O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2011]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Toshkent sh.,,
2009-yil 4-sentabr,
39/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-sentabr,
27/QQ-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari bitiruvchi o‘quvchilarining (bundan buyon matnda o‘quvchilar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) yakuniy attestatsiya:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quvchilarga ta’lim tashkilotini tugatganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida o‘tkaziladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yakuniy attestatsiya ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda DAK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun DAKdan tashqari davlat imtihonlari o‘tkaziladigan har bir fandan alohida Imtihon komissiyalari tashkil etiladi. Imtihon komissiyalari faoliyat yuritishda DAKga bo‘ysunadi hamda hisobot beradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
4. DAKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
DAK bayonnomalarini rasmiylashtirish, yakuniy hisobot va tahliliy xulosalarini tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat imtihonlarini o‘tkazish kuni va sinov ishlarining shaklini aniqlash;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
topshiriqlar to‘plamini va baholash mezonlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ta’lim tashkilotini tugatganligi to‘g‘risida o‘quvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. DAK o‘z faoliyatini mazkur Nizom va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchilar, shuningdek ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yakuniy attestatsiyadan o‘tishlari majburiy.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
II. Yakuniy attestatsiya sinovlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yakuniy attestatsiya sinovlari davlat imtihonlari shaklida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni o‘tkazish muddati ta’lim tashkilotlarining namunaviy o‘quv rejasiga muvofiq belgilanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat imtihonlarini o‘tkazish jadvali ta’lim tashkiloti direktori tomonidan yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin tasdiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat imtihonlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning malaka talablariga muvofiq o‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarni o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
III. DAK tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. DAK a’zolari tarkibi 5 yoki 7 kishidan iborat bo‘lib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda yakuniy attestatsiya vakolatli hisoblanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari, turdosh va mazkur ta’lim tashkilotining tajribali, malakali o‘qituvchilari tarkibidan DAK hamda Imtihon komissiyalari shakllantiriladi.
Imtihon komissiyalari a’zolari tarkibining kamida o‘ttiz foizini oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari hamda turdosh ta’lim tashkilotlarining vakillari tashkil etishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
17. Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. DAK va Imtihon komissiyalari a’zolari tarkibi ta’lim tashkiloti direktorining vazirlik va idoralar, tegishli oliy ta’lim tashkilotlari va turdosh ta’lim tashkilotlari rahbarlariga yo‘llagan yozma murojaatlariga ularning yuborgan rozilik xati asosida yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin shakllantiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga vazirlik, idora yoki oliy ta’lim tashkiloti rahbarining, DAK a’zolari esa, ta’lim tashkiloti direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy ta’lim tashkiloti rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy ta’lim tashkilotining professor-o‘qituvchilari tarkibidan, shuningdek, turdosh oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Bir kishi ketma-ket bir ta’lim tashkilotida ikki martadan ortiq DAK raisi bo‘lishi mumkin emas.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ta’lim tashkilotining direktori yoki uning o‘rinbosarlari (xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosaridan tashqari) DAK raisi o‘rinbosari hisoblanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
23. DAK raisi komissiya faoliyatini tashkillashtiradi, nazorat qiladi, uning xulosa va qarorlarini imzolaydi hamda o‘quvchilarga qo‘yilgan talablarning bir xilligini ta’minlaydi.
DAK raisi o‘rinbosari yakuniy attestatsiyani o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishga hamda DAKning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga mas’ul hisoblanadi.
24. DAK har yili yakuniy attestatsiyani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davridan boshlab keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
IV. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazish tartibi
1-§. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazishning umumiy qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘quv reja va dasturlarining barcha talablarini to‘liq bajargan o‘quvchi ta’lim tashkiloti direktorining buyrug‘iga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar tegishli yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yakuniy attestatsiyada ijobiy baho olgan o‘quvchiga ta’lim tashkilotini tamomlaganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. O‘quv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “a’lo” va qolgan fanlardan “yaxshi” bo‘lgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan “a’lo” baholar olgan, namunali xulqqa ega bo‘lgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga a’lo darajali diplom beriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “2” (qoniqarsiz) baho olgan yoki unga uzrli sabab (o‘quvchining yoki yaqin qarindoshining betobligi (tibbiy ma’lumotnoma asosida), yo‘l-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining nikoh tuzishi, respublika yoki xalqaro olimpiada va tanlovlarda ta’lim tashkiloti nomidan ishtirok etganligi, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lishi sababli) bilan kelmagan o‘quvchi boshqa sinovlar (davlat imtihonlari)ni topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan “2” (qoniqarsiz) baho olgan yoki unga uzrli sabab bilan ishtirok eta olmagan o‘quvchilarga shu o‘quv yilida DAK faoliyati yakuniga qadar tegishli imtihonni bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
Qayta topshirish jarayonlari attestatsiya tugaganidan so‘ng o‘quvchining arizasiga muvofiq bir oy ichida o‘tkaziladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. O‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘qishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan o‘tmagan 2-bosqich o‘quvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat ko‘rsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Yakuniy attestatsiyani uch yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan holda eksternat tartibida yakuniy attestatsiyasini topshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga belgilangan tartibda o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Ta’lim tashkilotlarida davlat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish
(2-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Davlat imtihonlari ona tili va adabiyot, O‘zbekiston tarixi va ta’lim yo‘nalishining namunaviy o‘quv rejasida belgilangan ikkita chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlardan iborat.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Imtihonlar ona tili va adabiyot fanidan insho, matematika fanidan yozma, O‘zbekiston tarixi fanidan test va qolgan fanlardan og‘zaki sinovlar ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlarida ona tili va adabiyot hamda Jahon tarixi fanlaridan og‘zaki imtihonlar ham o‘tkaziladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan fandan davlat imtihoni ijodiy imtihon ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davlat imtihonlari materiallari hamda mezonlari, ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi Imtihon komissiyalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda DAK raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Yozma ravishda o‘tkaziladigan davlat imtihonlari uchun ajratiladigan vaqt sarfi O‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq tayanch o‘quv rejasida davlat attestatsiyasi uchun ko‘zda tutilgan soatlar doirasida amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarini xolisona va adolatli o‘tkazish DAK va Imtihon komissiyasi a’zolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar ta’lim tashkilotlarining pedagog o‘qituvchilari (test o‘tkaziladigan fan o‘qituvchilaridan tashqari) hamda taklif etilgan (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchisi, jamoat tashkilotlari vakili va shu kabi)lar orasidan DAK tomonidan tanlab olinadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Test sinovlari topshiriqlari to‘plami o‘quv dasturlari mazmunini to‘liq qamrab olgan holda ta’lim tashkiloti o‘qituvchilari tomonidan shakllantiriladi, tegishli bo‘lim (kafedra)larda muhokama qilinadi.
