24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1890
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1890
Date of entry into force
03.02.2009
Hujjat 03.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BALANDLIKDA ISHLAGANDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1890]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2008-yil 17-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 17-dekabrdagi 75-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlarida (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) balandlikdagi qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish talablarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar yer, tom toʻsini yoki ishchi toʻshama yuzasidan 1,5 metr va undan balandlikda narvonlar, narvonchalar, supalar, maydonchalar, mashinalar va boshqa yordamchi uskunalarning ustida turib bajariladigan ishlarga, shuningdek, havo kemalari konstruksiyalari elementi hamda bino va inshootlarning ustida ularning balandligi chegarasidan 2 metrdan ortiq boʻlmagan masofadagi ishlarni bajarishga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar korxonalarda balandlikdagi texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, shuningdek, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajaruvchi shaxslar tomonidan qoʻllanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning rahbari va mehnatni muhofaza qilishga masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Qoidalar Qurilish meʼyorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va meʼyorlari, tarmoqlararo standartlar va maʼlum turdagi ishlarni bajarish boʻyicha mavjud boʻlgan boshqa qonun hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 273) muvofiq korxonalarda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joylarining ahvoli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisalarning oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 273) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki tegishli masʼul xodimlariga boʻysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Korxonalarda balandlikda ishlarni bajaruvchi mehnatni muhofaza qilish xizmatining xodimlari (bundan keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1997-y., 6-son, 21-modda) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2000-yil 23-iyun, roʻyxat raqami 937 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarga yoʻriqnoma berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Balandlikda ishlarni bajarishdagi xavfli va zararli omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Har bir korxonada ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlari hisobga olingan holda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Balandlikda ishlarni bajarishda quyidagi xavfli va zararli omillar taʼsir qilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konstruksiyasi nosoz boʻlgan narvon, narvoncha, havoza, supa hamda boshqa yordamchi uskuna va moslamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balandlikdan tushib ketuvchi buyumlar (asboblar, materiallar va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori darajadagi sirpanishning mavjudligi (yer, pol, trap, havoza, soʻri va boshqa qoʻshimcha uskunalarning yuzasini muzlashi, namlanishi va moylanishi natijasida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlanuvchi maxsus avtotransport vositalari, oʻzi yurar mexanizmlar, buyumlar va boshqa materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq havoda ishlaganda shamol tezligining oshishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosferada elektrik razryadlarining hosil boʻlishi (yashinlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish zonasining yetarli darajada yoritilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha jismoniy zoʻriqish va ruhiy charchash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar kamayishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish yuzasidan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Korxona xodimlari ishlarni bajarishning kasbiy usullariga, ishlarni xavfsiz yuritishga oʻqitilib, olingan bilimlari “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 272) muvofiq hujjatli rasmiylashtirilgan holda sinovdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “18 yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxati”ga (2001-yil 9-iyun, roʻyxat raqami 1040 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 11-son) muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki toʻliq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxati”ga (2000-yil 5-yanvar, roʻyxat raqami 865 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Balandlikdagi barcha ishlarni bajarishga belgilangan tartibda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtgan hamda tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan balandlikdagi ishlarni bajaruvchi xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyruqqa (2000-yil 23-iyun, roʻyxat raqami 937) muvofiq xodimlar, shu jumladan muhandis texnik xodimlar ishga kirishda dastlabki va keyinchalik yilda bir marta davriy tibbiy koʻriklaridan oʻtishi shart. Xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tibbiy koʻriklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxona maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda maʼmuriyat ushbu xodimni ishga qoʻyishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Xodimlarning himoya vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xodimlarning zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish ishlovchilarni himoya qilish boʻyicha tegishli standartlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ishchi va xizmatchilar belgilangan tartib boʻyicha korxona tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xodimlar balandlikda toʻsiq oʻrnatish imkoniyati boʻlmagan qisqa muddatli ishlarni bajarayotganlarida saqlash kamarlaridan foydalanishlari shart. Bunday ishlar bajarilayotgan joyda boshqa ishlar bilan band boʻlmagan va ishlayotgan xodimga shoshilinch yordam koʻrsatishga tayyor hamda oʻzida saqlash kamari va tirnoqlari bor (yogʻoch machtada ish bajarilayotgan holatda) ishchi turishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kamarlar tasmali (yelka va son tasmalari) yoki tasmasiz boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kamarlar uzunligi boʻyicha oʻzgaruvchan boʻlishi hamda tana bel qismining 640 mm. dan 1500 mm.gacha boʻlgan qismini oʻrab turishga moʻljallangan boʻlishi lozim. Shuningdek, kamar tasmasining kengligi 50 mm.dan, tasmasiz kamarlarning tana yelka qismidan oʻtadigan joyining eni 50 mm.dan, tana bel qismidagi eni esa 80 mm. dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kamar va uning amortizatori uchun ishlatiladigan materiallarning statik uzilish ogʻirligi 7000 N dan (700 kg.) kam boʻlmagan yuklanishga chidamli boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Kamar massasi 100 kg. yukning kamar tasmasining ikki maksimal uzunligiga teng boʻlgan, balandlikdan qulashida yuzaga keladigan va dinamik ogʻirlikka bardosh berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kamarning prujinali ilgagi qalin qoʻlqop kiyganda bir qoʻl bilan tez va mustahkam qotirish va yechishni taʼminlashi kerak. Bunda prujinali ilgakning qotirish va yechish ishlarining davom etish vaqti 3 soniyadan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Prujinali ilgak kutilmagan ochilish holatlarini istisno qiluvchi saqlash qurilmasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Prujinali ilgakni ochish uchun zarur boʻlgan harakat, 30 N dan (3 kg.) kam va 80 N dan (8 kg.) ortiq boʻlmasligi shart. Prujinali ilgak avtomat tarzda yopilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Har bir kamar oʻzining markirovkasiga ega boʻlishi kerak. Ishlovchi kamardan foydalanish jarayonida har 6 oydan keyin, navbatdagi foydalanishdan oldin har bir kamarni 2250 N ga (225 kg.) teng boʻlgan statik yukda sinab koʻrishi kerak va bu haqda navbatdagi sinovning sanasini koʻrsatib, markirovka qoʻyiladigan joyga belgilab qoʻyishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Saqlash kamarlarining bogʻlab qoʻyadigan tasmalari boʻlmasa, muhofaza arqonlarini qoʻllash zarur boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Balandlikda ishlarni bajarishda ishlovchilar sirpanishga qarshi ishlangan maxsus poyabzal hamda himoya kaskasi bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Balandlikda bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlar) boʻlgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Balandlikda bajariladigan ishlarning (texnologik jarayonlar) taxminiy roʻyxati 1-ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Balandlikda bajariladigan texnologik jarayonlar texnologik hujjatlar, qoʻllanilayotgan mashina va mexanizm hamda ishchilarni ish jarayonida mavjud boʻlgan xavfli va zararli omillarning taʼsiridan himoya qilishni taʼminlovchi talablarga rioya qilgan holda tashkil etilishi va olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Balandlikda bajariladigan ishlar har qanday turdagi ishlar uchun quyidagi maxsus toʻsiqlarga ega boʻlgan uskuna va moslamalar yordamida bajarilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dok, supa va havozalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchma vishka, platforma va osma kajavalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy mustahkamlangan narvon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narvon va narvonchalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻsiq oʻrnatish imkoni boʻlmaganda balandlikdagi