Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.02.1997 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.02.1997 yildagi 70-son
Date of entry into force
08.02.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII TOShKENT XALQARO KINOFESTIVALINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbek xalqining milliy madaniyatini va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarini targʻib qilish, milliy ong, milliy tafakkurni shakllantirish, istiqlolga sadoqat va Vatanga muhabbat tuygʻularini kamol toptirish hamda bashariyatning maʼnaviyat xazinasini bezagan yuksak insoniy fazilatlarga chuqur ehtiromni barqarorlashtirishda kino sanʼatining rolini oshirish, kinematografchilarning tinchlik va hamjihatlik yoʻlidagi xalqaro aloqalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining 1997-yil may oyining uchinchi oʻn kunligida XII Toshkent xalqaro kinofestivali(TXKF)ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. XII Toshkent xalqaro kinofestivalining tashkiliy qoʻmitasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita “Oʻzbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda XII TXKFning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorgarlik va oʻtkazish tadbirlari rejasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reglamenti, qatnashchilari roʻyxati va dasturini tuzsin hamda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, kinofestivalni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha xarajatlarning valyutadagi qismi 2-ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligining valyuta fondidan, soʻmdagi sarf-xarajatlar esa teng ulushlarda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan va Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjetidan 3-ilovaga muvofiq qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kinofestival qatnashchilari va mehmonlarini qabul qilish, joylashtirish uchun XII TXKF bosh direksiyasi buyurtmasiga binoan mehmonxonalardan joy ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik mehmonlarning turarjoy haqini soʻmlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda qabul qilishga ruxsat bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga XII TXKF qatnashchilarini Oʻzbekiston fuqarolari uchun tasdiqlangan tariflar boʻyicha bosh direksiya buyurtmasiga binoan soʻmlarda qoplangan holda chiptalar bilan taʼminlash topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Samarqand viloyati hokimligi XII TXKF ishtirokchilarini tarixiy obidalar bilan tanishtirishni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi XII TXKFning rasmiy sovrinlarini tayyorlash uchun bosh direksiya buyurtmasiga binoan qimmatbaho metallar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi va “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tasdiqlangan eskizlar boʻyicha kinofestival sovrinlarini tayyorlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi XII TXKF bosh direksiyasi talabnomalariga binoan kinofestivalni tarjimonlar bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi chet ellik qatnashchilarni va XII Toshkent xalqaro kinofestivaliga aloqador yuklarni bojxona, viza va boshqa (shu jumladan, VIR zalida xizmat koʻrsatish) yigʻimlarning barcha turlaridan ozod qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kinofestival oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini hamda uning qatnashchilari va mehmonlariga xizmat koʻrsatuvchi transport harakati xavfsizligini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, gazeta va jurnallar tahririyatlari XII Toshkent xalqaro kinofestivalini tayyorlash va oʻtkazishning borishini keng yoritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 8-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-fevraldagi 70-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII Toshkent xalqaro kinofestivali tashkiliy qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sultonov Oʻ.T. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi ‎
Azizxoʻjayev A.A. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari ‎
Toʻlaganov K.N. ‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari‎
Rahmatov Oʻ. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari ‎
Yunusov T.M. ‎ —‎‎ “Oʻzbekkino” kompaniyasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari, XII TXKF bosh direktori ‎
Akromov R. ‎ —‎‎ Milliy xavfsizlik xizmatining boshqarma boshligʻi ‎
Abbosov Sh.S. ‎ —‎‎ kinorejissor ‎
Azimov R.S. ‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi ‎
Akbarov H.I. ‎ —‎‎ kinoshunos, professor ‎
Axmetov L.A. ‎ —‎‎ “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi ‎
Guskova T.N. ‎ —‎‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Jalilov Sh.I. ‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ‎
Joʻrayev X.R. ‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vaziri ‎
Joʻraboyev A. ‎ —‎‎ Aloqa vaziri ‎
Ismoilov U.S. ‎ —‎‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Isʼhoqov A.G. ‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni konsultanti‎
Kamolova K.Sh. ‎ —‎‎‎ kinorejissor ‎
Norgitov I.N. ‎ —‎‎‎ Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi ‎
Rashidov I.V. ‎ —‎‎‎ Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari ‎
Rizayev Sh. ‎ —‎‎‎ Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi ‎
Roʻzmetov A. ‎ —‎‎‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi ‎
Fayziyev Z.O. ‎ —‎‎‎ “Oʻzbeksavdo” uyushmasi raisi ‎
Hakimov Z.A. ‎ —‎‎‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi ‎
Hazratqulov M.H. ‎ —‎‎‎ OʻzA bosh direktori ‎
Holiqov O.M. ‎ —‎‎‎ A.Navoiy nomidagi sanʼat saroyi direktori ‎
Husanboyev B.M. ‎ —‎‎‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi ‎
Shogʻulomov I.Sh. ‎ —‎‎‎ “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh direktori ‎
Ermetov N. ‎ —‎‎‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-fevraldagi 70-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII Toshkent xalqaro kinofestivali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SMETASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Moddalar nomi

