28.04.2000 yildagi PF-2598-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.04.2000 yildagi PF-2598-son
Date of entry into force
28.04.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglevodorod xomashyosining qidirib topiladigan zaxira hajmlarini ko‘paytirish va respublika iqtisodiyotining neft-gaz tarmog‘iga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki, Ustyurt va respublikaning neft va gazga boy boshqa istiqbolli mintaqalarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal olib borish, shu maqsadda bevosita xorijiy sarmoyalarni keng ko‘lamda jalb etish O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirishda g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shu narsa belgilansinki, Ustyurt mintaqasida yangi ochilgan neft va gaz konlari mazkur konlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalarga konsessiya asosida 25 yilga qadar muddatga ishlatishga (ishlatish muddatini uzaytirish huquqi bilan) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Neft va gaz konlarini qidirish hamda razvedka qilish ishlarini olib borish uchun jalb etiladigan xorijiy kompaniyalarga quyidagilarni ta’minlaydigan eng ko‘p qulaylik rejimi yaratib berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan hududda qidiruv va razvedka ishlarini o‘tkazib, keyinchalik mazkur hududda aniqlangan konlardan istalgan birini qo‘shma korxona barpo etish yo‘li bilan yoki konsessiya asosida ishlatishga bo‘lgan tanho huquqni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur ishlarni o‘tkazishga shartnomada ko‘rsatilgan hududlarda sanoat qimmatiga ega bo‘lgan resurslar topilmagan hollarda qidiruv va razvedka ishlarini davom ettirish uchun yangi hudud berilishiga ustun huquqni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlarida yoki konsessiya shartnomasida ko‘zda tutilgan qazib olingan uglevodorodlarning bir qismini, shuningdek ularni tolling asosida qayta ishlash mahsulotlarini mulkka egalik huquqi hamda monesiz olib chiqib ketish huquqini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat qimmatiga ega bo‘lgan konlarni keyinchalik “O‘zbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatiga ishlatish uchun topshiriladigan hollarda ana shu konlarni ochish chog‘ida qidiruv va razvedka ishlariga amalda sarflangan xarajatlarni qoplash kafolatini.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek, ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni to‘lashdan ozod qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-razvedka ishlarini o‘tkazish davrida foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yuridik shaxslarning yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog‘ida bojxona to‘lovlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari).
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kompaniyalar ko‘rsatilgan hududlarda tanho huquq asosida olib boradigan qidiruv va razvedka ishlarining davom etish umumiy muddati 5 yildan oshishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun qiziqish uyg‘otuvchi maydonlar aniqlangan hollarda xorijiy kompaniyalarga yana 3 yilgacha muddat bilan ana shu maydonlar doirasida ishlarni davom ettirish imkoniyati beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kompaniyalar yer qa’ridan mo‘ljallangan aniq maqsadga muvofiq foydalanishni, geologik jihatdan o‘rganish to‘la-to‘kis bo‘lishini, yer qa’ridan oqilona kompleks foydalanish hamda uning muhofaza etilishini ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasiga ayrim hollarda quyidagilarga ruxsat berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz konlarini qidirish, razvedka qilish hamda qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalarga qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov va auksionlarni o‘tkazmagan holda vakil organ bilan strategik sarmoyador o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish asosida konsessiyalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida neft-gaz faoliyatini (neft va gazni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarishni) tartibga soluvchi vakil organ hamda neft-gaz tarmog‘ida konsessiya munosabatini davlat yo‘li bilan boshqarish vazifalari yuklanib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan quyidagi huquq berilsin:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft-gaz faoliyatini yuritishga shartnomalar tuzish, ularning amalga oshirilishini hamda qonunchilik va shartnomalarda belgilangan faoliyat shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PF-3884-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “O‘zbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatiga neft va gaz konlari to‘g‘risidagi ma’lumotni, shu jumladan ularning qayerda joylashgani, zaxiralari, qazib chiqarish hajmlari, ishlatilayotgan, kapital ta’mirlanayotgan va konservatsiya qilingan quduqlarning soni haqidagi axborotni maxfiylik to‘g‘risidagi bitimlar asosida xalqaro konsultantlarga va xorijiy sarmoyadorlarga topshirish huquqi berilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 2000—2005-yillarga mo‘ljallangan geologiya-razvedka ishlari dasturini ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekistonning neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari ommaviy axborot, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda ushbu Farmon ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 28-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2598-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 123-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 23-son, 233-modda; 2009-y., 8-son, 76-modda, 25-son, 282-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)