OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
buyrugʻi
SANOAT NAMUNASIGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PATENTI BERILIShI UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda 1361-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 2-mh-sonli “Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3490, 11.01.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 21-apreldagi 22-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2004-yil 20-may, roʻyxat raqami 1361 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 20-son, 243-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori B. AMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar,
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 95-modda)