Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2012 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1896
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining qarori, 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1896
Date of entry into force
15.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING 35 FOIZDAN ORTIQ AKSIYALARI, ULUShLARINI OLISh USTIDAN NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1896]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 2-martdagi 5-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2350, 05.04.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., № 2, 54-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan “Xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 29-dekabrdagi 17-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-son, 54-modda) muvofiq investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega boʻlgan 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnoma maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor — xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarini, ulushlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarini, ulushlarini olayotgan shaxslar guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35 foizdan ortiq aksiyalarni, ulushlarni olish — investorga xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining jami 35 foizdan ortigʻiga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish imkoniyatini beradigan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, ishonchli boshqarish va boshqa bitimlarni tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt — ustav fondi muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga, ulushlariga boʻlingan tijoratchi tashkilot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yoʻriqnomaning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) imtiyozli aksiyalarni olishga, agar xoʻjalik yurituvchi subyektning ustaviga koʻra ular ovoz berish huquqiga ega boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish paytida uning muassislariga, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarini tuzish hollari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻzlarining aksiyalarini, ulushlarini olayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining toʻrt ming barobari miqdoridan ortiq boʻlmagan hollarda investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortigʻini sotib olishga, agar bitimning ishtirokchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlgan yoki ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortigʻini olish ustidan nazorat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini olish Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlarining (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi davlat organi) oldindan roziligini olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investor tomonidan biror-bir xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalari, ulushlari olinayotganda, ilgari investor tomonidan ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektdan olingan aksiyalarning, ulushlarning jami hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi bilan biror-bir xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortigʻiga egalik qilayotgan investor tomonidan qoʻshimcha ravishda aksiyalarni, ulushlarni olish, olishning alohida fakti sifatida koʻriladi va oldindan rozilikni olish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsischi tomonidan qoʻshimcha ravishda xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻining olinishi monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondi koʻpaytirilayotganda aksiyador, ishtirokchi oʻzining ulushi miqdorini monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan rozilik berilgan miqdorgacha tiklash uchun aksiyalarni, ulushlarni qoʻshimcha roziliksiz olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻzining ustav fondini shakllantirish uchun boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olish monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatini boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qayta tashkil etishda aksiyalar paketini (ulushini) qayta taqsimlash monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatining shakli oʻzgartirilsa (ochiq aksiyadorlik jamiyatidan yopiqqa yoki aksincha), aksiyadorlar oʻrtasida aksiyalar paketini qayta taqsimlash monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondi oʻzgargan taqdirda, buning natijasida aksiyador, ishtirokchi mazkur Yoʻriqnoma maqsadlarida monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi talab qilinadigan aksiyalarga, ulushlarga ega boʻlishga kirishsa, aksiyador, ishtirokchi ushbu oʻzgartirishlar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida aksiyaga, ulushga egalik qilishga rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga murojaat etishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq bitimlarni roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarini olish bilan bogʻliq bitimni roʻyxatga olishda, shuningdek taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazishda xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini olish bilan bogʻliq bitimlarni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish zarurligi toʻgʻrisida investorni yozma ravishda xabardor qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq bitimlarni roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari, shuningdek taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar uch kunlik muddat ichida monopoliyaga qarshi davlat organini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga zid bitimning mavjudligi toʻgʻrisida xabardor qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq bitimlarni roʻyxatga oluvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari, shuningdek taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olishga roziligi toʻgʻrisidagi qarori taqdim qilinmaganda, agar mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq bunday rozilik talab qilinsa, qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq bitimni va taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishni rad etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari olinganligi faktini aniqlagan paytdan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda monopoliyaga qarshi davlat organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektning vakolatli shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini olgan investordan koʻrsatilgan aksiyalarning, ulushlarning olinishiga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etishini talab qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalariga, ulushlariga egalik qiladigan investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatilgan aksiyalarni, ulushlarni olinishiga roziligi toʻgʻrisidagi qarori taqdim etilmaganda, xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxslari uch kunlik muddat ichida monopoliyaga qarshi davlat organini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga zid bitimning mavjudligi toʻgʻrisida xabardor qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Depozitariylar oluvchining depo hisobi boʻyicha belgilangan tartibda tegishli kirim yozuvini kiritgan paytdan boshlab uch kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organini investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizdan ortigʻi olinganligi fakti toʻgʻrisida xabardor qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Depozitariylar monopoliyaga qarshi davlat organining rasmiy soʻroviga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining investor tomonidan ilgari sotib olingan miqdori toʻgʻrisidagi axborotni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) berilishi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligini olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini olish uchun bunday bitim tuzilganiga qadar monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini olishga rozilik berish masalasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan koʻriladi:
