Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.05.1999 yildagi 234-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.05.1999 yildagi 234-son
Date of entry into force
12.05.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOSHKENT SHAHRIDA PIVO ZAVODI QURISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning eksport potensialini yanada rivojlantirish va isteʼmol bozorini yuqori sifatli mahsulotlar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahar hokimligining yiliga “Levenbroy” (Germaniya) firmasining 400 ming gektolitr markali litsenziyali pivosini tayyorlash quvvatiga ega boʻlgan pivo zavodi qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“AMS Anlagenplanung GMBx va Ko” (Germaniya) firmasi va Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasi tomonidan jami 34,40 mln. Germaniya markasi miqdorida texnologik asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallar yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasi tomonidan Toshkentdagi 6-pivo zavodi jamoa korxonasi bilan birgalikda barpo etiladigan pivo zavodi qurilishi va undan kelgusida foydalanish uchun aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Levenbroy” firmasi bilan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish yuzasidan litsenziya shartnomasi tuzilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, loyihani mablagʻ bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligining texnologik asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallar yetkazib berish (avans toʻlov), qurilish maydonini muhandislik jihatidan taʼminlash, mavjud tugallanmagan binoni rekonstruksiya qilish yuzasidan kontrakt qiymatining 15 foizini, investitsiyalar va qurilish davridagi foizlarni hamda bankning komission xarajatlarini toʻlash boʻyicha oʻz mablagʻlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 85 foizini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tanlov asosida aniqlanadigan Germaniya banki krediti hisobiga qayta moliyalashtiriladigan, “Germes” jamiyati sugʻurta qoplovi ostida beriladigan krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit mablagʻlarni qaytarish tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyati faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobiga Toshkent shahar hokimligi tomonidan ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Asbob-uskunalarning kontraktdagi muddatlarda oʻrnatilishini va korxonaning oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar hokimligining investitsiyalar bosh boshqarmasiga, loyihalashni ayni bir vaqtda amalga oshirgan, ushbu davr mobaynida loyiha-smeta hujjatlarini albatta tasdiqlagan holda, obyektni olti oy muddatda qurishiga istisno tartibida ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasi kreditni toʻlash davrida loyihani amalga oshirish maqsadida keltiriladigan asbob-uskunalar uchun boj toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishlari uchun bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda “Germes” jamiyati sugʻurta qoplovi ostida Germaniya banki bilan kredit bitimi tuzsin va mablagʻlarni Toshkent shahar hokimligiga qayta moliyalashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Germaniya banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha hamda Toshkent shahar hokimligi majburiyatlari boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga kafolatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzmaishiyrobot”ning qurilishi tugallanmagan binosini (Toshkent shahar, Bektemir tumani, H.Boyqaro koʻchasi) Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasi balansiga bersin, mazkur bosh boshqarma esa uni obyektning qoldiq balans qiymati boʻyicha oʻz balansiga qabul qilib olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234-son