Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2013 28.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1949
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 28.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1949
Date of entry into force
08.05.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-aprelda 1949-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 25-iyundagi 126-sonli “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1949-1, 02.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 14-noyabrdagi 247-sonli qaroriga hamda 1998-yil 6-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat Bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularga davlat raqami belgilarini berishni tartibga solish maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish va davlat raqami belgilarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 (oʻn) kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 30-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-son

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2009-yil 30-martdagi 53-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-yanvardagi 8-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1998-y., 1-son, 1-modda) hamda 2008-yil 14-noyabrdagi 247-son “2009-yilda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish va sotishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom talablarini bajarish mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunuvdan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda fuqarolar (bundan keyingi oʻrinlarda mashina egalari deb yuritiladi) uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarini (bundan keyingi oʻrinlarda mashinalar deb yuritiladi), roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish, texnik hujjatlar va davlat raqami belgilarini berish Davlat texnika nazorati inspeksiyasining tuman va shahar inspeksiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda “Davtexnazorat” inspeksiyalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mashina egalari tomonidan mashinalar sotib olinganda yoki qabul qilib olinganda, shuningdek texnik hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish lozim boʻlganda, mashinaning texnik holatidan qatʼi nazar, 10 kun ichida “Davtexnazorat” inspeksiyalariga murojaat etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan mashinalarni boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq ishonchnomalar va ijaraga berish shartnomalari notarial tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab 10 kun ichida roʻyxatdan oʻtkazish uchun “Davtexnazorat” inspeksiyalariga taqdim etiladi. Ishonchnomalarni va ijara shartnomasini hisobga qoʻyish “Davtexnazorat” inspeksiyalari tomonidan belgilangan tartibda, toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazishda “Davtexnazorat” inspeksiyalari tomonidan mashinaning texnik hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mashina turi, rusumi, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, agregatlar raqami, shuningdek mashinani qayta roʻyxatdan oʻtkazishda davlat raqam belgisining muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mashinalarni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, texnik hujjatlar va davlat raqami belgisini berishda, shuningdek roʻyxatdan chiqarishda “Davtexnazorat” inspeksiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-yanvardagi 8-sonli qarorning 2-ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqining belgilangan koeffitsiyentlari miqdorida yigʻimlar undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa oʻzgartirishlar kiritish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlar toʻplami “Davtexnazorat” inspeksiyalarida kamida 3 yil muddatda davomida saqlanadi (qayd etish kitoblari, qatʼiy hisobdagi “Davtexnazorat” inspeksiyalari blanklari va raqam belgilarining kirim-chiqim daftarlari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mashinalardan texnik hujjatlarsiz va davlat raqam belgilarisiz foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Mashinalarni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun mashina egalari “Davtexnazorat” inspeksiyalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;

mashinaning qonuniy sotib olinganligi yoki berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina ishlab chiqarilgan zavodlar tomonidan berilgan texnik hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlardan olib kelingan mashinalarning bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mashinalar quyidagi hollarda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashinalarning turgan oʻrni yoki mashina egalarining yashash joyi oʻzgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik hujjatlar (texnik pasport, texnik talon);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinalarning turgan oʻrni oʻzgarishiga asos boʻlgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinalar turgan oʻrnining “Davtexnazorat” inspeksiyalari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi haqidagi dalolatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar uchun pasport.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashina egalarining nomi oʻzgarganda quyidagi hujjatlar asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida yuqori turuvchi organ yoki korxona, tashkilot va muassasaning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar uchun pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashina egalari oʻzgarganda quyidagi hujjatlar asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, lizing, sublizing shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi idoralari tomonidan berilgan order;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona, tashkilot va muassasaning roʻyxatida boʻlgan mashinalarni balansdan balansga ajratilganligi toʻgʻrisidagi qarorlari va buyruqlarining nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir vazirlikka qarashli va bir moliyaviy tizimdagi tashkilotlar uchun yuqori organlarning”Davtexnazorat” inspeksiyalari roʻyxatida boʻlgan mashinalarning balansdan balansga bepul ajratilganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan nusxa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashinaning raqamli agregatlari oʻzgarganda quyidagi hujjatlar asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli agregatlar qonuniy sotib olinganligi toʻgʻrisida hujjat (hisob-maʼlumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi, bojxona guvohnomasi, kirim kassa orderi va yuk xati).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mashinalarni roʻyxatdan chiqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mashinalar quyidagi hollarda roʻyxatdan chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinalar foydalanishga yaroqsiz deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinalarning belgilangan xizmat muddati tugaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Roʻyxatdan chiqarilgan mashinalarning davlat raqam belgilari “Davtexnazorat” inspeksiyalariga topshiriladi, texnik hujjatlarga va qayd qilish kitobida tegishli belgilar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan davlat raqam belgilari, texnik hujjatlar oʻrniga yangisini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yaroqsiz holga kelgan yoki yoʻqotilgan texnik hujjatlar va davlat raqam belgilari oʻrniga yangisi mashina egalarining arizasiga davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik hujjatlar va davlat raqam belgilari olib qoʻyilmaganligi toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyilgandan soʻng hujjatga “Dublikat” soʻzi yozib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi texnik hujjatlar va davlat raqam belgilari mashina texnik koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yaroqsiz holga kelgan davlat raqami belgilari, texnik hujjatlar “Davtexnazorat” inspeksiyalari tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilgan holda chiqimga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Roʻyxatdan oʻtkazilgan mashinalar toʻgʻrisidagi yillik maʼlumotni taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi tomonidan “Davtexnazorat” inspeksiyalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan mashinalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar umumlashtirilib, har yili 20-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 30-mart

Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 30-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 30-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi A. ORIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 30-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi B. ABDUQODIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 30-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ILOVA

Shtamp
‎‎________________________________

‎‎(tuman, shahar, Davlat texnika

‎‎________________________________

nazorat inspeksiyasi boshligʻi)
‎‎

‎‎A R I Z A

‎‎Sizdan ___________________________________________________________

‎‎(soʻrovning qisqacha mazmuni)

‎‎__________________________________________________________________
‎‎arizada quyidagi hujjatlarni ilova qilamiz:
‎‎1. Mashinani olinganligi haqidagi faktura № _____ “___” ________ 20__ y.
______________________________________________________‎‎dan berilgan.
‎‎2. Mashina chiqarilgan zavoddan berilgan texnik pasport

‎‎Olingan mashina haqida maʼlumot:

1.‎

Turi, nomi‎ 2.‎ Rusumi‎

‎3.

Chiqqan yili‎ 4.‎ Chiqargan zavod‎

5.‎

Texnik pasport №‎ 6.‎ Zavod №‎

‎7.

Dvigatel №‎ 8.‎ Shassi №‎
‎‎Xoʻjalikka keltirilgan vaqti ________________________________________
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(mashina qachon va qayerdan olingan)

‎‎hujjatlarni rasmiylashtirish quyidagi shaxsga topshiriladi ____________
‎‎________________________________________________________________ga

‎‎(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎ishonch bildiriladi, hamda shaxsning _________________________________
‎‎imzosi tasdiqlanadi.
Rahbar _______________________________ ‎‎ __________‎

‎‎(familiyasi, ismi)

M.Oʻ.‎‎

(imzo)‎

‎‎Bosh hisobchi __________________________ __________‎

‎‎‎‎(familiyasi, ismi)

M.Oʻ.‎‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Davlat texnika nazorati inspeksiyasining belgilari

Berildi:‎ 1. Davlat raqam belgisi‎‎ ‎‎№ __________ seriyasi ____________
‎‎2. Texnik pasport ‎‎‎‎№ __________ seriyasi ____________
‎‎Rasmiylashtirilgan sana “___” _________________ 20____ yil.
____________________________________________________“Davtexnazorat”
‎‎inspeksiyasi boshligʻi‎_____________ ‎‎________________________________
(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ILOVA

‎‎Shtamp
‎‎‎‎________________________________
‎‎‎‎(tuman, shahar, Davlat texnika
‎‎‎‎________________________________
‎‎‎‎nazorat inspeksiyasi boshligʻi)
‎‎_________ yilda tugʻilgan fuqaro _________________________________
‎‎ ‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(yashaydigan manzilgohi)

‎‎fuqarolik pasporti № _________________ seriyasi ___________________
__________________________ “____” _______________ 20___ y.da berilgan.
Turar joyi ____________________________________________________

‎‎‎‎(pasportda koʻrsatilgan joyi)

‎‎ish joyi _____________________________________________________

‎‎(kasbi, lavozimi, vazifasi)

‎‎A R I Z A

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(soʻrovning qisqacha mazmuni)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎Olingan mashina haqida maʼlumot:

1.‎

Turi, nomi‎

2.‎

Rusumi‎

3.‎

Chiqqan yili‎

4.‎

Chiqargan zavod‎

5.‎

Texnik pasport №‎

6.‎

Zavod №‎

7.‎

Dvigatel №‎

8.‎

Shassi №‎
‎‎
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(mashina qachon va qayerdan olingan)

‎‎Ariza�a kuyidagi hujjatlarni taqdim etaman:

‎‎1. ___________________________________________________________

‎‎(mashinani, har bir jihoz va agregatni qonuniy sotib olinganligini

‎‎__________________________________________________________________

‎‎tasdiqlovchi hujjatlar)

‎‎2. Yashash joyidan maʼlumotnoma ‎‎3. Fuqarolik pasporti
‎‎“___” ____________ 20___ y. __________‎ _____________________

(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi)

‎‎Davlat texnika nazorati inspeksiyasining belgilari

Berildi:‎ ‎‎1. Davlat raqam belgisi ‎‎№ ____________ seriyasi __________
‎‎2. Texnik pasport ‎‎№ ____________ seriyasi __________
‎‎Rasmiylashtirilgan sana “___” _________________ 20____ yil.
____________________________________________________‎‎“Davtexnazorat”
‎‎inspeksiyasi boshligʻi‎_____________ ‎‎________________________________
(imzo)‎

‎‎(familiyasi, ismi)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 231-modda)