Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2018 30.08.1995 yildagi 108-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni , 30.08.1995 yildagi 108-I-son
Date of entry into force
12.09.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUQAROLARNING HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI BUZADIGAN XATTI-HARAKATLAR VA QARORLAR USTIDAN SUDGA ShIKOYaT QILISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan oʻz huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, chet ellik fuqarolar ushbu Qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Qonunga muvofiq sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Sudga shikoyat berilishiga loyiq xatti-harakatlar (qarorlar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial yoki yakka tartibdagi xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning oʻz huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarishiga monelik tugʻdirgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sabab boʻlgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Ushbu Qonunning taʼsir doirasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunga muvofiq sudlar fuqarolarning huquqlari yoki erkinliklarini buzadigan har qanday xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadilar, bundan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilishi qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatlari doirasiga kiritilgan xatti-harakatlar (qarorlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida ustidan sudga shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi belgilangan xatti-harakatlar (qarorlar) mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Shikoyat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro oʻz huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tobelik tartibida yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxs shikoyatni bir oylik muddatda koʻrib chiqishlari shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan boʻlsa yoki u shikoyat bergan kundan boshlab bir oy mobaynida javob olmagan boʻlsa, sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni huquqlari, erkinliklari buzilgan fuqaro yoki uning vakili, shuningdek fuqaroning iltimosiga koʻra jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakolat berilgan vakili berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab yo u yashaydigan joydagi sudga yoki organ joylashgan yerdagi, yoxud xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxsning ish joyidagi sudga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatchi oʻzining huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat bilan harbiy sudga, shuningdek yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga ushbu moddada koʻzda tutilgan tartibda murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Shikoyat yuzasidan sud harakatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud shikoyatni koʻrib chiqishga qabul qilgach:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli organlar va mansabdor shaxslardan zarur materiallarni talab qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan shikoyat qilinishiga sabab boʻlgan xatti-harakat (qaror)ning ijrosini toʻxtatib turish masalasini hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Sudga shikoyat bilan murojaat qilish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro oʻz huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan kundan boshlab uch oy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxsning shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini olgan kundan boshlab bir oy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar fuqaro oʻz shikoyatiga yozma javob olmagan boʻlsa, shikoyat berganidan keyin bir oy muddat oʻtgan kundan boshlab bir oy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat berishning uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyati sud tomonidan fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish qoidalari asosida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Shikoyat yuzasidan sud qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud shikoyatning asosliligini aniqlagach, ustidan shikoyat berilgan xatti-harakatni (qarorni) qonunsiz deb topadi, fuqaroning talablarini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi yoki uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini oʻzgacha yoʻl bilan tiklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ustidan shikoyat berilgan xatti-harakatni (qarorni) sud fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzmaydigan qonuniy xatti-harakat (qaror) deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori sudga shikoyat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Sud qarorini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiy va uni bajarish shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qarori xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilgan organ yoki mansabdor shaxsga, shuningdek fuqaroga qaror qonuniy kuchga kirgach kechi bilan oʻn kun ichida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror bajarilganligi haqida sudga va fuqaroga sud qarori olingan kundan boshlab kechi bilan bir oy ichida xabar qilinishi shart. Qaror bajarilmagan taqdirda sud qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan chora-tadbirlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish bilan bogʻliq sud xarajatlarini yuklatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni koʻrib chiqish bilan bogʻliq boʻlgan sud xarajatlari, sud shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqida qaror chiqargan taqdirda fuqaro zimmasiga yoki sud organ yoxud mansabdor shaxsning xatti-harakatlari (qarorlari)ni qonuniy emas deb topgan taqdirda ular zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 183-modda)