Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.01.2019 14.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2065
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 14.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2065
Date of entry into force
24.01.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2065]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 11-yanvardagi 4, 2018-83 va 315-V-5-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2065-5, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39/4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 7-yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan ulgurji savdo korxonalari uchun oʻtkazilgan operatsiyalardan tushadigan tushum summasining 5 foizi miqdorida yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash kiritildi, ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 25-sentabrdagi 92, 2013-42, 315-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2065-2, 03.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 539-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻtkazish tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulgurji dorixona tashkilotlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, bank hisobvaraqalariga kelib tushadigan pul mablagʻlarining taqsimlanishiga boshqacha tartib belgilangan korxonalarga.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 29-iyundagi 38, 2011-22, 19/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2065-1, 29.07.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 30-son, 321-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab besh kun ichida asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda 2009-yil 31-dekabr holati boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini koʻrsatgan holda xabarnomani yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2010-yilning 1-yanvaridan keyin ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilar boʻyicha va yangi tashkil etilgan korxonalar boʻyicha davlat soliq xizmati organlari mazkur korxonalarga litsenziya berilganligi toʻgʻrisidagi axborot litsenziyalovchi organdan olingan kundan boshlab uch kun muddatda asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega korxonalar oʻzlarining asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini boshqa tijorat banklarida ochganliklari toʻgʻrisidagi axborot Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan kelib tushgan kundan boshlab, davlat soliq xizmati organlari bir ish kuni ichida mazkur tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizom talablari tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilarni ham ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnoma soliq toʻlovchiga yozma shaklda yoki uning shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya amal qilishi toʻxtatilganda yoki bekor qilinganda, davlat soliq xizmati organlari litsenziyalovchi organdan litsenziya amal qilishi toʻxtatilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi axborotni olgan kundan boshlab bir kunlik muddatda mazkur korxonalar boʻyicha tijorat banklariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar davlat roʻyxatidan savdo korxonasi sifatida oʻtmagan, biroq ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan va yagona soliq toʻlovini toʻlash toʻgʻrisida xabarnoma bermagan yangi tashkil etilgan korxonalar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan keyingi birinchi hisobot davrida umumbelgilangan soliqlar boʻyicha soliqlar va majburiy toʻlovlarning hisob-kitoblarini taqdim etsalar, u holda davlat soliq xizmati organlari soliq hisoboti taqdim etilgan kundan boshlab uch kun muddatda tijorat banklariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Har yili, soliq davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddati tugagandan keyin uch kun muddatda, davlat soliq xizmati organlari tijorat banklariga mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq avval taqdim qilingan roʻyxatga qoʻshimcha korxonalarning kiritilganligi yoki ulgurji savdo korxonalariga taalluqli boʻlmagan korxonalarni roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan axborotni yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tijorat banklari davlat soliq xizmati organining xabarnomasini olgan sanadan boshlab uch kun muddatda soliq toʻlovchilar uchun majburiy tarzda qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi bank hisobvaraqlarini ochadi yoki yopadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22624 — “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotadigan yuridik shaxslarning maqsadli mablagʻlari”, Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga (roʻyxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 347-modda) muvofiq ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotuvchi ulgurji savdo korxonalari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22626 — “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari”, boshqa turdagi tovarlarni sotuvchi ulgurji savdo korxonalari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5% — davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi xabarnomada koʻrsatilgan 23407 — “Yagona soliq toʻlovi boʻyicha Respublika budjetining daromadlari” hisobvaragʻiga yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari sifatida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95% — asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga oʻtkaziladi, Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga (roʻyxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) muvofiq ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotishdan kelib tushgan mablagʻlar bundan mustasno va ulgurji savdo korxonasining ixtiyoriga binoan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Barcha mablagʻlar ushbu Nizom tatbiq qilinadigan korxonalarga faqat ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisobvaraqlari orqali kelib tushadi, quyidagi mablagʻlar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning qaytishi koʻrinishida davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan kelib tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chakana savdodan inkassatsiya qilingan tushum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tushayotgan maqsadli mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari joylashtirilgan depozitlarning qaytishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yuridik shaxsning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga, ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga yoki bitta ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan boshqa ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari konvertatsiya uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarning konvertatsiya qilinmagan qismining qaytishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida kelib tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foizlar va dividendlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grantlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari hamda valyuta birjasida ilgari konvertatsiya qilingan xorijiy valyutani sotishdan kelib tushgan mablagʻlar;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xato oʻtkazilgan mablagʻlarning qaytgan qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisobvaraqalariga pul mablagʻlari operatsion kun tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda, pul mablagʻlarining taqsimlanishi keyingi operatsion kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) faqat ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hisobvaraqlardan asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan mablagʻlarga tatbiq etiladi.
(12-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 25-sentabrdagi 92, 2013-42, 315-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2065-2, 03.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 539-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Boʻnak toʻlovlarni aks ettirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Boʻnak toʻlovlarining toʻlangan summalari taqdim qilingan hisob-kitob boʻyicha yagona soliq toʻlovining toʻlanishi lozim boʻlgan summalari hisobiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari soliq toʻlovchida budjetga toʻlanadigan boʻnak toʻlovlarni hisobga olish hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olgan yangi tashkil etilgan korxona yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlmasa, u holda yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) 10-bobida nazarda tutilgan tartibda boshqa soliq turlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qoplash hisobiga oʻtadi yoki soliq toʻlovchiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻlangan summalari Davlat budjeti, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida oʻrnatilgan normativlardan kelib chiqib qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summa soliq toʻlovchining arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-bobida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari — tijorat banklariga xabarnomani toʻgʻri va oʻz vaqtida yuborilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari — yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 29-iyundagi 38, 2011-22, 19/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2065-1, 29.07.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 30-son, 321-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summalarining toʻliq tushishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tijorat banki yoki bank filialining toʻliq nomi

