16.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2041
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 16.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2041
Date of entry into force
26.11.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 20-apreldagi 147-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-4, 20.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/2041-4/0629-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-noyabrda 2041-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 21-iyundagi 329-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-5, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2025-y., 10/25/2041-5/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 20-apreldagi 147-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-4, 20.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/2041-4/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 20-apreldagi 147-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2041-4, 20.05.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/2041-4/0629-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq talablarining bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor A.H. Qoʻldoshev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 4-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-con
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2009-yil 4-oktabrdagi 75-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 20-apreldagi 147-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-4, 20.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/2041-4/0629-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar (bundan buyon matnda GAPP deb yuritiladi) saqlanadigan xona va obyektlarning texnik mustahkamligini, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlarining holatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 21-iyundagi 329-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-5, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2025-y., 10/25/2041-5/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar hamda Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom qoidalari GAPPlarni saqlash faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. GAPPlar saqlanadigan joylar (hududlar, inshootlar) tekshirish obyektlari hisoblanadi (bundan keyingi oʻrinlarda GAPPlar saqlanadigan obyektlar deb yuritiladi).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tekshiruvlar mazkur Nizomning III-bobida belgilangan masalalar yuzasidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. GAPPlar saqlanadigan obyektlarni tekshirish davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qoʻshimcha tarzda yuridik shaxslar tomonidan GAPPlarni sotish (berish), taqsimlash, foydalanish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olib kirish (olib chiqish), tayyorlash, yoʻq qilish, roʻyxatga olish va hisobot yuritish boʻyicha faoliyatlariga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrsatilgan faoliyat turlari qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda sogʻliqni saqlash organlari tomonidan, shu jumladan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikdagi tekshiruvlar davomida oʻrganib chiqiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 21-iyundagi 329-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-5, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2025-y., 10/25/2041-5/0629-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tekshiruvlar davomida qandaydir tarzda yuridik shaxslarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashish, ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini, buxgalteriya, moliyaviy, statistik, soliq, bojxona va boshqa operatsiyalarga oid hujjatlarini hamda operatsiyalarni oʻrganish qatʼiyan man qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Nazoratni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. GAPPlar saqlanadigan obyektlar ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash tizimi xodimlari (keyingi oʻrinlarda ichki ishlar organlari xodimlari deb yuritiladi) tomonidan yuridik shaxsning rahbari (uning vakolatli vakili) va GAPPlarni saqlash uchun javobgar boʻlgan shaxs ishtirokida tekshiruvdan oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. GAPPlar saqlanadigan obyektlarni tekshirish belgilangan tartibda sogʻliqni saqlash organlari vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda tekshiruvlar ushbu idoralarning vakolatlari doirasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilib, yakunlari boʻyicha umumiy dalolatnoma tuziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tekshiruvlarni amalga oshirish davomida ichki ishlar organlari quyidagi huquqlarga ega:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning rahbari (uning vakolatli vakili) va masʼul xodimi kuzatuvida ishlab chiqarish inshootlari, omborlar, maydonchalar va GAPPlar saqlanadigan oʻzga joylarni koʻzdan kechirish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GAPPlar saqlanadigan obyektlarni tekshiruvdan oʻtkazishga doir zaruriy maʼlumotlar va hujjatlar olish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berish, ushbu huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash va bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avval aniqlangan huquqbuzarliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan yoki jiddiy (qoʻpol) huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, yigʻilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuborish uchun tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilmasligi GAPPlarni yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishiga xavf tugʻdirayotgan taqdirda, ularni darhol boshqa saqlash obyektlariga oʻtkazilishini talab qilish;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan foydalanish.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tekshiruvlarni amalga oshiruvchi ichki ishlar organlari xodimlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilayotgan yuridik shaxsga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar ishlashiga xalal bermaslik, ularning oʻzga huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan yuridik shaxs ixtiyorida qoldirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tekshiruvlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. GAPPlar saqlanadigan obyektlarning tekshiruvlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 42-ilovasida (Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa pasportida) belgilangan GAPPlar saqlanadigan obyektlarning toifalanishiga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 21-iyundagi 329-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-5, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2025-y., 10/25/2041-5/0629-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GAPPlar saqlanadigan II va (yoki) III toifadagi obyektlarga — I toifadagi obyektlarga oʻrnatilgan talablarni qoʻyish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GAPPlar saqlanadigan III toifadagi obyektlarga –— I va (yoki) II toifadagi obyektlarga oʻrnatilgan talablarni qoʻyish.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-3, 23.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Tekshiruvlar natijalarini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tekshiruv natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomada belgilangan choralarni koʻrish uchun uning bir nusxasi yuridik shaxsning rahbari (uning vakolatli vakili)ga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruv natijalari boʻyicha ichki ishlar organlari tomonidan yuridik shaxslarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berilishi mumkin. Yuridik shaxslar tomonidan ushbu koʻrsatmalar ustidan shikoyat keltirilishi ularning bajarilishini toʻxtatib qoʻymaydi, shikoyatlar sudga berilgan hollar bundan mustasno.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tekshiruv dalolatnomasi tegishli qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishi nazoratga olinishini tashkillashtirish yuzasidan zudlik bilan ichki ishlar organi rahbariga yetkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Avval aniqlangan huquqbuzarliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan yoki jiddiy (qoʻpol) huquqbuzarliklar aniqlanganda ichki ishlar organi rahbari uch kunlik muddat ichida yigʻilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboradi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻilgan hujjatlarning nusxalari bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ham taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki ishlar organlarining tekshiruvlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan qaror va xatti-harakatlariga yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 1-oktabr
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-iyundagi 87-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2041-1, 29.06.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 601-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt va xonalarni tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DALOLATNOMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎20 ___ yil “___” _______________‎‎___________________________

