” va “Kulenkampff va Konitski GmbX” kompaniyalarining loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan xodimlariga, viza rasmiylashtirilgani uchun konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda, belgilangan tartibda koʻp martalik kelish vizalari berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Koʻmir” aksionerlik jamiyati va “Kaolin” qoʻshma korxonasi kontraktlar boʻyicha mazkur loyihani amalga oshirish uchun olib kelinayotgan materiallar, buyumlar va asbob-uskunalarga boj poshlinalari toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
385-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 385-son qaroriga
1-ILOVA

“Kaolin” qoʻshma korxonasi ustav sarmoyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Muassislar‎ Ulush summasi (mln Germaniya markasi)‎ Ulush salmogʻi (foizlarda)‎ Qoʻllashdan koʻzda tutilgan maqsad‎
Germaniya tomoni:‎
“Kulenkampff va Konitski” kompaniyasi‎ 9,83‎ 51‎ Kontrakt boʻyicha “Proyektirung und Anlagen Bau Bautsen” kompaniyasidan asbob-uskunalar xarid qilish uchun avans toʻlovining 15 foizi sifatida foydalaniladi‎
Oʻzbekiston tomoni:‎
“Koʻmir” aksionerlik jamiyati‎ 9,45‎ 49‎
Germaniya markasiga teng ekvivalentda oʻz mablagʻlari (mavjud binolar va inshootlar)‎ 1,46‎ 7,54‎ Yangi ishlab chiqarishni joylashtirish uchun foydalaniladi‎‎
“Oʻzsanoatqurilishbankining 253,6 mln soʻmlik krediti, Germaniya markasiga teng ekvivalentda‎ 7.99‎ 41,46‎ Binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash‎
Hammasi‎ 19,28‎ 100‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 385-son qaroriga
2-ILOVA

Boyitilgan kaolin ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha “Berliner bank AG” kreditini toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JADVALI

Kredit summasi ‎ 55 696 849 Germaniya markasi, “Germes” jamiyatining sugʻurta mukofoti ham shu jumlaga kiradi‎
Kreditning foiz stavkasi yillik foyda ‎ 6,8 % + 1,2% (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki marjasi)‎
Kredit berish muddati toʻlash ‎ 2 yilga kechiktirilgan holda 9,5
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(mln. Germaniya markasi)

Kreditning nomi‎‏

Yillar
1997‎ 1998‎ 1999‎ 2000‎ 2001‎ 2002‎ 2003‎ 2004‎ 2005‎ 2006‎ Jami‎
Qarzni qaytarish‎ 0‎ 0‎ 7,391‎ 7,391‎ 7,391‎ 7,391‎ 7,391‎ 7,391‎ 7,391‎ 3,954‎ 55,69‎
Kredit uchun foiz toʻlash‎ 0‎ 0‎ 4,580‎ 4,00‎ 4,06‎ 2,685‎ 2,053‎ 1,422‎ 0,790‎ 0,158‎ 19,77‎
Kreditni qaytarishning jami summasi‎ 0‎ 0‎ 11,971‎ 11,391‎ 11,451‎ 10,076‎ 9,444‎ 8,813‎ 8,181‎ 4,112‎ 75,46‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 385-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kaolin” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JADVALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlarning nomi va turlari Yillar
1997‎‎‎‎ 1998
oylar‎‎ oylar
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎
Loyiha ishlarini bajarish va hujjatlarni chiqarish‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Qurilish-montaj ishlarini bajarish‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Asbob uskunalar yetkazib berish‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Asbob uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Ishga tushirish sozlash ishlari‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Foydalanishga topshirish‎ X‎ X‎