Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2020 17.02.2010 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.02.2010 yildagi 23-son
Date of entry into force
17.02.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ELEKTR ENERGETIKASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektr energetikasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-225-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) elektr energetikasi sohasidagi davlat nazorati organi etib belgilansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yagona elektr energetika tizimining xavfsiz va ishonchli faoliyat ko‘rsatishini, iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishini hamda “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vazifalar va vakolatlar samarali amalga oshirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “O‘zenergoinspeksiya” hududiy bo‘linmalar bilan birgalikda o‘z vakolatlari doirasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va iste’mol qilishda xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi, shuningdek “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalari va talablariga og‘ishmay rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “O‘zenergoinspeksiya” rahbarlari “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 17-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi energetika tizimini rivojlantirish va isloh qilishning qabul qilingan bosh dasturiga muvofiq energetika tarmog‘i korxonalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish, tarmoqning energiya ishlab chiqarishni (IES, GES, IEM), uni uzatishni (magistral elektr tarmoqlari), uni taqsimlashni va sotishni ta’minlovchi (hududiy elektr tarmoqlari) yagona elektr energetika tizimi korxonalari funksiyalarini aniq belgilash, ularning o‘zaro bog‘liq, mutanosib va o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ishlarni izchil amalga oshirsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qaroriga 2-ilovaning 23-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“23. Hisobga olish va yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi bo‘yicha hisobotlarning ishonchliligi, shuningdek yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining va ularning elektr bilan ta’minlovchi korxonalari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari hamda boshqa mansabdor va moddiy javobgar shaxslari zimmasiga yuklanadi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 6-7-son, 53-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)