Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023 28.12.2007 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 28.12.2007 yildagi 172-son
Date of entry into force
28.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
Hujjat 28.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi PLENUMINing
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QarorI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudining xususiy ajrimi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik sudlari tomonidan xususiy ajrimlarni chiqarishda qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari boʻlib nafaqat iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, balki qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashishdan ham iborat ekanligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy ajrim ushbu vazifani bajarishning protsessual vositalaridan biri va qonunni buzayotgan shaxslarga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. XPK 152-moddasining birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi nizoni koʻrish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy ajrim koʻrilayotgan xoʻjalik nizosidan chetga chiqadigan masala boʻyicha chiqarilishi mumkin boʻlib, uning maqsadi qonunchilikning buzilishiga barham berish, huquqbuzarliklarning oldini olish va protsess ishtirokchilarini huquqiy tarbiyalashdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taʼsir qilish usuliga koʻra, xususiy ajrimlarni ikki turga boʻlish mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) qonun hujjatlari buzilishiga barham berish yoxud aybdorlarni javobgarlikka tortishga bevosita qaratilgan xususiy ajrimlar (bevosita taʼsir);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) sud vakolatli davlat organlari va boshqa organlarni yoki mansabdor shaxslarni aniqlangan huquqbuzarliklar haqida xabardor etib, ularni bartaraf etish va kelgusi faoliyatida yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, shuningdek aybdorlarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish majburiyatini yuklash haqidagi xususiy ajrimlar (taqdimnomalar) (bilvosita taʼsir).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-1938-sonli Farmoni (bundan buyon matnda Farmon deb yuritiladi) bilan xoʻjalik sudlariga:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xoʻjalik nizolarini koʻrish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— iqtisodiy huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan mulkiy zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— pul mablagʻlari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, toʻlov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik va korxonalarni bankrotlik darajasigacha olib kelganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini va boshqa xodimlarini egallab turgan lavozimidan ozod etishga qadar boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida tegishli organlarga taqdimnomalar kiritish huquqi berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari kerakki, ushbu Farmon bunday choralarni qoʻllashning protsessual qoidalarini belgilamaydi, uni qoʻllash qoidalari esa tegishli qonunlar (Xoʻjalik protsessual, Fuqarolik, Mehnat, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks)ga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan amalga oshirilgan. Shundan kelib chiqib, Farmonda sanab oʻtilgan vakolatlarni amalga oshirishda sudlar ushbu qonunlarni qoʻllashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. XPK 14-moddasining birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Sudlar xususiy ajrim ajrimlarning turlaridan biri hisoblanishi hamda unga ushbu modda ikkinchi qismining sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi haqidagi talablari joriy etilishini inobatga olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni vaqtda qonun hujjatlarida ishni koʻrish jarayonida aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan xabarnoma, axborotnoma yoki xat shaklidagi taʼsir choralari nazarda tutilmaganligini eʼtiborga olish lozim. Shunga muvofiq bunday hujjatlar majburiy kuchga ega emas va ularni mansabdor shaxsga yoxud organga yuborish huquqiy oqibatlarni, ularda koʻrsatilgan talablarni bajarmaslik esa — biror bir javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mansabdor shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish har qanday boshqa xodim kabi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (bundan buyon matnda MK deb yuritiladi) XI bobining normalariga muvofiq yoki xalq xoʻjaligining baʼzi tarmoqlarida ayrim toifadagi xodimlar uchun amalda boʻlgan intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlarga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda intizomiy jazolar ishga qabul qilish (lavozimga tayinlash) huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qoʻllanilishi umumiy qoida hisoblanadi (MKning 182-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan kelib chiqqan holda xoʻjalik sudi mansabdor shaxs yoxud boshqa xodimning harakatlarida oʻz mansab (mehnat) majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaslik holatini aniqlagan taqdirda, uni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi xodimni ishga qabul qilish (lavozimga tayinlash) huquqi berilgan shaxsga (organga) koʻrib chiqish uchun yuboriladigan xususiy ajrimni chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi xususiy ajrimda intizomiy javobgarlikka tortiladigan shaxs aniq koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Intizomiy nojoʻya xatti-harakatning holatlarini tekshirish va aybdor shaxsni aniqlash zaruriyati boʻlganda, xoʻjalik sudi tegishli organlarga mansabdor shaxsni yoki boshqa xodimni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi taqdimnomalarni kiritishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda sud taqdimnoma yoʻllangan organning zimmasiga qonunbuzilishida aybdorni aniqlash va unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash majburiyatini yuklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning