O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI HISOBVARAQLAR REJASIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 773-28]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7, 17 va 51-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 32-son, 369-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-aprel,
14/1-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 20-son, 156-modda)