Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.03.2020 01.10.2009 yildagi 265-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.10.2009 yildagi 265-son
Date of entry into force
01.10.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY VA MUQOBIL XIZMATLARGA ChAQIRISh, SAFARBARLIK ChAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATGA QABUL QILISh BO‘YIChA ChAQIRUV KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Ikromov), Davlat test markazi (B. Ismailov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda yuqoridagi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda fuqarolarning muddatli harbiy, muqobil xizmatga chaqirilishini va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinishini tashkil etishga va o‘tkazishga shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev), Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (A. Kosyanenko) mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 1-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
265-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-oktabrdagi 265-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari (keyingi o‘rinlarda chaqiruv komissiyalari deb yuritiladi) tarkibini, faoliyat tartibini, vazifalarini hamda uning raisi va a’zolarining majburiyatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda chaqiruv komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chaqiruv komissiyalari faoliyatining boshlanishi va tugatilishi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruvni o‘tkazish va muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Chaqiruv komissiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Chaqiruv komissiyalari tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari tegishli ravishda hududiy chaqiruv komissiyalarining raislari etib tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining o‘rinbosarlari etib mudofaa ishlari boshqarmasi (bo‘limi) boshliqlari tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqiruv komissiyalari tarkibiga quyidagi mansabdor shaxslar va tashkilotlar vakillari kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari va tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘limlari (bo‘linmalari) vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘limlari (bo‘linmalari) vakillari;
(6-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 120-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman bo‘limi vakillari;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha vakili (Toshkent viloyati va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori buyrug‘i bilan mas’ul xodim belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi katta shifokori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chaqiruv komissiyalarining shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Chaqiruv komissiyalarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni yig‘ish tadbirlarini uyushtirib, harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylarida tantanali ravishda kutib olinishini ta’minlash borasida tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyalarining chaqiruv punktlarida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar, jumladan aloqa vositalari, dori-darmonlar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tadbirlarining keng targ‘ib qilinishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruvning oshkoraligini ta’minlash, chaqiruv komissiyalari faoliyati yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning chaqiruv masalalariga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod qilishning to‘g‘riligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiriluvchilarni harbiy kasblarga tayinlashda ularning jismoniy va umumiy tayyorgarligi, tajribasi, qobiliyati, qiziqishi va boshqa fazilatlarini hisobga olishning asoslanganligini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar va tuman chaqiruv komissiyalari a’zolarining uslubiy tayyorgarligini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyalarining yig‘in punktlarida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar, jumladan aloqa vositalari, dori-darmonlar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni yig‘ish tadbirlarini uyushtirib, harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylarida tantanali vaziyatda kutib olinishini ta’minlash borasida tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari qarorlari yuzasidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Chaqiruv komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Chaqiruv komissiyasining yig‘ilishlari komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Chaqiruv komissiyasi o‘z ishini dastavval chaqiriluvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlarini o‘rganishdan boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, uning ma’naviy va kasbiy fazilatlarini, shuningdek, oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganish natijalariga muvofiq tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatga yaroqliligi va qo‘shin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatga yaroqliligi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga tayinlash to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatga chaqirilish muddatini belgilangan tartibda kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod qilish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligiga ko‘ra tinchlik davridagi harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush davrida harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqliligi va zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatga yaroqsiz deb topib, harbiy hisobdan chiqarish to‘g‘risida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqiruv komissiyasi o‘z qarorlarini bayonnomalar kitobida rasmiylashtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnomalar hamda chaqiriluvchilarning yig‘ma jildlaridagi hisobga olish kartasi chaqiruv komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasi chaqiruv tadbirlari tugagandan so‘ng 5 kun muddatda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish, muqobil xizmatga chaqirish, chaqiruv muddatini kechiktirish, chaqiruvdan ozod etish, muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni tantanali vaziyatda kutib olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlari to‘g‘risida axborot tayyorlab, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, ular esa o‘z navbatida ushbu axborotni 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Chaqiruv komissiyalarining raislari va komissiya a’zolarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruvni o‘tkazish va muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingandan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarining tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlashga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda yig‘in va chaqiruv punktlarini chaqiruv tadbirlarini o‘tkazishga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyalari a’zolarining uslubiy tayyorgarligini tashkil etish, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi faoliyatini boshqarish va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasining muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish va O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylarida tantanali vaziyatda kutib olish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning murojaatlari, ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasi raislari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining faoliyatini muvofiqlashtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining o‘rinbosarlari — mudofaa ishlari boshqarmasi (bo‘limi) boshliqlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha vakillari bilan hamkorlikda mudofaa ishlari boshqarmasida chaqiriluvchilar tanlovini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda yig‘in va chaqiruv punktlari ishini tashkil etish, chaqiruv komissiyasi a’zolariga amaliy yordam ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda kutib olish tadbirlari ijrosini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiriluvchilarning yig‘in va chaqiruv punktlariga o‘z vaqtida yetib kelishlarini nazorat qilish, shuningdek, ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarning salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan qaytarilgan har bir holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilingan, muddatli va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv yoshiga yetgan har bir shaxsning, u haqiqatan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini, oilasidagi moddiy ahvolini, salomatligini, sudlangan-sudlanmaganligini, shu jumladan ichki ishlar organlari tomonidan yuritiladigan profilaktik hisobga kiritilgan-kiritilmaganligini aniqlash ishlarini tashkil etish;
(16-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimliklari rahbariyatiga belgilangan tartibda axborot berib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olish, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotnoma tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari raislarining o‘rinbosarlari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislari o‘rinbosarlarining ish faoliyatini muvofiqlashtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari va tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari — chaqiruv komissiyasi a’zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir chaqiriluvchi va chaqiruv yoshiga yetgan har bir shaxsni, u haqiqatan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini, sudlangan-sudlanmaganligini, ichki ishlar organlari tomonidan yuritiladigan profilaktik hisobga kiritilgan-kiritilmaganligini aniqlash;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqaddam sudlangan, ichki ishlar organlari tomonidan yuritiladigan profilaktik hisobga kiritilgan, tergovga qadar tekshiruv surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor chaqiriluvchilar ro‘yxatini mudofaa ishlari organlariga taqdim etish;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy harbiy majburiyatdan bo‘yin tovlayotgan chaqiriluvchilarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda yig‘in va chaqiruv punktlarida, shu jumladan muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga jo‘natish joylarida (temir yo‘l stansiyalari, vokzallar va aeroportlarda) jamoat tartibi saqlanishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga jo‘natish joylariga (temir yo‘l stansiyalari, vokzallar va aeroportlarga) olib boradigan yo‘nalishlarni oldindan aniqlashni, ajratilgan avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishni, haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish borasida yo‘l-yo‘riq berishni, texnik jihatdan nosoz avtotransport vositalaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishni va chaqiriluvchilar tashilayotgan avtomobillarning patrul xizmati avtomobillari kuzatuvida harakatlanishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatishni, O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olishni tashkil etishga ko‘maklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari o‘rinbosarlarining ish faoliyatini muvofiqlashtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Respublika “Mahalla” xayriya, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman bo‘limlari (bo‘linmalari), xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari — chaqiruv komissiyasi a’zolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish ishlarining oshkoralik va xolislik asosida o‘tkazilishi yuzasidan samarali jamoat nazoratini ta’minlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiriluvchilarning chaqiruv komissiyalariga o‘z vaqtida yetib kelishlarini ta’minlash ishlariga ko‘maklashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiriluvchilarning urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarini tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinayotgan chaqiriluvchilarning oilaviy va moddiy ahvolini o‘rganish, ushbu ishlar natijalarini mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim etish va chaqiriluvchilarga mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan xolisona tavsifnoma berish ishlarini tashkil etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan muddatli harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olish