Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.02.2009 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.2009 yildagi 37-son
Date of entry into force
11.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-2010 YILLARDA NAVOIY VILOYATINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yanada takomillashtirish, mavjud tabiiy resurslardan va iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish, zamonaviy bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish, aholining bandligini, turmush darajasini barqaror va izchil oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin, Dastur quyidagi asosiy yoʻnalishlarni va maqsadli parametrlarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud tabiiy resurslarni kompleks va samarali oʻzlashtirish, har bir tumanning iqtisodiy salohiyatidan toʻliq foydalanish, shuningdek xorijiy investitsiyalar hajmlarini koʻpaytirish hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulotning 2009-yilda 7,7 foizga, 2010-yilda 8 foizga oʻsishini taʼminlaydigan mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror yuqori surʼatlarda oʻstirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlashni davom ettirish, birinchi navbatda, aholining bandlik darajasi past va dotatsiyada boʻlgan tumanlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulot hajmida sanoat korxonalari ulushini 2,2 baravarga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa qishloq joylarda jadal rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kichik biznesning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 29,8 foizgacha yetkazish hamda shu asosda doimiy ish oʻrinlari va barqaror daromad manbalari yaratish hisobiga aholi bandligi muammolarini hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatish va servis sohasida, ayniqsa qishloq joylarda tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,uning yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini 30,9 foizgacha yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, ichimlik suv va tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Dasturning maqsadli parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida 2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning maqsadli parametrlariga erishish yuzasidan monitoring natijalarini koʻrib chiqish va shu maqsadda vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek Navoiy viloyati hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining, shuningdek Navoiy viloyati hokimligining paydo boʻladigan muammolarni hal etish uchun chora-tadbirlar koʻrgan holda hisobotlarini eshitib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va loyihalarni, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hisobiga amalga oshirish uchun moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud resurslardan va moliyaviy manbalardan, shu jumladan xalqaro grantlar va kreditlardan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda Dasturning maqsadli parametrlariga tuzatishlar kiritish va ularni aniqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati hokimiga, shaharlar va tumanlar hokimlariga — tasdiqlangan Dasturning prognoz parametrlari toʻliq va sifatli bajarilishi yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga — tegishli tadbirlarning va Dasturga kiritilgan tarmoq loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Navoiy viloyati hokimi (E. Turdimov) har bir tuman va shahar boʻyicha Dasturning bajarilishini har chorakda tanqidiy koʻrib chiqsin, maqsadli dasturlarga erishish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrsin, bunda yangi ish oʻrinlari tashkil etishga va ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin, hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning erishilgan darajasi tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlasin, mintaqa iqtisodiyotidagi eng dolzarb va muhim muammolarni hal etish boʻyicha aniq takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring natijalari boʻyicha har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan materiallar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga faol jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda unga Dasturda nazarda tutilgan eng muhim investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 11-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 37-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotda tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga, respublikaning barcha tarmoqlari va hududlarini mutanosib rivojlantirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan izchil va qatʼiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Rivojlantirishning ishlab chiqilgan maqsadli dasturlari hududlar bilan puxta bogʻlangan holda amalga oshirilmoqda, yirik mintaqaviy investitsiya va ijtimoiy loyihalar aholining bandligini va turmush darajasini barqaror oʻstirishni taʼminlamoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyatida ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishildi. Amalga oshirilayotgan tarkibiy qayta oʻzgartirishlar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish doirasida viloyat tumanlari, shaharlari va qishloq aholi punktlarini iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining eng nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga, bandlikni taʼminlashga, kichik biznesni rivojlantirishga, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishga, qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga, aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashni yaxshilashga, ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Strategik jihatdan muhim boʻlgan mineral-xomashyo resurslarini qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha quvvatlarni yaratishga, shuningdek shimoliy hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyotidan oqilona foydalanishga yirik investitsiyalar yoʻnaltirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moddiy-texnik va moliyaviy bazani, mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni rivojlantirish yuzasidan vakolatlari va masʼuliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilgan institutsional qayta oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, aholining tobora oʻsib borayotgan talabi va ehtiyojini hisobga olib, keyingi yillarda viloyatda bir qator hal qilinmagan muammolarning koʻpayib borayotganligi kuzatilmoqda. Viloyatda har bir hududni uning jugʻrofiy joylashishidan, iqlim sharoitlaridan, mehnat va moliyaviy resurslar