Xarajatlar (ming AQSh dollari)‎
1.‎ Jyuri aʼzolarining Toshkent shahriga kelib-ketish xarajatlari - 6 kishi, hamrohlik qiluvchilar - 6 kishi. Jami - 12 kishi ‎ 30,0‎
2.‎ Festivalga maxsus taklif etilgan mehmonlar (jahon kinoyulduzlari - 3-4 kishi)ning kelib-ketish xarajatlari ‎ 10,0‎
3.‎ Xalqaro kinofestival(XKF)lar bosh direktorlarini taklif qilish: ‎
—‎ FIAPF kinoprodyussyerlar uyushmasi xalqaro federatsiyasi (Parij), janob Brisson; ‎
—‎‎ Kanndagi XKF (Fransiya); ‎
—‎‎ Nantdagi XKF (Fransiya); ‎
—‎‎ Torontodagi XKF (Kanada); ‎
—‎‎ Hindistondagi XKF ‎ 15,0‎
4.‎ Filmlar tanlash uchun chet mamlakatlarga (7 mamlakat — Hindiston, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Pokiston) xizmat safariga yuborish xarajatlari ‎ 30,0‎
5.‎ Festival filmlarini Toshkent shahriga keltirish va bu yerdan olib ketish xarajatlari ‎ 10,0‎
6.‎ Kinofilmlarni sugʻurta qilish (“Ingosstrax”) ‎ 10,0‎
7.‎ FIAPF kinoprodyussyerlar federatsiyasida festivalni roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari ‎ 3,0‎
JAMI: ‎ 108,0‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-fevraldagi 70-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII Toshkent xalqaro kinofestivali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SMETASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moddalar nomi‎ Daromadlar (ming soʻm) ‎ Xarajatlar (ming soʻm)‎
I.

Kinofilmlar namoyishidan olinadigan daromad

3818,0‎
II. XII TXKFni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar, shu jumladan: ‎
1. Kinofilmlar namoyish qilish ‎ 908,9‎
2. Festival qatnashchilari va mehmonlari uchun xarajatlar ‎ 13114,1‎
3. Tarjima xizmati ‎ 1293,6‎
4.‎ Sovrinlar, sovgʻalar, qabul marosimlari ‎ 3186,0‎
5.‎ Bosmaxona, reklama, shaharni bezatish xarajatlari ‎ 10000,0‎
6.‎ Ish haqi ‎ 1022,0‎
7.‎ Tashkiliy xarajatlar ‎ 3372,0‎
8.‎ Avtotransport ‎ 2095,0‎
9.‎ Axborot-matbuot byulletenini nashr etish‎ 1800,0‎
10.‎ “Kinotomoshabin hamrohi” jurnalini nashr etish ‎ 328,5‎ 3600,0‎
11.‎ Festivalda qatnashuvchi mamlakatlar bayroqlarini tayyorlash ‎ 1000,0‎
12.‎ Kinoteatrlarni toʻliq taʼmirlash ‎ 20000,0‎
13.‎ Samarqand shahriga borish ‎ 748,0‎
14.‎ Konsert tashkilotlariga toʻlovlar ‎ 1500,0‎
JAMI: 4146,5‎ 63640,4‎