Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.04.1999 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.04.1999 yildagi 193-son
Date of entry into force
22.04.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.09.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999—2003 YILLARDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAʼLUMOTLAR UZATISh MILLIY TARMOGʻINI MODERNIZATSIYA QILISh VA UNI RIVOJLANTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash, jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasida maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida ishlab chiqilgan 1999—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻi bilan birgalikda ishlash uchun zarur boʻlgan mahalliy axborot-kompyuter tarmoqlarining Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda Fan va texnika davlat qoʻmitasining texnik shartlari boʻyicha modernizatsiya qilinishini va ularning kengaytirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 2000—2002-yillar uchun budjetni shakllantirishda texnik-iqtisodiy asoslar va texnik loyihaga muvofiq Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻining axborotlarni muhofaza qilish uzelini tashkil etishga markazlashtirilgan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga maʼlumotlarni uzatish xizmatlaridan foydalanish jamoa punktlarini joylashtirish uchun xonalar ajratishda koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 22-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-apreldagi 193-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Mazkur Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida elektron axborotni ayirboshlashlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning yagona axborot makoni transport-kommunikatsiya asoslarini va uning jahon axborot hamjamiyatiga kirishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika maʼlumotlar uzatish operatorlari (provayderlari) tarmoqlarining maʼlumotlarni uzatish jahon tarmoqlariga, shu jumladan, Internetga markazlashtirilgan tartibda ulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hujjatlari aylanishini markazlashtirilgan elektron vositasida taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishga moʻljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻi ishlab turgan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining maʼlumotlarni uzatish respublika tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda UzPAK deyiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatining idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻi bazasida yaratilgan.
(1.3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi milliy operatori (provayderi), shu jumladan, Internet funksiyasi UzPAKka yuklangan. Xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmati yuridik shaxs huquqi bilan shuʼba korxonasi sifatida (keyingi oʻrinlarda “UzNet” deyiladi) UzPAK tarkibiga kiritilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi maʼlumotlar uzatish tarmoqlari barcha operatorlari (provayderlari) xalqaro tarmoqlarga faqat Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi orqali chiqish huquqiga egadirlar. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat oʻz ehtiyojlari uchun, diplomatik va xalqaro vakolatxonalar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (bank tizimlari, aeronavigatsiya va havo transporti harakatini boshqarish tizimlari va shu kabilar) uchun shaharlararo va xalqaro maʼlumotlar uzatish kanallari, shu jumladan, yoʻldosh tizimlari orqali kanallar tashkil etilishi va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. DASTURNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida — 1999—2001-yillarda, tuman markazlarida — 2000—2003-yillarda tarmoqlarni kengaytirishni taʼminlash uchun 1999—2003-yillarda Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish boʻyicha asosiy tashkiliy-texnik choralar va tadbirlarni belgilash Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2 Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini qurish va uni tashkil etish boʻyicha asosiy texnik talablarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik vositalarni, respublikaning yagona axborot makoni kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasining jahon axborot makoniga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish yoʻllarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi operatorlari (provayderlari)ning jahon axborot tarmoqlariga, shu jumladan, Internetga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining shaharlararo tarmoqlariga markazlashtirilgan holda ulashga doir chora-tadbirlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlarni modernizatsiya qilish va ularni rivojlantirishning yoʻnalishlari hamda bosqichlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UzPAK korxonasining oʻz mablagʻlaridan, kreditlar