Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2019 19.07.1996 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 19.07.1996 yildagi 18-son
Date of entry into force
19.07.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 24-sonli, 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolarning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarni fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga murojaat qilish imkoniyatini ancha kengaytirdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan g‘ayriqonuniy harakatlar ustidan qilingan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyotida kelib chiqayotgan muammolarni bartaraf qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga va “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 1, 3-moddalariga muvofiq, fuqarolar tekshirilishi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatlari doirasiga kiritilgan yoxud sudga shikoyat qilishning o‘zgacha tartibi belgilangan xatti-harakatlar (qarorlar)dan boshqa davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning har qanday xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkinligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilishning o‘zgacha tartibi deyilganda tegishli qonun bilan o‘rnatilgan maxsus tartibni tushunmoq lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud, sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishga vakolatli bo‘lgan organlar uchun Jinoyat-protsessual va Fuqarolik protsessual qonunda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunda sudga shikoyat qilishning o‘zgacha tartibi belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq harbiy xizmatchilar ularning huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakatlar va qarorlari ustidan harbiy sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda mazmuniga ko‘ra, harbiy xizmatchi bo‘lmasada, harbiy boshqaruv organlarida egallab turgan lavozimi bo‘yicha harbiy xizmatchilarning huquqlari va erkinliklariga taalluqli masalalarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarning harakatlari va qarorlari ustidan ham harbiy sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan davlat organlariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hududlarda o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni mustaqil hal etishni ta’minlash uchun tuziladigan har qanday organlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuqorida ko‘rsatilgan qonunga muvofiq, davlat organlarida, o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulkchilikning shaklidan qat’i nazar korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, kooperativlarda, jamoat tashkilotlari hamda birlashmalarida tashkiliy boshqaruv va ma’muriy-xo‘jalik majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq lavozimlarni doimiy yoki vaqtincha egallab turgan yoxud shunday majburiyatlarni maxsus vakolat bo‘yicha bajarayotgan har qanday shaxsning harakati ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning quyidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning huquqlari va erkinliklari buzilishiga sababchi bo‘lgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning o‘z huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishga monelik tug‘dirgan ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sababchi bo‘lgan kollegial yoki yakka tartibdagi xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni hisobga olgan holda, ham yakka tartibdagi ham umumiy xususiyatga ega bo‘lgan har qanday qarorlar ustidan yuqorida ko‘rsatilgan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, tegishli organlarning pasportdagi millat haqidagi yozuvni tuzatish, chet elga chiqishga ruxsat berishni rad etganligi, davlat organlarining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’muriy hudud tashqarisiga tovarlar va mahsulotlarni olib chiqishni cheklash to‘g‘risidagi, qo‘shimcha boj va yig‘imlar belgilash to‘g‘risidagi qarorlari, ma’muriy jazoga tortish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxsning jarima solish va boshqa ma’muriy jazolarga tortish haqidagi qarori va hokazolar sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, uy-joy qurilish kooperativlari, kasaba uyushmasi tashkilotlari va shu kabilarning umumiy majlislari hamda ularning boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari ham sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” talablaridan kelib chiqib, hal qilish lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Fuqaro o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan huquqlari va erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, hamda qonunlarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, shikoyat bilan o‘z xohishiga ko‘ra bevosita sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin. Fuqaroning o‘z buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash haqida dastlab yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga murojaat qilmaganligi, shikoyatni sud tomonidan qabul qilmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat o‘z huquq va erkinliklarini buzilgan deb hisoblagan fuqaroning o‘zi yoki uning vakili tomonidan ham, shuningdek, fuqaroning iltimosiga ko‘ra, jamoat tashkiloti, mehnat jamoasining vakolat berilgan vakili tomonidan ham berilishi mumkin. FPKning 46-moddasiga muvofiq fuqarolarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish talab qilinganda prokuror ham tegishli ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning fuqaro nomidan shikoyat berishga bo‘lgan vakolati FPKning 54-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Jamoat tashkiloti, mehnat jamoasi vakilining vakolati, bundan tashqari, jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoasi umumiy majlisining yoxud saylab qo‘yiladigan organning qaroridan ko‘chirma bilan ham tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fuqaroning ilgari tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat qilganligi va tobelik tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxs tomonidan shikoyat qisman yoki to‘liq rad qilinganligi yoki fuqaroning shikoyat berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida yuqori turuvchi organdan yoki mansabdor shaxsdan javob olmaganligi, uni xuddi shunday shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi (O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi 2-qismi).
9. Chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shikoyat fuqaroning xohishiga ko‘ra u yashayotgan joydagi yoki organ, muassasa, korxona, tashkilot va ularning birlashmalari, shuningdek, jamoat tashkilotlari joylashgan erdagi yoxud xatti-harakatlari (qarorlar) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxsning ish joyidagi sudga beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqaro o‘zining huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysinuv tartibida yuqori organga, mansabdor shaxsga O‘zbekiston Respublikasi FPKning 269-270-moddalarida belgilangan tartib va muddatda shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlar) ustidan beriladigan shikoyatlar FPKning 149, 150-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarorida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. Beriladigan arizaning shakli va mazmuni bo‘yicha FPKning 148, 149-moddalarida qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda, shikoyatda, jumladan, qanday xatti-harakatlar shikoyat qilinayotganligi, bu xatti-harakatlar (qarorlar) oqibatida fuqaroning qanday muayyan huquq va erkinliklari buzilganligi, xuddi shunday shikoyat tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va berilgan bo‘lsa, qanday javob olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beriladigan arizaning formasi va mazmuni bo‘yicha FPKning 149-moddasida qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda, shikoyatda, jumladan, qanday xatti-harakatlar shikoyat qilinayotganligi, bu xatti-harakatlar (qarorlar) oqibatida fuqaroning qanday muayyan huquq va erkinliklari buzilganligi, xuddi shunday shikoyat tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va berilgan bo‘lsa, qanday javob olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPKning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya shikoyatni harakatsiz qoldirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni ko‘rishga qabul qilgan sud fuqaroning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan shikoyat qilinayotgan xatti-harakat (qaror)ning ijrosini shikoyat hal qilingunga qadar to‘xtatib qo‘yishga haqlidir.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qilganda, aybdor tarafdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarorining 1-moddasi “b”-bandida ko‘rsatilgan miqdorda davlat bojini undiradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan so‘zlar bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shikoyat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining umumiy qoidalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunida va FPKning 27-bobida belgilangan istisno va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda, sud tomonidan u berilgan paytdan boshlab o‘n kunlik muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasi qayta tashkil etilgani yoki tugatilgani aniqlangan holda, sud ishga fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash masalasini hal etish vakolatiga ega bo‘lgan ularning huquqiy vorislarini jalb etish choralarini ko‘rishi kerak.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni ko‘rish paytida harakati ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxs ilgarigi lavozimida ishlamayotgan bo‘lsa, sud fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega bo‘lgan tegishli organ (tashkilot)ni ishga jalb etish to‘g‘risidagi masalani hal etadi. Shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda sud shu organ (tashkilot) rahbariga fuqaroning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash majburiyatini yuklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shikoyat vajlari asosli ekanligi aniqlangan taqdirda, sud shikoyat qilingan xatti-harakat (qaror)ni qonunga xilof deb topadi va tegishli organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari yoki mansabdor shaxsga fuqaroning talabini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi, unga nisbatan qo‘llanilgan javobgarlik chorasini bekor qiladi yoxud uning buzilgan huquqini o‘zgacha yo‘l bilan tiklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni qanoatlantirish haqidagi qarorda shikoyat qilingan harakat (qaror) natijasida buzilgan huquq normalari va yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muayyan harakatlar ko‘rsatilishi zarur. Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) surunkali kasallikning og‘ir formasiga uchragan fuqaroga qo‘shimcha yashash maydoniga bo‘lgan huquqini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan bunday kasalligi borligi to‘g‘risida xulosa berish rad etilgan taqdirda, sud bu harakatni qonunga xilof deb topadi va meditsina muassasasining tegishli mansabdor shaxsi zimmasiga fuqaroga zarur bo‘lgan hujjatni berish majburiyatini yuklaydi;
(15-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avtotransport vositasini ro‘yxatga olish asossiz rad etilgan taqdirda sud davlat avtomobil nazoratining mansabdor shaxsi zimmasiga avtotransport vositasini shikoyat bilan murojaat qilgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pasportdagi millat haqidagi yozuvni tuzatish asossiz rad etilgan taqdirda sud tegishli mansabdor shaxs zimmasiga talab qilinayotgan tuzatishni kiritish majburiyatini yuklaydi;
(15-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqaroga asossiz ravishda jarima solingan yoki u boshqa jazoga tortilgan taqdirda sud bunday harakatlarni qonunga xilof deb topadi va tegishli mansabdor shaxs zimmasiga yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) fuqaro qurgan yoki sotib olgan uyni uning nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish asossiz rad etilgan taqdirda sud tegishli organning mansabdor shaxsi zimmasiga uyni shikoyat bilan murojaat qilgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi.
(15-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudning hal qiluv qarori xatti-harakatlari (qarorlar) ustidan shikoyat berilgan organ, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, fuqaroga u qonuniy kuchga kirganidan keyin kechi bilan o‘n kun ichida yuborilishi lozim. Qaror bajarilganligi haqida sudga va fuqaroga sud qarori olingan kundan boshlab kechi bilan bir oy ichida xabar berilishi, ushbu tartibga rioya etilishi ustidan sud nazorat olib borishi kerak. Qaror ijro qilinmagan taqdirda, sud qonunda belgilangan choralarni ko‘rishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishlarni ko‘rish chog‘ida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslar faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlansa, bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun xususiy ajrimlar chiqarib, joylarga yuborish, mansabdor shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, bu haqda prokurorga xabar yuborishi shart ekanligiga sudlarning alohida e’tibori qaratilsin (FPKning 19-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan SSSR Oliy sudi Plenumining 1990-yil 27-iyuldagi “Davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolarni huquqini buzuvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan qilingan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish haqida”gi 7-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 19-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son