qay darajada ogʻir ekanligi, xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvorini hisobga olgan holda intizomiy jazoning muayyan turini tanlash ushbu mansabdor shaxs (organ)ning huquqi hisoblanganligi sababli, xoʻjalik sudi xususiy ajrimda (taqdimnomada) jazo turini koʻrsatishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Zarar keltirgan mansabdor yoki boshqa shaxsning harakatlarida (harakatsizligida) jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan hollarda, zarar yetkazuvchi zarar yetkazilgan paytda yuridik shaxs bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan hollarda, xoʻjalik sudi aybdor shaxs hisobidan yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisida xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda zarar uni yetkazgan mansabdor yoki boshqa shaxs hisobidan MKning 201, 202, 205 va 208-moddalarida nazarda tutilgan miqdorda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. MK 198-moddasining birinchi qismiga muvofiq xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismida bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar deganda, ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan, ish beruvchi uchinchi shaxslardan ijaraga olgan mol-mulk) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchining ortiqcha toʻlovlar qilishi zarurati tushunilishi nazarda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MK 198-moddasining uchinchi qismi xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni toʻlashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar boʻlishini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nizoni koʻrish jarayonida mansabdor shaxs yoxud fuqaroning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan taqdirda, xoʻjalik sudlari unga barham berish va aybdorni qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga qaratilgan choralarni koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nazarda tutish lozimki, xoʻjalik sudi aniqlangan huquqbuzarlikdan kelib chiqib qaror shaklidagi bevosita taʼsir qiluvchi hujjatni yoxud qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi masalani vakolatli mansabdor shaxslarga koʻrib chiqish majburiyatini yuklaydigan xususiy ajrim shaklidagi bilvosita taʼsir qiluvchi hujjatni qoʻllashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 242, 245-1-moddalariga muvofiq xoʻjalik sudlari nizolarni hal etish chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda qayd etilgan Kodeks 175-moddasining uchinchi qismida, 176-1, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.2. MJtK 175-moddasining uchinchi qismida, 176-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday huquqbuzarliklar nizolarni koʻrishda aniqlangan hollarda, xoʻjalik sudi oʻz tashabbusi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga qabul qiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MJtK 175-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, kassa operatsiyalarini yuritish va toʻlov intizomiga rioya etilishini, shu jumladan soliq organlarining inkasso topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash vazifalari yuklangan mansabdor shaxslari tortilishi mumkin. Bunday mansabdor shaxslarga xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari, bosh hisobchisi yoki ustav, mehnat shartnomasi yoxud rahbarning farmoyishi bilan ushbu vazifalarni bajarish yuklatilgan boshqa mansabdor shaxslar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu huquqbuzarlik tarkibini, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarining oʻtkazib yuborilishiga yoʻl qoʻyish, korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablagʻlar boʻlgan holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarining buzilishi, shuningdek pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatining buzilishi tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MJtK 176-1-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka xoʻjalik yurituvchi subyektlarning toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash vazifalari yuklatilgan mansabdor shaxslari ham, tovarlar berish va xizmatlar koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar ham tortilishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortishning majburiy sharti boʻlib, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma majburiyatlarining lozim darajada bajarilmaslik holatining oʻzi emas, balki bunday bajarmaslik (lozim darajada bajarmaslik) oqibatida mulkiy zarar yetkazilishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nazarda tutish kerakki, paxta xomashyosini sotib olish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazish holatlari yuzasidan MJtKning 176-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar MJtKning 245-2-moddasiga muvofiq adliya organlari tomonidan MJtKning 282-moddasida belgilangan tartibda tuzilgan va xoʻjalik sudlariga yuborilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalarga asosan xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaga koʻra bayonnoma boshqa hujjatlar va ish boʻyicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda aybdordan zararni undirish toʻgʻrisidagi qaror maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar aniqnangan zarar qayd etilgan miqdordan oshsa, u MJtK 38-moddasining uchinchi qismiga muvofiq fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida qoplanadi, bu haqda xoʻjalik sudi jabrlanuvchiga zarur tushuntirishlarni berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.4. MJtKning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida, koʻrsatilgan shaxslarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda, shuningdek sudning xususiy ajrimi boʻyicha choralar koʻrmaslikda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlikning har bir holati bevosita taʼsir qiluvchi hujjat shaklidagi sudning oʻz munosabatini bildirish predmeti boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shaxs tomonidan MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan shakllarda sudga hurmatsizlik qilingan holda, ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud jarayoni bosqichida chiqariladi. Xoʻjalik ishining keyingi koʻrilishi umumiy tartibda davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.5. MJtKning 181-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikka faqat sudning qonuniy kuchga kirgan xususiy ajrimi yuborilgan mansabdor shaxs, qachonki xususiy ajrim u tomonidan qabul qilinib, koʻrmasdan qoldirilgan (koʻrsatilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralari koʻrilmagan) yoxud unga oʻz vaqtida javob berilmagan boʻlsagina, tortilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu holatlar xoʻjalik ishi boʻyicha ish yuritish yakunlangandan keyin yuzaga kelishi (sudga maʼlum boʻlishi) mumkin. Bunday hollarda xususiy ajrimni chiqargan sudya (sudlov hayʼati) sud devonxonasining xususiy ajrimga qonunda belgilangan muddatda javob kelib tushmaganligi (oʻz vaqtida tushmaganligi) haqidagi maʼlumotnomasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni ish yuritishga qabul qiladi va uni mazmunan koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.6. XPK aybdor shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibini belgilovchi normalarni oʻz ichiga olmaganligi sababli, u xoʻjalik sudi tomonidan MJtKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish MJtKning XIX, XXII, XXIII boblari, maʼmuriy jazo qoʻllanilishi esa — shu Kodeksning IV bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar toʻgʻrisidagi MJtKning 30-moddasi talablariga qatiy rioya etishga aloxida eʼtibor qaratish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.7. Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan barcha huquqlar taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.8. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish bayonnomasi MJtKning 308-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tuziladi. MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan sudga hurmatsizlik qilish shaklida namoyon boʻlgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish ushbu qoidadan mustasno hisoblanadi. Bunday holda ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud protsessi bosqichida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.9. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror MJtKning 309-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.10. MJtK 315-moddasining birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan IPKda belgilangan tartibda shikoyat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan kelib chiqib, xoʻjalik sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham, bevosita maʼmuriy javobgarlikka tortilgan jismoniy shaxs tomonidan ham shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MJtK 315-moddasining toʻrtinchi qismi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji toʻlashdan ozod etilishini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.11. MJtK 317-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan XPKda belgilangan tartibda protest keltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.12. Mansabdor shaxslar yoki fuqarolarning harakatlarida MJtKga binoan ishni koʻrish boshqa organlarga (mansabdor shaxslarga) yuklatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning belgilari aniqlangan taqdirda, xoʻjalik sudi MJtKning 280-moddasiga muvofiq bunday maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish vakolati berilgan shaxsga masalani qonunda belgilangan tartibda koʻrish majburiyatini yuklash toʻgʻrisida xususiy ajrim shaklidagi bilvosita taʼsir qiluvchi hujjatni chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.13. Xoʻjalik sudining maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarining ijrosi MJtKning V boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.14. MJtKning 275-moddasida nazarda tutilgan prokuror vakolatlarini taʼminlash maqsadida xoʻjalik sudi maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasini u qabul qilingan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida tegishli prokurorga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. XPK 152-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, agar xoʻjalik nizosini koʻrib chiqish chogʻida sud mansabdor shaxs xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishi qoʻzgʻatadi hamda yetkazilgan zarar undirilishini taʼminlash uchun unga tegishli mol-mulkni xatlab qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish vakolati XPKning 152-moddasida nazarda tutilganligi sababli, u ham xususiy ajrim chiqarish shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XPKda jinoyat ishi qoʻzgʻatish tartibini belgilaydigan normalarning mavjud emasligi xoʻjalik sudlari jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishdagi qolgan barcha harakatlarida jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini qoʻllashlari lozimligini anglatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 15 va 321-moddalari talablariga koʻra sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, oʻz vakolatlari doirasida jinoyat ishini qoʻzgʻatishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.2. Xususiy ajrim chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan holatlar jinoyat ishi qoʻzgʻatishdan oldin sud majlisida toʻliq va har tomonlama tekshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda JPKning 322-moddasiga muvofiq jinoyat belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi har qanday maʼlumotlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻlishi mumkin. Ushbu normaga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) shaxslarning arizalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning bevosita oʻzi aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.3. JPK 331-moddasining talablariga muvofiq jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda: ishni qoʻzgʻatish uchun sabab va asoslar; Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaxs koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.4. Agar mansabdor shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida aniqlangan boʻlsa, sudlar XPK 43-moddasining oltinchi qismiga muvofiq ushbu ishda prokurorni ishtirok etishga jalb etishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.5. JPK 336-moddasining 1-bandiga muvofiq jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilganidan keyin sud jinoyat ishini dastlabki tergov yuritish uchun prokurorga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPKning 346-moddasi bilan hududiy jihatdan tergovga tegishlilikning umumiy qoidasi belgilangan boʻlib, unga muvofiq jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi. Shu bilan birga yuqori turuvchi prokurorning farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalaridan qati nazar, olib borilishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan kelib chiqib, yuqori turuvchi prokurorning dastlabki tergov oʻtkaziladigan tumanni aniqlash vakolatini taʼminlash maqsadida xoʻjalik sudlari jinoyat ishlarini aniqlangan jinoyat sodir etilgan hudud joylashgan viloyat prokuroriga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) yuborishlari kerak. Agar sodir etilgan jinoyat joyi aniqlanmagan boʻlsa, jinoyat ishi uni qoʻzgʻatgan xoʻjalik sudi tomonidan shu viloyat prokuroriga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.6. Shunga alohida eʼtibor berish lozimki, qonun prokurorga alohida hujjatlar emas, balki jinoyat ishi yuborilishini talab qiladi, shu sababli xoʻjalik sudlari ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish haqidagi xususiy ajrimga uni qoʻzgʻatish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarni tikilgan, raqamlangan holda, kuzatuv roʻyxati bilan birga ilova qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda jinoyat ishiga XPKga muvofiq asl nusxalari xoʻjalik ishida saqlanishi kerak boʻlgan hujjatlarning jinoyat ishini qoʻzgʻatgan sudya (hayʼat raisi) tomonidan tasdiqlangan nusxalari tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.7. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xususiy ajrim ustidan XPK 152-moddasining uchinchi qismiga muvofiq shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xususiy ajrim ustidan shikoyat qilish uning amal qilishini toʻxtatmaydi, shu sababli u chiqarilgan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida jinoyat ishi hujjatlari bilan birga prokurorga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.8. Agar sud muhokamasi davomida ayrim (shu jumladan, aniqlanmagan) shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat ishi qoʻzgʻatish uchun yetarli boʻlmagan jinoyat alomatlari aniqlansa, xoʻjalik sudi xususiy ajrim bilan tegishli prokurorga unga berilgan vakolatlar doirasida qoʻshimcha tekshirish oʻtkazish va jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal etish majburiyatini yuklashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. XPK xususiy ajrim chiqarilishi mumkin boʻlgan aniq paytni belgilamaydi, shuning uchun u xoʻjalik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va xoʻjalik sudining har qanday instansiyasida chiqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi. Xususiy ajrimning sud majlisidan tashqarida chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.1. XPK xususiy ajrimning alohida xonada chiqarilishini talab qilmaydi, ammo zarur hollarda sud xususiy ajrim chiqarish uchun asos boʻladigan ish hujjatlari va holatlarini yanada puxta oʻrganish uchun bunday huquqdan foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.2. Xususiy ajrimni (qarorni) chiqarishning protsessual asosi sifatida XPKning 152-moddasi, MJtK yoxud JPKning tegishli moddalari koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.3. Xususiy ajrim shakli va mazmuni boʻyicha XPKning 151-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Shu bilan birga, shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish, jinoyat ishini qoʻzgʻatish bilan bogʻliq boʻlgan xususiy ajrimlarni chiqarishda tegishli kodekslarda (MJtK, JPK) nazarda tutilgan bunday protsessual hujjatlarning shakliga nisbatan qoʻyilayotgan talablar inobatga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy ajrimni tuzishda bayon etish usuli va asoslantirish alohida ahamiyat kasb etadi — uning ishonchliligi va taʼsirchanligi shunga bogʻliqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning huquqbuzarlik sodir etganligi holatini qatʼiy taʼkidlashga bevosita taʼsir qiluvchi sud hujjatlarida yoʻl qoʻyilishi mumkin (masalan, sudning maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorida). Sud tomonidan boshqa mansabdor shaxslar (organlar) oldiga xodimni intizomiy, maʼmuriy, moddiy javobgarlikka tortish masalasi qoʻyilgan hollarda, shuningdek jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xususiy ajrimda shaxsning harakatlarida faqatgina nojoʻya xatti-harakat yoki huquqbuzarlik (jinoyat) belgilari koʻringanligini taʼkidlashga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.4. Xususiy ajrim nafaqat u yoʻllangan mansabdor shaxsga (organga), balki ushbu xususiy ajrim manfaatlariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ham yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.5. Boshqa har qanday ajrim kabi xususiy ajrim ham qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi lozim. Ushbu talabning buzilishi xususiy ajrimning bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.6. Sudlarning eʼtibori xususiy ajrimlar va maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlar shaklidagi sud hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat qilinishi qonunchilikni mustahkamlash va sud hokimiyati obroʻsini oshirishning taʼsirchan vositasi ekanligiga qaratilsin. Bironta bunday sud hujjati koʻrilmasdan va qonunda belgilangan tartibda bajarilmasdan qolishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1998-yil 9-apreldagi 72-sonli qarorining 2 - 5.2, 6.2, 6.3, 6.6 - 10-bandlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2000-yil 28-iyuldagi 86-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172-son