va grantlar sifatidagi xorijiy investitsiyalardan, markazlashtirilgan manbalardan olingan mablagʻlardan foydalanishni hisobga olgan holda tarmoqlarni modernizatsiya qilish va ularni kengaytirishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va mexanizmlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot resurslarini muhofaza qilishni taʼminlash, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qiluvchi axborotlar tarqatilishiga, urush, zulm va pornografiyani targʻib qilishga, diniy va milliy nizolarni qoʻzgʻashga, insonning shaʼni va qadr-qimmatini poymol qilishga hamda amaldagi qonun hujjatlari bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslikka doir tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni belgilash Dasturning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAʼLUMOTLAR UZATISh TARMOQLARINING HOZIRGI AHVOLI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi, ixtisoslashtirilgan ishlab-chiqarish-texnologiya tarmoqlari va turli provayderlarning umumiy foydalaniladigan tarmoqlari faoliyat koʻrsatmoqda (1-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-jadval berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanuvchilarning umumiy soni qariyb 2500 tani tashkil etadi. Bunda, asosan, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari uzellari va ulardan foydalanuvchilar Toshkent shahrida joylashgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda uzatishning turli tezliklari (9,6 dan 256 kbit/sekundgacha) va maʼlumotlar uzatish protokollari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi paketlarni kommutatsiya qilish texnologiyasiga va telefon kommutatsiyasiga ega boʻladi. Paketlarni kommutatsiya qilish tarmogʻi X.25 uyali protokoldan foydalanishni taʼminlovchi “Nortel” firmasining DP№-100 asbob-uskunasi bilan tashkil etilgan. Viloyat markazlarining barcha uzellari bir-birlari bilan tonal chastotaning standart kanallari bilan birlashtirilgan, ular 14,4 kbit/sek maʼlumotlar uzatish tezligini taʼminlaydilar. “Iskra” telefon kommutatsiyasi tarmogʻida “Nortel” firmasining DRX tizimi asbob-uskunasi foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish tarmogʻining yigʻilgan hajmi turli interfeyslarning 385 portini, telefon tarmoqlari — 1928 liniyani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UzNet” idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻi respublika vazirliklari va idoralari foydalanuvchilarining, Oʻzbekiston Respublikasidagi bir qator xalqaro tashkilotlar va vakolatxonalarning axborot ayirboshlashini, ularning Internet tarmogʻiga chiqishlarini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UzNet” tarmogʻi 15 ta marshrutlashtiruvchidan iborat boʻladi, 60 ta raqamli portlar (64 kbit/s—2Mbit/s)ga ega va 256 kbit/s tezlik bilan yoʻldosh liniyasi boʻyicha Internet tarmogʻiga oʻzicha chiqa oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. 1997—1999-yillarda qurilgan Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi (TAYE VOLS, VOLS va OYESGʻ loyihasi boʻyicha qurilgan radioreleli liniyalar) shaharlararo va xalqaro magistral tarmoqlar (raqamli liniyalar va uzatish tizimi) Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning viloyat markazlari orasida, Termiz shahri bundan mustasno shuningdek, xorijiy mamlakatlarning axborot tarmoqlari bilan yuqori tezlikdagi maʼlumotlar uzatish kanallari (64 kbit/sekunddan 2048 kbit/sekundgacha)ni tashkil etish imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, ajratilgan yoʻldosh kanallarni viloyatlar va tumanlar boʻlinmalarigacha yetkazgan holda, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari qurilishi olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ishlab turgan maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati va nomenklaturasi, tarmoqlarning ishonchliligi, axborot xavfsizligi boʻyicha zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. OʻZBEKISTONNING MAʼLUMOTLAR UZATISh MILLIY TARMOGʻINI MODERNIZATSIYA QILISh VA UNI RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirishni quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirish moʻljallanmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqning ish bajarish qobiliyatini va uning ishonchliligini oshirishni taʼminlovchi maʼlumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, respublika aholisining maʼlumotlar uzatish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish maqsadida xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, teletibbiyot, multimedia, videokonferensiya-aloqa, Internet-kafe va shu kabilarning hujjatlari elektron vositasida aylanishini oʻzlashtirish va rivojlantirish uchun xizmatlarning yangi turlarini va shart-sharoitlarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni uzatish jahon tarmoqlaridan, shu jumladan, Internet tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish va kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot resurslarini boshqarish protokollarini va transport tarmogʻining oʻzaro harakat qilish protokollarini birxillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi kanallarini tashkil etish uchun radiochastota spektridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish-texnologiya tarmogʻining idoraviy liniyalaridan koʻproq foydalanish maqsadida yoʻldosh texnologiyalar qoʻllanilishini tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UzPAK” korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻi tuzilmasini 3 darajada tashkil etish nazarda tutilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-daraja — respublika darajasi — Milliy tarmoqni maʼlumotlarni uzatish xalqaro va shaharlararo tarmoqlariga ulashni, tarmoqni boshqarish va axborot resurslarini muhofaza qilishni taʼminlovchi Toshkent shahridagi Markaziy kommutatsiya uzeli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi provayderlarning maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari Markaziy uzelga bevosita yoki uning shahar hududida joylashgan tashqi konsentratorlari orqali ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-daraja — viloyat darajasi — Samarqand, Buxoro, Namangan shaharlaridagi mintaqaviy kommutatsiya uzellaridan iborat, ular magistral yoʻnalishlarda tarmoq resurslaridan va amal qilish zonasiga kiruvchi viloyat markazlari maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari trafikasini jamlash va viloyat markazlarida joylashgan foydalanuvchilarni va tuman kommutatsiya uzellarini tarmoqqa ulashni taʼminlovchi viloyat kommutatsiya uzellaridan eng koʻp foydalanish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-daraja — tuman darajasi — tuman kommutatsiya uzellari tumanlar foydalanuvchilarining tarmoqlardan foydalanishlarini taʼminlash uchun xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlaridan foydalanuvchilar va provayderlarni Milliy tarmoqqa ulashni barcha uch darajada ajratilgan va kommutatsiya qilingan kanallar boʻyicha ulash moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 va 2-darajalarda ATM, GʻR, X.25 transport protokollari, 3-darajada - FR va X.25 protokollaridan foydalanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Multiprotokol kommunikatsiya va avtomatik marshrutlashtirish, turli xil trafika uchun xabarlarni joʻnatishning qulay tizimini, shuningdek, trafik koʻpayib ketishining oldini olish algoritmlarining qoʻllanilishi tarmoqning ish unumdorligini oshirishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 1997—1999-yillarda modernizatsiya qilingan umumiy foydalanishdagi xalqaro va shaharlararo magistral telekommunikatsiya tarmoqlari, ularda xorijiy mamlakatlarning axborot tarmoqlari bilan Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning viloyat markazlari oʻrtasida, Termiz shahri bundan mustasno, tashkil etilishi 2000-yilda nazarda tutilayotgan raqamli kanallarda maʼlumotlarni uzatishning tezligi katta raqamli kanallari (64kbit/sekunddan 2Mbit/sekundgacha)ni tashkil etish imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida provayderlar va foydalanuvchilar uzellarini Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻiga ulashning maʼlumotlarni uzatish kanallarini tashkil etish uchun Toshkent telefon tarmoqlarining SDN tarmoqlari va kanallari, “UzPAK” va “UzNet” tarmoqlaridan foydalanish koʻzda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida tuman darajasida maʼlumotlarni uzatishning juda tez yuradigan kanallarini tashkil etish uchun raqamli kanallar mavjud. Bunday kanallarni tashkil etishning imkoni boʻlmagan boshqa viloyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar uzatishning yoʻldosh tarmogʻi hajmlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika viloyatlarida telekommunikatsiya tarmoqlarining raqamlashtirilishiga qarab maʼlumotlarni uzatish kanallarini tashkil etish yangi raqamli liniyalar va uzatish tizimlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. DASTURNI AMALGA OShIRISh BOSQIChLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Dasturni amalga oshirishni uch bosqichda taʼminlash nazarda tutilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I - bosqich — 1999-yil — UzPAKning mavjud tarmoqlarini modernizatsiya qilish, maʼlumotlarni uzatish provayderlari tarmoqlarining jahon axborot tarmoqlariga, shu jumladan, Internetga markazlashtirilgan holda chiqishini, shuningdek, aloqa kanallari, shu jumladan, yoʻldosh kanallaridan foydalanishni tartibga solishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II - bosqich — 1999—2001-yillar — tarmoqning mintaqaviy uzellarini oʻrnatish va barcha viloyat markazlarini tarmoqqa ulash, respublika markazi — viloyat markazlari darajasida elektron ayirboshlashni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III - bosqich — 