Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2010 02.04.2009 yildagi 94-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.04.2009 yildagi 94-son
Date of entry into force
02.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh MEXANIZMINI SODDALAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish va tuzilishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Mahalliylashtirish dasturiga tushunarli va aniq tuzatishlar kiritish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 3-iyuldagi 149-son qarorining 1-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-apreldagi 94-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi) tuzatishlar kiritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlarini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni chiqarib tashlash yoki shunday yoʻnalishdagi muqobil loyihalar bilan almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarida ishlab chiqarish-texnik va isteʼmol maqsadidagi materiallar va buyumlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga doir yangi loyihalarni kiritish boʻyicha asoslangan takliflar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Idoralararo maxsus komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) protokoli asosida Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 334-son qarori tahririda —OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 572-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirilayotgan mahsulotning prognoz koʻrsatkichlari, mahalliylashtirishning belgilangan darajasining pasayishidan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirilayotgan mahsulotning texnik parametrlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirilayotgan mahsulot loyihasining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning, shu jumladan mulkchilik shaklining yoki tashkiliy huquqiy shaklining oʻzgarishi bilan bogʻliq holdagi nomi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, shuningdek tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maxsus komissiya taqdimiga koʻra Mahalliylashtirish dasturiga quyidagi tuzatishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki undan chiqarib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturi ayrim loyihalarining mahalliylashtirish darajasini pasaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maxsus komissiya faoliyatini tashkil etish uchun Maxsus komissiya kotibi boshchilik qiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining vakolatli xodimlaridan iborat boʻladigan Kotibiyat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Takliflarni kiritish va koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (keyingi oʻrinlarda loyiha tashabbuskori deb ataladi) Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni loyiha tashabbuskorining rahbari va bosh buxgalteri tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Maxsus komissiya kotibiyatiga kiritadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga tavsiya qilinayotgan loyihalar uchun esa — loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza, imtiyozlar qonun hujjatlariga muvofiq Maxsus komissiya qaroriga koʻra qoʻllanadigan loyihalar uchun — tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllanish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha mahalliylashtirish loyihasi pasporti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning keyingi ikki yil mobaynidagi tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti (2-shakl), davlat soliq xizmati organi belgisi qoʻyilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishning asbob-uskunalari, ehtiyot qismlari va texnologik jarayonining mufassal texnologik tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlariga tuzatish kiritish uchun — mahalliylashtirish loyihasining aniqlashtirilgan pasporti (faqat ishlab chiqarish hajmlarining koʻpayishi hollaridan tashqari), ayrim parametrlarga tuzatishlar kiritilishi zarurligini asoslaydigan, tahliliy va jadval materiallari bilan birgalikdagi tushuntirish xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Mahalliylashtirish dasturidan chiqarishga tavsiya etilayotgan loyihalar uchun — Mahalliylashtirish dasturidan loyihani chiqarish zarurligi asoslashidan iborat boʻlgan, tahliliy va jadval materiallari bilan birgalikdagi tushuntirish xati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Loyiha tashabbuskori taqdim etilgan, shu jumladan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyiha tashabbuskoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maxsus komissiya kotibiyati, loyihaning maqsadidan, uni moliyalashtirishning manbalaridan va tavsiya etilayotgan tuzatishlar mohiyatidan kelib chiqqan holda, tushgan takliflarni koʻrib chiqish uchun ikki kun muddatda vakolatli organlarga joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Takliflarni baholash ayni bir vaqtda quyidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish imkoniyatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirishning taklif etilayotgan darajasiga erishish imkoniyatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni chiqarib tashlash yoki loyiha parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligini aniqlash yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilayotgan marketing konsepsiyasi, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotni sotish istiqbollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtiriladigan mahsulotni tashqi bozorda sotish narxlari parametrlari (agar loyiha tashabbuskori tomonidan mahsulotni eksport qilish nazarda tutilsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shunday mahsulotni import qilish tahlili (TIF TN 10 belgi doirasida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni chiqarib tashlash yoki loyihalarning parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirishning samaradorligi va imkoniyatlarini baholash boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan — bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlarni va narxlar shakllanishini hisobga olgan holda raqobat muhitini, monopollashuv darajasini, ishlab chiqariladigan mahsulot bilan bozorning yetarlicha taʼminlanganligini baholash boʻyicha;
