15.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1859-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 15.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1859-1
Date of entry into force
25.01.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“BANKLARNING DEPOZIT (OMONAT) SERTIFIKATLARINI ChIQARISh VA MUOMALADA BOʻLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1859-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35/6-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band “noemissiyaviy” degan soʻzidan keyin “egasining nomi yozilgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4, 23, 60-bandlar va 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 9-bandning “l” kichik banddagi, 10-bandning birinchi xatboshisidagi, 24, 26, 27, 59, 61 va 62-bandlardagi “egasining nomi yozilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Depozit (omonat) sertifikati blankalari, shuningdek sertifikatlarga qoʻshimcha varaqlar (ilovalar) faqat qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan korxonalar tomonidan tayyorlanadi. Sertifikatga qoʻshimcha varaqlar (ilovalar) sertifikat blankasi bilan bir vaqtda tayyorlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 5-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)