tadbirlarida ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘limi vakillari — chaqiruv komissiyasi a’zolari:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish ishlarining oshkoralik va xolislik asosida o‘tkazilishi yuzasidan samarali jamoat nazoratini ta’minlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan beriladigan tavsiyanomalar va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida chaqiriluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudofaa ishlari bo‘limi hamda chaqiruv punktini chaqiriluvchilarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish hamda vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uchun mas’ullik hissini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari bilan ta’minlashga yordam beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy-sport musobaqalarining viloyat va respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chaqiriluvchilarga o‘zlari istagan qo‘shin turida xizmatni o‘tashi uchun (ularning ijtimoiy-siyosiy va jismoniy tayyorgarliklari ushbu qo‘shin turi uchun belgilangan talablarga javob berishi sharti bilan) yuborilishiga tavsiyanoma beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan muddatli harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olish tadbirlarida ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha vakillari — chaqiruv komissiyasi a’zolarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasini chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash bo‘yicha test materiallari bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish, natijalarini chaqiruv komissiyalariga o‘z vaqtida yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining katta shifokorlari — chaqiruv komissiyasi a’zolarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi faoliyati boshlangunga qadar shifokorlar xonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini, ularda zarur tibbiy asbob-uskuna, anjom va dori-darmonlar mavjudligini va ularning yaroqliligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasiga chaqiriluvchilarning tibbiy hujjatlarini, jumladan, ruhiy-asab, sil kasalliklari, narkologik va teri-tanosil kasalliklar dispansyerlari, OITS markazlari, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va shu kabi boshqa davolash muassasalari hisobida turgan chaqiruv yoshidagi shaxslarning ro‘yxati, kasallik tarixidan ko‘chirmalarini o‘z vaqtida taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ–4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan sifatli o‘tkazish;
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiriluvchilarning hisob kartochkalarida shifokor-mutaxassislar tomonidan qayd etilgan yozuv va xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish, chaqiriluvchining harbiy xizmatga, xususan, muayyan qo‘shin turidagi harbiy xizmatga yaroqliligi, davolanish uchun chaqiruv muddatini kechiktirish yoki qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zarurligi yuzasidan qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi raisining o‘rinbosari bilan birgalikda chaqiriluvchilarni o‘z vaqtida qo‘shimcha tibbiy ko‘rik va davolanishga jo‘natish, ularning qo‘shimcha tibbiy ko‘rik va davolanishdan so‘ng kechikmasdan qaytib kelishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi raisiga chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarida aniqlangan barcha kamchiliklar haqida axborot berish, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy ko‘rikning talab darajasida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ilgari o‘tkazilgan chaqiruv tadbirlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar tahlili asosida tibbiy komissiyaning shifokor-mutaxassislari bilan o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarning salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan qaytarilgan har bir holat yuzasidan mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda xolisona xizmat tekshiruvi o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiriluvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va chaqiruv komissiyasiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi faoliyati yakuni bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, tegishli ravishda kiritish, umumlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Mudofaa vazirliklariga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining katta shifokorlari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining katta shifokorlari faoliyatini muvofiqlashtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Chaqiruv komissiyalari kotiblarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy tekshiruv va kasalliklar tashxisi hamda chaqiriluvchilarning sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlari asosida shifokor-mutaxassislarning xulosalarini chaqiruv komissiyasining bayonnomalari kitobiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni chaqiruv komissiyasining bayonnomalari kitobida o‘z vaqtida, to‘g‘ri rasmiylashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasalliklar tashxisi tasdiqlanmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar yig‘in punktidan tuman mudofaa ishlari bo‘limiga qaytarilgan chaqiriluvchilarning hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasining bayonnomalari kitobida komissiyaning kundalik ish faoliyatiga yakun yasab, olib borilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining kotiblari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari kotiblari faoliyatini muvofiqlashtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Chaqiruv tadbirlariga jalb etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari a’zolarining doimiy ish joyi lavozimi va o‘rtacha ish haqi ular mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni bajarayotgan butun davr mobaynida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mazkur Nizom talablarini buzgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlari yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 40-son, 435-modda; 2017-y., 8-son, 120-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154; 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)