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Hukumat kafolati ostidagi kredit mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda) — iqtisodiy samaradorlikni kelishish boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, Iqtisodiyot vazirligida vakolatli organlar mutaxassislaridan iborat tarkibda vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha vakolatli organlar asoslangan xulosalarni hujjatlar tushgan vaqtdan boshlab oʻn kun muddatdan kechikmay Maxsus komissiya kotibiyatiga joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar yuzasidan xulosalar nusxasi vakolatli organ tomonidan loyiha tashabbuskoriga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tanqidiy mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda hujjatlar vakolatli organlar tomonidan loyiha tashabbuskoriga puxta ishlash uchun qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Puxta ishlangan hujjatlar loyihalarning tashabbuskorlari tomonidan ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan vakolatli organlarga taqdim etiladi. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish va tegishli xulosalarni Maxsus komissiya kotibiyatiga taqdim etish vakolatli organlar tomonidan, ilgari koʻrsatib oʻtilgan tanqidiy mulohazalar loyihalar tashabbuskorlari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, bir hafta muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaning puxta ishlangan pasportini koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan yangi tanqidiy mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maxsus komissiya kotibiyati bir hafta muddatda vakolatli organlarning tushgan ijobiy xulosalarini umumlashtiradi va Maxsus komissiya protokoli loyihasini, zarurat boʻlganda, Hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi, Maxsus komissiya aʼzolari bilan kelishib oladi va ularni koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoki undan koʻp vakolatli organlarning xulosasi salbiy boʻlgan taqdirda Maxsus komissiya kotibiyati tegishli xulosani koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari ishtirokida zaruratga koʻra har haftada bir marta oʻtkaziladigan oʻz majlislarida tushgan takliflarni (xulosalarni) va Hukumat qarori loyihasini koʻrib chiqadi, Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida protokol qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus komissiya majlislari komissiya aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashganda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Maxsus komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hollarda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishilgan Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish boʻyicha takliflar kiritishning maqsadga muvofiqligini baholashga qoʻyiladigan yagona mezonlar va talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Loyiha parametrlarining quyidagi majburiy mezonlar asosida Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish imkoniyati toʻgʻrisida taklif kiritish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mamlakat sanoatini rivojlantirishning asosiy ustuvor vazifalariga muvofiqlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun quvvatlar va xomashyo resurslarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshirib borilgan holda ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 12 oy mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot boʻyicha mahalliylashtirish darajasining kamida 30 foizga etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) TIF TN kodi boʻyicha pirovard mahsulot tovar pozitsiyasining boshlangʻich xomashyoga nisbatan kamida birinchi toʻrtta belgilardan biri darajasida oʻzgarishining taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mahalliylashtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozorlarda talabning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) shunga oʻxshash mahsulot importining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mahsulotning potensial isteʼmolchilari bilan shartnomalarning yoki ahdlashuvlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) mahalliylashtiriladigan mahsulotni sotish narxining ana shunday import qilinadigan mahsulot narxidan yuqori boʻlmasligi (Oʻzbekiston Respublikasigacha boʻlgan transport xarajatlari, bojxona va soliq toʻlovlari hisobga olingan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) mahalliylashtiriladigan mahsulotga nisbatan xalqaro standartlar boʻyicha ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 18 oy mobaynida sifatni boshqarish tizimining joriy etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mezonlarga toʻliq muvofiq boʻlmagan istiqbolli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mahalliylashtirish dasturiga ular bilan mamlakatimiz bozori yetarlicha taʼminlangan, sogʻlom raqobat muhiti yaratilgan yoki ishlab chiqarish hajmi ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan shunday mahsulotlarni (texnik tavsiflari va isteʼmol xususiyatlariga koʻra) ishlab chiqaradigan boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha loyihalar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Quyidagilar loyihalarni loyiha tashabbuskori takliflariga koʻra, shu jumladan teng ahamiyatli loyihalar kiritilgan taqdirda Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan xulosa chiqarish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning tugatilishi yoki fors-major vaziyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning sifati va narxiga koʻra raqobatbardoshli emasligi tufayli mahsulotning ushbu turiga ichki bozorda talabning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturi prognoz parametrlarining bajarilmasligi (yil yakunlariga koʻra 30 foizdan kam);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz bozorining mahalliylashtirilayotgan mahsulot bilan toʻlaligi, sogʻlom raqobat muhiti mavjudligi yoki ishlab chiqarish hajmi ichki bozor ehtiyojini qoplaydigan shunday mahsulotning (texnik tavsiflari va isteʼmol xususiyatlariga koʻra) boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilari paydo boʻlganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar tegishli maqsadda foydalanilmasligi, shuningdek texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va materiallarning asossiz ravishda import qilinishi hollarining aniqlanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilganda loyihani amalga oshirayotgan korxona loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilgan sanadan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tegishli soliq va bojxona imtiyozlariga boʻlgan huquqlardan mahrum boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎________________________________________________________________________

