Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUD EKSPERTIZASI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1152-sonli “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2026-yil 13-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi sud ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sud eksperti — davlat sud-ekspertiza muassasasining oʻz xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish — sud ekspertizasi tayinlangan fuqarolik, xoʻjalik, jinoyat ishi (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti — xulosa berish uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertining xulosasi (xulosa) — sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi — fuqarolik, xoʻjalik, jinoyat va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini oʻtkazish va xulosa berishdan iborat boʻlgan protsessual harakat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyati — sud ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonuniylik, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi, sud ekspertining mustaqilligi, sud-ekspert tekshirishlarining xolisligi, har tomonlamaligi va toʻliqligi sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda qonuniylikka rioya etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud-ekspertlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud-ekspertlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlarida nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning erkinligini vaqtincha cheklashni yoki uning shaxsiy daxlsizligi buzilishini talab etuvchi sud-ekspert tekshirishlari (bundan buyon matnda tekshirishlar deb yuritiladi) faqat qonunda belgilangan asoslar va tartibda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot (bundan buyon matnda boshqa tashkilot deb yuritiladi) tomonidan sud ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan qabul qilingan qarorlar, sud ekspertining harakatlari (harakatsizligi) oʻz huquq va erkinliklarining cheklanishiga olib keldi deb hisoblagan shaxs mazkur qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti sud ekspertizasini oʻtkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan), taraflardan va ishning natijasidan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslardan mustaqildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti oʻzining fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlariga (bundan buyon matnda maxsus bilimlar deb yuritiladi) muvofiq oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga asoslanib xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs), shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taraflardan birortasining yoki ishning natijasidan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslarning foydasini koʻzlab xulosa olish maqsadida sud ekspertiga taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Tekshirishlarning xolisligi, har tomonlamaligi va toʻliqligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti tekshirishlarni xolisona, qatʼiy ilmiy va amaliy asosda, tegishli ixtisoslik doirasida, har tomonlama va toʻliq hajmda oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertining xulosasi (xulosa) qilingan fikrlarning asosliligi va ishonchliligini umum eʼtirof etilgan ilmiy va amaliy maʼlumotlar bazasiga muvofiq tekshirish imkoniyatini beradigan qoidalarga asoslanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Tekshirish obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoviy dalillar, tekshirish uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek sud ekspertizasi oʻtkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari boʻlishi mumkin. Tekshirishlar tirik odamga nisbatan ham oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishni oʻtkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan tirik odam, murda, hayvon, oʻsimlik, buyum, material yoki moddaning xususiyatlarini aks ettiruvchi obyektlar tekshirish uchun namunalardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini oʻtkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) tekshirishni oʻtkazish uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan sud ekspertizasining oʻziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish obyektlarining sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan sud ekspertizasining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa tashkilot yoki sud eksperti tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning oʻrni qoplab berilishiga sabab boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan holda sud ekspertiga topshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish obyektini sud ekspertining ish joyiga yetkazib berishning iloji boʻlmaganda, sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib koʻrishni va uni tekshirish imkoniyatini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular toʻla ishlatilgan boʻlmasa, sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti sifatida davlat sud eksperti, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa tashkilot xodimi sud ekspertizasini uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda sud eksperti sifatida ishtirok etish uchun jalb etilgan boshqa jismoniy shaxs biron-bir davlat sud-ekspertiza muassasasi shtatida turmaydi va sud ekspertizasini uni tayinlagan organning (shaxsning) topshirigʻini bajarish tartibida oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar sud eksperti sifatida jalb etilishi mumkin emas. Shaxsning sud eksperti sifatida ishtirok etishini istisno etadigan boshqa holatlar protsessual qonunda nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti ish holatlarini tekshirishda faqat oʻziga topshirilgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud va sud muhokamasidagi taraflar sud ekspertiga faqat unga topshirilgan sud ekspertizasi va u tomonidan berilgan xulosa munosabati bilan murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud eksperti lavozimini oliy maʼlumotga, alohida hollarda esa oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi boʻyicha keyingi tayyorgarlikdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi egallashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti sifatida jalb etiladigan boshqa tashkilot xodimi va boshqa jismoniy shaxs oliy maʼlumotga, alohida