Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 13.07.2009 yildagi PQ-1157-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.07.2009 yildagi PQ-1157-son
Date of entry into force
13.07.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OLIS AHOLI PUNKTLARIDAGI UMUM TAʼLIM MAKTABLARI 9-SINF BITIRUVChILARI OʻQIShINI DAVOM ETTIRIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilsinki, respublikada Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida namunaviy loyihalar boʻyicha, zamonaviy oʻquv hamda laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, ilgʻor texnologiya uskunalari va mashinalar namunalari bilan jihozlangan 1075,4 ming oʻquvchi oʻrinlariga ega 1,5 mingdan ziyod akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurildi. Iqtisodiyotning real tarmoqlari va sektorlarida talab etilayotgan kasblar boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim standartlari ishlab chiqildi va oʻquv jarayoniga tatbiq etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yaratilgan moddiy-texnika bazasi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq holda 12 yillik taʼlimga toʻliq oʻtishni taʼminlaydi hamda umumtaʼlim maktablarining barcha 9-sinf bitiruvchilariga kasb-hunar taʼlimini olish va aniq kasbni egallash imkoniyatini yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga bir qator viloyatlar — Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida kasb-hunar kollejlarini hududlar boʻyicha joylashtirishni maqbullashtirishda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyilgan, har yili umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilari soniga muvofiq tarzdagi quvvatlarga ega boʻlgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻz vaqtida ishga tushirilishi taʼminlanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining prinsipial qoidalarini izchil va toʻliq hajmda amalga oshirish, respublikaning ayrim mintaqalaridagi olis hamda borish qiyin boʻlgan aholi punktlari umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining taʼlim olishni davom ettirishga teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquv maydonlarini maqbul tarzda joylashtirish va ulardan samarali foydalanish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarining hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga joylarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi obyektlarini foydalanishga topshirishdagi mavjud qoloqlik hamda topshiriqlar toʻla hajmda bajarilmagani va ularni maqbul tarzda joylashtirishda yoʻl qoʻyilgan xatolar qatʼiy ravishda koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ilovaga* muvofiq ishlab chiqilgan, 10-sinflarga qabul istisno tariqasida yana 5 yilga saqlanib qoladigan respublika mintaqalarining olis aholi punktlaridagi umumtaʼlim maktablari roʻyxati maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, ilovada koʻrsatilgan umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflaridagi oʻquvchilar kontingenti mazkur umumtaʼlim maktablari xizmat koʻrsatadigan hududda yashaydigan, olis aholi punktlaridagi 9-sinflarni bitiruvchilardangina shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarining hokimliklari bilan birgalikda mazkur maktablarning 9-sinf bitiruvchilari 10-sinflarga qabul qilinishlarini aniq-puxta tashkil etishni taʼminlasin hamda yuqori sinflarni yuksak malakali oʻqituvchilar bilan mustahkamlagan holda 10-11-sinflarda taʼlim-tarbiya jarayonining sifatli amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda ushbu Qaror ilovasida koʻrsatib oʻtilgan umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga mustaqil ravishda oʻz istaklariga koʻra tanlab olgan mutaxassisliklari boʻyicha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga kirish huquqi va imkoniyati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim muassasalariga qabul boʻyicha davlat komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi joylarda umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari oʻrtasida ularga qonun hujjatlarida mustaqil ravishda oʻz istaklariga koʻra tanlab olingan mutaxassislik boʻyicha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqishni davom ettirish huquqi berilganligi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1157-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 7-son, 260-modda)