Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 23.04.2009 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.04.2009 yildagi 120-son
Date of entry into force
23.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASI HUDUDIDA ALOHIDA BOJXONA REJIMI HAMDA ALOHIDA SOLIQ REJIMINI TAʼMINLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi alohida bojxona rejimi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida soliq rejimini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 23-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududidagi alohida bojxona rejimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb ataladi) hududidagi alohida bojxona rejimini qoʻllanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Navoiy” EIIZ hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona nazorati bojxona qonun hujjatlariga muvofiq bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomning amal qilishi faqat “Navoiy” EIIZ hududida “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizom maqsadlari uchun qonun hujjatlarida foydalaniladigan tushunchalar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Har qanday tovarlarni ham “Navoiy” EIIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilari (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ qatnashchilari deb ataladi), ham “Navoiy” EIIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan “Navoiy” EIIZ hududiga olib kirish va “Navoiy” EIIZ hududidan olib chiqib ketish davlat bojxona xizmati organlarining (keyingi oʻrinlarda bojxona organlari deb ataladi) ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan “Navoiy” EIIZ hududiga olib kiriladigan eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar(keyingi oʻrinlarda ishlab chiqarish uchun tovarlar deb ataladi), kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar, erkin bojxona zonasining bojxona rejimida rasmiylashtiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xorijiy tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tovarlari bojxona eksport rejimiga muvofiq tovarlarni olib chiqib ketishga nisbatan qoʻllanadigan shartlarda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishlab chiqarish uchun tovarlar “Navoiy” EIIZ hududida u faoliyat koʻrsatadigan muddat mobaynida turishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishlab chiqarish uchun tovarlar bilan har qanday operatsiyalarni, agar bunday operatsiyalar “Navoiy” EIIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) shartlariga muvofiq boʻlsa, amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishlab chiqarish uchun tovarlar va ulardan foydalangan holda “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar hisoblanmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida erkin muomalada turgan tovarlar “Navoiy” EIIZ hududida erkin harakat qiladi va uning hududidan erkin olib chiqib ketiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. “Navoiy” EIIZ hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqib ketiladigan tovarlarni bojxonada nazorat qilish va bojxonada rasmiylashtirish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xorijiy tovarlar hisoblanadigan ishlab chiqarish uchun tovarlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimdan tashqari) va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmasdan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketiladigan taqdirda — qayta eksport qilish bojxona rejimida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar “Navoiy” EIIZ qatnashchilari boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun, toʻlanishi kerak boʻlgan barcha bojxona toʻlovlarini toʻlatgan holda, berilgan (begonalashtirilgan) taqdirda — erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston tovarlari hisoblanadigan ishlab chiqarish uchun tovarlar “Navoiy” EIIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun berilganda (begonalashtirilganda) belgilangan tartibda, bojxona rejimiga ushbu rejimda belgilangan shartlarda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (keyingi oʻrinlarda mahsulotlar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqib ketishda eksport bojxona rejimiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda eksport statistikasida ularni ishlab chiqarishda foydalanilgan Oʻzbekiston tovarlari hisoblanadigan tovarlar hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun beriladigan (begonalashtiriladigan) mahsulot belgilangan tartibda, erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xorijiy tovarlarga (xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarga) nisbatan bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) yukning bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan sanada belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilgan Oʻzbekiston tovarlariga (xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarga) nisbatan ushbu tovarlar erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylanishi munosabati bilan ozod qilingan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu toʻlovlar, agar qonun hujjatlarida yanada imtiyozliroq rejim belgilanmagan boʻlsa, bojxonada rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Navoiy” EIIZning bir qatnashchisi ishlab chiqarish uchun oʻz tovarlarini va mahsulotini “Navoiy” EIIZning boshqa qatnashchisiga bergan (begonalashtirgan) taqdirda bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlanmaydi, lekin bu holda ushbu tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish ularning yangi egasi — “Navoiy” EIIZ qatnashchisi uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Navoiy” EIIZ hududida erkin bojxona zonasi rejimida turgan ishlab chiqarish uchun tovarlar erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining yoki xorijiy davlatlarga eksportning qolgan qismi uchun tovarlarning kelib chiqish mamlakatiga qarab bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarilgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadlari uchun tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlashning Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari har bir kalendar yil boshlangungacha oʻn besh kundan kechikmay yozma shaklda bojxona organiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uchun “Navoiy” EIIZ hududiga olib kirilishi moʻljallanayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (tovarning nomi, miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha kodi, qiymati, kelib chiqish mamlakati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uchun tovarlar (xorijiy tovarlar va Oʻzbekiston tovarlari) hamda mahsulotlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida olinadigan mahsulotni ishlab chiqarishdagi ularning sarflash normalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga, “Navoiy” EIIZning boshqa qatnashchisiga yoki “Navoiy” EIIZ qatnashchisi hisoblanmaydigan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun berish (begonalashtirish) moʻljallanayotgan mahsulot toʻgʻrisidagi (tovarning nomi, miqdori, Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha kodi, xorijiy tovarlar va Oʻzbekiston tovarlarining mahsulot birligidagi tarkibi, mahsulot birligining qiymati) maʼlumotlarni maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni oʻzgartirishga haqlidir, u bu toʻgʻrida bojxona deklaratsiyasi berilgungacha 15 kundan kechikmay bojxona organiga yozma ravishda xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Navoiy” EIIZ hududiga olib kirilayotgan ishlab chiqarish uchun tovarlarning birinchi turkumiga nisbatan “Navoiy” EIIZ qatnashchisi ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni bojxona deklaratsiyasi berilgungacha oʻn besh kundan kechikmay maʼlum qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi bojxona organiga taqdim etilgungacha ushbu Nizomning 17 — 19-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni “Navoiy” EIIZ boshqaruv organlari bilan tovarlar turi, ularning miqdori va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiqligini kelishib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Navoiy” EIIZ qatnashchisining arizasida koʻrsatilmagan ishlab chiqarish uchun tovarlar erkin bojxona rejimiga joylashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi arizasining shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan, olib chiqib ketiladigan, saqlanayotgan, tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan, sotib olinadigan va sotiladigan tovarlarning hamda “Navoiy” EIIZ hududida ulardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tovarlarning hisobini olib borishlari va ushbu tovarlarga doir maʼlumotlarni bojxona organlariga taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishlab chiqarish uchun tovarlar boʻyicha va “Navoiy” EIIZ doirasida ulardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha sodir boʻlgan har qanday oʻzgarishlar hisobga olish hujjatlarida aks ettiriladi. Hisobga olish va hisobot shakli, shuningdek hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisoboti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik hisobot boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar, ushbu tovarlar tijorat qimmatini yoʻqotgan taqdirda, bojxona organi nazorati ostida yoʻq qilinishi yoki “Navoiy” EIIZning boshqa qatnashchisi foydasiga begonalashtirilishi mumkin, bu holda yoʻq qilish yoki begonalashtirish fakti bojxona organiga taqdim etiladigan hisobotda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tovarlarni bojxonada baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilashning umumiy tartibi qoʻllanadi, bunda quyidagi xususiyatlar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kiriladigan tovarlarning bitimdagi qiymatini aniqlash metodi boʻyicha bojxona qiymati aniqlangan taqdirda bitim qiymati, yaʼni ularni “Navoiy” EIIZ qatnashchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan “Navoiy” EIIZ qatnashchisi hisoblanmaydigan shaxsga sotishda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi kerak boʻlgan narx bojxona qiymati hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIIZ hududida ishlab chiqarilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash maqsadlari uchun tovarlarning “Navoiy” EIIZ hududidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib chiqilishi yoki tovarlarni “Navoiy” EIIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan shaxslar foydasiga begonalashtirilishi munosabati bilan bojxona tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kun baholanayotgan tovarlarning bojxona chegarasidan oʻtkazilgan sanasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovarlar keltirilgan joy “Navoiy” EIIZ hududidan olib chiqilgan joy sifatida yoki tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqmasdan, tovarlarni “Navoiy” EIIZ qatnashchisi hisoblanmaydigan shaxsga sotishda “Navoiy” EIIZ hududi sifatida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. “Navoiy” EIIZning faoliyat koʻrsatishi toʻxtatilgan taqdirda uning hududida boʻlgan ishlab chiqarish uchun tovarlar boshqa erkin zonaga oʻtkaziladi yoxud “Navoiy” EIIZning faoliyat koʻrsatishi toʻxtatilgan vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida boshqa bojxona rejimiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida koʻrsatib oʻtilgan tovarlar bojxona maqsadlari uchun vaqtinchalik saqlash uchun bojxona rejimida turgan tovarlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Shaxs “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilgan taqdirda, shu jumladan investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatilganligi munosabati bilan qatnashchi maqomidan mahrum etilganda qatnashchiga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish uchun tovarlar “Navoiy” EIIZning boshqa qatnashchisi foydasiga begonalashtiriladi yoxud “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga shaxsning “Navoiy” EIIZning qatnashchisi maqomidan mahrum etilgani toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida boshqacha bojxona rejimiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi maqomini yoʻqotgan shaxs oʻzining mulki boʻlgan ishlab chiqarish uchun tovarlarni begonalashtirmaganda yoxud ularni boshqacha bojxona rejimiga joylashtirmaganda ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtib boʻlgach bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-apreldagi 120-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida soliq rejimini taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIIZ deb ataladi) hududida alohida soliq rejimini taʼminlash, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida soliq rejimining amal qilishi “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan faqat “Navoiy” EIIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyatga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIIZ qatnashchilari boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq solish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmoniga muvofiq “Navoiy” EIIZ qatnashchilari yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalar hajmi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 mln. yevrodan 10 mln. yevrogacha teng (ekvivalent) boʻlganda — 7 yilga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 mln. yevrodan 30 mln. yevrogacha teng (ekvivalent) boʻlganda — 10 yilga beriladi. Keyingi 5 yil davomida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 mln. yevrodan ortiqqa teng (ekvivalent) boʻlganda — 15 yilga beriladi. Keyingi 10 yil davomida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar” deganda mazkur Nizom maqsadlari uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi kafolati taqdim etilmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Navoiy” EIIZ qatnashchilariga ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalarning belgilangan hajmiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oyning 15-kunigacha erishilganda — oyning boshidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qolgan boshqa hollarda — toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalarning belgilangan hajmiga erishilgan oydan keyingi oyning boshidan boshlab tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlarning amal qilish muddati xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Navoiy” EIIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” EIIZ qatnashchisi tomonidan toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalarning hajmi imtiyoz qoʻllanadigan darajagacha koʻpaytirilganda imtiyozlar investitsiyalar hajmiga koʻra imtiyozni qoʻllanish huquqi yuzaga kelgan oydan boshlab qoʻllanadi hamda imtiyozlarning amal qilish muddati tugagungacha qolgan davrda amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning hajmi oldingi berilgan muddatdan ortiq boʻlgan muddatdagi darajagacha koʻpaytirilganda imtiyozlar investitsiyalarning oldingi hajmiga koʻra imtiyozni qoʻllanish huquqi yuzaga kelgan oydan boshlab qoʻllanadi hamda imtiyozning muddati ilgari amalda boʻlgan imtiyoz muddati amal qilishi hisobga olingan holda uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllanish toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Navoiy” EIIZ direksiyasi ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan qoʻllanilishi uchun soliqlarni hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalar kiritilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Navoiy” EIIZ qatnashchisi guvohnomasining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kiritilgan investitsiyalar hajmi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmasdan amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi. Tasdiqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Navoiy” EIIZ direksiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga soʻrov tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Imtiyozli davr oshishiga olib keladigan investitsiyalar hajmi koʻpaygan taqdirda “Navoiy” EIIZ direksiyasi toʻgʻridan toʻgʻriinvestitsiyalar qoʻshimcha ravishda kiritilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida soliqlarni hisobga olish boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 6-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat soliq xizmati organlari taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida “Navoiy” EIIZ direksiyasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar “Navoiy” EIIZ qatnashchisiga tatbiq etilishi yoki tatbiq etilmasligi toʻgʻrisidagi aniq asoslashlar bilan birga yozma xulosani yuboradi hamda imtiyozlar tatbiq etiladigan “Navoiy” EIIZ qatnashchisini, qatnashchining nomini va imtiyozli davr muddatini koʻrsatgan holda, “Navoiy” EIIZning imtiyozlarga ega boʻlgan qatnashchilari reyestriga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi davlat soliq xizmatining quyi organlari maʼlumotlari asosida “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining yigʻma reyestrini yuritadi va uni har yili hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Navoiy” EIIZ hududida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yoki moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq “Navoiy” EIIZ qatnashchisining tanlovi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Moliyaviy hisobot “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Imtiyozlar berilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliqqa doir hisobot “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Soliq majburiyatlari mavjud boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliqqa doir hisobot “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Imtiyozlarga ega boʻlgan “Navoiy” EIIZ qatnashchilari davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlar summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari tomonidan nazoratni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari soliq toʻgʻrisidagi qonunlar buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida soliq rejimini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 215-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda)