31.03.2009 yildagi PQ-1085-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.03.2009 yildagi PQ-1085-son
Date of entry into force
31.03.2009
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOREYA MILLIY NEFT KOMPANIYASI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FARGʻONA MINTAQASI HUDUDIDAGI NAMANGAN-TERGACHI VA CHUST-POP INVESTITSIYA BLOKLARIDA GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARINI OʻTKAZISH BITIMINI AMALGA OSHIRISH CHORALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zamonaviy usullar, texnologiyalar va uskunalarni qoʻllash orqali geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish, Koreya Milliy neft korporatsiyasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qidirib topilgan uglevodorod xom ashyosi zaxiralari hajmining oʻsishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan Koreya Milliy neft korporatsiyasi oʻrtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona mintaqasi hududidagi Namangan-Tergachi va Chust-Pop investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida bitim imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investor (Koreya Milliy neft korporatsiyasi)ning Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 5 yil mobaynida oʻz hisobidan va tavakkalchilikni zimmasiga olgan holda, Fargʻona mintaqasi hududidagi Namangan-Tergachi va Chust-Pop investitsiya bloklarida 60,95 mln AQSH dollari miqdoridagi, shu jumladan birinchi uch yil mobaynida ishlarning minimal dasturiga koʻra 21,2 mln AQSH dollari miqdoridagi geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investor tomonidan Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida ishlar minimal dasturda nazarda tutilgan hajmlarda bajarilmaganda — uchastkalarning har biriga nisbatan minimal moliyaviy majburiyatlarning foydalanilmagan qoldigʻi xorijiy investori tomonidan “Oʻzbekneftgaz” MXKga toʻlab berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investor tomonidan Bitimga muvofiq oʻz huquq va majburiyatlarini toʻliq hajmda oʻzining ixtisoslashtirilgan “KNOC “Fergana Ltd” kompaniyasiga oʻtkazish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga koʻra ishlarni tashkillashtirish maqsadida boshqaruv qoʻmitasini tuzish, shuningdek, oʻz faoliyatini daromadsiz/zararsiz asosda amalga oshiradigan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “KNOC Fergana Operating. Somranu” operatorini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorning geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazishni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda moliyalashtirishi uchun javobgarligi, shu jumladan operator harakatlariga oʻz harakatlari kabi javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investor va operatorning geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun jalb qilingan ishchilar sonidan kelib chiqib, ular umumiy sonining 60 — 80 foizidan kam boʻlmagan qismini respublika fuqarolaridan, ularga stajirovkadan oʻtish va malakasini oshirish imkonini taqdim etgan holda yollash majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlarini bajarish davomida tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni yetkazib berishda Oʻzbekiston yetkazib beruvchilarining (pudratchilari) boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investor tomonidan Bitimga koʻra barcha qabul qilingan majburiyatlar bajarilganidan keyin hamda sanoat konlari ochilgan taqdirda — Bitim qoidalariga muvofiq mahsulot taqsimoti toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitim imzolash maqsadida muzokaralar olib borilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, ushbu Bitimni amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — “KNOC Fergana Operating Company” MCHJga materiallarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari va rezident-tashkilotlari materiallar, ishlar va xizmatlarning tegishli hajmlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2598-son Farmonining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, operatorga nisbatan, shuningdek, u tomonidan uglevodorod konlarini aniqlash va razvedka qilish ishlariga jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekneftgaz” MXK Bitimni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investor tomonidan qabul qilingan, Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda tizimli nazoratni taʼminlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga har oyda uning borishi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator bilan birgalikda tijorat konlari topilgan hollarda, Bitim boʻyicha ishlar yakuniga yetishi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga yangi aniqlangan konlar boʻyicha sanoat zaxiralarini tasdiqlash uchun uglevodorod zaxiralari hisob-kitob qilingan hisobotni taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi ixtisoslashtirilgan “KNOC Fergana Ltd” kompaniyasiga Fargʻona mintaqasi hududidagi Namangan-Tergachi va Chust-Pop investitsiya bloklarini geologik oʻrganishga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Namangan viloyat hokimligi operator — “KNOC Fergana Operating Company”ga ushbu Bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki operatorga faqat ushbu Bitimni amalga oshirish doirasida geologiya qidiruv ishlarini oʻtkazish bilan bogʻliq maqsadlarda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xorijiy valyutada bank hisob raqamlarini ochishga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi operatorga Bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun zarur ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi operator, pudratchi va yordamchi pudratchilarga ushbu Bitimni amalga oshirish doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsat bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy investor va operatorning “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlanadigan talabnomalariga koʻra ushbu Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish, shu jumladan koʻp martali vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy investor va operatorning “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlanadigan talabnomalariga koʻra ushbu Bitimni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martali vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
 LexUZ sharhi
Norasmiy tarjima. 10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda. Rasmiy matn uchun rus tiliga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1085-son