Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 09.04.1998 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 09.04.1998 yildagi 72-son
Date of entry into force
09.04.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998-YIL 4-MARTDAGI “XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOCHORLIGI VA SHARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILISHI UCHUN MANSABDOR SHAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUCHAYTIRISH TO‘G‘RISIDA”GI FARMONINI TATBIQ ETISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmonida qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining boqimandalik kayfiyati, mas’uliyatsizligi, tashabbussizligi, shartnoma majburiyatlarining buzilishi korxonalarni iqtisodiy nochorlik, bankrotlikka olib kelayotganligi qayd etilgan. Shunga qaramasdan xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida xo‘jasizlik, pul mablag‘larini behuda sarflash va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yetarlicha baho berilmay kelinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarlikning oldini olishda xo‘jalik sudlarining rolini oshirish maqsadida xo‘jalik sudlariga nizolarni ko‘rish jarayonida jinoyat alomatlari aniqlangan holatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atish, ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash, aybdor shaxslar hisobidan keltirilgan zararni qoplash, rahbar va boshqa xodimlarni egallab turgan lavozimlaridan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy choralar ko‘rish haqida taqdimnomalar kiritish huquqlari berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalik sudlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmonini tatbiq etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi :
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xo‘jalik sudlarining e’tibori ularning iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarlikning oldini olishdagi rolini oshirish zarurligiga qaratilsin. Pul mablag‘lari va boshqa mulkdan oqilona foydalanmaslik, to‘lov intizomini buzganlik, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va korxonalarni bankrotlik darajasiga olib kelganlik holatlari aniqlangan hollarda sudlar rahbar va boshqa shaxslarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilishi, ularni iqtisodiy nochorlik va bankrotlikka olib kelgan hamma holatlarni aniqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlarga Prezidentning 1998-yil 4-martdagi Farmonida nazarda tutilgan sudlarining ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi vakolati xo‘jalik nizolarini ko‘rish jarayonida huquqbuzarlik aniqlangan hollarida qo‘llanilishi mumkin.ekanligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davomli huquqbuzarliklar bo‘yicha bir yillik muddat dastlabki huquqbuzarlik sodir etilgan paytdan emas, balki ushbu huquqbuzarlik aniqlangan va oshkor bo‘lgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davomli huquqbuzarlik tugatilmagan taqdirda yoki nizo sudda ko‘rilgunga qadar bir yilga yetmasdan tugatilgan bo‘lsa, u holda ushbu holat aniqlangan kun huquqbuzarlikning oshkor bo‘lgan kuni deb hisoblanadi.
(6.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Xo‘jalik sudining ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(6.4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5. Ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni ko‘rishda davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-son