(ariza beruvchi korxona nomi)

Yuridik manzili: ________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

Ishlab chiqarish joylashgan joy ___________________________________________
‎telefon ____________________________ faks _______________________________

“______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________”
ishlab chiqarish loyihasini Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritishingizni soʻraymiz.
‎‎
‎Ilova qilinayotgan hujjatlar:
mahalliylashtirish loyihasi pasporti 4 nusxada;
‎korxonaning soʻnggi ikki yil uchun tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti (2-shakl), DSI belgisi bilan.

‎Taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchli va haqiqiy, barcha nusxalar bir xil.
Rahbar

M.Oʻ.‎

_____________ ‎

___________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Bosh buxgalter

M.Oʻ.‎

____________‎

___________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllanish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎________________________________________________________________________

(ariza beruvchi korxona nomi)

Yuridik manzili: ________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

Ishlab chiqarish joylashgan joy ___________________________________________
‎telefon ____________________________ faks _______________________________

“______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________”
ishlab chiqarish loyihasiga tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini tatbiq qilishingizni soʻraymiz.
‎‎‎
‎Ilova qilinayotgan hujjatlar:
mahalliylashtirish loyihasi pasporti 4 nusxada;
‎korxonaning soʻnggi ikki yil uchun tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti (2-shakl), DSI belgisi bilan.

‎‎Taqdim etilgan maʼlumotlar ishonchli va haqiqiy, barcha nusxalar bir xil.
Rahbar

M.Oʻ.‎

_____________ ‎

___________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Bosh buxgalter

M.Oʻ.‎

____________‎

___________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish loyihasining
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Korxona va mahalliylashtirilayotgan mahsulot toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Korxonaning nomi