ishlarda qoʻllaniladigan saqlash kamarlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Balandlikda ishlarni bajarishda turish uchun moʻljallangan toʻshamalarni bochkalar, yashiklarning ustiga va boshqa joylarga oʻrnatib ketaverish mumkin emas. Shuningdek, havoza, platforma va supalardan tal va bloklarni mustahkamlash uchun tayanch konstruksiyasi sifatida foydalanib boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Mustahkamlanmagan narvon bilan ishlarni bajarayotganda narvon ishchi tomonidan turgʻun holatda ushlab turilishi lozim. Narvonning yuqori qismini qoʻshimcha bogʻichsiz gorizontaliga 750S dan ortiq burchak ostida oʻrnatish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Quyidagi ishlarni bajarishda yuqori maydonchasida toʻsiq boʻlmagan narvon va narvonchalarda ishlash man etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanadigan mexanizmlar, ishlab turgan mashinalar, transportyor, galvanik vannalar va boshqalarning oldida va tepasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrik va pnevmatik asboblar, qurilish-montaj toʻpponchalaridan foydalanishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz-elektr chilangarlik ishlarini bajarishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlovchiga yiqitib yuborish holatlarini yuzaga keltiruvchi kuch taʼsirida (simlarni tarang tortishda va boshqa holatlarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Massasi 20 kg.dan ortiq yuklarni yuqoriga koʻtarish (tushirish) ishlari mexanizatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Massasi 20 kg. va undan kamroq yuklarni yuqoriga koʻtarish (tushirish) ishlari uzunligi koʻtarish (tushirish) balandligining uch baravaridan kam boʻlmagan arqon yordamida amalga oshiriladi. Arqondan foydalanishda yuk uning oʻrtasiga bogʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Buyumlarni narvonlarda qoʻl bilan koʻtarish va tushirish man etiladi. Massasi 10 kg.dan kam boʻlgan buyumlarni narvon orqali olib chiqish va tushirishda yelkaga taqiladigan xaltalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Zarurat boʻlganda ayni bir vaqtda detallarni ushlab turib ishlarni bajarishda ustki maydonchasi bor, uch tomonlama toʻsiqli (panjarali) narvon va narvonchalarni qoʻllash lozim. Narvon yoki narvonchaning yuqori pogʻonasida turib ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Osma kajavalarga kirish va chiqish faqat yerda amalga oshiriladi. Deraza oʻrni, balkon, tomlardan shu maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Momaqaldiroq, yaxmalak, tuman va ish fronti doirasida koʻrish qiyinlashganda, shuningdek, shamolning tezligi soatiga 15 m. va undan ortiq boʻlganda, ob-havo omillarining pasayishi tufayli qoʻshimcha cheklashlar mavjud boʻlmasa, balandlikdagi ishlarni ochiq maydonchalarda bajarish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shamolning tezligi soatiga 10 m. va undan ortiq boʻlganda tik tushgan panellarni koʻchirish va oʻrnatish boʻyicha ishlar toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shamolning tezligi soatiga 7 m.dan ortiq boʻlganda samolyot fyuzelyajini (korpusi) va balandlikda joylashgan qismlarini gʻiloflash va gʻilofini yechish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga boʻlgan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Balandlikdagi ishlarni bajarishda qoʻllaniladigan yordamchi uskunalar standart va texnik sharoitlarga muvofiq boʻlishi lozim boʻlib, ular quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havoza va roʻyxatga olingan supalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narvon va narvonchalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlanuvchi kuzatuv minorasi, maydoncha, osma kajava va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Doklarning platformalari (maydonlari) dagʻal, yiqilib ketish holatlari taʼsiriga nisbatan mustahkam boʻlishi, uning ustida ishlagan vaqtda joyini oʻzgartirishni istisno qiluvchi autrigerlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Doklarning har bir qavatida ishlash maydonchalari 1 m. balandlikdagi toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim boʻlib, bunda 1 m. balandlikdagi toʻsiqlarni oʻrnatish mumkin boʻlmagan joylar istisno qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Platformalarning ishlash maydonchalaridagi toʻshama va narvon zinalari yoqilgʻi-moy materiallari taʼsiriga chidamli, oson yuviladigan, olovga chidamli hamda sirgʻanib ketmaydigan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Platformalarni koʻtarish uchun moʻljallangan tros-bloklari tizimi oʻzini oʻzi toʻxtatib qoluvchi mexanizmlarga ega boʻlishlari kerak. Platformalarda muhofaza kamarlarini mustahkam ilib qoʻyiladigan joy koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Havoza va supalarning toʻshamalari qalinligi 40 mm.dan