Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.2018 15.11.2002 yildagi PF-3162-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.11.2002 yildagi PF-3162-son
Date of entry into force
15.11.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

RESPUBLIKA BANK KENGAShINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashtirilishi va bank tizimi erkinlashtirilishini taʼminlash, bank qonunchiligini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tashkil etish darajasi va samaradorligini oshirish, respublika tijorat banklarining rivojlanishiga hamda barqaror faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika bank kengashi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Respublika bank kengashi doimiy ishlovchi kollegial organ boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika bank kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, bank qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

muntazam tahlil asosida makroiqtisodiyot va budjet siyosati bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, shu siyosatning iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilish maqsadli vazifalari hamda ustuvor yoʻnalishlariga, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga doir qabul qilingan kompleks dasturlarga muvofiqligini aniqlash;

milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, pul tizimini mustahkamlash, pul massasining oʻsishini cheklash hamda bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, pul aylanmasida naqd va naqdsiz pul massasining maqbul nisbatini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, pul mablagʻlarining bank omonatlariga jalb etilishini ragʻbatlantirish, fuqarolar omonatlari himoya etilishi kafolatlarining kuchli mexanizmini yaratish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tijorat banklarining investitsiya jarayonida va iqtisodiyotning tarkibiy oʻzgarishlarida ishtirok etishini faollashtirishga qaratilgan qoʻshimcha omillarning samarali tizimini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta bozorini rivojlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, oltin-valyuta zaxiralari barqaror va muttasil koʻpayib borishini taʼminlash, davlatning valyuta mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash;

respublikaning bank tizimini hamda banklararo munosabatlar mexanizmini rivojlantirish va takomillashtirish, tijorat banklarining mustaqilligini, ular faoliyatining ishonchliligi va barqarorligini oshirish, ularning xalqaro kredit reytingini koʻtarish, xalqaro moliya-kredit tizimiga keng koʻlamda qoʻshilish borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika bank kengashi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy banki manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmmalariga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3162-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2002-yil 15-noyabrdagi PF-3162-son Farmoniga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika bank kengashi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Respublika bank kengashi (quyida — “Kengash” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 15-noyabrdagi PF-3162-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida pul-kredit va bank tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida tuzilgan doimiy ishlovchi kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, bank qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam tahlil asosida makroiqtisodiyot va budjet siyosati bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, shu siyosatning iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilish maqsadli vazifalari hamda ustuvor yoʻnalishlariga, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga doir qabul qilingan kompleks dasturlarga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, pul tizimini mustahkamlash, pul massasining oʻsishini cheklash hamda bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, pul aylanmasida naqd va naqdsiz pul massasining maqbul nisbatini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, pul mablagʻlarining bank omonatlariga jalb etilishini ragʻbatlantirish, fuqarolar omonatlari himoya etilishi kafolatlarining kuchli mexanizmini yaratish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining investitsiya jarayonida va iqtisodiyotning tarkibiy oʻzgarishlarida ishtirok etishini faollashtirishga qaratilgan qoʻshimcha iqtisodiy omillarning samarali tizimini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta bozorini rivojlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, oltin-valyuta zaxiralari barqaror va muttasil koʻpayib borishini taʼminlash, davlatning valyuta mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning bank tizimini hamda banklararo munosabatlar mexanizmini rivojlantirish va takomillashtirish, tijorat banklarining mustaqilligini, ularning xalqaro kredit reytingini koʻtarish, xalqaro moliya-kredit tizimiga keng koʻlamda qoʻshilish borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kengash oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul-kredit siyosati asosiy yoʻnalishlari hamda pul massasi parametrlari loyihasini kelgusi yilga moʻljallangan makroiqtisodiyot va budjet siyosatining ustuvor yoʻnalishlari bilan bogʻliq holda koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul muomalasining barqarorligini mustahkamlash, kredit berish va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, moliyaviy isntitutlar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inflatsiya jarayonlarining pasayishini, bank ssudalari boʻyicha qarzdorlik oʻsishi cheklanishini taʼminlashga qaratilgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta siyosatining asosiy yoʻnalishlari va oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish tamoyillari boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda uning vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank qonunchiligini takomillashtirish borasida qonunchilikka oid tashabbuslarni tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz majlislariga davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslarini, idoralar, banklar va tashkilotlarning rahbarlarini, nohukumat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillarini taklif qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert va konsultantlar sifatida olimlar hamda mutaxassislarni jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengash aʼzolari soni 10 kishidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi, Rais oʻrinbosari va aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kengash raisi uning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Kengash majlislarida raislik qiladi. Kengash raisi boʻlmagan hollarda uning vazifalarini Kengash raisining oʻrinbosari bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi va uning oʻrinbosarlari Kengash aʼzolari orasidan Kengash jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan saylanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislarida muhokama etish uchun masalalar kiritish, Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur qonunchilik va normativ hujjatlarini, axborot-tahliliy materiallarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislariga hujjatlarni tayyorlashda ishchi guruhlarida qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengash aʼzolarining burchlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislarida shaxsan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank va tijorat banklarining faoliyati toʻgʻrisida xizmatga oid maʼlumotni, shuningdek maxfiy tusdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengash oʻz majlislarini yilning har choragida kamida bir marta oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kengashning majlislari Kengash raisi yoki u boʻlmagan taqdirda Kengash raisining oʻrinbosari tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining yoxud Kengash aʼzolaridan kamida uch kishining talabiga binoan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kengash hujjatlarining tayyorlash, qarorlarning loyihalarini ishlab chiqish uchun Kengash olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda muvaqqat ishchi guruhlarini tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kengash qarorlari kvorum besh kishidan iborat boʻlgan taqdirda ishtirok etuvchi Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolgan hollarda Kengash majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kengash qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ular Kengash raisi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kengash qarorlari Kengashning barcha aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruviga hamda boshqa manfaatdor hukumat tuzilmalari, idoralar va tijorat banklariga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kengash raisi Kengash amalga oshirayotgan ishlar va u qabul qilayotgan qarorlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini muntazam xabardor qilib turadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 204-modda)