Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.12.2010 18.03.2009 yildagi PQ-1074-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 18.03.2009 yildagi PQ-1074-son
Date of entry into force
18.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.12.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009 – 2013-yillarda temir yoʻl sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning kompleks dasturi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011—2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika temir yoʻl sohasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu asosda yuksak xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan koʻp maqsadli samarali infratuzilmaga ega boʻlgan zamonaviy temir yoʻllarning yaxlit keng tarmogʻini izchil shakllantirish, mahalliy mahsulotlarni mintaqaviy hamda jahon bozorlariga yetkazib berishning istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularning xalqaro transport kommunikatsiyalari tizimiga keng integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2013-yillarda Temir yoʻl sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning kompleks Dasturi tasdiqlansin. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009 — 2013-yillar mobaynida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish kompleks dasturining asosiy maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009 — 2013-yillar mobaynida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK qurilishi, uni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash investitsiya loyihalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009 — 2013-yillar mobaynida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK qurilishi, uni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalari boʻyicha investitsiyalarning texnologik tarkibi 4-ilovaga* muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi zimmasiga 2009 — 2013-yillarda Temir yoʻl sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish kompleks dasturining tasdiqlangan dasturiy chora-tadbirlari toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini hamda maqsadli parametrlariga erishishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Qarorning 3-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha belgilangan tartibda loyiha hujjatlarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi hamda tasdiqlanishini, shuningdek ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Balansida temir yoʻl transporti obyektlari boʻlgan idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari ikki oy muddatda tegishli temir yoʻl tutash yoʻlaklarini, ombor xoʻjaliklari, yuk ortish-tushirish frontlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni hamda vagonlar va lokomotivlarning idoraviy parkini yangilashni nazarda tutgan holda ayni shunday dasturlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK taqdimnomalariga koʻra bozor konyunkturasi oʻzgarishi ehtimoli va temir yoʻl tarmogʻining rivojlanishini nazarda tutgan holda, 2009 — 2013-yillarda Temir yoʻl sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish kompleks dasturining tasdiqlangan parametrlariga aniqlik hamda qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga binoan temir yoʻl sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning kompleks dasturini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK chetdan olib keladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyum va uzellar, texnologik hujjatlar hamda asbob-anjomlar 2014-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda 2009 — 2013-yillarda temir yoʻl sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning kompleks dasturida koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarining belgilangan tartibda unga kiritilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-sonli Qarori 2-ilovasidagi 80 — 83-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 18-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1074-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 3-son, 106-modda)