KTUT
STIR
Mulkchilik shakli (MShT)‎
Yirik/kichik korxona (PTP)
Yuqori tashkilotning nomi (DBIBT)
Korxonaning manzili, telefoni, faksi, e-mail (MHOBT)
Rahbariyat: F.I.O.
Bosh buxgalter: F.I.O.
Korxona tashkil etilgan yil
Korxonaning hozirgi vaqtdagi faoliyati yoʻnalishi (XXTUT)
Umumiy maydoni, ga (shu jumladan binolar va inshootlar maydoni)
Eʼlon qilingan ustav fondi (ming soʻm)
Shakllantirilgan ustav fondi (ming soʻm)
Mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasi1
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotning nomi
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonning va foydalaniladigan asbob-uskunalarning tavsifi
TIF TN kodi, 10 belgi darajasida
DS, OST, TSh, OʼzDst va boshqalar
DS, OST, TSh, OʼzDstga va boshqalarga muvofiq texnik parametrlar
Ishlab chiqarishning yillik oʻrtacha quvvati (fizik hajmlarda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 Mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasini, asosiy ishlab chiqarish fondlarini, ishlab chiqarish maydonini, uning asbob-uskunalarni joylashtirishga tayyorligini tavsiflash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ishlab chiqarishning prognoz parametrlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaning nomi Oʻlchov birligi‎‏ Ishlab chiqarish hajmi va mahalliylashtirish darajasi
ishlab chiqarishning birinchi yili ishlab chiqarishning ikkinchi yili ishlab chiqarishning uchinchi yili
miqdori summa (mln. soʻm)2 mahalliylashtirish darajasi%3 miqdori mahalliylashtirish darajasi % miq-dori mahalliylashtirish darajasi %
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 Maʼlumot uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ul = (1 – I/S) * 100%, shu bilan birga 0 ≤ I < S bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ul — mahsulotni mahalliylashtirish darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I — import qilinayotgan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning soʻmlarda ifodalangan valyuta qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S — mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Mahalliy yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan import xomashyo mahalliy xomashyo boʻlmasligi kerak)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshirilgan taqdirda mahalliylashtirish darajasi oshishini asoslovchi butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning aniq nomlari koʻrsatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Samaradorlik koʻrsatkichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samaradorlik koʻrsatkichlari nomi Oʻlchov birligi Koʻrsatkich
‎(ishlab chiqarishning birinchi yilida)
Mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarishda qoʻshilgan qiymat
‎(amortizatsiya ajratmalari, foyda va ish haqi, ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalarning umumiy summasi)
mln. sum.‎
Importning oʻrnini bosish samarasi
‎(analog mahsulot importining muqobil qiymati)
ming dollar
Valyuta mablagʻlarini tejash
‎(mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun import asbob-uskunalar sotib olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar chiqarib tashlangan holda valyutaning oʻrtacha oylik kursiga boʻlingan ishlab chiqarish hajmi)
ming dollar
Yangi ish oʻrinlari tashkil etish birlik
Imtiyozlarni qoʻllash natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarning moʻljallanayotgan hajmi mln. soʻm
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Mahsulotning aylanishi hisobi (kunlar hisobida)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombordagi xomashyo zaxiralari
Tayyor mahsulot zaxiralari
Xom ashyo va butlovchi buyumlar uchun toʻlov
Kommunal xizmatlar uchun toʻlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Loyiha boʻyicha chiqimlarning moliyaviy prognozi (ishlab chiqarishning loyihadagi quvvati boʻyicha)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartli — oʻzgaruvchan chiqimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Nomi Oʻlchov birligi Narxi
‎(ming soʻm)
Bojxona toʻlovlari (QQS stavkalari (%), bojlar (%), aksiz (%)) hisobga olingan narxi
‎(ming soʻm)
Yillik ehtiyoj Bojxona toʻlovlari hisobga olingan yillik chiqimlar
‎(ming soʻm)
Materiallar va xomashyo, shu jumladan:
1.‎ Import materiallar va xomashyo
1.1.‎
2‎ Mahalliy materiallar va xomashyo
2.1.‎
Butlovchi buyumlar (mavjud boʻlganda), shu jumladan:
3‎ Import butlovchi buyumlar
3.1.‎
4.‎ Mahalliy butlovchi buyumlar
4.1.‎
5.‎ Kommunal xizmatlar xarajatlari
5.1.‎
6.‎ Boshqa xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartli — doimiy xarajatlar (MHTFdan tashqari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Nomi Oʻlchov birligi Narxi
‎(ming soʻm)
Yillik ehtiyoj Yillik chiqimlar
1.‎ Boshqaruv xarajatlari
1.1.‎
2‎. Ishlab chiqarish xarajatlari
2.1.‎
2.2.‎
3.‎ Marketing xarajatlari
4.‎ Boshqa xarajatlar