kam boʻlmagan taxtalardan qilinishi hamda taxtalarning oʻrtasi 5 mm.dan oshmaydigan oraliqli tekis yuzaga ega boʻlishi lozim. Bir-biriga birlashuvchi taxtalarning uchi tayanch joyda joylashgan boʻlishi va uni har tomonidan kamida 200 mm.dan yopib turishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Yer sathi yoki tom toʻsinidan 1,5 m. hamda undan balandda joylashgan toʻshama, havoza, maydoncha va supalarning balandligi 1,5 m.dan kam boʻlmagan tutqich, oraliq elementi va yonbosh toʻsiqlari boʻlgan, balandligi 1 m.dan kam boʻlmagan panjaralar bilan toʻsiladi. Toʻshamaning eni 1 m.dan kam boʻlmasligi, tutqich ustunlarining oraligʻi esa 2 m.dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Havozalarning toʻsiq va tutqichlari 700 N (70 kg.) statik yuklanishga bardosh berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Doklar va havozalar odamlarni va materiallarni koʻtarish hamda tushirish uchun mustahkam narvonga ega boʻlishi kerak. Doklar, platforma va havozalarning konstruksiyalariga massasi 20 kg.dan ortiq yuklarni koʻtarish uskunasini oʻrnatish man etiladi. Toʻshamadagi narvondan chiqish oʻrni 3 tarafdan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Doklar, havoza va supalarning narvonlari va toʻshamalari ish tamom boʻlgandan keyin vaqti-vaqti bilan axlat, moy hamda material qoldiqlaridan tozalab turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qish paytlarida toʻshama va narvonlar qordan, muzlamalardan tozalanishi hamda zarurat boʻlganda ularga qum sepilishi kerak. Ularda uchi qayirilgan mixlar, bosh qismi chiqib qolgan boltlar va boshqa chiqib turgan buyumlar hamda mustahkamlanmagan taxtalar boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Doklar va metall havozalar pachoqlanmagan, yorilmagan va boshqa nuqsonlarga ega boʻlmagan toʻgʻri metall trubalardan tayyorlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Doklar va qismlarga ajraladigan metall havozalar ortib boradigan tiragichlarning ishonchli birikmalariga ega boʻlishi kerak. Doklar va havozalarni mustahkamlash uchun faqat metallardan yasalgan mustahkamlash elementlarini ishlatish kerak (boltlar, torlar va skobalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Doklar va metall havozalar yerga ulangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Doklar va metall havozalarni ochiq havoda oʻrnatishda yashin qabul qiluvchi, tok oʻtkazgich va yerga ulagichdan iborat boʻlgan yashindan himoya qiluvchi qurilma mavjud boʻlishi kerak. Yerga ulash qarshiligi 15 OMdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Osma kajavalardan foydalanishga ularni faqat hisoblangandan 50% oshiq statik yuklanishda hamda hisoblangandan 10% oshiq dinamik yuklanishda sinalgandan keyin ruxsat beriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Agar ishlab chiqaruvchining texnik shartlari yoki yoʻriqnomasi bilan boshqa muddatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, sinovlar kamida olti oyda bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Odamlarni chiqarish va tushirish uchun qurilmalar toʻsiqlarga ega boʻlishi va xavfli zonalardan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak. Osma kajavani koʻtarish uchun ishlatiladigan poʻlat simlar hisob bilan tekshirilgan boʻlishi va toʻqqiz baravardan kam boʻlmagan mustahkamlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Osma kajavalarni koʻtarish uchun xizmat qiladigan yuk koʻtarish kranlari kranlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanishning belgilangan talablariga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Osma kajavalarning balandligi 1,2 m. boʻlgan toʻrt taraflama toʻsiqqa ega boʻlishi kerak. Ular osilib turadigan konsollar, devorga taglik orqali tayanib turishi kerak. Karnizlardan tayanch sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Metall machtalar ishlovchini koʻtarish uchun narvonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Narvonlar tasma-tasma yoki dumaloq poʻlatdan boʻlgan, balandligi 700 — 800 mm.dan yoy koʻrinishidagi saqlash toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak. Yoylar bir-biridan 800 mm. masofa uzoqlikda oʻrnatiladi va oʻzaro uchta poʻlat tasma yoki sim parchasi bilan birlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Vertikal narvonlarning pogʻonalari diametri 18 mm. dumaloq poʻlatdan, uzunligi kamida 400 mm.dan kam boʻlmagan, sirpanishga qarshi nov shakliga ega boʻlishi kerak. Pogʻonalar oʻrtasidagi masofa 400 mm.dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Machtaga koʻtarilishda ishlovchining dam olishi uchun bir-biridan 20 m.dan ortiq boʻlmagan masofada joylashgan metall maydonchalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Maydonchalarning balandligi 1 m.dan kam boʻlmagan panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Narvon va narvonchalarning konstruksiyalari xavfsiz ish sharoitlarini taʼminlashi va quyidagilarni koʻzda tutishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz-oʻzidan yigʻilish va surilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
