Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2019 24.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1908
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 24.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1908
Date of entry into force
06.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2019
Hujjat 06.03.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

SEMENTGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda 1908-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 8-fevraldagi 13 va 2008-10-son bilan tasdiqlangan “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Adliya vazirligida 2008-yil 21-fevralda 1772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 48-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2009-yil 9-fevral,

20-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 9-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-9-son

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom oq sement va muqobil yoqilgʻi — koʻmirda ishlab chiqarilgan sementga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sementni realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda sementni realizatsiya qilishdagi tushum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob bahosi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning baholar darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha foyda — sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin soliq toʻlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻ — soliq solinadigan baza bilan qoʻshimcha foyda soligʻi oʻrtasidagi farq.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi va qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin soliq toʻlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻ, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Soliq toʻlovchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sement ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Soliq solish obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi qoʻshimcha foyda soligʻi, qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Soliq solinadigan baza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soliq solinadigan baza hisobot davrida qoʻshimcha foyda summasidan kelib chiqib, qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soligʻi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni chegirilib tashlangan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Soliq stavkasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻshimcha foyda soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Soliq davri. Hisobot davri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliq davri kalendar yil hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisobot davri oy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Qoʻshimcha foyda soligʻi hisobini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoʻshimcha foyda soligʻini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs shtampi
_____________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga ‎‎
Soliq toʻlovchi _____________________________________________________

(korxona, tashkilotning nomi)‎‎

STIR‎‎‎
Telefon ___________________________‎‎
Toʻlovchi manzili ___________________________________________________
Hisob-kitob raqami _____________________________________________-son‎‎

‎(bank muassasasi nomi, kodi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎Sementga qoʻshimcha foyda soligʻi

‎HISOB-KITOBI

Koʻrsatkichlar Satr kodi‎ Oʻlchov birligi‎ Summasi‎
Realizatsiya qilingan sement hajmi‎ 010‎ tonna‎
Sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi‎ 020‎ ming soʻm‎
1 tonna sementning hisob-kitob bahosi‎ 030‎ soʻm‎
Realizatsiya qilingan sementning barcha hajmi hisob-kitob bahosi
‎(010-satr x 030-satr)‎
040‎ ming soʻm‎
Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi
‎(020-satr- 040-satr) ‎
050‎ ming soʻm‎
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr x ___%)‎ 060‎ ming soʻm‎
Soliq solinadigan baza
‎(050-satr-060-satr)‎
070‎ ming soʻm‎
Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi‎ 080‎ %‎
Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi
‎(070-satr x 080-satr)‎
090‎ ming soʻm‎
Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi 100‎ ming soʻm‎
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr- 090-satr)* 110‎ ming soʻm‎

‎Rahbar‎

‎________________‎

‎‎
‎_________________

(imzosi)

‎‎(F.I.Sh.)

Bosh buxgalter‎

________________

‎‎_________________

(imzosi)

‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎200__ yil “___”___________________ M.Oʻ.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh: Korxona ixtiyorida qolgan summa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobida: balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan toʻlovchilarning 020-satri; balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan toʻlovchilarning 010-satri kamayadi.