Ta’lim tashkiloti tomonidan test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin o‘quvchilarning e’tiboriga yetkazilishi lozim.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
39. DAK test sinovlari topshiriqlari to‘plami asosida test sinovlari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Test sinovlari topshiriqlari fan dasturlari doirasida tuziladi. Test sinovlari topshiriqlari soni o‘quv guruhlari sonidan kam bo‘lmasligi kerak.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
41. Test sinovlari boshlangandan keyin hech kim sinov o‘tkazilayotgan auditoriyaga kiritilmaydi, o‘quvchilar test materiallarini o‘rnatilgan tartibda topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi va test topshiriqlari bo‘yicha o‘quvchilar bilan savol-javoblar qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Test sinovlari topshiriqlarida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarish ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik kengashi qaroriga muvofiq javoblar varag‘i orqali yoki axborot kommunikatsiya vositalari yetarli bo‘lgan ta’lim tashkilotlarida kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Test sinovlari topshiriqlari jami 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 2 astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
44. Test sinovlari jarayonida o‘quvchilar tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanma, matn, shpargalka, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Test topshirish qoidalariga rioya qilmagan o‘quvchilar test sinovidan chetlashtiriladi va bu haqda o‘sha zahoti dalolatnoma tuziladi.
45. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e’lon qiladi, o‘quvchilardan test materiallarini qabul qilib oladi va ularni yelimlangan paketda DAKga topshiradi.
46. DAK tomonidan test sinovlari topshiriqlarini yakuniy baholashda topshiriqlarning 86 — 100 foizi to‘g‘ri bajarilgan holda 5 baho, 71 — 85 foizi to‘g‘ri bajarilgan holda 4 baho, 56 — 70 foizi to‘g‘ri bajarilgan holda 3 baho va 56 foizgacha to‘g‘ri bajarilgan holda 2 baho qo‘yiladi.
47. DAKning xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada test sinovlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar, o‘quvchining bahosi qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-paragraf O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V-bob O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
87. Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan o‘quvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun ta’lim tashkiloti direktorining buyrug‘i bilan tegishli oliy ta’lim tashkilotining professor-o‘qituvchilari hamda ta’lim tashkilotining rahbar va pedagog xodimlari tarkibidan 5 kishidan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibidan komissiya raisi va mas’ul kotib tayinlanadi.
Bir shaxs bir vaqtning o‘zida Imtihon komissiyasi va Apellyatsiya komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
88. O‘quvchilar yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan baholaridan norozi bo‘lgan taqdirda davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi hamda apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish kuni va vaqti to‘g‘risida o‘quvchi yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga xabarnoma yuboradi.
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
881. Apellyatsiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
882. Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
davlat imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish;
davlat imtihoni natijalariga o‘zgartirish kiritish.
883. Davlat imtihoni natijasini o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qaror apellyatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmagan hollarda qabul qilinadi.
Davlat imtihoni natijalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror apellyatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topgan hollarda qabul qilinadi.
884. O‘quvchi Apellyatsiya komissiyasi yig‘ilishida bevosita ishtirok etgan taqdirda komissiya qarori shikoyat ko‘rib chiqilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi.
O‘quvchi Apellyatsiya komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etmagan taqdirda komissiya qaroridan ko‘chirma bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida o‘quvchiga yuboriladi.
885. O‘quvchi apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
(881 — 885-bandlar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 100-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Ta’lim tashkiloti ilmiy-pedagogik kengashiga DAK raisi tahliliy hisobot taqdim etadi.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90. Ushbu Nizom idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etiladi, bundan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar mustasno.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. Mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlar ta’lim tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-martdagi 90-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2011-4, 04.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
93. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2009-yil 20-avgust
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
2009-yil 19-avgust
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
2009-yil 25-avgust
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
2009-yil 18-avgust
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QO‘ZIYEV
2009-yil 27-avgust
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
2009-yil 26-avgust
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK boshqaruv raisi A. RAMATOV
2009-yil 21-avgust
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 443-modda; 2013-y., 48-son, 626-modda; 2016-y., 18-son, 209-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2011-3/2062-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 05.04.2025-y., 10/25/2011-4/0305-son; 19.03.2026-y., 10/26/2011-5/0268-son)