XABARNOMA

__________________________________ davlat soliq inspeksiyasi

(tuman / shahar nomi)
Sizni shu haqda xabardor qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan quyidagi ulgurji savdo korxonalari yagona soliq toʻlovi boʻnak toʻlovlarini toʻlashlari shart.


‎Ulgurji savdo korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari

ROʻYXATI

T/r

Korxonalar nomi

STIR

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎Yagona soliq toʻlovini toʻlash uchun bank hisobvaragʻini qoʻshimcha maʼlum qilamiz
Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi

H/r

‎MFO

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

STIR

Davlat soliq

‎‎__________ ‎‎_____________________________

inspeksiyasi boshligʻi

(imzo)

‎(F.I.O.)

‎‎‎M.P.

‎‎

Joʻnatish sanasi:

(kk/oo/yy)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning nomi ________________________________________
Yuridik manzili ‎‎__________________________________


XABARNOMA

____________________________________ davlat soliq inspeksiyasi

(tuman / shahar nomi)

Sizni shu haqda xabardor qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Sizga Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) talablari tatbiq etiladi.

Davlat soliq

‎‎_____________ ‎_____________________________

inspeksiyasi boshligʻi

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.

‎‎‎‎

‎‎

Joʻnatish sanasi:

‎‎

(kk/oo/yy)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tijorat banki yoki bank filialining toʻliq nomi


XABARNOMA

______________________________________ davlat soliq inspeksiyasi
‎‎(tuman / shahar nomi)
Sizni shu haqda xabardor qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan quyidagi ulgurji savdo korxonalariga Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) talablari tatbiq etilmaydi.


Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari tatbiq etilmaydigan korxonalar

ROʻYXATI

T/r

Korxonalar nomi

STIR

‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎


Davlat soliq


‎‎‎_________‎____

‎_____________________________

inspeksiyasi boshligʻi

(imzo)

‎(F.I.O.)

M.Oʻ.

‎№

‎‎

Joʻnatish sanasi:

(kk/oo/yy)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 15-modda; 2011-y., 30-son, 321-modda; 2013-y., 40-son, 539-modda; 2014-y., 16-son, 185-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)