Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.09.1996 yildagi 317-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.09.1996 yildagi 317-son
Date of entry into force
13.09.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

1996-YIL ShOLI HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLISh VA TAYYORLAShNING TAShKILIY VA IQTISODIY MASALALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sholi hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjalik-taʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi oʻn kun muddatda sholi oʻrish kombaynlari, boshqa texnika va asbob-uskunalar, shuningdek qabul qilish punktlari komissiyalar tomonidan qabul qilib olinishini tashkil etsinlar, maqbul muddatlardan kelib chiqib 1-ilovaga muvofiq sholi hosilini yigʻishtirish jadvalini tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzqishlokxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Jabborov) sholi hosilini yigʻishtirish davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida sholi yigʻishtirish texnikasi uchun asosiy uzellar, agregatlar va ehtiyot qismlar zaxirasini yaratsinlar, oʻrim-yigʻim mavsumini oʻtkazishning boshqa masalalarini tezkorlik bilan koʻrib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi (Axmetov), “Oʻzqishloq-xoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Jabborov) sholi hosilini yigʻishtirish davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlariga xoʻjaliklarning buyurtmanomalariga muvofiq shartnoma asosida yuk avtomashinalari yuborsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda sholi tashish uchun Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining, respublikaning boshqa vazirliklari, idoralarining avtotransporti shartnoma asosida jalb qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjaliklarning sholini don qabul qilish punktlariga yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlari “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Mutalov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda tayyorlov punktlarining kecha-kunduz bir maromda ishlashini taʼminlasin, sholi ortilgan transport vositalarining bekor turib qolishiga yoʻl qoʻymasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hosilni yigʻishtirib olish joylarida uni tashishda va qabul qilish punktlarida sholini oʻgʻirlash va talon-toroj qilish faktlariga barham berish chora-tadbirlarini belgilasinlar va amalga oshirsinlar zarurat boʻlganda maxsus postlar oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 1996-yil sholi hosilini yigʻishtirib olish va tayyorlash davrida xoʻjaliklarni yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashning Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-avgustdagi 295-son qarori 12-bandi bilan belgilangan shartlari joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzdonmahsulot davlat korporatsiyasi topshirilgan sholi uchun xoʻjaliklar bilan har besh kunda kontraktatsiya shartnomalarida nazarda tutilgan narxlar boʻyicha hisob-kitob qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov) Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (Usmonov) sholi hosilini yigʻishtirishda band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishga doir tavsiyalarni bir hafta muddatda xoʻjaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga natura bilan haq toʻlash hisobiga sholi berish uni “Oʻzdonmahsulot davlat korporatsiyasiga sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilgandan hamda 2-ilovaga muvofiq urugʻlik fondlari gʻamlangandan keyin amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdonmahsulot davlat korporatsiyasi tegishli saqlash joylari boʻlmagan xoʻjaliklardan urugʻlikni masʼuliyatli saqlash uchun qabul qilib olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank, “Paxta-bank”, “Gʻalla-bank” va boshqa tijorat banklari sholi yigʻishtirish mavsumi qatnashchilari bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni naqd pul bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasiga urugʻchilik xoʻjaliklaridan navli sholi urugʻligini — super-elita navli urugʻlikni tovar sholiga belgilangan narxlardan 300 foiz yuqori, elita navli urugʻlikni — 200 foiz yuqori, birinchi reproduksiyali urugʻlikni — 150 foiz yuqori, ikkinchi reproduksiyali urugʻlikni — 100 foiz miqdori narxlarda xarid qilishga ruxsat berilsin, ular davlat resurslari uchun sholi xarid qilish hajmlarida hisobga olinmasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urugʻlik sholini kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha sotishning umumiy miqdorlari hisobiga topshirish amaliyoti qoralansin. Tovar sholining urugʻlik maqsadlarida foydalanilishi qatʼiyan taqiqlansin. Ushbu talablar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzistiqbolstat davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sholi xarid qilinishi toʻgʻrisidagi statistika hisoboti yuritilishini taʼminlasin, statistika hisobotini Oʻzdonmahsulot korporatsiyasi don qabul qilish punktlarining qabul kvitansiyalari nusxalarisiz qabul qilmasin, sholining yalpi hosilini hisoblab chiqishda aholining xoʻjaliklarida yetishtirilgan sholini alohida hisobga olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sholi tayyorlash davrida statistika hisobotining ishonchliligini muntazam tekshirib tursin, statistika hisobotini buzib koʻrsatish aniqlangan hollarda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 1997-yil hosili uchun sholi ekish maydonlari haqidagi takliflariga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari R.A. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 13-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
317-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-sentabrdagi 317-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjaliklari boʻyicha 1996-yil sholi hosilini yigʻishtirib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JADVALI

‎‏ Ekin maydoni, ming gektar Yigʻishtirib olish muddatlari
boshlanishi‎ tugallanishi‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 98,8‎ 15.09‎ 25.10‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 1,0‎ 25.09‎ 15.10‎
Buxoro‎ 0,3‎ 25.09‎ 15.10‎
Jizzax‎ 0,3‎ 25.09‎ 15.10‎
Qashqadaryo‎ 0,1‎ 25.09‎ 15.10‎
Navoiy‎ 0,2‎ 25.09‎ 15.10‎
Namangan‎ 3,2‎ 25.09‎ 20.10‎
Samarqand‎ 1,0‎ 25.09‎ 15.10‎
Surxondaryo‎ 5,7‎ 15.09‎ 20.10‎
Sirdaryo‎ 7,2‎ 20.09‎ 20.10‎
Toshkent‎ 11,4‎ 20.09‎ 20.10‎
Fargʻona‎ 1,2‎ 25.09‎ 15.10‎
Xorazm‎ 45,7‎ 15.09‎ 25.10‎
Jami‎: 176,1‎ 15.09‎ 25.10‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-sentabrdagi 317-son qaroriga
2-ILOVA

1996-yil sholi hosilini “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalariga sotish va urugʻlik fondi gʻamlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOPShIRIGʻI

ming tonna

Sotish Urugʻlik gʻamlash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 237‎ 33,5‎
viloyatlar
Andijon —‎ 0,5‎
Buxoro —‎ 0,2‎
Jizzax —‎ 0,2‎
Qashqadaryo —‎ 0,2‎
Navoiy —‎ 0,2‎
Namangan 1,7‎ 1,0‎
Samarqand —‎ 0,2‎
Surxondaryo 12,6‎ 2,5‎
Sirdaryo 10,4‎ 2,0‎
Toshkent 21,3‎ 4,0‎
Fargʻona —‎ 0,2‎
Xorazm 102‎ 13,3‎
Jami: 385‎ 58,0‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-sentabrdagi 317-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil hosili uchun sholi ekish maydonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ming gektar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 99‎
viloyatlar
Andijon 1,0
Buxoro 0,2
Jizzax 0,3
Qashqadaryo 0,1
Navoiy 0,2
Namangan 3,2
Samarqand 1,0
Surxondaryo 5,6
Sirdaryo 7,0
Toshkent 11,4
Fargʻona 1,0
Xorazm 40,0
Oʻzbekiston Respublika boʻyicha jami 170,0