mavjudligidan, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda kompleks rivojlantirish imkoniyatlari har doim ham hisobga olinmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat koʻlamida mahalliy korxonalarda, ayniqsa yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish sohasida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish ishlarining samaradorligi mutlaqo yetarli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy korxonalarda yuqori likvidli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan sanoat ishlab chiqarishlarini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishning puxta tizimi mavjud emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatda aholi bandligini taʼminlash, kichik biznesni rivojlantirish, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini kengaytirish masalalariga yetarli eʼtibor qaratilmayapti. Bu ayniqsa qishloqda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, chunonchi, tibbiy va maishiy xizmatni koʻrsatishni, aholining ichimlik suv va tabiiy gaz taʼminotini yaxshilashga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatni kompleks va mutanosib rivojlantirish davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlarining barcha darajalarida kadrlar malakasini hamda boshqaruv xodimlarining kasb mahoratini jiddiy oshirishni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ishlab chiqish metodologiyasi quyidagi omillardan foydalanishga asoslangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatni ikki yil mobaynida kompleks rivojlantirish uchun — oʻrta muddatli istiqbolda viloyatni kompleks rivojlantirish uchun omillar, sharoitlar va zaminlarni tahlil qilish, ularning taʼsirini baholash, mavjud tamoyillar va muammolarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishning zamonaviy metodlarini qoʻllagan holda ishlab chiqilgan maqsadli koʻrsatkichlar tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli koʻrsatkichlarni rivojlantirishning amaldagi va ishlab chiqilayotgan eng muhim maqsadli dasturlari bilan bogʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirishning aniq manbalarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadli moʻljallarga erishish boʻyicha aniq tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hududiy rivojlantirish strategiyasining maqsadli moʻljallari va asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy rivojlantirishning maqsadli moʻljallari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan, shuningdek rivojlantirishning maqsadli dasturlaridan kelib chiqqan holda belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturda yalpi mintaqaviy mahsulotni 2009-yilda 7,7 foizga, 2010-yilda 8,0 foizga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini barqaror koʻpaytirish hisobiga oʻstirish nazarda tutilmoqda (1, 2, 3-jadvallar*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1, 2, 3-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat ishlab chiqarishini hududiy jihatdan tashkil etishni quyidagilar asosida tubdan takomillashtirish nazarda tutilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatning strategik jihatdan muhim tarmoqlarini — neft-gaz kompleksini va noruda materiallar sanoatini yangi konlarni oʻzlashtirish va mineral-xomashyo bazasi zaxiralarini koʻpaytirish, mineral-xomashyo resurslarini qazib olish va qayta ishlashning zamonaviy, energiyani tejaydigan, yuqori samarali texnologiyalarini joriy etish hisobiga barqaror rivojlantirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlarning raqobatbardoshli afzalliklari negizida eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallari sanoatida sifat jihatidan jahon standartlariga javob beradigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy qishloq xoʻjaligi xomashyosidan foydalanish negizida, birinchi navbatda, toʻqimachilik sanoatida qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, mamlakatimiz korxonalarida paxta tolasini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqada mahalliy xomashyoni qayta ishlash va raqobatbardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha kichik korxonalar va mikrofirmalarni, yirik korxonalar filiallarini keng rivojlantirish va joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat korxonalarini rivojlantirish viloyatning barcha shahar va tumanlarida ustuvor yoʻnalish boʻladi. 2009-2010-yillar mobaynida sanoat mahsulotlarining oʻrtacha yiliga 5,4 foiz oʻsishi kutilmoqda, bu uning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 48 foizgacha yetkazishni taʼminlaydi. Shuningdek umumiy hudud sanoat mahsuloti hajmida mahalliy tasarrufdagi korxonalar ulushi 2,2 barobarga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlarni oqilona muvofiqlashtirish hamda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida sanoat korxonalarini joylashtirish bilan bogʻliq tarkibiy siljishlarga erishiladi (4-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki yil mobaynida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi sanoat korxonalari va qoʻshimcha sexlarni ishga tushirish, shuningdek mavjud korxonalarni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha kamida 150 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 35 — 40 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, energetika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat kabi tarmoqlarda modernizatsiyalash va texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda boʻsh turgan obyektlarda kichik biznesning istiqbolli loyihalarini samarali joylashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Dastur doirasida Konimex, Nurota, Uchquduq, Tomdi tumanlarida va Zarafshon shahrida mineral-xomashyo resurslarini kompleks oʻzlashtirishni hamda shu asosda yirik va kichik qayta ishlab chiqarish korxonalarini, shu jumladan polimetallar, sement xomashyosi, noruda materiallarning har xil turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni rivojlantirish nazarda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatni rivojlantirish koʻp jihatdan xoʻjalik yuritishning innovatsiya shakllarini izchil joriy etish, yangi texnologiyalarni jadal oʻzlashtirish va yuqori darajada qoʻshimcha qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan. Jumladan, yengil sanoatda ipak va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va kengaytirish, shuningdek toʻqimachilik sanoati uchun ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tikuv tarmogʻini rivojlantirish hisobiga qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻsishiga koʻmaklashadigan ilgʻor texnologiyalarni joriy etish moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu yoʻnalishda kichik biznes subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish hisobiga ustuvorlik Navoiy shahriga, Nurota va Navbahor tumanlariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastur isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishning butun sektorini, shu jumladan yaratilgan ragʻbatlardan samarali foydalanish vositasida jadal rivojlantirishni nazarda tutadi. Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishning oʻrtacha 5,2 foizga oʻsishini taʼminlash imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va joylashtirish. Qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishi quyidagi maqsadli yoʻnalishlar hamda tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, shuningdek iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bilan bogʻliq qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga taʼminlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar sektorning ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, barcha tumanlarda amaldagi ekinlar tarkibini takomillashtirish (5, 5a, 5b-jadvallar*);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5, 5a, 5b-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi texnikasini yangilash, bunda lizing xizmatlaridan keng foydalanish (6, 6a-jadvallar*);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 6, 6a-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini Sugʻorish tizimlarini rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq amalga oshirish (7-jadval*);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 7-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavotchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun real asos yaratish maqsadida tarkibiy siljishlarni oziq-ovqat kompleksi yoʻnalishida ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash hajmini asosan Navbahor, Konimex, Tomdi, Xatirchi tumanlarida koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari, mevalar va uzum yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlari, uzumni qayta ishlaydigan zamonaviy mini-texnologiyalar bilan jihozlangan agrosanoat firmalari faoliyatini takomillashtirish va ragʻbatlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-2010-yillarda uzumzorlar maydonini 2007-yildagiga nisbatan 200 gektarga koʻpaytirish va 2010-yilga borib ularni 6,7 ming gektarga yetkazish. Karmana, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Nurota tumanlarida meva va uzum yetishtirish ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy dehqon xoʻjaliklarida qoramollar bosh sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish, shuningdek tegishli infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar qoramollar bosh sonini 2010-yilda 110,4 foizga koʻpaytirishga va qoramollarning umumiy sonini 315,8 ming boshga, qoʻy va echkilar bosh sonini 107,4 foizga koʻpaytirish va ularning umumiy soni esa 1825,2 ming boshga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmining koʻpayishi nasldor chorvachilikni rivojlantirishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini qoʻllash, chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylovlarga suv chiqarish va chorva mollari zotini yaxshilash ishlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy infratuzilma obyektlari. Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar mablagʻlari tasdiqlangan davlat dasturlarining investitsiya loyihalari bilan oʻzaro bogʻliqlikda ustuvor ravishda ijtimoiy sektorga yoʻnaltiriladi (8-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 8-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish infratuzilmasi. Tumanlar va shaharlarni rivojlantirish butun hududni oʻzaro bogʻlovchi, mintaqalarga va ular aholisiga mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish imkonini beradigan infratuzilma bilan taʼminlanganlik asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiyot va aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yagona transport tarmogʻini, aloqa va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan maqsadli dasturlar bunga koʻp jihatdan koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish infratuzilmasini faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va yangidan tashkil etilayotgan korxonalarning transport kommunikatsiyalariga (avtomobil va temir yoʻl liniyalari), elektr energiyasiga (elektr uzatish liniyalari, kichik stansiyalar va boshqalar), gaz va texnik suv taʼminotiga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi konlarni oʻzlashtirish va sanoat korxonalari qurish boʻyicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan oʻzaro bogʻliqlikda rivojlantirish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu yoʻnalishda Zarafshon shahri, Xatirchi, Nurota, Uchquduq, Tomdi, Karmana tumanlarida ishlar olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilishga 2009-yilda 18,1 mlrd soʻm, 2010-yilda 28,8 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilishi koʻzda tutilmoqda, bu viloyatning tranzit salohiyati mustahkamlanishi va rivojlanishini taʼminlaydi (9-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 9-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, faoliyat koʻrsatayotgan, modernizatsiya qilinayotgan va yangidan tashkil etilayotgan sanoat korxonalarining avtomobil va temir yoʻllarga ulanishini taʼminlashga doir bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan, bu avtomobil va temir yoʻl orqali yuk tashishni yengillashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, Karmana tumanida “Erkin iqtisodiy zona” va xalqaro logistika markazi tashkil etilishi munosabati bilan viloyatda yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etish, shuningdek mamlakat ishlab chiqaruvchilarining dunyoning boshqa mamlakatlari va mintaqalari bilan bogʻlaydigan asosiy havo, temir yoʻl va avtomobil transportlari magistrallari joylashgan hududiy ishlab chiqaruvchilari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish va transport chiqimlarini qisqartirish nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarorlarining amalga oshirilishi hududda, ayniqsa qishloq tumanlarida ishlab chiqarish korxonalari va aholining ushbu xizmat turlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish. 2006 — 2010-yillarga moʻljallangan dasturning tasdiqlangan parametrlari xizmatlar koʻrsatish sohasi va ijtimoiy infratuzilmaning