hollarda esa oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan muassasa davlat sud-ekspertiza muassasasidir. Sud-ekspertlik faoliyati tegishli davlat organlarining ekspertiza boʻlinmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Sud ekspertizasini oʻtkazish mazkur ekspertiza boʻlinmalariga topshirilgan hollarda, ular davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi vazifalarni amalga oshiradi, huquqlarga ega boʻladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir xil ixtisoslikdagi davlat sud-ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini tashkil etish, oʻtkazish, davlat sud ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish sud-ekspertlik amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasasida sud ekspertizalari, bu muassasa qaysi davlat organi ixtiyorida boʻlsa, oʻsha davlat organi tomonidan aniqlanadigan, u uchun belgilangan xizmat koʻrsatish mintaqalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini tayinlagan va davlat sud-ekspertiza muassasasining xizmat koʻrsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud ekspertizasi, istisno tariqasida, ushbu muassasa tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mazkur tashkilotda tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar boʻlmasa, sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar sud ekspertizasini oʻtkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻgʻrisida iltimos qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan tekshirishlarni oʻtkazishni oʻz kuchlari va vositalari bilan taʼminlayotgan tashkilotlarga sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimning koʻchirma nusxasini yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) mazkur tashkilotning tekshirish obyektlari tekshirilganidan soʻng ularni tashish, bundan pochta xarajatlari mustasno; tekshirish obyektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash; katta xavf tugʻdiradigan obyektlarning mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni (portlash, yongʻin va shu kabilarni), agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan muomalada boʻlishning unga maʼlum boʻlgan maxsus qoidalari toʻgʻrisida rahbarga xabar bermagan boʻlsa yoki ular lozim darajada oʻralmagan boʻlsa, bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashni talab qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim olinganidan soʻng sud ekspertizasini oʻtkazishni mazkur tashkilotning qoʻyilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan koʻlamda maxsus bilimlarga ega boʻlgan xodimlari jumlasiga kiradigan sud ekspertiga yoki sud ekspertlari komissiyasiga topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertiga yoki sud ekspertlari komissiyasining har bir aʼzosiga sud ekspertining huquq va majburiyatlarini tushuntirishi (davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga bunday tushuntirish ishga qabul qilish chogʻida beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertini bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni xulosa bilan birga sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish obyektlarini sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni mustaqil ravishda jalb etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertiga muayyan sud ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab qoʻyadigan koʻrsatmalar berishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir boʻlish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga sud ekspertizasi predmetiga oid savollar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamasida sud ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki sud ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti sifatida oʻzini oʻzi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yoki davlat sud-ekspertiza muassasasining yoxud boshqa tashkilotning rahbariga darhol maʼlum qilishi;
LexUZ sharhi
Sud ekspertini oʻzini oʻzi rad etish asoslari Jinoyat-protsessual kodeksining 78-moddasida, Fuqarolik-protsessual kodeksining 22-moddasida, Iqtisodiy protsessual kodeksining 21-moddasida koʻrsatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi oʻtkazgan sud ekspertizasi xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan, ishning natijasidan oʻzining manfaatdor emasligini shubha ostiga qoʻyadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqaga kirishishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun mustaqil ravishda materiallar toʻplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi natijalarini sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud eksperti, shuningdek:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaxsdan) sud ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriqlar qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs sifatida sud ekspertizasini oʻtkazishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Sud ekspertizasini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Sud ekspertizasini oʻtkazish asoslari va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi sud ekspertizasini oʻtkazish asoslaridir. Sud ekspertizasi tegishli qaror yoki ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran tayinlangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirishlarni oʻtkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan tekshirish obyektlari hamda ish materiallarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirish uchun namunalar oladi va ularni protsessual qonunda belgilangan tartibda ishga qoʻshib qoʻyadi. Zarur hollarda, bunday namunalarni olish sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud eksperti yoki mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tekshirish uchun namunalar olish tekshirishlarning bir qismi hisoblansa va sud ekspertizasiga taqdim etilgan tekshirish obyektlaridan foydalanilgan holda sud eksperti tomonidan amalga oshirilsa, sud ekspertizasi tugallanganidan keyin mazkur namunalar uni tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi yoxud qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat sud-ekspertiza muassasasida, agar sud ekspertizasi ushbu muassasada oʻtkazilgan boʻlsa, saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha sud ekspertizasi xulosadagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki sud ekspertizasini oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta sud ekspertizasi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta sud ekspertizasi tayinlanganda sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda qayta sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) sud ekspertizasi xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta sud ekspertizasini oʻtkazish boshqa sud ekspertiga (sud ekspertlari komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) sud ekspertizasini oʻtkazgan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) qayta sud ekspertizasini oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirish oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi bir xil (komissiyaviy sud ekspertizasi) yoki turli xil (kompleks sud ekspertizasi) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha sud eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi tarkibidagi har bir sud eksperti tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarning sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaviy sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda sud ekspertlarining har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlari umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks sud ekspertizasi ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks sud ekspertizasini oʻtkazishda sud ekspertlarining har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks sud ekspertizasining xulosasida sud ekspertlarining har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Sud ekspertlarining har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan sud ekspertlari qiladi. Agar sud ekspertlari komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida sud ekspertlaridan birining (alohida sud ekspertlarining) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kompleks sud ekspertizasini oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda protsess ishtirokchilarining hozir boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda protsessual qonunda protsessning qaysi ishtirokchilariga sud ekspertizasini oʻtkazishda hozir boʻlish huquqi berilgan boʻlsa, oʻsha ishtirokchilar hozir boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan protsess ishtirokchilari tekshirishlar jarayoniga aralashishga haqli emas, lekin sud ekspertidan u tomonidan qoʻllanilgan tekshirish usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilishi, sud ekspertiga tushuntirishlar berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti tomonidan xulosa tuzilayotganda, shuningdek, agar sud ekspertizasi sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, sud ekspertlarining maslahatlashuvi va fikrlarni shakllantirish bosqichida protsess ishtirokchilarining hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan protsess ishtirokchisi sud ekspertiga xalaqit bersa, u tekshirishni toʻxtatishga va mazkur protsess ishtirokchisining sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishiga doir ruxsatini bekor qilish haqida sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) iltimos qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha sud eksperti yoxud sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir sud eksperti imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi oʻtkazilgan sana va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazish asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertining bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertining oldiga qoʻyilgan savollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar sud ekspertlari komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va sud ekspertining tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki sud ekspertining maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud eksperti qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini moliyalashtirish, tashkiliy, ilmiy-uslubiy va axborot bilan taʼminlash. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish.
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasalari fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha sud ekspertizalarini oʻtkazganlik uchun toʻlov undirishga haqlidir. Bunda sudda daʼvo taqdim etgan hamda daʼvoni quvvatlayotgan davlat organlari davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan oʻtkazilgan sud ekspertizalari uchun toʻlovdan ozod etiladi. Toʻlov miqdori va mazkur mablagʻlarni sarflash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa tashkilot xodimlari va boshqa jismoniy shaxslar tomonidan sud ekspertizalari oʻtkazilganligi uchun toʻlov sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasalarining faoliyatini tashkiliy taʼminlash, ular qaysi davlat organlari tasarrufida boʻlsa, oʻsha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizalarini oʻtkazishni ilmiy-uslubiy taʼminlash tegishli davlat sud-ekspertiza muassasalariga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasini rivojlantirishning idoralararo xususiyatga ega boʻlgan eng muhim masalalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengash tashkil etiladi. Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengashning tashkil etilishi va faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining yozma soʻroviga koʻra sud ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etishi shart. Bunda davlat sud-ekspertiza muassasalari davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi olingan maʼlumotlarning oshkor qilinmasligini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlari har ikki yilda malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasini, shuningdek huquqiy bilimlarini oshirib borishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka va huquqiy bilimlarini oshirishni oʻtayotgan sud ekspertlariga oʻqishning butun davri mobaynida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
(271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuniga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini qoʻriqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasalarini qoʻriqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq sud-ekspertlik faoliyati sohasida chet davlatlarning tegishli organlari va muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;