Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 09.11.2000 yildagi 439-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.11.2000 yildagi 439-son
Date of entry into force
09.11.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHOʻRTAN GAZ-KONDENSAT KONIDA QOʻSHIMCHA SIQUVCHI KOMPRESSOR STANSIYASI QURISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrtan konida tabiiy gaz va kondensat qazib olishning erishilgan darajasini saqlab turish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Shoʻrtan konida qoʻshimcha siquvchi kompressor stansiyasi qurish va uni 2003-yilda foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin (1-ilova*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga Shoʻrtan konida umumiy qiymati 158,5 mln AQSH dollariga teng, shu jumladan 118,5 mln AQSH dollari kompressor stansiyasi qiymati va 40 mln AQSH dollari jalb etilgan asbob-uskunalar qiymati, qoʻshimcha siquvchi kompressor stansiyasi qurilishi boʻyicha injiniring, asbob-uskunalar yetkazib berish, otaliq-montaj ishlari va mualliflik nazorati yuzasidan “Beytman Prodjekts (1993) Ltd” (Isroil) kompaniyasi bilan kontrakt tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, loyihaning valyuta qismi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida beriladigan xorijiy banklarning 195,41 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlari, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7 yil muddatga beriladigan, shu jumladan imtiyozli davr 2 yil, AQSHning Eksport-import bankining sugʻurta qoplamasi ostidagi 103,14 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7 yil muddatga beriladigan, shu jumladan imtiyozli davr 2 yil, IFTRIK agentligining (Isroil) sugʻurta qoplamasi ostidagi 42,78 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avans toʻlovi, kontrakt qiymatining qoplanmagan qismini mablagʻ bilan taʼminlash va qurilish davrida xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy xarajatlar uchun 49,5 mln AQSH dollari miqdoridagi tijorat krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy kreditlar va ular boʻyicha foizlar kredit oluvchi— “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga kredit bitimlarida belgilangan muddatlarda qaytariladi (2-ilova*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi va uning tarkibiy boʻlinmalarining oʻz mablagʻlari milliy valyutadagi xarajatlarni qoplash manbai hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrtan konida qoʻshimcha siquvchi kompressor stansiyasi qurilishi boʻyicha bosh buyurtmachi etib “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “Oʻzgeoneftgazqazibolish” aksiyadorlik kompaniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrtan konida qoʻshimcha siquvchi kompressor stansiyasi, shu jumladan texnologiya qismini qurish boʻyicha bosh pudratchi etib “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “Oʻzneftgazqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi va bosh pudratchi etib Energetika va elektrlashtirish vazirligi (bosh buyurtmachining mablagʻlari hisobiga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrtan konida qoʻshimcha siquvchi kompressor stansiyasining bosh loyihalovchisi etib, texnologiya qismi bundan mustasno, subpudrat shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining loyiha institutlari jalb etilgan holda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “Oʻzbekiston neft va gaz ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 3 oy muddatda kredit beruvchi banklar bilan bitimlarni ishlab chiqishni tugallasin va tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb etilayotgan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat kafolatini berishga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur loyihani amalga oshirish uchun import qilinadigan materiallar, ishlar va xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy kreditor banklar va eksport-kredit agentliklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi bilan birgalikda “Oʻzgeoneftgazqazibolish” aksiya-dorlik kompaniyasi, “Beytman Prodjekts (1993) Ltd” kompaniyasi yoki mazkur loyiha boʻyicha uning subpudratchilari buyurtmalari boʻyicha olib kelinayotgan asbob-uskunalar va materiallarga, shu jumladan qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallarga bojxona hujjatlari rasmiylashtirilishini va ularning belgilangan joyga yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Shoʻrtan konida qoʻshimcha siquvchi kompressor stansiyasi qurilishi loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan 2001-yilgi investitsiya loyihalari aniq dasturiga kiritishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan loyiha kompleks sugʻurta himoyasi bilan taʼminlanishiga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Yu.Atayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 9-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
439-son