O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF–3105-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida va beg‘araz texnikaviy yordam ko‘rsatish uchun olib kelinayotgan tovarlarni bojxona orqali tezkor rasmiylashtirish maqsadida:
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘n kun muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
idoralar o‘z normativ hujjatlarini mazkur Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirishlarini ta’minlasin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
PF-3158-son
“O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasiga kiritiladigan qo‘shimchalar
“O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| 2. | Insonparvarlik yordami sifatada va beg‘araz texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida olib kelinadigan tovarlar | Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona poshlinasi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘im |
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 201-modda)