Pasport toʻldirilgan sanada valyuta kursi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga haq toʻlash xarajatlari4
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Xodimlar nomi‎ Xodimlar soni‎ Oʻrtacha oylik ish haqi
‎(ming soʻm) ‎
Jami bir oyda
‎(ming soʻm) ‎
Jami bir yilda
‎(ming soʻm) ‎
Maʼmuriyat‎
Ishlab chiqarish xodimlari‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4 Daromad soligʻi, Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalar, ijtimoiy sugʻurtalar va kasaba uyushmasi badallari qoʻshilgan holda toʻliq hisoblab yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Soliqlarning nomi Soliq stavkasi Hisoblash bazasi Davriyligi
Umumdavlat soliqlari
Mahalliy soliqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi5
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Nomi Oʻlchov birligi‎ Miqdori Narxi
‎(ming soʻm)
Summa‎si Tannarxdagi ulushi

Materiallar, shu jumladan:

Import materiallar
Mahalliy materiallar

Butlovchi buyumlar, shu jumladan:

Import butlovchi buyumlar
Mahalliy butlovchi buyumlar
Boshqa chiqimlar
Ishlab chiqarish tannarxi
Mahsulot birligi hisobiga jami
Mahsulot birligini sotish narxi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari6
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎‏‎ Loyihaning qiymati, shu jumladan Oʻlchov birligi‎ Qiymati Moliyalashtirish manbalari
oʻz mablagʻlari‎ budjet mablagʻlari‎ qarz mablagʻlari‎
1.‎ Qatʼiy belgilangan aktivlar‎
1.1.‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qurilish-montaj ishlari (mavjud boʻlganda)‎
1.2.‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan bino va inshootlar‎
1.3.‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, shu jumladan:‎
1.3.1.‎ mavjud boʻlgani‎
1.3.2.‎ sotib olinadigani‎
2.‎ Aylanma kapital‎
3.‎ Moliyaviy chiqimlar‎
4.‎ Boshqa chiqimlar‎
Jami‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 Qarz mablagʻlari jalb etilgan taqdirda banklarning moliyalashtirish shartlarini (kredit muddati va uni qaytarish jadvali, asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar uchun imtiyozli davr, kredit boʻyicha foiz stavkasi, moliyalashtirishni boshlash uchun bankning vositachilik haqi, sugʻurta va garovni notarial rasmiylashtirish xarajatlari, bojxona xarajatlari va boshqalar) taqdim etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Loyiha va investitsiyalarni (kapital xarajatlarni) amalga oshirishning kalendar jadvali7
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎‏ Loyihani amalga oshirish bosqichlari oylar boʻyicha (yil)
01‎ 02‎ 03‎ 04‎ 05‎ 06‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7 Ishlab chiqarish ilgaridan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, uning ishga tushirilgan yili koʻrsatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Loyihaning marketing strategiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotni sotish boʻyicha aniq marketing strategiyasini (sotish yoʻllari, savdo markazi, brend mavjudligini, mahsulotning potensial isteʼmolchilari bilan oldindan ahdlashuvlarning mavjudligini, raqobatchilarni va ularning bozordagi ulushini8, shunga oʻxshash buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan raqobatli ustunliklar mavjudligini, ichki va tashqi bozorlar ehtiyoji hajmini tavsiflash. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8 Pasport toʻldirilgan sanaga raqobatchilarning tijorat takliflari nusxalari ilova qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Xom ashyo va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Xom ashyo va butlovchi buyumlar nomi, TIF TN kodi, 10 belgi darajasida‎ DS, TSh va shu kabilarga muvofiq texnik parametrlar‎ Xom ashyo va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar‎ Etkazib berish hajmi‎ Etkazib berish muddatlari‎ Kontraktatsiyaning mavjudligi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Isteʼmolchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Xaridorning nomi‎ Shartnomaning tartib raqami va tuzilgan sanasi‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulotning nomi ‎ Mahalliylashtirilayotgan mahsulotning nomi ‎ Miqdori‎ Summa
‎(mln. soʻm) ‎
Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining ijro etuvchi organida roʻyxatdan oʻtkazishning tartib raqami va sanasi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbar

M.Oʻ.‎

___________‎

________________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

Bosh buxgalter

M.Oʻ.‎

___________‎

________________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 163-modda, 52-son, 572-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda)