Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2018 14.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1956
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 14.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1956
Date of entry into force
24.05.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiNING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASALARIDA BOLALARNING HAYOTI VA SOGʻLIGʻINI MUHOFAZA QILIShNI TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-mayda 1956-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 20-son, 10-qq-sonli “Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1956-1, 14.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 431-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 21-aprel,

17/2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6/3-son

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 21-apreldagi 17/2, 6/3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 431-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasalarida (bundan keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim muassasasi deb yuritiladi) bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha taʼlim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha taʼlim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyati tomonidan bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ular bilan maktabgacha taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻzaro munosabatlar boʻyicha shartnoma tuzilayotgan vaqtda ushbu Nizom talablari bilan tanishtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishda quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha telefon apparatlari oldida hamda maktabgacha taʼlim muassasasining markazida yongʻin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez yordam xizmatlari, ichki ishlar idoralarining telefon raqamlari va ularga bogʻlanish tartibi koʻrsatilgan peshlavhalar mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim muassasasining barcha xodimlarida muassasa mudiri hamda oʻz guruhidagi tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning telefon raqamlari mavjud boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari bola toʻsatdan kasal boʻlib qolsa yoki noxush holat yuzaga kelgan taqdirda, birinchi tibbiy yordam koʻrsatishga tayyor turishi lozim. Har bir guruhda bolalar tomonidan olishning imkoniyati boʻlmagan joyda kerakli dori-darmonlari boʻlgan aptechka boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maktabgacha taʼlim muassasasida pedagogik kengashlar, kasaba uyushmasi yigʻilishlari va boshqa tadbirlarni bolalarning uyqu soatlarida tashkil etish lozim. Bunda albatta guruhda tarbiyachi yordamchisi qolishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va taomlarni tayyorlanishi Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bolalar sayr va ekskursiyaga olib chiqilganda, tarbiyachi tomonidan ularning hech qanday meva va oʻsimliklarni isteʼmol qilmasliklari nazorat qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maktabgacha taʼlim muassasasi hududidan uzoqroqqa sayr yoki ekskursiyaga chiqayotgan guruh kamida ikki nafar xodim bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bolalarni tartibli ravishda sayr yoki ekskursiyaga olib chiqilishi ichki ishlar idoralari bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan tartibda yoʻl-patrul xizmati xodimlari kuzatuvida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yayov holda sayr yoki ekskursiyaga chiqishdan oldin tarbiyachi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkaziladigan tadbir haqida maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyatini oldindan ogohlantirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi bilan olib ketadigan bolalarning sonini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar olib boriladigan joyni avvaldan rejalashtirib olishi va harakatlanish yoʻnalishiga aniqlik kiritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kuning issiq paytlarida bolalarga issiqlab ketmasligi uchun yengil bosh kiyimlari kiydirilishi lozim. Bolalarning quyosh vannalarini qabul qilishi hamda maktabgacha taʼlim muassasasi hududidagi suv havzalarida choʻmilishlari tibbiyot xodimlari va tarbiyachining nazorati ostida olib borilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Maktabgacha taʼlim muassasasining tarbiyachilari va boshqa mutaxassislari tomonidan ish vaqti davomida bolalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Tarbiyachi yoki boshqa mutaxassislar boʻlmaganda tegishli guruhga mudira tomonidan boshqa javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maktabgacha taʼlim muassasasi hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan kishilarning kiritilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz bolalarini maktabgacha taʼlim muassasasiga olib kelganda tarbiyachining shaxsan oʻziga topshirishi, shuningdek bolani maktabgacha taʼlim muassasasidan olib ketish vaqtida tarbiyachilar bolani shaxsan ota-onalarga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bolalarning maktabgacha taʼlim muassasasidan yaqin qarindoshlari tomonidan olib ketilishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda bolalarni olib ketuvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasasidan bolalarni boshlangʻich maktab yoshidagi (1 — 4-sinflar) hamda mast holatdagi shaxslar tomonidan olib ketilishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz bolasini maktabgacha taʼlim muassasasidan olib ketishga kelmay qolganda, tarbiyachi ish vaqtidan soʻng bolani uyiga kuzatib qoʻyishi lozim. Bunday vaqtda tarbiyachi tomonidan bolani bir oʻzini guruhda yolgʻiz qoldirish yoki boshqa xodimlarga tashlab ketishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tarbiyachi tomonidan bolani uyiga kuzatib borish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Maktabgacha taʼlim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maktabgacha taʼlim muassasasining ikki qavatli binolarida joylashgan xonalarning zinapoya va oʻtish joylarida oraligʻi bir-biriga zich boʻlgan vertikal panjaralar bilan jihozlangan baland toʻsiqlar oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maktabgacha taʼlim muassasasining ikkinchi qavatidagi balkon toʻsiqlarining balandligi bir metrdan ortiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Guruh va foydalanilayotgan xonalardagi barcha derazalar ichkariga ochilishi va fiksatorlar bilan mustahkamlanishi lozim, ochiladigan derazalarda toʻrlar boʻlishi kerak. Ikkinchi qavat derazalarini bolalar xonada boʻlgan vaqtda ochish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maktabgacha taʼlim muassasasiga kirishdagi eshiklarga qoʻngʻiroq oʻrnatilgan boʻlishi hamda oson