choʻkish va agʻdarilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1,5 m. va undan balandda ishlayotganda panjara va saqlash kamarlarining mustahkamlanganligini taʼminlovchi moslamalarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metall pogʻonalarning taram-taram yuzaga ega boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Metall narvon va narvonchalar ular haqida aniq maʼlumotlar bayon qilingan hujjatlarga ega boʻlgan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Payvandlangan choklar uzunligi boʻyicha tekis hamda chokning mustahkamligini pasaytiruvchi, darz ketish, kuyish kabi nuqsonlarga ega boʻlmasligi zarur. Narvon va narvonchalarning yuzasida oddiy koʻz bilan koʻrinadigan pachoqlangan, qirilgan, shuningdek, oʻtkir qirra va gʻadir-budur joylar boʻlmasligi kerak. Poʻlat qismlari sifatli zanglamaydigan qoplamaga ega boʻlishi kerak. Pogʻonalar boʻshashib va aylanib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Koʻchma taxtadan yasalgan narvon va narvonchalar koʻzsiz 1-2 navli ninabarg jinsli chidamli quruq yogʻochdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Narvonning taxta detallariga keyinchalik ularni rangsiz lak bilan qoplanish uchun issiq sharoitda asl alifmoyga singdirilgan boʻlishi kerak. Narvonlarni boʻyoqlar bilan boʻyash man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Taxtali narvonlarning uzunligi 5 m.dan oshmasligi, bunda narvonning umumiy uzunligi uning yuqori uchidan 1 m.dan kam boʻlmagan masofadagi pogʻonasidan turib ishlashga imkon berishi kerak. Narvonning balandlik joylashgan qismining kengligi 300 mm.dan, pastda joylashgan qismining kengligi 400 mm.dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Narvonning yon tomon yogʻochlari yuqori va pastki pogʻonalar ostidan diametri 3 mm.dan kam boʻlmagan tortiluvchi boltlar bilan mahkamlanadi. Narvonlarning uzunligi 2 m.dan ortiq boʻlganda qoʻshimcha tortib turuvchi boltlar shunday oʻrnatilishi zarurki, ular orasidagi masofa 2 m.dan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Narvon va narvonchalarning pogʻonalari yon tomon yogʻochlariga yorib kirgiziladi. Pogʻonalari mix bilan qoqilgan narvonlarni qoʻllash mumkin emas. Narvonlarning pogʻonalari orasidagi masofa 250 mm.dan ortiq va 150 mm.dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Gʻadir-budur beton pollarda ishlaganda pastki uchlari rezinali narvonlar qoʻllanadi. Taxtali va tuproqli pollarda ishlaganda pastki uchlarida oʻtkir poʻlat uchi bor narvonlarni qoʻllash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Ikki yoqqa ochiladigan narvonlarda, narvonning oʻz-oʻzidan ochilib ketishiga imkon bermaydigan, mustahkam birlashmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Havo kemasining konstruksiyasiga, quvur yoki troslarga qoʻyiladigan narvonlarning yuqori uchlari, maxsus bogʻlovchi kamarlar yoki ilib oluvchi prujinali ilgak bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Narvon yon yogʻochlari kesimining narvon uzunligiga tavsiya qilinayotgan nisbati 2-ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Foydalanishda boʻlgan har bir taxtali yoki metalldan yasalgan narvonlar, narvonchalar va arqonlarning birkalarida ularning inventar raqami, keyingi sinov muddati, qaysi boʻlinmaga (sex, xizmat, uchastka va hokazo) tegishli ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Barcha narvonlar va narvonchalar 3-ilovaga muvofiq “Narvon va narvonchalarning hisobga olish va sinov jurnalining shakli”da roʻyxatga olingan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Barcha koʻchma narvon va narvonchalar tayyorlangandan keyin va taʼmirdan chiqqandan soʻng 1200 N (120 kg.) statik yuklanishda sinab koʻrilishi kerak. Sinab koʻrilayotganda foydalanish holatida boʻlgan narvonning oʻrtasidagi pogʻonalaridan biriga statik yuk qoʻyiladi. Foydalanish jarayonida taxtali narvon har yarim yilda, metall narvon esa yilda bir marta sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narvonchalar sinovdan oldin tekis gorizontal maydonchaga oʻrnatiladi. Narvonchaning oʻrta qismidagi kuchaytirilmagan pogʻonasiga yuk ilinadi. Agar pogʻonalar narvonchaning ikkala yondosh tomonlarida ham boʻlsa, unda birinchi tomon sinalgandan soʻng aynan shu tarzda ikkinchisi sinaladi. Agar uning ikkinchi tomoni ishchi hisoblanmasa va faqat tayanch uchun xizmat qilsa, unda oʻsha tomon yon qismlarining har birining oʻrtasiga bevosita 1000 N (100 kg.) yuk osib qoʻyib sinaladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Nosoz holatda boʻlgan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati oʻtib ketgan havoza, supa, maydonchalar, narvon, narvonchalar va boshqa yordamchi uskunalardan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Narvon va narvonchalarning holati uchun nazoratni boʻlinma (sex, uchastka) boʻyicha buyruq bilan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar orasidan tayinlangan shaxslar amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Barcha narvon va narvonchalar qoʻllanishdan oldin ish boshqaruvchi tomonidan koʻrib chiqiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Taxtali narvonni koʻrib chiqish jarayonida ularning texnik talablarga muvofiqliligi, taxtaning holatiga, shuningdek, shimdirilgan qoplamaning sifatiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narvon pogʻonalari va yon tomon yogʻochlarida uzunligi 100 mm.dan, chuqurligi 5 mm.dan ortiq boʻlmagan yoriqlar boʻlishiga ruxsat beriladi, bunda yoriqlar narvonning yon tomonlarini va pogʻonalarini kuchsizlantirmasligi kerak. Yoriqli joylarni shpatlyovka, yelimlash yoki boshqa usullar bilan qandaydir yopib tekislash taqiqlanadi. Yon tomon yogʻochlarining tugaydigan qismidagi uchliklar mustahkam biriktirilgan boʻlishi va lyuft hosil qilmasliklari kerak. Metall boʻlmagan uchliklarni artishda ular yerga ulangan boʻlishi kerak, oʻtmaslashib qolgan metall uchlar charxlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Metall narvon va narvonchalarni tekshirishda uning qismlarida deformatsiya yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak, metallda yoriqlar, gʻadir-budur, oʻtkir qirralar, pogʻonalarni yon tomon qismlariga mahkamlashda kamchiliklar yoʻqligiga ishonch hosil qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Saqlash kamarlarini tekshirganda navbatdagi sinov muddati toʻgʻrisidagi belgi boʻlgan birka borligiga ishonch hosil qilish lozim. Sinovdan oʻtganligi toʻgʻrisida belgi boʻlmaganda, muhofaza kamarlaridan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Balandlikda ish joyi va ishlarni bajarishni tashkil qilish ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini istisno etishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Ish joyini tashkil qilish ishlovchining mustahkam turishi, erkin harakat qilishi va faoliyatini vizual nazorat qilishni hamda mehnat operatsiyalarini xavfsiz bajarilishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Havo kemasi planerining yuqorida joylashgan qismlarida ishlarni bajarayotgan, xodimlarning muhofaza moslamalarini mahkamlash joylari koʻzda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Balandlikdagi ish joylarini va ish maydonchalarini tashkil qilishda odamlarga xavfli ishlab chiqarish omillari doim taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavfli zonalar aniqlanishi kerak. Xavfli joylar xavfsizlik belgilari va yozuvlar bilan aniqlanib koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Elektr qurilmalarining tok oʻtkazuvchi yoki kuchlanish ostida boʻlgan qismlari yaqinida va ularga bexosdan tegib ketishi xavfi boʻlganda, elektr liniyalari va elektr taqsimlagichlari kuchlanishdan oʻchirib qoʻyiladi. Bunda oʻchiruvchi uskunaga: “Yoqilmasin! Ish ketyapti!” deb yozilgan taxtacha osib qoʻyilishi kerak. Ish paytida kuchlanishni oʻchirib qoʻyish imkoniyati boʻlmagan hollarda metall narvon va narvonchalardan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Havoza, supa trap va boshqa uskunalarda ularning hisoblangan yuk koʻtarish darajasidan oshiq miqdorlarda odamlarning toʻplanishi va materiallarning taxlanishi man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Balandlikda ishlarni bajarishda texnologik oraliqlar, lift shaxtalari va toʻsiqlarda mavjud boʻlgan oraliqlar va tuynuklar toʻsiqlar yordamida toʻsilishi yoki yopilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Shaxsiy asbob-uskunalar sumkalarda yoki maxsus sortirovkalarda joylashgan boʻlishi kerak. Balandlikda ishlarni bajarayotganda ishchi asbob, qism yoki materiallarni pastda turgan odamlar ustiga tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Ish bajarilayotgan joyning ostida odamlar boʻlgan va ish joylarining ostida yaxlit toʻshama yoʻq boʻlgan holatda muhofaza qiluvchi toʻsiqlarni oʻrnatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Dok, havoza, supalarni oʻrnatish yoki ajratish ishlari bajarilayotgan joydagi hududga begona odamlarning kirish yoʻli yopib qoʻyilishi va ogohlantirish belgilari osib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Narvondan machtalarga koʻtarilayotganda ishlovchi oʻzida muhofaza kamarlariga ega boʻlishi hamda ish vaqtida machtaning konstruksiyasiga zanjir bilan mahkamlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Balandligi 15 m.dan ortiq boʻlmagan yogʻoch machtalarga montyorlarning tirnoqlar yordamida koʻtarilishiga ruxsat beriladi. Ishlovchi koʻtarilayotgan paytida