19.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2020
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining qarori, 19.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2020
Date of entry into force
29.10.2009
Hujjat 02.06.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga Qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-oktabrda 2020-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10, 39-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) muvofiq davlat notarial idoralari (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idoralar deb yuritiladi) va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, u topshirgan hujjatlar asosida notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz — notarial idora yoki advokatlik tuzilmasiga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazorat qoidalarini amalga oshirishda notarial idorada yoki advokatlik tuzilmasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijozlar uchun yoki ular nomidan operatsiyalar oʻtkazganda quyidagi sohalarda ichki nazoratni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulkni sotib olish yoki sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlari yoki boshqa mol-mulkini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank, jamgʻarma hisobvaraqlari yoki qimmatli qogʻozlar hisobvaraqlarini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni tashkil etish, faoliyat koʻrsatish yoki boshqarish uchun mablagʻlar yigʻish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni tashkil etish, faoliyat koʻrsatish yoki boshqarish hamda korxonalarning oldi-sotdisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarini ichki nazorat qilish maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini, shuningdek ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda mazkur Qoidalarga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari ichki nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk manbalarining kelib chiqishini aniqlash va oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalarning 24-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlar) Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kunga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departament xabardor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralari va advokatlik tuzilmalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat notarial idorasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs hududiy adliya organining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki va undan ortiq davlat notariusidan tashkil topgan davlat notarial idorasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs etib hududiy adliya organining buyrugʻida koʻrsatilgan mazkur notarial idoraning davlat notariusi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat notarial idorasi bitta davlat notariusidan iborat boʻlsa, ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur notarius zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Advokatlik tuzilmasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs advokatlik tuzilmasining advokati advokatlik tuzilmasining rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Buyruqning nusxasi shaxsiy maʼlumotlar bilan birga buyruq chiqarilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida hududiy adliya organiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat advokatlik faoliyatini individual tarzda amalga oshirayotgan hollarda (advokatlik byurosi) ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur advokat zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni Departamentga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydilar.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat tizimini tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Departamentning vakolatli vakillari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan farmoyish beruvchi, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlariga muvofiq ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga majburdirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga axborot berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq 111-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar bir yilda kamida bir marta hududiy adliya organiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydilar va taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hududiy adliya organida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini yuritadigan, ularning oʻqishi va malaka oshirishini tashkil etadigan, shuningdek, ular tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni umumlashtiradigan va tahlil etadigan xodim tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hududiy adliya organi yarim yilda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay Adliya vazirligiga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yarim yilda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay Departamentga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish munosabatlari oʻrnatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari bitim taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlganda mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozdan uning pul mablagʻlari manbalari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Benefitsiar mulkdorni belgilash uchun notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijoz boshqa shaxsning nomidan ish koʻrayotganligini aniqlashga va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mijoz notarial idora yoki advokatlik tuzilmasiga operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganda, notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi quyidagilarga majburdirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijoz yoki naf oluvchini identifikatsiyalash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan maqsad va faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mijoz-jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida belgilangan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning avvalgi notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash orqali tekshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va mumkin boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarning amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda — tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlari, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul xodim tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Departament yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari avvaldan quyidagi mezonlarga ega boʻlgan mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezidentlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul xodimda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot hududiy adliya organlariga taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishlari zarur.
(III1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, topshiriq beruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning amalga oshirilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning xizmat koʻrsatishning (yuridik yordam) foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmaganligi, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyati turlariga toʻgʻri kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimga mijoz faoliyatiga muvofiq kelmaydigan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirishda mijoz talabi bilan qilayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk harakati yoʻnalishi taalluqli oʻzgartirishlar kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz haqida maʼlumotning mavjud emasligi, shuningdek, koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilishini mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotni taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolgʻon axborot va maʼlumotlarning taqdim etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirish maqsadi qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan nazorat jarayonlaridan bosh tortish deyishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitishuvlarning koʻp marotaba yuritilganligining aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, ishga oid munosabatlarning xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday xollarda notarial idoralar yoki advokatlik tashkilotlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni toʻxtatib qoʻyilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatish haqida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmaganda, koʻrsatilgan muddat tugashi bilan notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi toʻxtatilgan operatsiyani tiklashga kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya Departamentga xabar qilinishi kerak.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar berish haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kundan kechiktirmay beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqida axborot notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs tomonidan qogʻoz va/yoki elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari ham tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki shubhani olib tashlovchi har qanday maʼlumotni Departamentga darhol xabar berishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, topshirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyaning turi va uni amalga oshirish asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshirigʻiga koʻra yoki nomidan operatsiyani bajarayotgan jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirayotgan jismoniy shaxs (ishonchli vakili) yoki yuridik shaxsning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Departamentga axborot taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi maʼlumotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalangan materiallar va maʼlumotlarni shu jumladan ish yozishmalarini qonun hujjatlarida oʻrnatilgan, lekin operatsiyalar amalga oshirilgan yoki mijozlar bilan munosabatlar toʻxtatilgandan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar davomida saqlashlari zarur.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berish huquqiga ega emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari xodimlarining ichki nazorat boʻyicha vazifalarini bajarish jarayonida olgan axborotni oshkor etmasligini (yoki shaxsiy maqsadlarda, yo uchinchi shaxslar manfaatlari yoʻlida foydalanmasliklarini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331. Masʼul xodimning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Departament bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va boshqalar)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu xodim tomonidan saqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
332. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(331 va 332-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Notarial idoralari va advokatlik tuzilmalari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat qilish Adliya vazirligi tomonidan Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq 341-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi raisi T. SAYIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 12-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shubhali operatsiya haqidagi xabarning shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 461-modda; 2010-y., 40-41-son, 348-modda; 2014-y., 22-son, 262-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son; 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)