ochiladigan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maktabgacha taʼlim muassasasidagi shift panellari, bloklar, pollar, yuvinish xonalaridagi santexnik jihozlar va shu kabilar muntazam ravishda texnik koʻrikdan oʻtkazib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Maktabgacha taʼlim muassasasida vodoprovod va kanalizatsiya tizimlari, mebel, jismoniy tarbiya jihozlari, deraza darchalari va framugalarning mustahkamligi hamda sozligi doimiy nazorat qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Bolalarning oʻyinchoqlari uchun moʻljallangan shkaflar, xoʻjalik shkaflari, sochiq va kiyimlar uchun ilgichlar, rasm va portretlar devor yoki polga mustahkam qoqilgan holda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Gullar uchun ishlatiladigan moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Xona gullari tikansiz boʻlib, barglari inson organizmi uchun bezarar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Maktabgacha taʼlim muassasasida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyati barcha turdagi yongʻin xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish va har haftada koʻngilli yongʻin drujinasi xodimlari ishtirokida yongʻin chiqqanda harakatlanish tartibini oʻrganish boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etish yoʻli bilan xodimlarning yongʻin va elektr xavfsizligi qoidalarini oʻzlashtirishlarini tashkil etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Har bir maktabgacha taʼlim muassasasi yongʻin xavfsizligi jihozlari bilan taʼminlanishi kerak. Maktabgacha taʼlim muassasasining mudiri binoni zarur boʻlgan ish holatidagi birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan yetarli miqdorda taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Maktabgacha taʼlim muassasasining har bir xodimi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilishga va ularga qatʼiy rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) birlamchi oʻt oʻchirish vositalari joylashgan joyni va ularni qoʻllashni bilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bolalar va mulkni evakuatsiya qilish rejasi boʻyicha oʻzining funksional vazifalarini va harakatlanish tartibini bilishga (evakuatsiya rejasi har bir qavatning koʻrinarli joyiga ilinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yongʻin yuzaga kelganda, bu haqda oʻz vaqtida yongʻin xavfsizligi xizmatiga xabar berishi va yongʻinni oʻchirish, bolalarni qutqarish boʻyicha barcha choralarni qoʻllashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) evakuatsiya rejasi asosida muntazam ravishda yongʻin holatlari yuzaga kelganda, bolalarni binodan evakuatsiya qilish boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yongʻin chiqqanda bolalar va xodimlarning evakuatsiyasi ikki yoʻl orqali amalga oshirilishini bilishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Maktabgacha taʼlim muassasasida ish vaqti tugaganidan soʻng yongʻin chiqishining oldini olish maqsadida barcha elektr jihozlari tok manbaidan oʻchirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Elektr simlari izolatsiyalangan va elektr jihozlari bolalar qoʻli etmaydigan joyda boʻlishi lozim. Maktabgacha taʼlim muassasasidagi elektr jihozlari isteʼmolchi elektr moslamalardan foydalanishdagi texnika xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Pechka orqali isitiladigan maktabgacha taʼlim muassasasi ularni yoqish bolalar kelishidan bir soat oldin, kechayu kunduz ishlaydigan maktabgacha taʼlim muassasasida esa bolalar kechki uyquga ketishidan ikki soat oldin oʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻyin va boshqa xonalardagi markaziy isitish radiatorlari tozalash uchun ochiladigan va echiladigan ekranlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tungi vaqtda navbatchilik qiluvchi xodimlarda har bir xonaning zaxira kalitlari saqlanishi va ular fonarlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Maktabgacha taʼlim muassasasi atrofidagi yoʻllarda oʻt oʻchiruvchi mashinalarning kirishiga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan toʻsiqlar mavjud boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tungi guruhi boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasasidagi navbatchi va tungi tarbiyachi har kuni kechqurun 20-00 gacha yongʻin xavfsizligi idoralariga maktabgacha taʼlim muassasasidagi mavjud bolalar va xodimlar soni haqida oʻrnatilgan tartibda axborot berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Maktabgacha taʼlim muassasasi yer maydoni balandligi 1,5 metrdan past boʻlmagan, toʻgʻri vertikal va oʻtkir uchlarisiz hamda oraligʻi zich boʻlgan panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim muassasasi hududi tungi vaqtda yoritilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Jismoniy tarbiya mashgʻulotlari va oʻyin maydonchalaridagi jihozlar hamda ularning toʻsiq va ustunlari mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi, shuningdek foydalanish uchun xavfsiz boʻlishi kerak. Pavilonlar, soyabonlar va boshqa jihozlarning sozligi, texnik mustahkamligi va xavfsizligi muntazam ravishda nazorat qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Maktabgacha taʼlim muassasasi hududiga inson sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan tikanakli butalar hamda zaharli mevali oʻsimliklarni ekish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qish mavsumida maktabgacha taʼlim muassasasi hududidagi bino tomlari muz va qordan tozalanishi kerak, tomda osilgan muz va qorlar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Chuqurliklar toʻldirilishi, quduqlar va chiqindi qutilari mahkam yopilishi kerak. Hududda bolaga xavf tugʻdiruvchi (mixi chiqib turgan qutilar, uzilgan elektr simlari, singan oyna, tosh va hokazolar) narsalar boʻlmasligi kerak. Qurigan daraxt va shox-shabbalar muassasa hududidan vaqtida chiqarib tashlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Maktabgacha taʼlim muassasasi hududi yongʻin xavfsizligi meʼyor va qoidalari talablariga muvofiq yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlangan oʻt oʻchirish qalqonlari bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Xoʻjalik maydoni maktabgacha taʼlim muassasasining asosiy hududidan ajratilgan boʻlishi va alohida qulflanadigan kirish yoʻlagiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yoqilgʻi zaxiralari bola kira olmaydigan va alohida ajratilgan joyda saqlanishi lozim. Koʻmir zaxirasi alohida ajratilgan joyda va usti yonmaydigan qoplama (tuproqli qorishma) bilan yopilgan boʻlib, birlamchi oʻt oʻchirish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 8-aprel

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi N. XANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 8-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 245-modda)