08.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1980
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 08.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1980
Date of entry into force
18.07.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARZDOR JISMONIY SHAXSGA ISH HAQI YOKI UNGA TENGLASHTIRILGAN BOSHQA TOʻLOVLARNI TOʻLAYOTGAN TASHKILOTLAR YOKI BOSHQA SHAXSLAR TOMONIDAN IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1980]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) 64-moddasiga muvofiq, buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) hamda Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (Z. Xolmuxamedov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti direktori Z.Xolmuxamedov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. MUHITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 8-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 8-iyuldagi 157-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq qarzdor jismoniy shaxsga tashkilotlar yoki boshqa shaxslar toʻlayotgan (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarga (bundan keyingi oʻrinlarda ish haqi deb yuritiladi) undiruvni qaratish orqali ijro hujjatini majburiy ijro etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sud ijrochisiga ijro etish uchun taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijro hujjatlari quyidagi hollarda qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilotlarga ijro etish uchun yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi, shu jumladan, yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari boʻyicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undirilayotgan summalarni toʻliq uzish uchun qarzdorning mol-mulki boʻlmaganda yoki uning mol-mulki yetarli boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli koʻrilgan zararni toʻlash summalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida mayib boʻlgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan summalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola tugʻilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aliment majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan summalarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlar uchun toʻlanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya taʼsiriga uchragan shaxslarga va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda toʻlanadigan summalarga;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻlanadigan nafaqa summalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisman haq toʻlanadigan taʼtil davrida bolani parvarishlash uchun toʻlanadigan summalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola tugʻilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan toʻlanadigan summalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safari, boshqa joyga ishga oʻtkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi tariqasida toʻlanadigan summalarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek, boquvchisining vafot etganligi bilan bogʻliq holda koʻrilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganda toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bir necha ijro hujjati boʻyicha undiruv ish haqiga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Miqdori sud tomonidan oʻrnatilgan va jamlanmasi ish haqining ellik foizidan oshadigan bir necha ijro hujjati ijroga taqdim qilinganda, qarzdorga ish haqini toʻlayotgan tashkilot bu haqda qarzdor va sud ijrochisini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda, qarzdorga uning belgilangan undiruv miqdorini kamaytirish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish huquqi yozma ravishda tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu hollarda qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilot keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun sud ijrochisiga ish haqi toʻlanadigan kunlar haqida yozma maʼlum qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ijro hujjati, shuningdek ijro hujjati ijrosini taʼminlash boʻyicha taqdim etilgan sud ijrochisi talabnomasining bajarilishi majburiydir va faqat sud yoki sud ijrochisi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Undiruvni ish haqiga qaratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qarzdorning ish, oʻqish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida maʼlumot mavjud boʻlganda, sud ijrochisi undiruvni ish haqiga qaratishni 1-ilovaga muvofiq ijro hujjatining aslini ilova qilgan holda Ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolish toʻgʻrisidagi talabnomani (bundan keyingi oʻrinlarda talabnoma deb yuritiladi) qarzdorga ish haqini toʻlayotgan tashkilotlarga taqdim etadi. Sud ijrochisi qarzdorning ish, oʻqish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqidagi maʼlumotlar toʻgʻriligini mazkur tashkilotlarga soʻrovnoma yuborish orqali tekshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotga ijro hujjatining asli ijro etishlik uchun yuborilganda, sud ijrochisi ijro ish yurituvida uning nusxasini saqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro hujjatining asli ilova qilingan talabnomani taqdim qilish qoʻlda, reyestr boʻyicha pochta yoki kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sud ijrochisi qarzdorning ish, oʻqish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun qarzdorning yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining filialiga yagona maʼlumotlar bazasidan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidagi qarzdorning shaxsiy hisobi boʻyicha maxsus maʼlumotni olish uchun soʻrovnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning ish, oʻqish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda tashkilot bu haqda sud ijrochisini darhol xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar olinganidan soʻng, sud ijrochisi undiruvni qarzdorning boshqa daromadlariga qaratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, keyinchalik talabnomaga quyidagilarni ilova qilgan holda yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undiruvni qarzdorning boshqa daromadlariga qaratish toʻgʻrisidagi qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro hujjatining nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ijro hujjati xato kelib tushgan hollarda, muassasa, tashkilot yoki boshqa shaxslar ijro hujjati kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay, mazkur ijro hujjatini yuborgan sud ijrochisiga uni qaytaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undiruvni ish haqiga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjati qarzdor ishdan boʻshagandan soʻng taqdim etilganda, ijro hujjatini olgan tashkilot ijro hujjatini, qarzdorga oxirgi olti oy mobaynida toʻlangan ish haqini koʻrsatgan holda, buyruqdan koʻchirmani, shuningdek qarzdorning yangi yashash va ish joyi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, ularni ilova qilgan holda qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qarzdorning ish haqidan ushlab qolish miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qarzdorning ish haqidan ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolinganidan soʻng qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar ijro hujjatida ish haqidan undirish miqdori koʻrsatilmagan boʻlsa, sud ijrochisi har bir alohida holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari boʻyicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga koʻra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining toʻliq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalari va qamoqxonalarda jazo oʻtayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv butun ish haqidan, ish haqining ularning mazkur muassasalardagi taʼminoti boʻyicha xarajatlarni qisman qoplash uchun ajratiladigan qismini ham qoʻshgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Undiruvchiga ushlab qolingan pul mablagʻlarini toʻlash va oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilot sud ijrochisining ijro hujjati ilova qilingan talabnomasini olgach, uni mazkur Qoidalarning V boʻlimida belgilangan tartibda roʻyxatga oladi va qarzdorning ish haqidan ushlab qolishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilot ushlab qolingan pul mablagʻlarini undiruvchiga toʻlov amalga oshirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida toʻlashi yoki oʻtkazishi shart. Pul mablagʻlarini toʻlash va oʻtkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Pul mablagʻlarini pochta xizmatlari orqali Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi shaxslarga oʻtkazish faqat ikki tomonlama kelishuv tuzilgan davlatlarga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari oʻtkazilgan manzilga qaytarilganda, ular qarzdorga ish haqini toʻlagan tashkilotning hisob raqamiga, undiruvchining (qabul qiluvchining) manzilini aniqlashtirish holatlaridan tashqari, keyinchalik ijro hujjatini ijroga taqdim etgan sud ijrochilari boʻlimining depozit hisob raqamiga koʻchirish uchun oʻtkaziladi. Bunda joʻnatmalarni oʻtkazish uchun olingan toʻlov qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sud ijrochilari boʻlimining depozit hisob raqamiga kelib tushgan pul mablagʻlari undiruvchi tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan muddatlarda talab qilib olinmagan holda sud ijrochisi ushbu pul mablagʻlarini davlat daromadiga oʻtkazish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Undiruvchi yoki ijro hujjati boʻyicha ish haqidan ushlab qolingan qarzdorning talabi boʻyicha tashkilot amalga oshirilgan undiruvlar yuzasidan maʼlumotnoma berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ijro hujjatlarini hisobga olish va saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ijro hujjatlari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi va roʻyxat raqamiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ijro hujjatlari 2-ilovaga muvofiq ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarining hisobi yuritiladigan Ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarini roʻyxatga olish kitobida roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tashkilot ijro hujjati roʻyxatga olingan kunning ertasidan kechiktirmay bu haqda sud ijrochisi va undiruvchini roʻyxatga olish maʼlumotlarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarini roʻyxatga olish kitobi tikilgan, raqamlangan, qarzdorga ish haqini toʻlayotgan tashkilot rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan va sana koʻrsatilgan holda muhrlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu kitobga kiritilgan har bir oʻzgartirish boʻyicha oʻzgartirish kiritilgan varaqning past qismiga belgilangan tartibda izoh kiritilib, muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qarzdorga ish haqini toʻlayotgan tashkilotlarda qatʼiy hisobda turadigan ijro hujjatlari poʻlat seyflarda yoki maxsus temir shkaflarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda har bir ijro hujjati qoida tariqasida ushbu ijro hujjatining ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar bilan birga alohida jildlarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ushlab qolishni tugallash va ijro hujjatini qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ijro hujjatlari boʻyicha ish haqidan ushlab qolishni tugallash ijro hujjati Qonunda belgilangan tartibda tugatilgan yoki tamomlanganda, shuningdek, aliment majburiyatlari tugaganida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qarzdor bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda, oʻqish tamomlanganda (boshqa oʻquv yurtiga oʻtkazilganda), pensiya va boshqa daromadlarni olish joyidan ketganda, qarzdorga ish haqini toʻlayotgan tashkilot bu haqda sud ijrochisini darhol xabardor qilishi va unga amalga oshirilgan undiruvlar boʻyicha belgi qoʻyilgan ijro hujjatini qaytarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qarzdorga ish haqi toʻlagan tashkilot kuzatuv xatida barcha ushlab qolingan va qolgan qarzdorlik summasini koʻrsatib, muhri bilan tasdiqlaydi, shuningdek, qarzdorning yangi yashash va ish joyi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, ularni koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Ijro hujjati ijrosi ustidan nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qarzdorning ish haqidan undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida sud ijrochilari boʻlimlarida 3 ilovaga muvofiq Ijroga qaratilgan ijro hujjatlarini hisobga olish kitobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu kitobning yuritilishini nazorat qilish sud ijrochilari boʻlimlarining katta sud ijrochilariga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilot keyingi oyning beshinchi sanasidan kechiktirmay, sud ijrochisiga Ijro hujjatlari boʻyicha pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (4-ilova) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sud ijrochisi qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilot tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan, ijro hujjati boʻyicha pul mablagʻlarining toʻgʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida oʻtkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan, shuningdek sud ijrochilari boʻlimi ish rejasiga koʻra tekshirish oʻtkazadi. Bunday tekshirishni oʻtkazishda qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilotlar tegishli buxgalteriya va boshqa hujjatlarni sud ijrochisiga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tekshiruv natijalari yuzasidan ijro hujjati boʻyicha undiruvning toʻgʻriligini tekshirish dalolatnomasi tuziladi va sud ijrochisi, qarzdorga ish haqi toʻlayotgan tashkilot rahbari va masʼul xodimi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tekshirish jarayonida ish haqidan ushlab qolish tartibi buzilganligi aniqlanganda, sud ijrochisi masʼul shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 3-iyul