‎‎(shahar, aholi turar joyining nomi)

Men (bizlar), __________________________________________________________________________

‎‎(ichki ishlar organlari xodim(lari)ining lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________________________________________________________ tomonidan‎‎
‎‎______________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxs rahbari (uning vakili)ning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎________________________________________________________________________ ishtirokida

‎‎giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan joy tekshirib chiqildi_______________________________________________________________

‎‎(GAPPlarni saqlovchi yuridik shaxsning nomi)

‎‎______________________________________________________________________

‎‎(GAPPlarni saqlash faoliyati amalga oshirilayotgan manzil)

‎‎Tekshiruv davomida quyidagilar aniqlandi:
1. Obyektning toifasi va turi_________________________________________________________

(obyektning toifasi — I, II, III; turi — baza, omborxona, dorixona,

‎‎______________________________________________________________________

laboratoriya, boʻlinma, tibbiyot punkti, boshqa tibbiyot muassasasi)

‎‎2. Tashkilot (omborxona, baza) hududining holati__________________________________________

‎‎(faqat I toifadagi obyektlarga toʻldiriladi:

‎‎______________________________________________________________________

‎‎hududning yaroqliligi, texnik holati va yoritilishi; oʻtish taqiqlangan hududning kengligi,

‎‎______________________________________________________________________

‎‎jihozlanishi va undan foydalanish tartibi; kirish (ichki) temir yoʻllarining holati; yongʻinga qarshi suv

‎‎______________________________________________________________________

‎‎manbalari va yashin qaytaruvchi uskunalarning mavjudligi va holati, omborxonalar oraligʻida oʻzaro hamda

‎‎______________________________________________________________________

‎‎ombor inshootlari va alohida binolar oʻrtasida belgilangan yongʻinga qarshi masofalarga rioya etilishi va h.q.),

‎‎3. Toʻsiqlarning holati:_______________________________________________________________

(faqat I toifadagi obyektlarga toʻldiriladi:

‎‎______________________________________________________________________

‎‎toʻsiqlarning turi va balandligi, belgilangan talablarga muvofiqligi (muvofiq emasligi),

‎‎______________________________________________________________________

‎‎teshiklar, oʻpirishlar, osilib qolishlar va h.q. kamchiliklar mavjudligi)

‎‎
‎‎4. Yoritilish holati: __________________________________________________________________

‎‎(toʻgʻri va toʻliq yoritilganligi, yoritish manbalarining yetarliligi va sozligi)

‎‎______________________________________________________________________

5. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimining mavjudligi va holati:

(Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalarining turi — shovqinli, nurli-shovqinli, avtonom,

