Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 19.06.2009 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.06.2009 yildagi 171-son
Date of entry into force
19.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQARO TAShKILOTLARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BADALLARINI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 19-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 171-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Xalqaro tashkilotlarga badallar toʻlovchi vazirliklar va idoralar kelgusi moliya yilida badallarni toʻlash yuzasidan buyurtmanomalarni aʼzolik haqidagi hujjatlar nusxalarini, kelgusida xalqaro tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi asoslovchi materiallarni ilova qilgan holda, aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydalarni, toʻlovlar boʻyicha qarzni va boshlanadigan moliya yilidagi toʻlovlar summasini koʻrsatib, 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga kiritadilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlovlari boʻyicha takliflar yuzasidan axborotni toʻlovlar summasi boʻyicha asoslashlar bilan, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligini, aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydani, mavjud qarzdorlikning oqibatlarini koʻrsatgan holda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshlangan moliyaviy yilda badal toʻlanishi zarur boʻlgan xalqaro tashkilotlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda badallar toʻlash asoslari, ularni toʻlash manbalari, toʻlovlar summasi, toʻlash muddatlari, badal toʻlovchi vazirliklar va idoralar koʻrsatilgan, shuningdek, budjet ajratmalari yoki oʻz manbalari summasi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hamda xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish ehtiyoji aniqlangan holda tuziladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yilida toʻlov valyutasida va AQSh dollaridagi ekvivalentda badal toʻlash hajmi va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari yuzasidan umumlashtirilgan Roʻyxat tuzadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 9-banddagi “20-avgustgacha” soʻzlari “1-oktabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 296-modda)