2000—2003-yillar — barcha tuman markazlarini tarmoqqa ulash, respublika markazi — viloyat markazlari — tuman markazlari darajasida elektron ayirboshlashni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir bosqich tarmoqning quvvatini, oʻtkazish qobiliyatini, uning ishonchliligi va himoyalanganligini nazarda tutadi (2-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-jadval berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Milliy tarmoqning prognoz koʻrsatkichlarini bajarish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bosqich (1999-yil)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent, Nukus shaharlari va uning viloyatlari markazlari oʻrtasida internet-provayder bilan tezligi 256 kbit/s boʻlgan tez yuradigan xalqaro kanal va tezligi 64-256 kbit/s boʻlgan shaharlararo kanallar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
provayderlar va foydalanuvchilarning ishlab turgan tarmoqlarini Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻining Markaziy uzeli orqali xalqaro tarmoqlarga qayta ulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va kengaytirishning texnik loyihasini ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni oʻrganib chiqish asosida bazaviy texnologiyani belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish maqsadida asbob-uskunalar yetkazib berish va dasturiy taʼminlash uchun tenderlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UzPAK mavjud tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish, bu tarmoqlarning oʻtkazish qobiliyatini 2 baravar oshirishni, aloqalar kommutatsiyasi texnologiyasining shunga oʻxshash texnologiyadan raqamlisiga oʻtkazishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini boshqarish markazini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik topshiriq va texnik loyihani ishlab chiqish, foydalanuvchi va provayderning tarmoqdan foydalanishini nazorat qilishni va tekshirishni taʼminlovchi Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi axborotini muhofaza qilish uzelini tashkil etish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar yetkazib berish va dasturiy taʼminlashga buyurtmani joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bosqich (1999—2001-yillar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoqlarning real trafikasiga qarab Internet-provayderlar bilan birga xalqaro kanallarda maʼlumotlar uzatish tezligini 2Mbit/sek kacha koʻpaytirish, shuningdek, kanallarni zaxiralashtirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolda 650 portga ega boʻlgan ATM texnologiyasiga oʻtadigan Frame Relay zamonaviy tarmoq texnologiyalarini qoʻllash orqali Toshkent shahridagi maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolda quvvati 950 port boʻlgan ATM texnologiyasiga oʻtadigan Frame Relay tarmoq texnologiyalari boʻyicha Samarqand, Buxoro, Namangan shaharlarida tarmoqlarning regional uzellarini oʻrnatish orqali viloyat darajasida maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish. Bunda UzPAKning mavjud tarmogʻidan aloqalarni zaxiralashtirish maqsadida parallel holda foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchilar bilan hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini hamda UzPAK korxonasini va “UzNet” xizmatini texnik qoʻllab-quvvatlash (Nelr Desk) tizimini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UzNet” idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini muhofaza qilish uzelini ishga tushirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bosqich (2000—2003-yillar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4800 port tashkil etish sharti bilan Frame Relay va X.25 tarmoq texnologiyalaridan foydalangan holda tumanlar markazlari darajasidagi maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini tashkil etish (3-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-jadval berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlarning yigʻma roʻyxati 3-jadvalda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Texnologiya va asbob-uskunalarni tanlash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Respublikada maʼlumotlarni uzatish bozori marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni, tarmoqlarning ishlashi monitoringini, tarif siyosatini takomillashtirishni va Milliy tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni oʻtkazish moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Dasturni mablagʻ bilan taʼminlashni, asosan, xorijiy kreditlarni, UzPAK korxonasining oʻz mablagʻlarini, shuningdek, respublikaning markazlashtirilgan manbalaridan olingan mablagʻlarni jalb qilish hisobiga amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.6. Dasturni amalga oshirish maʼlumotlar uzatish xizmatlari hajmini 4 yil ichida 20 baravar oʻsishini, foydalanuvchilar sonining esa 11,8 baravar koʻpaytirishni taʼminlash imkonini beradi.