(13-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlari respublika tovar bozorlarida aylanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari, ulushlarini olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga u tomonidan kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini, ulushlarini olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya subyektlarining aksiyalarini, ulushlarini olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning aksiyalarini olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblangan investorlar turli viloyatlarda joylashgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investorlar tomonidan aksiyalarni, ulushlarni olishda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻriladi:
(13-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlari mahalliy tovar bozorlarida aylanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari, ulushlarini olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga ular tomonidan kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini, ulushlarini olishda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va investorning tovar bozorlaridagi ulushini, shuningdek ularning tabiiy monopoliya subyektlariga mansubligini aniqlash monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Investor xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini olayotganda monopoliyaga qarshi davlat organiga qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilingan iltimosnomani taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) investor va xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlarining nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) investor va xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balanslarining nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) investor va xoʻjalik yurituvchi subyektning ijroiya va saylab qoʻyiladigan organlari tarkibiga kiradigan shaxslar roʻyxatlari. Ijroiya organlariga kiradigan shaxslar qatorida bosh buxgalterlar yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar ham koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi bevosita koʻrilayotgan bitimga taalluqli boʻlgan boshqa axborotni unga egalik qilayotgan shaxslardan soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hujjatlarga eʼtiroz mavjud boʻlganida yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi ularni olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda aniq kamchilik va noaniqliklarni koʻrsatgan holda qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi hollarda investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻi olinishiga rozilik berishni rad etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) agar xoʻjalik yurituvchi subyekt tovar bozorida ustun mavqeni egallagan boʻlsa va iltimosnomani qanoatlantirish xoʻjalik yurituvchi subyektning, shaxslar guruhining ustun mavqeini kuchayishiga yoki raqobatni cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xoʻjalik yurituvchi subyekt ustun mavqeni egallagan muayyan tovar bozorida investor ham ustun mavqega ega boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) agar aksiyalarni, ulushlarni olinishi xoʻjalik yurituvchi subyekt va investorni birgalikda muayyan tovar bozorida ustun mavqega ega boʻlishiga olib kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) agar investor tomonidan taqdim etilgan qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborot notoʻgʻri yoki yolgʻon boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agar bitim qatnashchilari oʻz harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun boʻlishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli boʻlgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olinishiga rozilik berish masalasi monopoliyaga qarshi davlat organi rahbarining buyrugʻi bilan uning xodimlaridan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Maxsus komissiya koʻrib chiqish natijalari boʻyicha, iltimosnoma olingan paytdan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmay, xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortigʻini olinishiga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror maxsus komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan ikki nusxada imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror investorga ushbu qaror qabul qilinganidan soʻng uch kundan kechiktirmay joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma soʻrov boʻlgan hollarda manfaatdor tomonlarga qarorning nusxasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maxsus komissiya investor tomonidan aksiyalarni, ulushlarni olinishiga rozilik berish masalasini koʻrib chiqishni bozorni tahlil qilish va qoʻshimcha axborot olish zaruriyati munosabati bilan kechiktirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda maxsus komissiya majlisiga xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortigʻini olinishiga rozilik soʻrab monopoliyaga qarshi davlat organiga murojaat qilgan shaxslar (ularning vakillari ishonchnoma bilan), shuningdek boshqa manfaatdor shaxslar taklif qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Monopoliyaga qarshi davlat organining aksiyalarning, ulushlarning 35 foizdan ortigʻini olinishiga rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq bitimni va taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishni rad etishga, u (ular) roʻyxatga olingan taqdirda esa bitimni, taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatiga olishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini olish tartibini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Investor tomonidan bir xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻiga monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmasdan egalik qilish fakti aniqlanganda, qonun hujjatlariga muvofiq investorga nisbatan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ish monopoliyaga qarshi davlat organining maxsus komissiyasi tomonidan koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizidan ortigʻini olishning tartibi investor tomonidan buzilganligi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining vakili ekspert sifatida taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aksiyalarni, ulushlarni investorda saqlashni rad etish toʻgʻrisida, bunda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish va dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisidagi koʻrsatma beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aksiyalarni, ulushlarni saqlashga rozilik berish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organi xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortigʻini monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmasdan olgani uchun investorga “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasida belgilangan miqdorlarda jarima solishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima solish sud tomonidan, investor sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan qaror investorga, shuningdek manfaatdor tomonlarga (Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga, uning hududiy boshqarmalariga, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilariga, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilariga, taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarga, investor tomonidan aksiyalarning, ulushlarning 35 foizidan ortigʻiga egalik qilish fakti toʻgʻrisida maʼlum qilgan shaxslarga), u qabul qilinganidan soʻng besh kundan kechiktirmay joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatlarda ijro etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Investor monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi)ga rozi boʻlmagan taqdirda qaror (koʻrsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga qaror (koʻrsatma)ni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida yoxud qaror (koʻrsatma)ni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 29-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 62-modda; 2010-y., 26-27-son, 227-modda)