20.12.1996 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 20.12.1996 yildagi 37-son
Date of entry into force
20.12.1996
Hujjat 29.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlar faoliyatida bu haqdagi ishlarni koʻrishda jiddiy xato va kamchiliklar mavjudligini qayd etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyatning takroriyligi, bir guruh shaxslar tomonidan jinoiy til biriktirib sodir etilishi belgilari har doim ham toʻgʻri talqin qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyatning shu turini sodir etilishiga imkon tugʻdiruvchi sabab va sharoitlar har bir ish boʻyicha aniqlanmaydi va ularni bartaraf etish choralari koʻrilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

1. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq transport vositalarini olib qochish deganda, oʻzganing transport vositasini talon-toroj qilish maqsadisiz bir joydan boshqa joyga koʻchirish tushunilishi lozim.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu jinoyat aybdor shaxs tomonidan transport vositasini turgan joyidan boshqa joyga olib qochgan paytdan boshlab tamom boʻlgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Transport vositalari deganda yengil va yuk avtomashinalarning barcha turi, avtobuslar, maxsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining ish hajmi 50 sm3. dan kam boʻlmagan mototsikl va motorollerlar, yoʻl qurilishi, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan oʻziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar) tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Transport vositasini oʻgʻirlash maqsadisiz olib qochish faqat toʻgʻri qasd bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybdor transport vositasini olib qochganda talon-toroj maqsadini koʻzlagan boʻlsa, uning harakatlari qilmishning xususiyatidan kelib chiqib, JK 267-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki uchinchi qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarni, tegishlicha, JK 164, 166 yoki 169-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shaxs oʻziga berkitilgan transport vositasini oʻzboshimchalik bilan ishlatgan taqdirda Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan javobgar boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Uyushgan guruh deganida transport vositalarini olib qochish yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki yoki undan koʻp shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini taʼminlash, guruhda oʻrnatilgan intizomga va tashkilotchining koʻrsatmalariga boʻysunishlik jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblash fikrida va sud hukmida aynan qanday asoslarga koʻra jinoiy guruh uyushgan deb topilganligi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushgan guruh tarkibida transport vositasini olib qochgan shaxslarning harakatlari, ulardan har birining rolidan qatʼiy nazar, hamijrochi deb baholanishi va JK 267-moddasi uchinchi qismining “b” bandi bilan JK 28-moddasiga havola etilmagan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jazo choralarini belgilashda sudlarning eʼtibori bu masalaga individual yondashishga, sodir etilgan jinoyatning xarakteri va jamoat uchun xavfli darajasini, aybdorning shaxsini hamda javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarini hisobga olish haqidagi qonun talablariga ogʻishmay rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi transport vositalarini olib qochish va oʻgʻirlash uchun javobgarlikni belgilovchi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 20-dekabr,

37-son