29.07.2009 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.07.2009 yildagi 216-son
Date of entry into force
29.07.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YURIDIK SHAXS TASHKIL ETMASDAN OILAVIY TADBIRKORLIKNI HAMDA HUNARMANDCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oila budjetlari daromadlarini ko‘paytirishning, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etishning va xalq hunarmandchiligining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolishning eng samarali vositalaridan biri sifatida oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasining fuqarolarning hunarmandchilik faoliyatini kasanachilik mehnati shakllariga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishni tizimli asosda muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikda qatnashayotgan, shuningdek hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni, shu jumladan shogird hunarmandlarni kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan shaxs sifatida hisobga olishni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish parametrlarining yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hududiy dasturlari prognoz parametrlariga kiritilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, shu jumladan “Usto-shogird” usuli bilan o‘qitish dasturi bo‘yicha ularni tayyorlash uchun 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, “Mikrokreditbank”ga va boshqa tijorat banklariga oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirishga, uy mehnatini tashkil etishga belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlar ajratilishini kengaytirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalarni ijaraga berish, maxsus joylarni ajratish va obod qilish, hunarmandlar ishlab chiqargan buyumlar va tovarlarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan do‘konlar va shoxobchalarni tashkil etish yo‘li bilan hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandchilik subyektlarini mahalliy xom ashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalarini o‘tkazishda, yoshlarni hunarmandchilik ko‘nikmalariga o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 29-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning maqsadi uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy tadbirkorlik — er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan ularning umumiy mulki negizida amalga oshiriladigan hamda er-xotinning va ularga yordam beruvchi oila a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan, yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila a’zolari — er-xotin, ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar hamda 15 yoshdan oshgan, shu jumladan farzandlikka olingan bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandchilik faoliyati (hunarmandchilik) — yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy texnologiyalar asosida buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandning shogirdi — 15 yoshdan oshgan, hunarmanddan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni o‘rganayotgan jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning qonunchilikda belgilangan tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda yakka tartibdagi faoliyatning oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi, shuningdek birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi oila a’zolari ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan er-xotindan biri ulardan bittasining notarial tasdiqlangan roziligiga ko‘ra ish ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish jarayonida oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro mehnat munosabatlari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash va daromadni taqsimlash masalalari ular tomonidan mustaqil ravishda tartibga solib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan doimiy xodimlar yollashga yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno hollarda oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishda vaqtincha bir martalik ishlarni amalga oshirish uchun oila a’zolari hisoblanmaydigan fuqarolarning jalb etilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda ular bilan ishlarni bajarish vaqti uchun fuqaro-huquqiy shartnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Oilaviy tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan ro‘yxat bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
(81-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nechta alohida obyektlarda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda qat’iy belgilangan soliq har bir alohida obyekt uchun to‘lanadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hunarmandchilik faoliyati hunarmand tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Hunarmand hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun ko‘pi bilan 5 nafar shogirdni jalb etishga haqlidir. Shogird ushbu Nizomning 14-bandi talablariga rioya etgan taqdirda bir necha hunarmandlarda buyumlar yoki tovarlarni tayyorlash (ishlar, xizmatlarni bajarish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, “Usta-shogird” maktabi o‘quvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar eng kam oylik ish haqining kamida 2,5 barobari miqdorida sug‘urta to‘lovi to‘langan taqdirda mehnat stajiga qo‘shiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning oilaviy tadbirkorlikda hamda hunarmandchilik faoliyatida qatnashishi xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oila a’zosi 15 yoshga to‘lgan taqdirda oilaviy tadbirkorlikda qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shaxs 16 yoshga to‘lganda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun hunarmandning shogirdi sifatida jalb etilishi mumkin. 15 yoshga to‘lgan shaxs ota-onasidan bittasining yoki uning o‘rnini bosadigan shaxsning yozma roziligi bilan hunarmandning shogirdi sifatida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs oilaviy tadbirkorlikda, shuningdek hunarmandning shogirdi sifatida ishlashga u umumta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda albatta o‘qishi sharti bilan qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 18 yoshdan kichik shaxslarning mehnatidan oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida ularning salomatligi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarda 18 yoshdan kichik shaxslarning belgilangan normalardan ortiqcha og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishiga va tashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida qatnashayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun bir haftada 36 soatlik, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa – bir haftada 24 soatlik ish vaqtidan oshmasligi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda quyidagi yo‘nalishlarda tizimli chora-tadbirlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustaxonalar uchun xonalarni ijaraga berish, maxsus joylarni ajratish va obod qilish, hunarmandlar ishlab chiqargan buyumlar va tovarlarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan do‘konlar va shoxobchalarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandchilik subyektlarini mahalliy xom ashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalarini o‘tkazishda, yoshlarni hunarmandchilik ko‘nikmalariga o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustachilikni o‘rganayotgan shogirdlarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan qonunchilikda belgilangan shakl va tartib bo‘yicha “Usto-shogird” stipendiyasi to‘lash;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlar ajratish.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik subyektlarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sug‘urta qilinish va ish davrlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat stajiga hisoblash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq bo‘lgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, shuningdek ularni mustaqil ravishda yoki qonunchilikda belgilangan tartibda boshqacha tarzda sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan daromadni barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etish;
(16-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar)ga mustaqil ravishda narx belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda identifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
(16-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hunarmandchilik subyektlari — “Hunarmand” uyushmasining a’zolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50 foizini to‘laydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning lozim darajada sifatli bo‘lishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda bevosita qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan xavfsizlik texnikasini hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini, shuningdek 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ishini tartibga soluvchi mehnat qonunchiligi normalarini ta’minlash;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarga tegishli mukofotlar to‘lash;
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi deb ataladi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shu jumladan sug‘urta badallarini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
(17-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shogird quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘qitish “Usto-shogird” usuli bo‘yicha amalga oshirilgan taqdirda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan stipendiya olish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda pensiya bilan ta’minlanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shogird quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar u qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ta’limining to‘liq kursini tugallamagan bo‘lsa, umumta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan hunarmandchilik faoliyatiga o‘qish doirasida hunarmandning ko‘rsatmalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik texnikasi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari va yordam beruvchi oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari va yordam beruvchi oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqlik prinsiplari, o‘zaro ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam va oila oldida uning barcha a’zolarining mas’uliyat hissi, bolaning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, bola mehnatining eng yomon va majburiy shakllariga yo‘l qo‘ymaslik, oila a’zolari tomonidan o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirilishini hamda bu huquqlarning himoyasini ta’minlash asosida quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Hunarmand va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hunarmand va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ahdlashuv, ixtiyoriylik, mehnatga majbur qilishga yo‘l qo‘ymaslik va ijtimoiy adolat, ish muomalasi odatlariga, shuningdek mahalliy odatlarga va an’analarga rioya qilish asosida quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Hunarmandning shogirdlariga ish haqi to‘lash miqdori hunarmand tomonidan o‘zaro kelishuv bo‘yicha, ularning buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishdagi mehnat ulushidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Hunarmandning shogirdi tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini nazorat qilish hunarmand tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hunarmand o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda mulkiy javobgar bo‘ladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 347-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2012-y., 29-son, 339-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)