01.12.2009 yildagi PQ-1236-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.12.2009 yildagi PQ-1236-son
Date of entry into force
01.12.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVCHI BUYUMLAR VA MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISHNI CHUQURLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini yanada chuqurlashtirish, birja va yarmarka savdolarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi rolini oshirish, shuningdek mahalliy xom ashyo hamda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi import qilinayotgan mahsulotlar hajmlari va turlarini chuqur tahlil qilish, shuningdek tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli oʻrganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yoʻnalishlari hamda aniq roʻyxatlari boʻyicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda ularni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida respublika tarmoqlari va mintaqalari boʻyicha mamlakatimiz korxonalarida mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishni amalga oshiradi, Mahalliylashtirish dasturini shakllantiradi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoringni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni Hukumat qarori bilan tashkil etiladigan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha maxsus idoralararo komissiya bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha maxsus idoralararo komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyatining ikkita pavilyonini rekonstruksiya qilsin, umumiy koʻrgazma maydonini 14,5 ming kvadrat metrgacha yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, begʻaraz texnik koʻmakni (grantlarni) jalb etishga doir har bir loyiha boʻyicha mukofotlarning aniq miqdorlari va mukofotlanadigan mansabdor shaxslarning roʻyxati tegishli tuzilmalar taqdimiga koʻra Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va koʻmaklashish agentligi — “Oʻzinfoinvest”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 11-apreldagi 67-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1-ilova;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga grantli begʻaraz texnik koʻmakni jalb etishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 1-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1236-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) tuzish, tasdiqlash va amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek ushbu jarayonda uning asosiy qatnashchilari — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik mexanizmini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mahalliylashtirish dasturini tuzish unga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashabbus koʻrsatgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinadigan mahsulotlarning hajmi, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli oʻrganish asosida ishlab chiqilgan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan joylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, xizmatlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyalashtirish darajasini va raqobat muhiti rivojlanishini, tovarlar (xizmatlar)ning oʻzaro bir-birining oʻrnini bosishi va narx omilini hisobga olgan holda tovarlar (xizmatlar) bilan ichki bozorning toʻldirilganligini baholashdan kelib chiqib Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining takliflari asosida tuziladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini oʻzlashtirish loyihalarini kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mahalliylashtirish dasturiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) xulosalari asosida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mahalliylashtirish dasturini tuzish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha maxsus idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Maxsus komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Uning xodimlaridan kotib boshchilik qiladigan Maxsus komissiya Kotibiyati tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mahalliylashtirish dasturiga yangi loyihalarni kiritish, shuningdek tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaror:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan — Maxsus komissiya tomonidan, mahalliylashtirishning belgilangan darajasini pasaytirish bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning takliflari boʻyicha mahalliylashtirish loyihalari parametrlari va roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan -Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish ishlab chiqarish quvvatlari doirasida Maxsus Idoralararo komissiya va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilmagan holda loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Mahalliylashtirish dasturini tuzish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining asosiy funksiyalari va vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida samarali oʻzaro hamkorlikni taʼminlash va uni amalga oshirishning sifatli monitoringini tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) loyihalarning tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbus koʻrsatilayotgan mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlaydilar hamda mahalliylashtirish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun hujjatlarni belgilangan tartibda Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan mahsulotning mamlakatimizdagi potensial xaridorlarini va xorijiy xaridorlarni hamkorlikka jalb qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab qilingan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga buyurtmachilarni faollik bilan izlaydilar, hamkorlikni rivojlantirish shartlarini muhokama qiladilar va shartnoma bilan rasmiylashtirish boʻyicha ular bilan muzokaralar tashkil etadilar va olib boradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirish dasturlarini samarali va oʻz vaqtida amalga oshiradilar va belgilangan parametrlarga erishadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import kontraktlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda respublika tarmoqlari va korxonalari boʻyicha import qilinadigan mahsulotlar (xizmatlar) tarkibi va turlarini chuqur tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinadigan mahsulotlar tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli oʻrganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yoʻnalishlari va aniq roʻyxatlari boʻyicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir takliflarni, shu jumladan eksportga yetkazib berishni kengaytirish uchun ishlab chiqadi, keyinchalik ushbu takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini oʻrganish asosida importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning eng koʻp talab qilinadigan turlarini oʻzlashtirish boʻyicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga jalb etishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan holatlarda mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
importning oʻrnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining takliflarini respublikaning xoʻjalik birlashmalari va korxonalari bilan birgalikda batafsil oʻrganadi hamda importning oʻrnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish, shu jumladan yangi korxonalar tashkil etish, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi;
(7-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz iqtisodiyotini kompleks va muvozanatli rivojlantirishni taʼminlashni, tabiiy, mineral-xom ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan, shuningdek tegishli infratuzilmadan samarali foydalanishni hisobga olgan holda mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishni iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida va mintaqalarida joylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruviga tegishli organlari, sanoat korxonalari bilan birgalikda bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini oʻzlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning samarali sxemalarini, shuningdek ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik jihatdan qayta taqsimlash, mahsulotlarning ishlab chiqariladigan turlari elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan xollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalarini, tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxatlari boʻyicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining takliflari boʻyicha respublika korxonalarida joylashtirilgan buyurtmalarni koʻrib chiqish asosida Mahalliylashtirish dasturini tuzadi;
(7-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bilan belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi hamda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
(7-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyalashtirish va raqobat muhitini rivojlantirish darajasini, tovarlar (xizmatlar)ning oʻzaro oʻrnini bosishini va narx omilini hisobga olgan holda bozorning tovarlar (xizmatlar) bilan toʻldirilganligini baholaydi hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning aniq roʻyxati bilan birga tovarlar (xizmatlar)ni mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻzlashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan hollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud boʻsh yotgan ishlab chiqarish quvvatlari, binolar va inshootlar, shu jumladan bepul xarid qiymati boʻyicha aniq investitsiya majburiyatlari evaziga taklif etilayotgan quvvatlar, binolar va inshootlar mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkillashtirish uchun ular toʻgʻrisida Iqtisodiyot vazirligiga har chorakda axborot berib borish.
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻzlashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar roʻyxatini texnologik qayta taqsimlash, asbob- uskunalar va respublika sanoat korxonalari salohiyatini, foydalanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻrganish asosida yangi samarali texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini oʻzlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning oqilona va eng maqbul sxemasi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) “Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqariladigan mahsulotni sifati va dizayni boʻyicha zamonaviy talablar va standartlar darajasiga yetkazish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostidagi kredit mablagʻlari hisobiga Mahalliylashtirish dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar amalga oshirilgan taqdirda iqtisodiy samaradorlikni kelishish yuzasidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar — mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari (keyingi oʻrinlarda loyiha tashabbuskori deb yuritiladi) loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan shakl boʻyicha Maxsus komissiya Kotibiyatiga “bir darcha” prinsipi boʻyicha kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha elektron shaklda takliflar berish huquqiga ega.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 366-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyiha tashabbuskori taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Loyiha tashabbuskoridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maxsus komissiya Kotibiyati loyihaning maqsadidan, uni moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda tushgan takliflarni koʻrib chiqish uchun ikki kun muddatda vakolatli organlarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Takliflar bir vaqtning oʻzida quyidagi vakolatli organlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirishning taklif etilayotgan darajasiga erishish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketingning taklif etilayotgan konsepsiyasi, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotni sotish istiqbollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtiriladigan mahsulotni tashqi bozorda sotish narxlari parametrlari (loyiha tashabbuskori tomonidan mahsulotni eksport qilish nazarda tutilgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shunga oʻxshash mahsulot importini tahlil qilish (TIF TN kodi boʻyicha 10 belgi darajasida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirish samaradorligi va imkoniyati baholanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan — raqobat muhitini, monopoliya qilib olish darajasini, tovarlarning oʻzaro bir-birining oʻrnini bosishini hisobga olgan holda bozorni toʻldirish va narx belgilash baholanadi;
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Hukumat kafolati ostidagi kredit mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda) — loyihaning iqtisodiy samaradorligi baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Iqtisodiyot vazirligida vakolatli organlar mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vakolatli organlar loyiha tashabbuskorlarining takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha asoslangan xulosalarni hujjatlar tushgan paytdan boshlab oʻn kundan kech boʻlmagan muddatda Maxsus komissiya Kotibiyatiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosaning nusxasi vakolatli organ tomonidan loyiha tashabbuskoriga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fikr-mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda hujjatlar vakolatli organlar tomonidan loyiha tashabbuskoriga puxta ishlash uchun qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Puxta ishlangan hujjatlar loyiha tashabbuskorlari tomonidan vakolatli organlarga taqdim etiladi. Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish va tegishli xulosalarni Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etish vakolatli organlar tomonidan ilgari bildirilgan fikr-mulohazalar loyiha tashabbuskorlari tomonidan bartaraf etish sharti bilan bir hafta muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Puxta ishlangan loyihani koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan yangi fikr-mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus komissiya Kotibiyati ikki hafta muddatda vakolatli organlarning tushgan ijobiy xulosalarini umumlashtiradi va maxsus Komissiya Protokoli loyihasini, zaruriyat boʻlganda, Hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda uning kelishilishini taʼminlaydi va Vazirlar Mahkamasi kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoki bir nechta vakolatli organning salbiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Maxsus komissiya majlisida tegishli xulosalar asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish monitoringini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan har bir loyiha boʻyicha loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvali ishlab chiqiladi. Jadvalda loyiha orqali Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishiladigan aniq belgilangan muddatlarda belgilangan parametrlarga erishish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Iqtisodiyot vazirligi tarmoq jadvali asosida Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarda belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Mahalliylashtirish dasturi loyihalarining tashqi iqtisodiy koʻrsatkichlar, shuningdek bajarilishi monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish monitoringini olib borishda aniqlangan muammolar va toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha idoralararo maxsus komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

Azimov R.S.‎ —‎ Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi‎
B.I. Zakirov —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
E.M. Gʻaniyev ‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Xoʻjayev B.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari‎
Bekenov S.X.‎ —‎ Iqtisodiyot vaziri‎
Nosirov S.X.‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisi‎
Qudratov Gʻ.S.‎ —‎ Davlat statistika qoʻmitasi raisi‎
Najimov N.E.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Gʻulomov R.A.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Gadoyev E.F.‎ —‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Shayxov A.E.‎ —‎ Savdo-sanoat palatasi raisi‎
Abduvaliyev A.A.‎ —‎ “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori‎
Abdukarimov R.M.‎ —‎ Markaziy bank raisining oʻrinbosari‎
Yusupov Sh.F.‎ —‎ “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
Ibragimov Gʻ.I.‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi‎
Zaripov B.K.‎ —‎ “Oʻzqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi‎
Izbosarov A.F.‎ —‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi‎
Saidaminov S.S.‎ —‎ “Toshkent traktor zavodi” OAJ bosh direktori v.b.‎
Fayzullayev Sh.N.‎‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, komissiya kotibi‎‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Idoralararo maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 522-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 7-8-son, 56-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2013-y., 15-son, 200-modda, 36-son, 477-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda, 30-son, 366-modda; 2016-y., 50-son, 565-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)