muhofaza kamarining zanjiri bilan machtaga bogʻlangan boʻlishi kerak. Choʻzish orqali oʻtish davrida xavfsizlikni taʼminlash uchun ikkita zanjirli muhofaza kamarini qoʻllash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Ishlovchini osma kajavada machtaga koʻtarilayotganda, u muhofaza kamari bilan osma kajavaga bogʻlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Ishlovchini 10 daqiqadan oshmagan tezlikda faqat uning koʻrsatmasi bilan koʻtarish va tushirish lozim. Yuqori balandlikda ishlayotgan ishlovchi megafon bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Ishchi 1,5 m. va undan balandda koʻchma narvonlarda ishlashda biror konstruksiyaga yoki tirgakka muhofaza kamarining prujinali ilgagi bilan mahkamlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahkamlanmagan narvonga muhofaza kamarining prujinali ilgagi bilan bogʻlanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Ikki yoki undan ortiq ishchiga bitta koʻchma narvonda yoki narvonning bir tarafida ishlash, shuningdek, birdaniga narvondan koʻtarilish va tushish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Transport vositalari va odamlar harakatlanadigan uchastkada koʻchma narvonlar ishlatilganda narvon oʻrnatilgan joy ish bajarilayotgan vaqtda toʻsib qoʻyilishi yoki qoʻriqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Balandlikda payvandlash ishlarini bajarishda havoza va maydonchalar yonmaydigan (qiyin yonadigan) materiallardan oʻrnatilishi kerak. Havoza (maydonchalar) boʻlmaganda elektrpayvandchilar olovga chidamli muhofaza kamarlari, arqonlari va karabinli muhofaza kanatlaridan, shuningdek, asbob va elektrodlarning qoldiqlari uchun moʻljallangan maxsus sumkalardan foydalanishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Bir vertikal boʻyicha turli balandliklarda bir vaqtda ishlar olib borilayotganda pastki qavatda ishlovchi xodimning metall parchalari va uchqunlaridan va boshqa narsalarning bexosdan tushib ketishidan himoya qilinishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Balandlikdagi ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi korxonalar zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Javobgarlikka instruktaj boʻyicha tegishli oʻqitish va uni roʻyxatga olish amalga oshirilganidan soʻng mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir boshqa talablarni bajarmagan ishchilar ham tortilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Balandlikda ishlarni bajarishda jabrlangan xodimlarga yetkazilgan zararlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 9-dekabr

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 9-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari T. TURAGALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 9-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi Sh. SHADIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 9-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
1-ILOVA

Balandlikda bajariladigan ishlarning (texnologik jarayonlar) taxminiy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismida texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Havo kemasining planer, dvigatel, yoqilgʻi va boshqa yuqorida joylashgan tizimlariga, ularning aviatsion va radioelektron uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Havo kemalariga kema ustida turib yoqilgʻi moy mahsulotlarini quyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarini (qoʻl yordamida) yuvib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarini (qoʻl yordamida) lak-boʻyoq bilan boʻyash (qoplash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlaridan lak-boʻyoq qoplamlarini qirib va tozalab yuvish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarida chilangarlik-yigʻuv ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.7. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarida payvandlash (uzellar va detallardagi yoriqlarni payvandlash) ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.8. Havo kemasining bagaj boʻlimlari, kabinalari jipsligini (germetikligini) tekshirish boʻyicha bajariladigan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.9. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlaridan muz qoplamlarini (qoʻl yordamida) olib tashlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuklash-tushirish ishlari (pochta, bagaj, ballast, konteynerlardagi aviadvigatellar, bort taomlari, bort jihozlari va boshqa yuklarni ortish va tushirish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taʼmirlash-qurilish va qurilish-montaj ishlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Beton ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Ventilyatsiya ishlari (ventilyatsiya tizimlarini montaj qilish, sozlash va taʼmirlash ishlarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Yuqorida bajariladigan ishlar (taʼmirlash-qurilish va qurilish-montaj ishlari uchun havozalarni qurish, demontaj va yigʻish ishlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Yerdagi ishlar (xandaq, kotlovan, oʻralarning tuprogʻini shibbalash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Izolyatsiya ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Tosh ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. Tom yopish ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Montaj ishlari (temir-beton konstruksiyalarining montaj va demontaj, metallkonstruksiyalarining montaj va demontaj, yorugʻlik-signal (machta) uskunalarini montaj va demontaj, elektr uskunalarining montaj va demontaj);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. Boʻyoqchilik ishlari (bino va inshootlarni boʻyashda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.10. Qoplash ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.11. Yuklash-tushirish ishlari (qurilish materiallari, quvur, taxta materiallarni ilib tushirishda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.12. Duradgorlik ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.13. Ishga tushirish-sozlash ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.14. Chuqurligi 1,5 m.dan ortiq boʻlgan oʻralar, xandaq va kotlovanlarning chetida hamda 1,5 m. dan ortiq tepaliklarda olib boriladigan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.15. Balandligi 1,5 m. dan ortiq boʻlgan tikka joylashgan sigʻimlarda olib boriladigan ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.16. Mashina va mexanizmlarni qoʻllash bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.17.Sanitar-texnik ishlar (tashqi sanitar-texnik tarmoqlarning montaji boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.18. Payvandlash ishlari (bino va inshootlarni plita, toʻsiq, kolonna, toʻsin, rigellarini montaj qilishda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.19. Deraza oʻrni, vitraj, fonarlarga oyna qoʻyish boʻyicha ishlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.20. Radiotelevizion markazlarning yongʻin-muhofaza qurilmalari signalizatsiyasi boʻyicha va qabul qiluvchi hamda uzatuvchi antenna-machta inshootlarini oʻrnatish boʻyicha maxsus ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.21. Radioelektron uskunalar, elektr qurilmalar, elektr tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.22. Suvoqchilik ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.23. Elektr montaj ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.24. Vitraj, fonar derazalarni yuvish boʻyicha ishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vertikal joylashgan 1,5 m.dan ortiq balandlikdagi neft mahsulotlari, shuningdek, portlovchi va zaharli moddalarning sigʻimlari ichida taʼmirlash, tozalash va tekshirish boʻyicha ishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagi yuk koʻtarish mashinalari, yuk ilib olish moslamalari va uskunalarining yuqori joylashgan qismi va konstruksiyalariga texnik xizmat koʻrsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Kran-blok;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Telfer;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Avtokran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Oyoqli kranlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Koʻprikli kran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.6. Minorali kran.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yorugʻlik-signal tizimlari, radio maxsus uskunalari, yoritish machtalari va elektr uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
2-ILOVA

Narvon yon yogʻochlari kesimining narvon uzunligiga tavsiya qilinayotgan nisbati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narvonning uzunligi, metrda‎ 5,0 m.‎ 4,0 m.‎ 3,0 m.‎ 2,0 m.‎
Narvon yon yogʻochining kesimi, mm. da‎ 80 x 30 mm.‎ 70 x 30 mm.‎ 60 x 30 mm.‎ 50 x 30 mm.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: bunda narvonning uzunligi 5,0 m. boʻlganda narvon yon yogʻochining kesimi 80 x 30 mm.ga, 4,0 m. boʻlganda 70 x 30 mm.ga, 3,0 m. boʻlganda 60 x 30 mm.ga hamda 2,0 m. boʻlganda 50 x 30 mm.ga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narvon va narvonchalarning hisobga olish va sinov jurnalining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎‏ Uskunaning nomi Inventar raqami Boʻlinmaga qarashliligi Oxirgi sinov sanasi Sinovning sababi Taʼmirni oʻtkazish toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar Texnik koʻrikning natijalari Keyingi sinov oʻtkazish sanasi Izoh
Koʻrik‎ Statistik sinov Sinov oʻtkazgan shaxs familiyasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 46-modda; 2010-y., 28-29-son, 242-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son; 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)