‎‎______________________________________________________________________

datchiklari ichki ishlar organlarining texnik qoʻriqlash markaziga, qoʻriqlash postiga yoki mansabdor shaxsga ulanganlgigi, obyekt 1 va 2-rubejlarda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya

‎‎______________________________________________________________________

vositalari bilan jihozlanganligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar holati — soz, nosoz, kabellarni oʻtkazish usuli — xufyona, ochiq)

6. Videokuzatuv tizimining mavjudligi va holati:________________________________________

(kameralar soni, yetarliligi va toʻgʻri joylashtirilganligi,

‎‎______________________________________________________________________

tasviri chiqarilgan joyi, qoʻriqlash postiga ulanganligi, tizimning holati — soz, nosoz, tasvir saqlanadigan muddat, kabellarni oʻtkazish usuli — xufyona, ochiq)

7. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimi zaxira elektr taʼminoti manbai bilan taʼminlanganligi_________________________________________
‎‎______________________________________________________________________

(turi, quvvatining yetarliligi, holati — soz, nosoz, akkumulyatorning ishlash davomiyligi)

‎‎________________________________________________________________________
8. GAPPlarni saqlash sharoitlari: __________________________________________

(alohida (umumiy) xonada, xonaning joylashuvi,

‎‎________________________________________________________________________

devorlar, pol va shipning oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi,

__________________________________________________________________________________
‎derazalar metall panjaralar bilan himoyalanganligi, ularning oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi)

‎__________________________________________________________________________________

‎__________________________________________________________________________________

9. Eshiklarning holati: asosiy_________________________________________________________

(eshik ishlangan material, uning texnik mustahkamligi,

‎‎______________________________________________________________________

qulflar yetarliligi va ishonchliligi)

‎__________________________________________________________________________________

‎qoʻshimcha (panjarali)________________________________________________________________
‎(eshik ishlangan material, uning texnik mustahkamligi,
‎__________________________________________________________________________________
‎qulflar yetarliligi va ishonchliligi)

‎__________________________________________________________________________________

10. Metall quti (seyf, shkaf)lar mavjudligi va holati:______________________________________

(quti (seyf, shkaf)larning yetarliligi,

‎‎________________________________________________________________________

ishonchliligi va texnik mustahkamligi, qulflarning yetarliligi va ishonchliligi)

‎‎________________________________________________________________________
‎‎
11. GAPPlarni saqlash tartibi:
‎‎________________________________________________________________________

(metall quti (seyf, shkaf)lar ichida saqlanishi tashkil etilganligi,

‎‎________________________________________________________________________

ular ishdan tashqari vaqtda muhrlanishi)

‎‎________________________________________________________________________

12. Qoʻriqlash holati:_________________________________________________________________
‎(qoʻriqlash turi, postlar soni va yetarliligi, qurollanishi,
‎__________________________________________________________________________________
‎qoʻriqlash xizmatining ish tartibi, postlar orasida aloqa vositalari mavjudligi, sozligi va h.q.)
‎__________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________

13. Avvalgi tekshiruv(lar) natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi:‎
‎__________________________________________________________________________________
‎(oxirgi tekshiruv(lar) kim tomonidan va qachon amalga oshirilgan, aniqlangan kamchiliklar,
‎__________________________________________________________________________________
‎ularni bartaraf etish darajasi, dalolatnomada belgilangan muddatlarda bartaraf etilganligi)
‎__________________________________________________________________________________

‎‎14. GAPPlarni saqlashda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar:

T/r‎

Aniqlangan kamchiliklarning mazmuni‎‎

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar

Ijro muddati‎‎

‎‎‎‎‎‎
‎‎‎‎
‎‎‎‎
‎‎
‎‎‎‎‎‎
‎‎

Imzolar:‎‎

____________________‎‎____________________‎‎

‎‎(imzo)

(F.I.O)

‎‎____________________‎‎____________________

‎‎(imzo)

(F.I.O)

Dalolatnoma nusxasini oldim:‎‎____________________‎‎____________________

(imzo)‎‎

(F.I.O)

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 21-iyundagi 329-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2041-5, 17.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2025-y., 10/25/2041-5/0629-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 508-modda; 2017-y., 26-son, 601-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2018-y., 10/18/2041-2/1497-son; 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son; 20.05.2020-y., 09/20/2041-4/0629-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 18.07.2025-y., 10/25/2041-5/0629-son)