Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023 31.03.2009 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.03.2009 yildagi 90-son
Date of entry into force
31.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“QIShLOQ QURILISh BANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli ““Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilganligi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son qarorini bajarish yuzasidan va uning samarali faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank xizmati koʻrsatish sifatini oshirishga hamda uy-joy-kommunal va ijtimoiy sohalarda, qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi va yuridik shaxslarga kredit berishni kengaytirishga, qishloqda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurishga, shuningdek qishloq tadbirkorlariga keng koʻlamli bank va konsalting xizmatlari koʻrsatishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli bank siyosatini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, yigʻma, kompozitsion va mayda blokli konstruksiyalardan foydalangan holda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloqda obyektlar qurishning industrial va yigʻma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga, shu jumladan “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlari koʻrsatish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 602-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kredit berish va moliyalashtirishning maqbul mexanizmini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankda zamonaviy korporativ boshqaruvni shakllantirish va bank ijro etuvchi organining samarali faoliyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning maqbul darajada kapitallashuvini, likvidligini unga yuklangan vazifalarning bajarilishi va majburiyatlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun yetarli darajada saqlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
universal tijorat banki sifatida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks xizmatlar koʻrsatilishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarda faoliyat koʻrsatayotgan bank-moliya infratuzilmasini faollashtirish va kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kengashi va boshqaruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda bank ustavini ishlab chiqsin va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlasin, shuningdek bankni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarning zarur paketini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankka yuklangan vazifalarni samarali bajarish zarurligidan kelib chiqqan holda bank hamda uning filiallari tuzilmasini va shtatlar jadvalini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning markaziy apparati va uning filiallarini banklarning boʻlinmalarida hamda qishloqda ishlab chiqarish va infratuzilmaning namunaviy loyihalari boʻyicha uy-joy qurish bilan bogʻliq loyihalarga kredit berish sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti masʼuliyati cheklangan jamiyat bilan birgalikda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishga kredit berish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Gʻalla-bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyalari chiqarilishini “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga qayta roʻyxatdan oʻtkazishni va yangidan chiqariladigan aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazishni yigʻimlar undirmasdan amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2009-2010-yillar mobaynida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari uchun, oʻqitish haqini undirmagan holda, qishloqda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga kredit berish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston banklar uyushmasi, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishga imtiyozli kreditlar olish tartibi, kredit olish uchun hujjatlar tayyorlash boʻyicha qishloq joylarda doimiy asosda seminarlar va oʻquv kurslari oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga Milliy teleradiokompaniya, Matbuot va axborot agentligi, Markaziy bank va Oʻzbekiston banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika ommaviy-axborot vositalari tomonidan toʻlov undirilmasdan reklama materiallari eʼlon qilinishini nazarda tutadigan 2009-2010-yillarda bank faoliyati va uning tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar ommaviy-axborot vositalarida keng yoritilishi boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Respublika tijorat banklarining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki balansiga bepul beriladigan 2-ilovaga muvofiq filiallar roʻyxati toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 36-uyda joylashgan maʼmuriy binosining bir qismi tutash hudud bilan birgalikda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bepul berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 90-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika tijorat banklarining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki balansiga bepul beriladigan filiallari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Tijorat banklari filiallari nomi‎

Manzil‎

‎‎BUXORO VILOYATI

1.‎ “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Kogon filiali‎ 200700, Buxoro viloyati, Kogon shahri, Doʻstlik koʻchasi, 4-uy‎

‎‎SAMARQAND VILOYATI

2.‎ “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Kattaqoʻrgʻon filiali‎ 140800, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahri, Amir Temur koʻchasi, 6-uy‎

‎‎SURXONDARYo VILOYATI

3.‎ “Oʻzmilliybank”ning Sariosiyo filiali‎ 133606, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 18-uy‎
4.‎ “Oʻzmilliybank”ning Jarqoʻrgʻon filiali‎ 133300, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon shahri, A.Navoiy koʻchasi, 1-uy‎

‎‎SIRDARYo VILOYATI

5.‎ “Oʻzmilliybank”ning Yangiyer filiali‎ 108706, Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, Sh.Rashidov koʻchasi, 17-uy‎

‎‎TOShKENT VILOYATI

6.‎ “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Yangiyoʻl filiali‎ 112000, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri, Oxunboboyev koʻchasi, 28-uy‎
7.‎ “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Gʻazalkent filiali‎ 110700, Toshkent viloyati, Gʻazalkent shahri, Beruniy koʻchasi, 24-uy‎

‎‎FARGʻONA VILOYATI ‎

8.‎ “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Margʻilon filiali‎ 151100, Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri, Margʻiloniy koʻchasi, 173-uy‎

‎‎XORAZM VILOYATI

9.‎ “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Xiva filiali‎ 220900, Xorazm viloyati, Xiva shahri, Feruz koʻchasi, 87-uy‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 159-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)