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 3-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etish Qoidalariga
1-ILOVA

‎‎______________________________________ rahbariga

‎‎(tashkilot yoki boshqa shaxs nomi )

‎‎_________________________________________________

‎‎Ish haqi yoki unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha qarzdor)

‎‎_________________________________________________

‎‎(undiruvchi nomi va manzili)

‎‎‎Ish haqi va boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlardan

‎‎ushlab qolish toʻgʻrisida

‎‎TALABNOMA‎

‎‎____________________________________________ sud ijrochilari boʻlimi

‎‎(Sud ijrochilari boʻlimi nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 64 -moddasiga muvofiq

‎‎qarzdor _________________________ ‎‎dan ‎‎_____________________________

‎‎‎‎(qarzdor F.I.Sh)

‎‎(Undiruvchi nomi yoki F.I.Sh)

foydasiga _______________________‎ ‎‎‎‎undirish toʻgʻrisidagi 20__yil “__” _

(ijro hujjati talabi )

_____________________ da _______________________________ tomonidan

‎‎(ijro hujjati berilgan sana)‎

‎‎ijro hujjatini bergan sud/organ nomi)‎‎‎‎

‎‎berilgan qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa daromadlaridan ushlab qolish uchun ijro hujjatini yubormoqda.

‎‎Qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining ____________ foizi va

(ushlab qolish miqdori)‎

‎‎ushlab qolingan pul mablagʻlari oʻz vaqtida _____________________________

‎‎(undiruvchining manzili, hisob raqami va boshqa muhim maʼlumotlar) ‎

‎‎toʻlansin (oʻtkazilsin).

‎‎Qarzdor bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganida, oʻqish tamomlanganida (boshqa joyga oʻtkazilganida), pensiya va boshqa daromadlarni olish joyidan ketganda, shuningdek ijro hujjati amalda bajarilgan taqdirda bu haqda sud ijrochisi darhol xabardor qilinsin va unga ijro hujjatini amalga oshirilgan undiruvlarni belgilagan holda qaytarilsin.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy

javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1982-moddasiga muvofiq hamda sud
hujjatini ijro etmaslik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi bilan ogohlantirilasiz.
‎‎____ varaqdan iborat ijro hujjatining asli (nusxasi) ilova qilinadi.
Katta sud ijrochisi‎‎ ‎‎________________________________
‎‎Sud ijrochisi ‎‎________________________________‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etish Qoidalariga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarini roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KITOBI

t/r‎

Ijro hujjatini ijroga qaratish sanasi va sud ijrochisining F.I.Sh ‎

Ijro hujjatini ijroga qaratuvchi

Qarzdor

Undiruvchi

Undiruvchi manzili

Ijro hujjati talabi

Undiruv miqdori %‎

Ijro hujjatini qaytarish sanasi va asosi‎

1.‎

2.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etish Qoidalariga
3-ILOVA

Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijroga qaratilgan ijro hujjatlarini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kitobi

T/R‎

Ijro ishi raqami va sud ijrochisining F.I.Sh‎

Qarzdor

Undiruvchi‎

Ijro hujjati talabi

Tashkilot tomonidan ijroga qaratish sanasi ‎

Tashkilot nomi va manzili ‎

Undiruv miqdori %

Ijro qilinganlik toʻgʻrisida belgi

1.‎

2.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etish Qoidalariga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Ijro hujjatlari boʻyicha ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlardan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisida

‎‎

‎‎MAʼLUMOT

№‎

Qarzdor Undiruvchi Qarzdorning ish haqi Ushlab qolingan soliqlar Undiruv miqdori %‎ Undiruv summasi Pul mablagʻini toʻlash (joʻnatish) sanasi Toʻlov hujjati raqami

1.‎

2.‎

‎‎

‎‎
‎Rahbar‎

‎‎‎______________________
M.Oʻ.‎ ‎
‎‎Masʼul xodim ‎‎______________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 329-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)