Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.02.1997 yildagi 100-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.02.1997 yildagi 100-son
Date of entry into force
21.02.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ABDULHAMID SULAYMON OʻGʻLI ChOʻLPON TAVALLUDINING 100 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atoqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning Oʻzbekiston madaniyati va adabiyoti taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi va kelajak avlodlarga oʻrnak boʻluvchi fuqarolik jasoratini inobatga olib hamda uning adabiy merosini xalqimizga toʻla yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 100 yilligini 1997-yilda mamlakatimizda keng miqyosda nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi ilovaga muvofiq tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adibning 100 yilligi munosabati bilan “Sharq xalqlarining milliy uygʻonishi va Choʻlpon ijodi” mavzuida simpozium oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997 — 2000-yillar davomida adibning “Toʻla asarlar toʻplami”ni tayyorlash va chop etish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1997-yil noyabr oyida Andijon shahrida Abdulhamid Choʻlponning yubiley kechasini tayyorlasin va oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga Abdulhamid Choʻlpon asarlari asosida teatr spektakllari va adib haqida adabiy-badiiy kompozitsiya yaratish vazifasi yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Abdulhamid Choʻlponning asarlarini, u haqidagi xotiralar toʻplami, risolalar va plakatlarni yubileyga nashr etishni rejalashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Abdulhamid Choʻlpon yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Andijon viloyati hokimligiga tegishli idoralar va ijodiy uyushmalar bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylik mablagʻlari hisobidan Andijon shahrida Abdulhamid Choʻlpon bogʻini yaratish, u yerda adibga yodgorlik oʻrnatish hamda adib yashagan hovlida uning uy-muzeyini tashkil etish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Markaziy bank huzuridagi Maxsus ishlab chiqarish korxonasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon siymosi aks ettirilgan pochta markalari, konvertlar va otkritkalar chiqarsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qaroriga muvofiq filmlar yaratish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Abdulhamid Choʻlpon hayoti va ijodi haqida hujjatli film yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Abdulhamid Choʻlponning oʻzbek xalqi madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi ahamiyatini keng yoritish, uning hayoti va faoliyati haqida turkum koʻrsatuvlar tayyorlash hamda adib asarlari asosida tele- va videofilmlar yaratish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Abdulhamid Choʻlpon yubileyini oʻtkazish xarajatlarini respublika budjetidan qoplasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 21-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 100-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 100 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish respublika tashkiliy qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Azizxoʻjayev A.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
Rahmatov Oʻ.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi vazifasini bajaruvchi (kelishuvga muvofiq)‎
Joʻrayev X.‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
Saidov N.‎ —‎ Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
Abdullayev R.‎ —‎ Bastakorlar uyushmasi raisi‎
Abdullayev Sh.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Aminov N.‎ —‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining rahbari‎
Joʻrayev T.‎ —‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti‎
Yoʻldoshev J.‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
Karimov N.‎ —‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutining boʻlim mudiri‎
Meliboyev A.‎ —‎ “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining bosh muharriri‎
Mirjalilov T.‎ —‎ rassom‎
Muhammad Yusuf‎ —‎ shoir‎
Oripov A.‎ —‎ Yozuvchilar uyushmasining raisi‎
Salimov O.‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
Shogʻulomov R.Sh.‎ —‎ Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
Yunusov T.‎ —‎‎ “Oʻzbekkino” DAK raisi‎
Qoriyeva B.‎ —‎‎ Teatr arboblari uyushmasi raisi‎
Hakimova Z.‎ —‎‎ Oʻzteleradio kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
Husanboyev B.‎ —‎‎ “Oʻzbekturizm” MK raisi‎