12.12.2008 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori, 12.12.2008 yildagi 23-son
Date of entry into force
12.12.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama etib, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka faqat aqli raso, ya’ni jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxs tortiladi. Aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi (JK 18-moddasi).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, ya’ni jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlari (harakatsizligi) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortiladi (JK 181-moddasi birinchi qismi).
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shaxs quyidagi holatlardan birortasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati surunkali buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati vaqtinchalik buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aqli zaifligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan bo‘lsa, u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi (JK 67-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim (JK 75-moddasi).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Aqli noraso holatda jinoyat sodir etgan shaxsga yoki jinoyat sodir etgandan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari (JK 18-moddasi uchinchi qismi, 67-moddasi ikkinchi qismi, 75-moddasi ikkinchi qismi) qo‘llanilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga ko‘ra (JK 2-moddasi ikkinchi qismi), tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari boshqa tarzdagi jinoyat-huquqiy ta’sir chorasi sifatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan davlat majburlovi ko‘rinishi hisoblanadi. Bunday choralar faqat shaxs u tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyati va o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra jamiyat uchun xavfli bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs jamiyat uchun xavflimi va u tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishiga muhtojmi, degan masala sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi inobatga olingan holda hal qilinadi. Bunda sud JPK 187-moddasiga asoslanib, taraflar iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ish bo‘yicha qo‘shimcha (qayta) sud-psixiatriya ekspertizasi yoki kompleks (psixologiya-psixiatriya, seksologoiya-psixiatriya va h.k.) ekspertizasi o‘tkazilishini tayinlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. JK 93-moddasiga muvofiq, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo‘limida majburiy davolanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy davolanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari turini belgilashda sud har doim JK 94-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanganda jinoyat ishi jinoyat belgilari tarkibiga kiruvchi element — subyekt yo‘qligi tufayli tugatiladi (JPK 83-moddasi ikkinchi bandi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jinoyat sodir etgandan keyin, biroq hukm chiqarilganga qadar ruhiy holati buzilganligi aniqlangan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanganda jinoyat ishini yuritish ruhiy holat buzilgan paytdan boshlab, sog‘aygunga qadar to‘xtatiladi (JPK 366, 569-moddalari).
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs tuzalgandan so‘ng jinoyat ishini yuritish qayta tiklanadi va shaxs umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortilishi mumkin, basharti jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari (JK 64-moddasi) o‘tib ketmagan yoki shaxsni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish uchun boshqa asoslar yuzaga kelmagan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini bekor qilish va jinoyat ishini yuritishni qayta tiklash uchun shaxs davolangan psixiatriya muassasasi shifokorlar komissiyasining xulosasi asos bo‘ladi. Agar shaxsning aqli rasoligi yoki ruhiy holati yuzasidan asosli gumon kelib chiqsa, sud JPK 568-moddasida ko‘rsatilgan talablarga rioya etgan holda sud-psixitriya ekspertizasi tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyat ishi bo‘yicha tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq masalalar JPK 61-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida ish yurituvga o‘tish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) jinoyat protsessi bosqichidan kelib chiqib, dastlabki tergov organi, prokuror yoki sud tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchida ruhiy buzilish borligi to‘g‘risida sud-psixitriya ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yurituv boshlanganligi va sud-psixitriya ekspertizasi tayinlanganligi to‘g‘risidagi qaror (ajrim) o‘ziga nisbatan bunday ish yurituv olib borilayotgan shaxsga uning JPK 570-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlari tushuntirilgan holda e’lon qilinadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida JPK 572, 573-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga yuborilgan ish sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 534-moddasiga muvofiq, jazoni o‘tashdan ozod qilinayotgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalalariga doir materiallar, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini uzaytirish, o‘zgartirish yoki tugatishga doir JPK 578 — 580-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga kelib tushgan materiallar tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llagan sud yoki bunday chora qo‘llanilgan joydagi sud tomonidan ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar va materiallar sud tomonidan JPK 13-moddasida nazarda tutilgan tarkibda ko‘riladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud majlisi JPK 575-moddasida belgilangan tartibda olib boriladi. Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtiroki shart. Sud majlisiga jabrlanuvchilar, fuqaroviy da’vogarlar, fuqaroviy javobgarlar, guvohlar, qonuniy vakillar, shuningdek ekspertlar chaqirilishi kerak.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspert-psixiatrning fikrini inobatga olgan holda sud majlisiga unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasi qo‘yilgan shaxsni (u jabrlanuvchi yoki guvohlar tomonidan tanib olinishi uchun, sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi to‘g‘riligi yuzasidan shubha tug‘ilgan holda va h.k.) chaqirishi mumkin. Bunda shuni inobatga olish lozimki, JPK 95-moddasiga ko‘ra, bunday shaxsning ko‘rsatuvlari ish bo‘yicha dalil manbai sifatida tan olinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. JPK 51 va 571-moddalariga ko‘ra, aqli noraso holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan, shuningdek jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilganligi aniqlangan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarilgan paytdan boshlab himoyachining ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday toifadagi ishlar bo‘yicha himoyachi ishtirokining majburiyligi to‘g‘risidagi protsessual qonun talablariga rioya etmaslik, JPK 488-moddasiga muvofiq, jinoyat-protsessual qonunining jiddiy tarzda buzilishi sifatida baholanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha himoyachi bilan bir qatorda o‘ziga nisbatan bunday masala ko‘rilayotgan shaxsning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Qonuniy vakil sifatida, jumladan, bolalikka oluvchilar, homiylar, vasiylar, yaqin qarindoshlar, shuningdek vasiylik va homiylik organlari vakillari tan olinishi mumkin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud qonuniy vakilga ishdagi materiallar bilan tanishish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, dalillar taqdim etish, iltimosnoma va raddiyalar berish, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, sud ajrimi ustidan shikoyat berish (JPK 581-moddasi) uchun imkoniyat yaratib berishi shart. Zarurat bo‘lganda, sud qonuniy vakilni guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jinoyat-protsessual kodeksi 566-moddasiga ko‘ra, bunday toifa ishlar bo‘yicha sudlar shaxs tomonidan jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarni, shuningdek ishni hal etish uchun muhim bo‘lgan boshqa holatlarni sinchiklab tekshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari, faqat, ishi ko‘rilayotgan shaxs tomonidan muayyan jinoyat belgilari mavjud ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligi isbotlangan, shuningdek sud-psixiatriya ekspertizasining shaxs o‘zining ruhiy holati va u tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavfli ekanligi hamda unga nisbatan u yoki bu turdagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishiga muhtojligi to‘g‘risida JPK 568-moddasi talablariga javob beradigan xulosasi mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi aniqlanganda sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatib, ishni jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlash uchun prokurorga qaytaradi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Aqli norasolik, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash, shifoxona turini belgilash, shuningdek shaxsni sog‘liqni saqlash organlariga umumiy asoslarda davolash yoki ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish masalasini hal qilish uchun berish to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilish vakolati sudga tegishlidir. Shuning uchun ekspert-psixiatrlar xulosasi sud tomonidan ishda mavjud barcha materiallar majmuidan kelib chiqqan holda, sinchiklab baholanishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasi bilan kelib tushgan ish bo‘yicha sud muhokamasi vaqtida ishi ko‘rilayotgan shaxsni aqli noraso deb topish mumkinligi xususida asoslar kelib chiqsa yoki unda jinoyat sodir etilganidan so‘ng ruhiy holati buzilganligi aniqlansa, basharti ishni ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun boshqa asoslar bo‘lmasa, sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani JPK 61-bobida belgilangan tartibda hal qilishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan hollarda, sud ulardan ayrimlarining aybdorligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan bir paytda boshqalariga — ushbu qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qayd etilgan shaxslarga nisbatan ishni birga ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmasa, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi materiallar alohida ish yurituvga ajratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudlarga tushuntirilsinki, aqli noraso shaxs harakatiga faqat sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida huquqiy baho berilishi mumkin. Bunda ko‘rib chiqilayotgan voqeaga bevosita aloqador bo‘lmagan holatlar (shaxsning sudlanganlik holati, unga nisbatan muqaddam tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llanganligi va h.k.) inobatga olinmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agar qonunda muayyan qilmish uchun jinoiy javobgarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng kelib chiqishi belgilangan bo‘lib, biroq uni sodir etishda aqli noraso deb topilgan shaxs muqaddam aynan shunday qilmishi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilmaydi. Bunday ish jinoyat hodisasi bo‘lmaganligi sababli tugatilishi lozim. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida sud sog‘liqni saqlash organlariga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-maydagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq shaxsga umumiy asoslarda psixiatriya yordami ko‘rsatilishi uchun xabar beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shaxs aqli noraso holatida ijtimoiy xavfli harakat sodir etganligi yoki ruhiy holati jinoyat sodir etilganidan keyin buzilganligi isbotlangan deb topilgan holda, ajrimning tavsif qismida qilmishning sud tomonidan aniqlangan holatlari tekshirilgan dalillar asosida bayon etilishi, bunday shaxsning harakatlariga huquqiy baho berilishi va qabul qilingan qaror motivlari ko‘rsatilishi lozim. Ajrimning qaror qismida shaxs jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganligi va muayyan turdagi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilganligi yoxud ish tugatilganligi va bunday choralar qo‘llanilmaganligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar yoritilishi lozim.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qonunga muvofiq, psixiatriya statsionari yoki kuzatuv kuchaytirilgan bo‘linmasiga faqat o‘zining ruhiy holati va sodir etgan qilmishiga ko‘ra jamiyat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan shaxslar joylashtirilishini inobatga olib, bunday choralar qo‘llayotganda sudlar uning ruhiy holati to‘g‘risida ekspertlar bergan xulosaga hamda sodir etilgan qilmishning xususiyati (ijtimoiy xavfliligi, sodir etilish usuli, kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi) to‘g‘risida sudda aniqlangan ma’lumotlarga asoslanishlari shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Aqli noraso holatida ijtimoiy xavfli harakat sodir etgan yoki jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilgan shaxs tomonidan moddiy zarar yetkazilgan holda, zararni undirish masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lib, bu haqda sudning ajrimida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak (JPK 577-moddasi beshinchi qismi).
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Aqli noraso yoki jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilgan deb topilgan shaxslarga doir ishlar bo‘yicha ashyoviy dalillar masalasi sudlar tomonidan JPK 211-moddasi talablariga monand hal etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud xarajatlari, jumladan, huquqiy yordam ko‘rsatganlik uchun haq bunday shaxslardan JPK 320-moddasiga ko‘ra undirilmasdan davlat hisobidan to‘lanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxsning yaqin qarindoshlari iltimosnomasiga ko‘ra bunday choralarni bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi hal qilinayotganda (JPK 580-moddasi) sudlar “yaqin qarindoshlar” tushunchasiga kiradigan shaxslar doirasi Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limida qayd etilganligiga e’tibor berishlari lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi hal qilinayotganda, sudlar tibbiyot muassasasi ma’muriyati taqdimnomasi yoki qo‘zg‘atilgan iltimosnoma asoslantirilganligini sinchkovlik bilan tekshirishlari shart. Buning uchun sudlar amalga oshirilgan davolash natijalarini va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari bekor qilingandan so‘ng bu shaxs uchun yaratiladigan shart-sharoitni, shuningdek kelgusida tibbiy kuzatuv va davolashga zarurat bor-yo‘qligini aniqlashlari kerak. Bunday maqsadlarda sud majlisiga tibbiyot muassasalari vakillarini, shaxsning qonuniy vakillari yoki yaqin qarindoshlarini chaqirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llash masalasi hal qilinayotgan shaxslarga doir ishlarni ko‘rish vaqtida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanishi va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiya sudi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi to‘g‘riligini tekshira turib, bunga asos bo‘lgan taqdirda, birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishi yoki o‘zgartirishi, shu jumladan, qo‘llanilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi turini almashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiya sudida ko‘rish paytida ayblov hukmi chiqarilgan shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etganligi yoki uning ruhiy holati buzilganligi jinoyat sodir etilganidan keyin aniqlansa, bunday shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasi tegishli instansiya sudi tomonidan hal etiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari lozim.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-son