tegishli maqsadli yoʻnalishlari uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatda xizmatlar koʻrsatish va servis sohasida, ayniqsa qishloq joylarda tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, uning yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushini yiliga 2,4 foizdan oshirib borish nazarda tutilmoqda. Natijada xizmat sohasida band aholining ulushi qariyb 1,5 baravar oshishi moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishga yangi obyektlarni ishga tushirish, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va hajmini kengaytirish hisobiga erishiladi (10, 10a-jadvallar*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 10, 10a-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karmana, Qiziltepa, Xatirchi va Uchquduq tumanlarida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yanada yuqori surʼatlariga erishish kutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tumanlarda, ayniqsa qishloq joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash natijasida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 29,8 foizgacha yetkazish moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun ichki investitsiyalar bilan birga 12,5 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya mablagʻlari jalb qilish moʻljallangan. Ushbu loyihani amalga oshirish 101,3 ming kishini toza ichimlik suv bilan taʼminlash, suv quvurlarini yangilash, suv oʻlchash priborlarini oʻrnatish imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90 ta qishloq aholi punktiga 470 kilometr uzunlikdagi suv quvurlari oʻtkazish koʻzda tutilmoqda. 2011-yilga borib aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlash darajasi 78,4 foizga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, aholini tabiiy gaz bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida yaqin ikki yilda har xil diametrli 29,3 km gaz quvurlari taʼmirlanadi, 20 km rekonstruksiya qilinadi va 28 km yangidan oʻtkaziladi. Natijada 2010-yil yakuniga borib yana 10 ming xonadonning gaz taʼminoti yaxshilanib, aholining tabiiy gaz bilan taʼminlanish darajasi 85,5 foizni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot eksportini kengaytirish. Eksport hajmining kimyo va qayta ishlash, toʻqimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga oʻsishi moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining ish bilan bandlik darajasi. Aholining ish bilan bandlik koʻrsatkichlari hududni kompleks va balansli rivojlantirishning pirovard maqsadli yoʻnalishlari hisoblanadi (11, 11a, 11b, 11v-jadvallar*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 11, 11a, 11b, 11v-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi bandligi muammolarini hal etish hududda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mavjud quvvatlarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish va har tomonlama ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash orqali kasanachilikni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yangi obyektlarni foydalanishga topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mintaqalarning moliyaviy barqarorligi. Dotatsiyada boʻlgan tumanlarning mahalliy budjetdagi dotatsiya ulushini kamaytirish hamda qolgan tuman va shaharlarning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash hududiy rivojlantirish strategiyasining muhim yoʻnalishidir. Hisob-kitoblarga koʻra, tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tavsiya etilayotgan yoʻnalishlari 2009-2010-yillarda dotatsiya oladigan tumanlar sonini 5 tadan 2 tagacha qisqartirish imkonini beradi (12-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 12-jadval rus tilidagi matnda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moliyalashtirish va resurslar bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy manbalar hisobiga moliyaviy resurslar nazarda tutilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, shuningdek mineral-xomashyo resurslarini kompleks qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalar tashkil qilishga jalb etish moʻljallanmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy ichki investitsiyalar (mamlakatimiz investorlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari), ularning shuningdek ishlab turgan korxonalarni modernizatsiyalash va texnika bilan qayta jihozlashga, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasining yangi obyektlarini tashkil etishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz olingan xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolatisiz jalb etiladigan kreditlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosan ijtimoiy sektorga va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan davlat budjetidan va budjetdan tashqari fondlardan investitsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 37-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

Shoismatov E.R. —‎‎ Bosh vazir oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi‎
Turdimov E.O. ‎ —‎‎ Navoiy viloyati hokimi, kengash raisining oʻrinbosari‎
Gʻaniyev E.M. ‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, kengash raisining oʻrinbosari‎
Sanaqulov Q.S. ‎ —‎‎ Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori‎
Xaitov A.A.‎ —‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini bajaruvchi‎
Shoabdurahmanov R.M. ‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
Tursunov Y.E.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Rofiyev Q.T. ‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Shayxov A.E.‎ —‎‎ Savdo-sanoat palatasi raisi‎
Xamrayev Sh.R. —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari‎
Maksumov N.E.‎ —‎‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Musayev D.O. ‎ —‎‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisi‎
Ismoilov J.Gʻ. —‎‎ Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
Xolmuxamedov Oʻ.O. ‎ —‎‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori‎
Akramov E.M.‎ —‎‎ “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasining raisi‎
Vagapov I.X. ‎ —‎‎ “Oʻztransgaz” kompaniyasining raisi
Teshaboyev B.M.‎ —‎‎ “Oʻzbekenergo” kompaniyasining raisi‎
Uzoqov U.Y.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri‎
Yusupov E.A.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Viloyatdagi barcha shahar va tumanlar hokimlari Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari hisoblanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 7-son, 70-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda)