Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.12.2000 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.12.2000 yildagi 518-son
Date of entry into force
30.12.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XIVA KARPET” OʻZBEKISTON — GERMANIYA QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish asosida jahon va ichki bozorlarda talab katta boʻlgan jun gilamlar va yerga solinadigan paloslar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining Xorazm viloyati Xiva shahrida “Xiva gilami” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Germaniyaning “Geko GmbX Fertribsgezellshaft” va “Promateks Industrianlagen GmbX” firmalari bilan birgalikda yiliga 2321,7 ming kv. metr jun jakkar gilamlar va yerga solinadigan paloslar ishlab chiqaruvchi “Xiva karpet” Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “Xiva karpet” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasi 20547,6 ming Germaniya markasi miqdorida quyidagi yoʻl bilan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy muassislar — 10273,8 ming Germaniya markasi (50 foiz), ulardan “Geko GmbX Fertribsgezellshaft” — 8219,04 ming Germaniya markasi, “Promateks Industrianlagen GmbX” — 2054,76 ming Germaniya markasini aylanma mablagʻlarni shakllantirish, asbob-uskunalar kontrakt qiymatining 15 foizini oldindan toʻlash, shuningdek foizlarni toʻlash va investitsiya davri mobaynida kreditni tashkil etganlik uchun xarajatlarni qoplash uchun pul mablagʻlari sifatida qoʻshadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonlik muassis “Xiva gilami” aksiyadorlik jamiyati — 10273,8 ming Germaniya markasiga teng miqdorda (50 foiz) soʻmlarda ishlab chiqarish maydonlari, aylanma va pul mablagʻlarini qoʻshadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Xiva gilami” aksiyadorlik jamiyatiga, istisno tariqasida, “Xiva karpet” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasiga oʻz ulushini 1921,5 ming Germaniya markasining soʻmdagi teng miqdorida pul mablagʻlari bilan uni foydalanishga topshirish vaqtidan boshlab qoʻshma korxona faoliyatidan olinadigan foydani qayta moliyalashtirish yoʻli bilan qoʻshishni ikki yil mobaynida tugallash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xiva karpet” qoʻshma korxonasi xorijiy muassislari marketingni va qoʻshma korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 70 foizini tashqi bozorda jahon narxlari boʻyicha sotilishini taʼminlash majburiyatini olganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xiva karpet” qoʻshma korxonasida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha umumiy qiymati 72543,2 ming Germaniya markasi boʻlgan investitsiya loyihasi ishlab chiqilganligi, unda Germaniyaning “Teksproyekt GmbX” firmasi bilan texnologiya asbob-uskunalari, ularni montaj qilishni hisobga olgan holda yetkazib berish, ishga tushirish va kadrlarni oʻqitish uchun qiymati 56312,0 ming Germaniya markasi boʻlgan kontrakt tuzish nazarda tutilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash “Xiva karpet” qoʻshma korxonasining 8446,8 ming Germaniya markasi summasidagi ustav jamgʻarmasi va Germaniyaning “Bankgezelshaft Berlin AG” bankining 47865,2 ming Germaniya markasi summasidagi krediti hisobiga amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga beriladigan “Bankgezelshaft Berlin AG” Germaniya banki krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va xizmat koʻrsatish xarajatlarini uzish “Xiva karpet” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga 2-ilovaga* muvofiq amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 va 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik jihatdan muqim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Isayev A.N.) “Xiva karpet” qoʻshma korxonasi loyihasini xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan 2001-yilgi investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kontrakt qiymati (47865,2 ming Germaniya markasi)ning 85 foizini mablagʻ bilan taʼminlash uchun “Germes” (Germaniya) jamiyatining sugʻurta qoplamasi ostida “Bankgezelshaft Berlin AG” banki bilan qarz bitimini belgilangan tartibda tuzsin va kredit resurslarini “Xiva karpet” qoʻshma korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Bankgezelshaft Berlin AG” banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha va Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Xiva karpet” qoʻshma korxonasining majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur loyiha boʻyicha “Bankgezelshaft Berlin AG” banki va “Germes” sugʻurta jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlovlar manbai boʻlgan norezidentlardan undiriladigan daromadlarga soliqlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
518-son