Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.03.2010 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.03.2010 yildagi 41-son
Date of entry into force
09.03.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010 YILDA XALQARO AHAMIYATGA VA DAVLAT AHAMIYATIGA EGA BOʻLGAN UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YOʻLLARINI TAʼMIRLASh DASTURLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-son qaroriga muvofiq, shuningdek yuqori xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan avtomobil yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, xalqaro ahamiyatga va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini xalqaro transport yoʻlaklariga keng integratsiyalashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini mukammal va oʻrtacha taʼmirlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilda davlat ahamiyatiga ega boʻlgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini mukammal va oʻrtacha taʼmirlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarga (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) kiritilgan obyektlarni mukammal va oʻrtacha taʼmirlashni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan dasturlarga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari bir oy muddatda oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda tarmoq va davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 1-maygacha 1 va 2-ilovalarga kiritilgan yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini va belgilangan tartibda pudrat shartnomalari tuzilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va pudrat yoʻl-qurilish tashkilotlari bilan birgalikda, zarurat boʻlganda ishlarni 2-3 smenada tashkil etishni nazarda tutgan holda, malakali mehnat resurslari jamlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish doirasida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi, bajarilayotgan yoʻl-taʼmirlash ishlari, foydalanilayotgan xomashyo va materiallarning sifati, shuningdek qurilish-texnik meʼyorlar va qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat yoʻl-qurilish tashkilotlari bilan birgalikda 1 va 2-ilovalarga kiritilgan obyektlar boʻyicha ishlarni bajarishning kalendar jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining Texnik kengashi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kengaytirilgan qoʻshma majlislarida pudrat tashkilotlari rahbarlarining tasdiqlangan dasturlarda nazarda tutilgan topshiriqlar va vazifalar bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro ahamiyatga va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini mukammal va oʻrtacha taʼmirlash dasturlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi yigʻma axborotni taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq yoʻlbop suyuq neft-bitumning belgilangan tartibda oʻz vaqtida sotilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan birgalikda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda avtotransport oqimlari harakati zarur darajada tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan obyektlarni, mukammal va oʻrtacha taʼmirlangan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari topshirish va ularni foydalanishga qabul qilish boʻyicha tegishli obyektlarni qabul qilish komissiyalari ishida oʻz vakillarining qatnashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan dasturlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun yoʻl-qurilish texnikasi va mehnat resurslarining dasturlarda nazarda tutilmagan ishlarga jalb etilishini taqiqlagan holda pudrat yoʻl-taʼmirlash tashkilotlariga qulay maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 75-modda)